1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
|
1. |
Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari pullik asosda tashkil etiladigan tibbiy xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash. Bunda, pullik xizmatlardan tushayotgan mablagʻlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning hisobini yuritish va foydalanish ustidan samarali nazorat tizimini yaratish. Zarur xollarda, pullar tushumini monitoring qilish maqsadida maxsus axborot tizimini yaratish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil iyun |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
2. |
Aholining profilaktik tibbiy koʻriklari, skrining dasturlari va patronaj xizmatini oʻtkazishning yangilangan tartibini belgilash. Bunda: 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan shaxslarning profilaktik koʻriklari; xavf guruhiga mansub aholining skrining koʻriklari; alohida eʼtiborga molik aholi kontingentlarining uyda koʻriklari va patronaji tartibi nazarda tutiladi. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil iyul |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
3. |
Zamonaviy talab va innovatsion yondashuvlarni inobatga olgan holda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari binolarini qurish, kommunikatsiyalar bilan taʼminlash, xonalarning joylashuvi, jihozlanishi boʻyicha maxsus talablar va namunaviy loyihalar ishlab chiqish. Keyinchalik tibbiyot muassasalari uchun binolar qurish, rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirishda mazkur talablarga rioya qilinishini taʼminlash. |
Normativ hujjat |
2022-yil iyul |
- |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Bemorlarni kunduzgi shifoxona va uy shifoxona sharoitida davolashning yangilangan mezonlari va tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil avgust |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
5. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari faoliyatini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va tizimlashtirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil sentabr |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
6. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini tibbiy jihozlar bilan taʼminlash meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil sentabr |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
7. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tashkiliy tuzilmasi va nizomini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2022-yil sentabr |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
II. Tibbiy yordam koʻlamini kengaytirish va aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish | |||||
|
8. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda 1 002 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish uchun maxsus konteynerlarni oʻrnatish, infratuzilma yaratish (elektr, suv, oqava suv tizimi, atrofni obodonlashtirish va boshqalar), zarur jihozlar bilan taʼminlash orqali ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
9. |
276 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tegishli binolarni ajratish, taʼmirlash ishlarini oʻtkazish, tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar davomida reja-grafik asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
10. |
Olis va chekka hududlardagi davolash-profilaktika muassasalarida shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni mahallalar kesimida aniqlash, boʻsh shifokor ish oʻrinlari roʻyxatini shakllantirish va muntazam yangilab borish. Vakant oʻrinlarga talabgorlar bilan shartnomalar tuzish va ish oʻrni bilan taʼminlash, uy-joy ajratish va ustamalar belgilash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-iyuldan boshlab |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida fizioterapiya xizmatini qayta tiklash maqsadida: |
Amaliy chora-tadbirlar |
Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari |
||
|
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 15-son oilaviy poliklinikasining zamonaviy fizioterapevtik asbob-uskunalar bilan namunaviy tarzda jihozlash va taqdimot oʻtkazish natijalari boʻyicha barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan oʻtkazish; |
2022-yil aprel-may |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) | |||
|
fizioterapevtik asbob-uskunalar bilan jihozlash jadvalini tuzish va tasdiqlash; fizioterapevtik asbob-uskunalarni xarid qilish va joylarga tarqatish; oilaviy shifokor punktlarining amaldagi shtat birliklari doirasida fizioterapiya hamshiralari shtatlarini ajratish. |
2022–2023-yillar davomida reja-grafik asosida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov), Moliya vazirligi (J. Abruyev) | |||
|
III. Kasalliklar profilaktikasi, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish | |||||
|
12. |
10 million nafar xavf guruhiga mansub aholini yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlash boʻyicha skrining dasturlari bilan qamrab olish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Barcha tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarining jihozlanish jadvalini va tibbiy xodimlar vazifalarini belgilash. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil iyul |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
Ushbu xonalarda ommaviy targʻibot va skrining tadbirlarini oʻtkazish bilan birgalikda sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha individual maslahat berish tizimini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida | |||
|
14. |
“Tibbiyot brigadasi” tomonidan xonadonlarda salomatlik holatini oʻrganish va kasalliklarning xavf omillaridan kelib chiqib, tegishli maslahat va tavsiyalar berishni yoʻlga qoʻyish, brigadalarni targʻibot materiallari bilan taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
15. |
Davolash-profilaktika muassasalarida qon bilan bevosita ishlaydigan kasb egalari roʻyxati va gepatit “V”ga qarshi bepul emlash rejasini tuzish va rejani amalga oshirish. |
Reja-jadval |
Tasdiqlash — 2022-yil may davomida |
Sogʻliqni saqlash sohasi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
|
16. |
Barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari, 2 000 dan ziyod ambulator-poliklinika muassasalari mudirlari, 17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari aʼzolari uchun sogʻlom turmush tarzi asoslari va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi boʻyicha maxsus seminarlar tashkil etish va oʻtkazish. |
Reja-jadval |
Tasdiqlash — 2022-yil may |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
17. |
Sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlari uchun menejment, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, muassasalar faoliyatini tashkillashtirish va tahlil etish yuzasidan amaliy koʻnikmalarni hosil qilish masalalari boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish. |
Reja-jadval |
Tasdiqlash — 2022-yil may |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
IV. Amalga oshirilgan ishlardan aholining xabardorligini oshirish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish | |||||
|
18. |
Tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, mahalla fuqarolik yigʻinlarida hisobot berish tartibini ishlab chiqish. Bunda: tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari va oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlarining mahalla fuqarolar yigʻinlarida; tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida; viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari rahbarlarining xalq deputatlari viloyat Kengashlarida hisobot berishi amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2022-yil iyun |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi call-markaz tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil may |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
Ushbu markazda fuqarolar va tibbiyot xodimlaridan murojaatlarni qabul qilish, ularni hal etish bilan birgalikda, tizimli takliflardan sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda foydalanish yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil davomida | ||||
2-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
2022-yilda tashkil etiladigan tibbiyot punktlari soni |
Shu jumladan: | ||
|
II chorak |
III chorak |
IV chorak | |||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
57 |
40 |
12 |
5 |
|
2. |
Andijon viloyati |
10 |
7 |
2 |
1 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
122 |
85 |
25 |
12 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
61 |
42 |
13 |
6 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
95 |
65 |
20 |
10 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
109 |
70 |
26 |
13 |
|
7. |
Namangan viloyati |
126 |
80 |
32 |
14 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
97 |
70 |
17 |
10 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
35 |
23 |
8 |
4 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
160 |
110 |
35 |
15 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
39 |
26 |
9 |
4 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
70 |
48 |
15 |
7 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
21 |
11 |
7 |
3 |
|
Jami |
1 002 |
677 |
221 |
104 | |