Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga
ILOVA
| T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish shakli | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
| 1. | Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish | Ustav | 2022-yil may | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
| 2. | Markaz tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash | Tuzilma va shtatlar jadvali | ||
| 3. | Markazning rahbar va xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini belgilash | Tarif setkasi | ||
| 4. | Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini (TIA) ishlab chiqish | Texnik-iqtisodiy asos | 2022-yil iyul | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 5. | Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini Koreya tomoni bilan kelishish | Kelishilgan loyiha hujjati | 2022-yil avgust-sentyabr | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 6. | Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan oʻtkazish | Ekspertiza xulosasi | 2022-yil oktyabr | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 7. | Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʻarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish boʻyicha loyihani muhokama qilish bayonini (MOD) imzolash | Muhokama qilish bayoni (MOD) | 2022-yil noyabr | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi |
| 8. | Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʻarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish boʻyicha imtiyozli moliyalashtirish shartlarini kelishish va qarz shartnomasini imzolash | Qarz shartnomasi | 2022-yil dekabr | Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
| 9. | Loyihani amalga oshirish boʻyicha Koreya maslahatchilarini aniqlash uchun tender/tanlov oʻtkazish | Maslahatchilarni tanlash | 2023-yil fevral | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 10. | Koreya maslahatchilari tomonidan loyihani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish | Loyiha-smeta hujjatlari | 2023-yil oktyabr | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 11. | Loyiha boʻyicha bosh pudratchini belgilangan tartibda aniqlash | Bosh pudratchi bilan shartnoma tuzish | 2023-yil dekabr | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 12. | Zarur jihozlar va inventarlar roʻyxatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash | Maslahatchilarning texnik shartlari | 2023-yil dekabr | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
| 13. | Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish markazining qurilish-montaj ishlarini boshlash | Qurilish maydonining tasdiqlangan bosh rejasi | 2024-yil yanvar | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Qurilish vazirligi |
| 14. | Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish markazida maxsus tibbiy texnika va jihozlarni oʻrnatish va ishga tushirish | Maxsus tibbiy texnika va jihozlarni ishga tushirish dalolatnomasi | 2024-yil noyabr | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |