07.06.2022 yildagi PQ-273-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son hamda 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yoʻnalishida 2022-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Fargʻona viloyatlarida Ummon Sultonligining Atyab interneyshnl servis (Atyab International Service) kompaniyasini jalb etgan holda mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sifat nazorati, xalqaro tan olingan sertifikatsiya tizimlarini oʻz ichiga olgan, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar ishga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi muassisligida Qoʻqon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etiladi. Mazkur institutga xalqaro taʼlim standartlari darajasidagi xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga qodir yuqori malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarni ishga tushirish, Qoʻqon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etish, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish yoʻnalishida joriy yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan agrar sohada umumiy qiymati 400 mln AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hududda kamida bittadan agrologistika markazlari barpo etiladi. Mazkur markazlarda xalqaro bozorlarda tan olingan sifat sertifikatlarini olish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, Sh. Mirzayev, X. Karimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyihalarni shakllantirish, tashabbuskorlarni aniqlash va ularni oʻz vaqtida ishga tushirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va qishloq hududlarini rivojlantirish yoʻnalishlarida 2022-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bankining “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi mablagʻlar hisobidan Andijon viloyatining tanlab olingan Oltinkoʻl, Namangan viloyatining Chust va Fargʻona viloyatining Rishton tumanlarida innovatsion usullarni qoʻllagan holda intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha maxsus (pilot) loyihalar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Samarqand viloyatida Oʻzbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazi tashkil etiladi, Turkiyaning serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik koʻchatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, X. Karimov, A. Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorni jalb etgan holda mazkur tumanlarda amalga oshiriladigan intensiv usulda meva-sabzavotchilik loyihalarini ishga tushirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatida Oʻzbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, milliy pista navlarini yaratish va Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yer va suv resurslaridan samarali foydalanish yoʻnalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlarining materiallari hamda dala kuzatuv maʼlumotlarini tahlil qilish orqali 3 mln gektardan ortiq sugʻoriladigan yerlar, 400 ming gektardan ortiq koʻp yillik daraxtzorlar va 450 ming gektardan ortiq lalmi yerlarning tizimli monitoringi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joriy yilda 1-ilovada keltirilgan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq 133,5 ming gektardan ortiq yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi va oʻzlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlarining geoaxborot tizimida 6 turdagi asosiy (paxta, gʻalla, sholi, kartoshka, makkajoʻxori hamda moyli ekinlar) qishloq xoʻjaligi ekinlarining ekilishi, vegetatsiya davrini tahlil qilish yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, M. Roʻzmetov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2022-yil yakuniga qadar mazkur kichik banddagi chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishiga shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax, Samarqand va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etiladi va 100 dan ortiq xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan grant mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil hosili uchun mahalliy sharoitga mos serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka chidamli paxtaning 4 ta, boshoqli donning 6 ta navi amaliyotga joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorni jalb qilgan holda, kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, shoʻrga chidamli virussiz (“in vitro”) “Super elita” va “Elita” navlariga mansub 4 mln dona (yiliga) mikrotuganak yetishtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan hududlarda kartoshka, jumladan uning yangi navlarini yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlarini tashkil qilish va yangi navlarni ishlab chiqarishga keng joriy etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Toʻrayev, X. Karimov, A. Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar 2023-yil hosili uchun paxtaning 4 ta, boshoqli donning 6 ta navini amaliyotga joriy etsin, shuningdek, kartoshkaning 4 mln dona (yiliga) mikrotuganaklarini yetishtirish, hududlarda kartoshka yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlarini tashkil qilsin va yangi navlarini ishlab chiqarishga keng joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tarmoq statistikasining shaffof mexanizmini ishlab chiqish yoʻnalishida 2022-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” tamoyili asosida fermer xoʻjaliklariga paxta, gʻalla va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish, sugʻurtalash, shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, texnikalarni lizingga olish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda taʼminot va xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga olgan “Agroplatforma” (agroplatforma.uz) axborot tizimi ishga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ajratilayotgan 26 turdagi subsidiyalar boʻyicha hujjatlarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishish jarayonlarini “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshirish yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona va Samarqand viloyatlarida suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni toʻgʻri sugʻorish ishlarini masofaviy monitoring qilishning elektron modeli ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, Q. Yuldashev), Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (A. Isroilov), Suv xoʻjaligi vazirligi (A. Nazarov) mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar mazkur tizimlarni ishga tushirish orqali elektron xizmatlarni koʻrsatishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil yakuniga qadar Jahon bankining mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorni jalb etgan holda Oʻzbekistonda mavjud genofonddan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining birlamchi urugʻchiligi va duragaylarini yaratishning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston — Serbiya qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi ilmiy markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, shoʻrga chidamli navlari seleksiyasi hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshma loyihani amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi hisobidan qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish loyihalari uchun 20 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini tashkil etish, Toshkent davlat agrar universitetini modernizatsiya qilish uchun Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi hisobidan 17 mln AQSH dollari, Yevropa Ittifoqining “Budjetni qoʻllab-quvvatlash” dasturi mablagʻlari hisobidan 6 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-273-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2022-yilda yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va oʻzlashtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(gektar)

T/r

Hududlar

2022-yilda foydalanishga kiritiladigan yer maydoni

Shundan:

foydalanishdan chiqqan sugʻoriladigan yerlarni qayta foydalanishga kiritish

choʻl-adir hududlaridagi lalmi va yaylov yerlarni oʻzlashtirish

lalmi, yaylov va boshqa yerlarga suv talab qilmaydigan ekin turlarini joylashtirish hisobidan

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

12 805

12 805

-

-

viloyatlar:

2.

Andijon

4 418

-

2 418

-

3.

Buxoro

37 750

-

22 565

15 185

4.

Jizzax

22 092

482

21 611

-

5.

Qashqadaryo

20 423

17 675

2 748

-

6.

Navoiy

7 422

1 397

3 300

2 725

7.

Namangan

2 510

751

1 141

618

8.

Samarqand

8 140

1 060

7 080

-

9.

Surxondaryo

7 604

3 803

3 801

-

10.

Sirdaryo

2 971

2 971

-

-

11.

Toshkent

1 732

1 732

-

-

12.

Fargʻona

6 727

6 618

109

-

13.

Xorazm

1 000

400

600

-

JAMI:

133 594

49 693

65 372

18 528

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash

1.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi muassisligida Qoʻqon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etish.

1. Ummon Sultonligining Atyab interneyshnl servis (Atyab International Service) kompaniyasini jalb qilgan holda Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi hisob-kitoblariga asosan, Qoʻqon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlar uchun xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini jalb qilish;

2. Qoʻqon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etishga oid tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mazkur institutga xalqaro taʼlim standartlari darajasidagi xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga qodir yuqori malakali kadrlarni tayyorlash vazifasini yuklash.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida davlatlararo hamda xalqaro standartlarni qabul qilish.

1. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida qabul qilinishi lozim boʻlgan davlatlararo va xalqaro standartlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxatlarni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim qilish.

3. Qabul qilingan standartlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy saytlarga joylab borish va amaliyotga joriy etish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Dukkakli don va moyli ekinlar urugʻlarini yetishtirish va yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish.

1. Elita va yuqori reproduksiyali urugʻlarning hajmini, ekin turlari va navlarini koʻpaytirish.

2. Talab va ehtiyojdan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida har yili dukkakli don va moyli ekinlar urugʻlari tayyorlashni tashkil etish.

3. Dukkakli va moyli ekinlarning urugʻchilik tizimi rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

4. Urugʻlarni tayyorlashda innovatsion va ilgʻor xorijiy texnologiyalarni tatbiq qilish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Meva-sabzavotni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va tashish bilan shugʻullanuvchi sanoat korxonalariga xavfsizlikni boshqarish tizimlarini joriy etish.

1. Xavfsizlikni boshqarish tizimlarini joriy etish istagini bildirgan meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va tashish bilan shugʻullanuvchi sanoat korxonalari roʻyxatini shakllantirish.

2. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalarini Organic, Global G.A.P, Nalal, ISO 22000, ISO 28000, BCI, BRC va boshqa sifat menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlash.

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va bank kreditlari

2022-yil iyul — oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish

5.

Yuqori hosildorlikka erishgan va shartnomaviy majburiyatlarni bajargan fermer xoʻjaliklarini yakuniy daromaddan ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan va shartnomaviy majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklarini yakuniy daromaddan ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish.

Bunda, xalqaro tajribalarni chuqur tahlil qilgan holda, ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan narxlarda, yaʼni ustama va imtiyozlar qoʻllagan holda barcha agroklasterlar uchun fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Respublikada qishloq xoʻjaligi ekinlari avlodli urugʻliklarini yetishtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda urugʻchilik ilmiy klasterlarini tashkil etish.

1. Urugʻchilik ilmiy klasterlarini tashkil etish maqsadida tanlovlar asosida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlarni tanlash.

2. Tanlov yakunlariga koʻra, urugʻchilik ilmiy klasterlarini tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratish.

3. Mahalliy va xorijiy seleksiyaga mansub qishloq xoʻjaligi ekinlari nav va duragaylarining urugʻi va koʻchatlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.

4. Respublikada qishloq xoʻjaligi ekinlarini eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirib, “Uzbek seeds” milliy brendi asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini eksport qilish.

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiya va bank kreditlari

2022-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

7.

Respublikada umumiy quvvati 324 ming tonna boʻlgan zamonaviy agrologistika markazlarini tashkil etish.

1. Loyihalar doirasida ishlab chiqilgan tarmoq jadvallarga muvofiq bajarilgan ishlar monitoringini olib borish.

2. Loyihalar doirasida vujudga keladigan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish.

Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari

2022-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli tijorat banklari

III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda qishloq hududlarini rivojlantirish

8.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (IFAD) ishtirokida Orolboʻyi mintaqasida qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash.

1. IFAD konsultantlari tomonidan oʻrganishlar oʻtkazish.

2. Texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish (kredit liniyasi uchun ajratiladigan mablagʻlar 80 foizdan oshmagan taqdirda).

3. Qarz bitimini imzolash.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi mablagʻlari

2022-yil iyul — sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

9.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (IFAD) ishtirokida chorvachilik va meva-sabzavotchilikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash.

1. IFAD konsultantlari missiyasi tomonidan oʻrganishlar oʻtkazish.

2. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida chorvachilik va meva-sabzavotchilik loyihalari boʻyicha texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish (kredit liniyasi uchun ajratiladigan mablagʻlari 80 foizdan oshmagan taqdirda).

3. Qarz bitimini imzolash.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi mablagʻlari

2022-yil iyul — sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazrligi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

IV. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash

10.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish shartlari;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tuproq va suv manbalari shoʻrlanishini, botqoqlanishini va ifloslanishini istisno etadigan usullar bilan yetishtirish;

tuproq, iqlim sharoiti va oʻsimlik talabini hisobga olgan holda, oʻgʻitlardan tizimli hamda tabaqalashtirilgan tarzda foydalanish;

tuproq va uning unumdorligini muhofaza qilishning iqtisodiy chora-tadbirlarini belgilash;

tuproq va uning unumdorligini muhofaza qilish ustidan nazorat oʻrnatish;

tuproq unumdorligini muhofaza qilish sohasida yerdan foydalanuvchi va ijarachilarning huquq va majburiyatlarini belgilash;

tuproq holatini yaxshilab, uning unumdorligini oshirishga erishgan yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy ragʻbatlantirish nazarda tutiladi.

1. Xorijiy davlatlarning tuproq unumdorligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va oʻrganish.

2. Qonun loyihasini ishlab chiqish.

3. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

11.

Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan va yangi yerlarni foydalanishga kiritish.

Quyidagilarni:

Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 36,2 km irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va taʼmirlash hamda 2 ta nasos agregatini qurish hisobiga 964 gektar yer maydonlarini;

Respublika budjeti mablagʻlari

2022-yil davomida

mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 747 km irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va taʼmirlash, 60 ta sugʻorish qudugʻini qurish, 56 ta nasos agregatlarini oʻrnatish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish hisobidan 52,3 ming gektar yer maydonlarini;

Mahalliy budjet mablagʻlari

2022-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi

tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan 691 km irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va taʼmirlash, 969 ta sugʻorish qudugʻini qurish, 88 ta nasos agregatini oʻrnatish va boshqa tadbirlar orqali 80,4 ming gektar yer maydonlarini foydalanishga kiritish hamda ushbu yer maydonlarida 1,5 mln tonnadan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish choralarini koʻrish.

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan

2022-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

12.

Qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yer tuzish xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ragʻbatlantirish, ish haqiga ustamalar belgilash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yer tuzish xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ragʻbatlantirish, ish haqiga ustamalar belgilash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

14.

Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Samarqand viloyatida Oʻzbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish.

Oʻzbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etishga oid tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Unda Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali huzurida Oʻzbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, Turkiyaning serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik koʻchatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirishni nazarda tutish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2022-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

15.

Paxtaning kamida 4 ta navi va bugʻdoyning 6 ta yangi navi hamda kam suv talab qiladigan sholi navlari namunalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

1. Paxtaning kamida 4 ta navi va bugʻdoyning 6 ta yangi navi hamda mahalliy genofond va xorijiy seleksiyaga mansub kam suv talab qiladigan sholi navlarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2. Paxta va bugʻdoyning yangi navlari hamda respublika hududlarida kam suv talab qiladigan sholi navlarining sinovlarini tashkil etish.

3. Paxta va bugʻdoyning yangi navlari hamda kam suv talab qiladigan va hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos nav namunalarini tanlab olish.

4. Paxta va bugʻdoyning yangi navlari hamda kam suv talab qiladigan sholi navlarini yaratish ustida ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish.

Xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari mablagʻlar

2022-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda kartoshkaning yangi navlari seleksiyasi hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish.

1. Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlik oʻrnatish.

2. Kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, shoʻrga chidamli navlari seleksiyasi hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshma loyiha ishlab chiqish.

3. Loyihani amalga oshirish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2022-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

17.

Qiziriq, Gʻijduvon agrotexnologiyalar texnikumlari moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash.

1. Qiziriq, Gʻijduvon agrotexnologiyalar texnikumlari uchun zarur bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2. Rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari uchun tender hujjatlarini tayyorlash, tender savdolarini oʻtkazish.

3. Belgilangan tartibda pudratchi tashkilot bilan shartnoma tuzish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

4. Texnikumlarni zarur inventarlar, mebellar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya jihozlari, kutubxona fondlari, kompyuter texnikasi va boshqalar bilan taʼminlash.

Xalqaro moliya institutlari va YUNESKO mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari

2022 — 2024-yillar davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari

18.

Oʻzbekiston — Serbiya qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi ilmiy markazini tashkil etish.

Oʻzbekiston — Serbiya qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi ilmiy markazini tashkil etishga oid tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Unda xususiy sektorni jalb etgan holda Oʻzbekistonda mavjud genofonddan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining birlamchi urugʻchiligi va duragaylarini yaratish boʻyicha samarali tizimni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2022-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

VI. Tarmoq statistikasining shaffof mexanizmini ishlab chiqish

19.

Qishloq xoʻjaligi vazirligining geoaxborot tizimini takomillashtirish.

1. Geoaxborot tizimiga manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2. Geoaxborot tizimida barcha tumanlardan dala maʼlumotlarining onlayn tarzda real vaqt rejimida yigʻilishini tashkil etish.

3. Qishloq xoʻjaligi yerlarining geoaxborot tizimida qishloq xoʻjaligi yerlarining konturlar, massivlar, subyektlar kesimidagi bazasini yaratish.

4. Vazirlik va idoralar, shuningdek, foydalanuvchilar uchun maxsus geoportallarni yaratish, jumladan yer maydonlari va ekinlar tahlillarini tegishli joylashuvga bogʻlangan holda vizual qulay tarzda taqdim etish.

5. Yillar, konturlar kesimida yer maydonlari va ekinlar holati, hosildorligiga oid maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar

2022-yil IV chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Oʻzgidromet, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Fermer xoʻjaliklariga taʼminot va xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga olgan “agroplatforma.uz” axborot tizimini ishga tushirish.

1. Loyihada tizim foydalanuvchilari sifatida ishtirok etuvchi davlat organlari va idoralar faoliyatini auditdan oʻtkazish.

2. Ish jarayoniga taalluqli boʻlgan davlat organlari va idoralarning axborot tizimlari bilan loyiha oʻrtasida axborot almashinuvini tashkil etish.

3. “Agroplatforma.uz” ATning asosiy modullarini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar

2022-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM, Agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirlik va idoralar

21.

“Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali xizmat koʻrsatishni tashkil etish.

1. Agrar sohada taqdim etiladigan subsidiyalarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijasida aniqlangan subsidiya turlarini shakllantirish hamda ularni taqdim etish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha reglamentlar ishlab chiqish.

3. Mahsulot yetishtiruvchilarga ajratilayotgan 26 turdagi subsidiyalar boʻyicha hujjatlarni toʻplash, koʻrib chiqish va kelishishni “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar

2022-2023-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

22.

Suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni toʻgʻri sugʻorishni masofaviy monitoring qilishning elektron modelini ishlab chiqish.

1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2022-yil iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Irrigatsiya tizimlarining raqamli xaritasini yaratish.

2022-yil noyabr

3. Fargʻona viloyati misolida yerni masofadan zondlash texnologiyalari yordamida suv balansi va suv sarfini yuritish namunaviy (prototip) modelini ishga tushirish.

4. Pilot loyiha natijalariga koʻra loyihani respublikaning barcha hududlarida qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

23.

“Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini amaliyotga joriy etish.

1. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platforma axborot tizimini ishlab chiqish yuzasidan konsalting kompaniyasini yollash uchun shartnoma imzolash.

2. Agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirlik va idoralarda biznes jarayonlarni auditdan oʻtkazish.

3. Platformani ishlab chiqish uchun loyiha-texnik hisob-kitob hujjatlarini ishlab chiqish, vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish.

4. Platformani ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash boʻyicha tanlov eʼlon qilish va shartnoma imzolash.

5. Platformaning sinov versiyasini ishlab chiqish, axborot tizimlarini unga bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

6. Platformani amaliyotga joriy etish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2022-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Oʻzgidromet, “Oʻzdonmahsulot” AK, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 07/22/273/0500-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)