ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash | |||||
|
1. |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning (keyingi o‘rinlarda — yoshlar) ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammolarini hal etish hamda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish. |
1. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji bo‘lgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash. |
2022-yil iyun-avgust |
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank va tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari |
|
2. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish. 3. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va nazorat qilish. |
2023-yil alohida reja asosida | ||||
|
2. |
“Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratilgan monitoring ishlarini tashkil etish. |
1. “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar bilan ishlash va monitoring olib borishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun-iyul |
- |
Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
3. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida bepul dam olishlarini tashkil etish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Oromgohlarni tayyorlash va jalb etiladigan voyaga yetmaganlar ro‘yxatini tuzish. |
2022-yil iyun |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. Oromgohlarda bolalarning dam olishini sifatli tashkil qilish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
4. |
Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarni turar joy bilan ta’minlash. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Uy-joy bilan ta’minlanmagan mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil iyun |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi |
|
3. Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
5. |
Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga to‘lov-kontrakt mablag‘larining 50 foizgacha bo‘lgan (bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) miqdorini to‘lab berishga qaratilgan “Talabaga madad” loyihasini amalga oshirish. |
1. Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Talabalarga to‘lov-kontrakt mablag‘larining 50 foizgacha bo‘lgan (bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) miqdorini to‘lab berish. |
2022-2023 o‘quv yili davomida |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
6. |
Mehribonlik uyi, “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari” va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari uchun “Iqtidor” kasb-hunar oromgohini tashkil qilish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Oromgohni tayyorlash va jalb etiladigan voyaga yetmaganlar ro‘yxatini tuzish. |
2022-yil iyun-iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi |
|
3. Kasb-hunar oromgohini Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da tashkil qilish. |
2022-2023 o‘quv yili davomida | ||||
|
7. |
Muammoli va ajralish holatiga kelib qolgan yosh oilalar uchun mahallalarda haftada bir marotaba psixolog qabullarini tashkil etish. |
1. Ishchi guruh tuzish. 2. Muammoli va ajralish holatiga kelib qolgan yosh oilalar ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
3. Malakali psixologlarni jalb qilgan holda, mahallalarda qabullarni tashkil etish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
8. |
Ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan yoshlarning O‘zbekistonning diqqatga sazovor qadamjolariga sayohatini uyushtirish. Shuningdek, har oyda kamida bir marotaba teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarga tashriflarini tashkil etish. |
1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mablag‘lari |
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Reja asosida ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan yoshlarning diqqatga sazovor qadamjolar, teatr va boshqa madaniy muassasalarga tashriflarini tashkil etish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
9. |
Mahallalardagi ishsiz yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish. |
1. Zamonaviy kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi bo‘lgan ishsiz yoshlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar bilan ishsiz yoshlarni muntazam tanishtirib borish. |
2022-yil iyul |
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, sektor rahbarlari |
|
3. Yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
10. |
“Mahallabay” o‘rganishlar natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularga kredit ajratilishida ko‘maklashish. |
1. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish. |
2022-yil iyun-avgust |
Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank va tijorat banklari mablag‘lari |
Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, sektor rahbarlari, Markaziy bank va tijorat banklari |
|
2. Tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga kredit ajratilishida ko‘maklashish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
11. |
Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida taniqli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” va “Agro marafon” motivatsion treninglar tashkil etish hamda yirik tadbirkorlik subyektlariga “Biznes sayohatlar” uyushtirish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun-avgust |
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
2. Yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar ro‘yxatini shakllan-tirish. 3. Hududlarda treninglar tashkil qilish va tadbirkorlik subyektlariga sayohatlar uyushtirish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
12. |
Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida hududlarda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish. |
1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Yarmarkalar ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish. 3. Yarmarkalarni barcha tuman (shahar)larda tashkil etish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
13. |
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim bilan qamrab olinmagan bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘qitish va bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish. |
1. Ta’lim bilan qamrab olinmagan ishsiz yoshlar ro‘yxatini tuzish. |
2022-yil avgust |
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, sektor rahbarlari |
|
2. Bitiruvchilarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
3. Bitiruvchilarning munosib ish topishlariga ko‘maklashish. |
doimiy | ||||
|
II. “Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish | |||||
|
14. |
Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida besh tashabbus olimpiadalarining “mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika” bosqichlarini tashkil etish. |
1. Ishchi guruhini shakllantirish, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy budjet mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Olimpiadalarning mahalliy bosqichlarini o‘tkazish. 3. Olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarini o‘tkazish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
15. |
30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan respublikaning barcha hududlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallarini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruh tuzish va loyiha konsepsiyasini tasdiqlash. 2. Yoshlar festivali dasturi va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllan-tirish. 3. Yoshlar festivallarini yuqori saviyada tashkil etish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida |
Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy budjet mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16. |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining navbatdagi Qurultoyiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish. |
1. Tashkiliy guruh tuzish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Qurultoy delegatlari ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil avgust |
Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
3. Tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish. |
sentyabr-oktyabr | ||||
|
17. |
Turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan yoshlar vakillar�ni “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni va “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlash. |
1. Tanlov komissiyalarini tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Mukofotga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. Nomzodlarni o‘rganish va taqdirlanuvchilar ro‘yxatini tasdiqlash. 4. Tantanali taqdirlash marosimlarini o‘tkazish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
18. |
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovini tashkil o‘tkazish. |
1. Tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Tanlovni OAV orqali targ‘ib qilish, ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi |
|
3. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish. 4. Tanlovning hududiy va respublika bosqichlarini o‘tkazish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
19. |
Yoshlar orasida xorijiy tillarni ommalashtirish maqsadida hududlarda xorijiy tillar bilimdoni marafonini o‘tkazish hamda mavsumiy “Ibrat tillar oromgohi”ni tashkil etish. Shuningdek, “Ibrat media markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
1. Tashkiliy guruh tuzish, chora-tadbirlar rejasi va konsepsiyasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. “Ibrat tillar oromgohi”ga va xorijiy tillar bilimdoni marafoniga respublikaning barcha hududlaridan yoshlarni jalb qilish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
20. |
Shaxmatni yoshlar o‘rtasida ommaviylashtirish, professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda trenerlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni belgilash. |
1. Ishchi guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shaxmatni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va konsepsiyasini tasdiqlash. 2. Amalga oshirilgan ishlarni OAV orqali targ‘ib qilish. |
2022-yil iyun-avgust |
Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘arm�si mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
|
3. Yoshlar orasida shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan musobaqalarni tizimli ravishda o‘tkazib borish. |
2022-2023-yillarda alohida reja asosida | ||||
|
21. |
7 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular o‘rtasida “Kamalak yulduzlari” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil avgust |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Tanlovni OAV orqali targ‘ib qilish, ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini o‘tkazish. 4. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish. |
oktyabr-noyabr | ||||
|
22. |
Yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, tanlov nizomi, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Tanlovni OAV orqali targ‘ib qilish, ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. 3. �Ilm innovatsiya va taraqqiyot” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish. |
iyul — dekabr | ||||
|
23. |
O‘quvchi va talaba yoshlarning mantiqiy fikrlash, tanqidiy tahlil va mohirona munozara olib borish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Munozara” to‘garaklarini tashkil etish va respublika turnirini o‘tkazish. |
1. “Munozara” to‘garagining nizomi, uslubiy hujjatlarini tasdiqlash, malakali trenerlarni tayyorlash. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
2. To‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularga yoshlarni jalb qilish. 3. To‘garak a’zolaridan tashkil topgan hududiy jamoalar o‘rtasida respublika turnirini o‘tkazish. |
iyul — noyabr | ||||
|
24. |
Intellektual musobaqalar g‘oliblari va iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual maktab” mavsumiy oromgoh loyihasini amalga oshirish. |
1. Ishchi guruh tuzish, intellektual musobaqalar g‘oliblari va faol ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Musobaqalar g‘oliblari va faol ishtirokchilar uchun Toshkent viloyatining, Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da trening o‘tkazish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
25. |
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” respublika tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruh tuzish, tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi |
|
2. Tanlovni OAV orqali targ‘ib qilish va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Tanlovning saralash bosqichlarini o‘tkazish. 4. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
26. |
O‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Vatan taqdiri mening qo‘limda” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Tanlovning saralash bosqichlarini o‘tkazish. |
2022-yil sentyabr-oktyabr |
Xalq ta’limi vazirligi mablag‘lari |
Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
|
3. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. |
noyabr | ||||
|
27. |
Yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Zakovat” NNT |
|
2. Tanlovning saralash bosqichlarini o‘tkazish. 3. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
28. |
Milliy kino san’ati ahamiyatini oshirishga qaratilgan “Kino va yoshlar” forumi hamda yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar respublika tanlovini tashkil etish. |
1. Ishchi guruh tuzish, tanlov nizomi, dasturi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hamda homiylik mablag‘lari |
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
2. Tanlovni OAV orqali targ‘ib qilish, ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. |
iyun-iyul | ||||
|
3. Forum va tanlovni Toshkent shahrida o‘tkazish. |
oktyabr | ||||
|
29. |
Yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish hamda “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
2. Tadbirlarni OAV orqali targ‘ib qilish, ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. 3. “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
4. Tanlovni Toshkent shahrida o‘tkazish. |
2022-yil noyabr | ||||
|
30. |
Ilmda va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yil talabasi” tanlovini tashkil etish. |
1. Ishchi guruh shakllantirish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. |
2022-yil avgust |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar |
|
2. Tanlovning hududiy bosqichlarini o‘tkazish. |
sentyabr | ||||
|
3. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish. |
2023-yil yanvar | ||||
|
31. |
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. |
2022-yil sentyabr |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar |
|
2. Tanlovning hududiy bosqichlarini o‘tkazish. |
oktyabr-noyabr | ||||
|
3. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish. |
2023-yil yanvar | ||||
|
32. |
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jismoniy kamol toptirishga qaratilgan “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish. |
1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarorlari va tadbirlar rejalarini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
2. Musobaqalarning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini o‘tkazish. |
oktyabr | ||||
|
3. Musobaqalarning respublika bosqichini o‘tkazish. |
noyabr | ||||
|
33. |
Yoshlarning ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularda tabiatni asrashga daxldorlik hissini shakllantirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish. |
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Loyiha bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari va aksiyalar tashkil etish. 3. Hududlarda mevali va manzarali ko‘chatlar ekish. |
2022-yil sentyabr — dekabr |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
34. |
Yoshlar o‘rtasida istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, suv havzalari va boshqa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan ekologik loyihani amalga oshirish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, loyiha konsepsiyasi, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston ekologik harakati, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Tuman va shaharlarda yoshlardan iborat tashabbuskor guruhlarni shakllantirish hamda joylarda ekologik tadbirlarni amalga oshirish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
III. Yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish | |||||
|
35. |
Mahallalarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularda fidoiylik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovini tashkil etish. |
1. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish. 2. Tanlov o‘tkazish tartibini ishlab chiqish. |
2022-yil iyul-avgust |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
|
3. Tanlov to‘g‘risida OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. |
sentyabr-noyabr | ||||
|
4. Tanlov bosqichlarini har tomonlama sifatli qilib o‘tkazilishini ta’minlash. |
dekabr | ||||
|
36. |
O‘zbek�ston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” targ‘ibot loyihasini amalga oshirish. Loyiha doirasida “Yoshlar va qonun”, “Yosh huquqshunos” tanlovlarini o‘tkazish. |
1. Targ‘ibot materiallarini (ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari) tayyorlash. |
2022-yil sentyabr |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Targ‘ibot guruhlarini shakllantirish, ular uchun o‘quv-seminar tashkil qilish, targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash. 3. Targ‘ibot ishlarini reja asosida barcha ta’lim muassasalari, mehnat jamoalar� va mahallalarda tashkil etish. |
oktyabr-noyabr | ||||
|
4. “Yoshlar va qonun”, “Yosh huquqshunos” tanlovlarini o‘tkazish. |
dekabr | ||||
|
37. |
Yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan video va maxsus targ‘ibot materiallarini yaratish. |
1. Ijodiy guruh tuzish, video va maxsus targ‘ibot materiallari konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi |
|
2. Video va maxsus targ‘ibot materiallarini yaratish. |
sentyabr-noyabr | ||||
|
3. Targ‘ibot materiallarini barcha ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarga yetkazish. |
dekabr | ||||
|
38. |
O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy qismlariga ekskursiyalarni tashkil qilish. |
1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti |
|
2. Hududlarda o‘quvchi-yoshlarning harbiy qismlarga ekskursiyalarini tashkil etish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
39. |
Yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarni o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazib borish. |
1. Ijtimoiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
|
2. So‘rovlarni tashkil etish, so‘rov natijalaridan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
40. |
Yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” yoshlar aksiyasini tashkil etish. |
1. Aksiyani o‘tkazishga doir chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil avgust |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
|
2. Aksiyani barcha hududlarda �shlarni keng jalb etgan holda tashkil etish. 3. Aksiya doirasidagi tadbirlarni OAVda keng yoritish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
41. |
Har bir mahallada “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh” tamoyili ostida tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan yoshlarni obro‘-e’tiborli, yuqori hayotiy tajribaga ega nuroniylarga biriktirish. |
1. Mahallalarda tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish. |
2022-yil iyun |
- |
“Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
2. Obro‘-e’tiborli nuroniylarga yoshlarni biriktirish, ular bilan tizimli ishlashni tashkil etish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
42. |
Behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularning yoshlar o‘rtasida tarqatilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Barcha hududlarda mazkur masalalar yuzasidan monitoring o‘tkazish. |
2022-yil iyun |
- |
Ichki ishlar vazi�ligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
|
3. Aniqlangan holatlarni tahlil qilish va profilaktik choralar ko‘rish hamda mazkur masalalarni televideniye va boshqa OAV orqali keng yoritish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
43. |
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida Yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori o‘rtasida tezkor ma’lumot almashinuvi va amaliy hamkorlik mexanizmlarini yaratish. |
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2022 yil iyun-iyul |
- |
Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi, |
|
2. Tezkor ma’lumot almashinuvi va amaliy hamkorlik mexanizmlarini tartibga soluvchi qo‘shma hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Ma’lumot almashinuvi va amaliy hamkorlik mexanizmlarini joriy etish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
44. |
Ichki ishlar idoralarida profilaktika va probatsiya hisobida turgan yoshlar uchun “Vatanparvarlar” harbiy-o‘quv yig‘inlarini tashkil etish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun-iyul |
Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablag‘lari |
Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Profilaktika va probatsiya hisobida turgan hamda axloq tuzatish ishlariga jalb etilgan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Har bir hududda “Vatanparvarlar” harbiy-o‘quv yig‘inlarini tashkil etish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
45. |
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun |
Ijrochilar mablag‘lari |
Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. Barcha hududlarda belgilangan masalalar yuzasidan monitoring o‘tkazish. Mazkur muammoning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish. 3. Tahlil asosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar ko‘rish. |
2022-2023-yillar davomida | ||||
|
IV. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish | |||||
|
46. |
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va nodavlat telekanallarida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni turli yot g‘oya va past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrashga qaratilgan turkum teleradiodasturlar efirga uzatilishini yo‘lga qo‘yish. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Teleradiodasturlar konsepsiyasi va loyihasini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun-iyul |
Ijrochilar mablag‘lari |
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
|
3. Turkum teleradiodasturlarni yaratish va efirga uzatish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
47. |
Yosh jurnalistlarning zamonaviy talablar asosida bilim va tajribalarini oshirish maqsadida “Yosh jurnalistlar oromgohi” loyihasini amalga oshirish. |
1. Ishchi guruh tuzish va loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil iyun-iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi |
|
2. Loyihaga jalb etiladigan yosh jurnalistlar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Toshkent viloyatining, Bo‘stonliq tumanida “Yosh jurnalistlar oromgohi” loyihasini amalga oshirish. |
avgust | ||||
|
48. |
O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan videoroliklar tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun |
Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari |
Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
|
2. Tanlovni OAV orqali keng targ‘ib qilish, videoroliklarni tanlash va Yoshlar ishlari agentligi veb-saytiga joylashtirish. |
iyul — sentyabr | ||||
|
3. Videoroliklarni Internet orqali (ovoz berish yo‘li bilan) baholashnn tashkil etish. |
oktyabr | ||||
|
49. |
Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini joriy etish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, media-savodxonlik bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. |
2022-yil iyul |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mablag‘lari |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
|
2. Malakali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan hol�a o‘quv darslarini tashkil qilish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
50. |
“Uzbekistans’s club” ijtimoiy motivatsion media platformasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali xorijiy davlatlarda yuqori natijalarga erishgan yosh yurtdoshlarimizga bag‘ishlangan eksklyuziv kontentlar yaratish. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirish, tadbirlar rejasi va ssenariylarni ishlab chiqish. |
2022-yil iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Xorijda yuqori natijalarga erishgan yosh yurtdoshlarimizga bag‘ishlangan filmlar yaratish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
51. |
“YouTube” platformasida samarali ijod qilayotgan va foydali kontent yaratayotgan yoshlarni munosib taqdirlash, “YouTube O’zbekiston” loyihasini amalga oshirish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, loyiha konsepsiyasi va tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2022-yil iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi |
|
2. Loyihani amalga oshirish orqali, yosh mualliflarni kashf etish va platformada o‘zbek tilidagi kontentni ko‘paytirish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
52. |
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan tajribali dizaynerlar ishtirokida yoshlarni dizaynerlik sohasiga qiziqtirish va soha sirlaridan xabardor qilish maqsadida Design Club loyihasini amalga oshirish. |
1. Ishchi guruh tuzish, loyiha konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. |
2022-yil iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar |
|
2. Loyihani OAV orqali keng targ‘ib qilish. 3. Design Club loyihasini amalga oshirish. |
2022-2023-yillarda har chorakda | ||||
|
53. |
Bolalarning dunyoqarashini qadriyatlarimizga mos ravishda shakllanishiga xizmat qiladigan zamonaviy multiplikatsion va animatsion media mahsulotlar tanlovini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Madaniyat vazirligi |
|
2. Tanlovni OAV orqali keng targ‘ib qilish, multiplikatsion va animatsion media mahsulotlarni tanlash va Yoshlar ishlari agentligi veb-saytiga joylashtirish. |
iyul — sentyabr | ||||
|
3. Multiplikatsion va animatsion media mahsulotlarni Internet orqali (ovoz berish yo‘li bilan) baholashnn tashkil etish. |
oktyabr | ||||
|
4. Tanlovni g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish. |
noyabr | ||||
|
54. |
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijadorligi, “mahallabay” amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qiluvchi “Strategik kuch” nomli hujjatli film suratga olish. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirishi, hujjatli film ssenariysini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun-iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
|
2. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi xususida hujjatli film suratga olish. |
dekabr | ||||
|
55. |
Fan, ta’lim, san’at, madaniyat va sport sohasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlar tajribasini o‘rnak sifatida ko‘rsatishga qaratilgan “Modul — 5” loyihasini amalga oshirish. |
1. Loyiha konsepsiyasi va tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2022-yil iyul |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
|
2. “Modul — 5” loyihasini amalga oshirish. 3. Loyihada ishtirok etgan yoshlarni munosib rag‘batlantirish. |
2022-2023-yillarda reja asosida | ||||
|
V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash | |||||
|
56. |
Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Yoshlar Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish. |
1. Ishchi guruhini tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Yig‘ilish dasturi va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Yig‘ilishni o‘tkazish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
57. |
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yoshlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan “O‘zbekiston — Qirg‘iziston yoshlar kongressi”ni tashkil etish. |
1. Tadbir rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tadbir dasturi va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Kongressni o‘tkazish. |
2022-yil iyun-avgust |
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
58. |
Samarqand shahrida yoshlar o‘rtasida mnemonika bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2022-yil avgust |
Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy budjet mablag‘lari |
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
|
2. Turnir dasturi va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllan-tirish. |
sentyabr | ||||
|
3. Turnirni o‘tkazish. |
oktyabr | ||||