ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish uchun masʼullar |
|
1. |
Oliy sport mahorati instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)da tayyorlanadigan kasblar va lavozimlar boʻyicha ishlab chiqilgan kasb standartlari asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh shakllantirish. |
2022-yil noyabr |
- |
Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
2. Mavjud kasb standartlarini qayta oʻrganib chiqish hamda zaruratga koʻra qayta tasdiqlash. |
2022-yil dekabr | ||||
|
3. Tasdiqlangan kasb standartlari asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini tasdiqlash. |
2023-yil avgust | ||||
|
2. |
Institutda mahorat darslari va maxsus mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning malakali olimlari hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish. |
1. Tajriba almashish maqsadida xorijiy yetakchi turdosh oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va tajribali mutaxassislarining mahorat darslarini tashkil etish. 2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olimlar hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish. |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
3. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro tajriba almashinuv amaliyotini kengaytirish. |
Professor-oʻqituvchilar va trenerlarni xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalariga stajirovkaga yuborish. |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
4. |
Institutning Axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish. |
1. Axborot-resurs markazini malakali kadrlar bilan toʻldirish. 2. Axborot-resurs markazini oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan taʼminlash. 3. Axborot-resurs markazini mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash. 4. Talabalarning mustaqil taʼlim olishlari uchun masofaviy elektron taʼlim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, maʼruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish. |
2023-yil avgust |
Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
|
5. |
Institutni sport turlari boʻyicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash. |
1. Institutda tashkil etiladigan laboratoriyalar hamda ular uchun zarur boʻlgan jihozlar roʻyxatini shakllantirish. |
2023-yil mart |
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Innovatsion rivojlanish agentligi, |
|
2. Laboratoriyalarni zarur jihozlar bilan taʼminlash. |
2023-yil avgust | ||||
|
6. |
Institutning taʼlim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini takomillashtirish. |
1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish. 2. Institut binolari, shu jumladan Axborot-resurs markazida Wi-Fi hududlar tashkil etish, Internet tarmogʻidan keng foydalanish imkonini yaratish. |
2023-yil iyul |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |
|
7. |
Institutining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish. |
Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil avgust |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, |