O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish, hudud aholisi salomatligini mustahkamlash | |||||
1. | Samarqand davlat tibbiyot universitetida (keyingi o‘rinlarda — Universitet) ta’lim jarayonini xalqaro oliy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish. | 1. Ta’lim jarayonining kredit-modul tizimida olib borilishini to‘liq ta’minlash. | 2022-yildan boshlab | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. O‘quv rejalari va fan dasturlarini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni implementatsiya qilish asosida qayta ko‘rib chiqish. | 2022-yil 1-oktabr | ||||
2. | Universitet huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutida (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy-tadqiqot instituti) ta’lim jarayonini tashkil etish. | 1. Ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Universitetning Tibbiy reabilitatsiya va sport tibbiyoti hamda Travmatologiya va ortopediya kafedralari faoliyatini tashkil etish. 2. Universitetda tashkil etilayotgan “Klinik psixologiya” hamda “Bioinjeneriya va tibbiy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishlarining Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan integratsiyasini ta’minlash. | 2022/2023 o‘quv yili | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
3. | Universitet va uning tarkibiy tuzilmalari professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun masofaviy ta’lim, o‘quv kurslari, malaka oshirish va seminarlar ko‘lamini kengaytirish. | Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchilar ulushini 90 foizga yetkazish. | 2022/2023 o‘quv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
4. | Ta’lim sifatini ta’minlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish. | 1. Masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish orqali yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan onlayn vebinarlar va seminarlar o‘tkazish imkoniyatini yaratish. 2. Kafedralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash. 3. Barcha o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida internetdan unumli foydalanish imkoniyatlarini yaratish. 4. Respublikadagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va boshqa xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari tomonidan Universitetda masofaviy ta’lim orqali dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek, Universitet klinikalarida telemeditsina imkoniyatlaridan foydalanish uchun ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish. | 2022/2023 o‘quv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
5. | Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun xalqaro ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. | Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalarning Springer, Elsevier, ProQuest, EBSCO, Web of Science kabi ilmiy nashriyotlar ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. | 2022-yil 1-sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
6. | Universitet klinikasida telemeditsina texnologiyalarini joriy qilish. | 1. Universitetning ko‘p tarmoqli klinikasi, ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti klinikalari o‘rtasida o‘zaro telemeditsina yo‘li bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish. | 2023-yil 1-yanvar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
2. Mahalliy va xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda Universitetda masofaviy ta’lim orqali dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek, bemorlarning masofaviy tibbiy ko‘riklari hamda konsiliumlarni tashkil qilish. | 2022 — 2025-yillar | ||||
7. | Hudud aholisi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi yuritishni keng targ‘ib etish. | 1. Universitet kafedralari hamda Universitet tarkibiy tuzilmalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlarini Samarqand viloyati tuman (shahar)lariga biriktirish. | 2022-yil 1-may | - | Universitet |
2. Universitet kafedralari hamda Universitet tarkibiy tuzilmalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida hudud aholisining salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida (oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika) hamda barcha qishloq va mahallalarda joyiga chiqqan holda xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash. Bunda, quyidagilarga e’tibor qaratish: aholining salomatlik holatini, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik darajasini o‘rgangan holda aholini xavf guruhlariga tasniflash; xavf guruhlariga ko‘ra ularga individual maslahat berish, ko‘rik va nazoratni amalga oshirish, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiyaning individual choralarini belgilash; aholi orasida eng ko‘p tarqalgan va o‘limning asosiy sababchisi bo‘lgan kasalliklarni erta aniqlash choralarini ko‘rish, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish; aholining salomatlik holati, kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik holati va kasallanish darajasidan kelib chiqib, maxsus elektron dastur asosida “Salomatlik profili”ni yaratish; qishloq va mahallalarda “Salomatlik maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, nafaqadagi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari, ziyolilar hamda yoshlardan iborat volontyorlik jamiyatlarini tuzish; ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi xonalari”ni tashkil qilish, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokor va hamshiralar tomonidan aholi orasida targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek individual maslahat berish tizimini joriy qilish; barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida shifokor oldi ko‘riklari orqali o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan eng ko‘p uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini aniqlash, aholini antropometrik o‘lchovlardan o‘tkazish, 5 yoshgacha bolalarning o‘sishi va rivojlanishi monitoringini olib borish kabi vazifalarning mustaqil bajarilishini ta’minlash; yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha tibbiyot brigadasi vakillarining amaliy va nazariy bilimlarini oshirish; aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish asoslari, kasalliklar profilaktikasi, jismoniy faollik, shaxsiy va jamoat gigiyenasi, kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha targ‘ibotning zamonaviy usullarini (aksiya, sport musobaqalari, tanlov, fleshmob) amaliyotga joriy qilish va ommalashtirish choralarini ko‘rish. | 2022-yil yakuniga qadar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet | ||
3. Samarqand viloyati tajribasining natijalaridan kelib chiqib, uni boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ham tatbiq qilish bo‘yicha taklif kiritish. | 2022-yil 1-dekabr | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi | ||
II. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish | |||||
8. | Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish. | 1. Samarqand shahri Maxdumi A’zam ko‘chasi, 18-uy manzilida joylashgan binoda Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Markazni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash. 3. Universitetning Neyroxirurgiya, Nevrologiya hamda Anesteziologiya va reanimatologiya kafedralarining integratsiyasini ta’minlash. | 2022-yil yakuniga qadar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
4. Samarqand viloyati va qo‘shni hududlar miqyosida ko‘rsatilayotgan neyroxirurgik xizmat hamda ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirib borish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
9. | Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish. | 1. Samarqand shahri Maxdumi A’zam ko‘chasi, 18-uy manzilida joylashgan binoda Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2022-yil yakuniga qadar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Markazni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash. | |||||
3. Markazning Universitet kafedralari hamda Samarqand viloyati davolash-profilaktika muassasalari bilan yaqin hamkorligini ta’minlash. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
10. | Sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy va texnikaviy muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni bajarish va amaliyotga tatbiq etish. | 1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha xorijiy davlatlarning (Rossiya, Koreya Respublikasi, Germaniya va boshqalar) tajribalarini maqsadli o‘rganish. | 2022-yil 1-oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish. | 2023-2024-yillar | ||||
2. Universitet huzuridagi ilmiy muassasalarning faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilab olish. | 2022-yil 1-dekabr | ||||
3. Universitet talabalari, doktorant va yosh olimlarning muntazam ravishda startap-loyihalar tanlovlarida ishtirokini ta’minlash. | 2022 — 2025-yillar | ||||
11. | Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga tatbiq etish. | Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari asosida olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish: 2022-yilda — 25 ta; 2023-yilda — 35 ta; 2024-yilda — 45 ta; 2025-yilda — 60 ta. | 2022 — 2025-yillar | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
12. | Yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish. | 1. 2023-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 40 nafar tadqiqotchilarni qabul qilish. | 2023-yil 1-yanvar | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Universitet |
2. 8 ta fan doktori (DSc) va 18 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyasini amalga oshirish. | 2023-2024-yillar | ||||
13. | Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning axborot ta’minoti tizimini joriy etish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning o‘quv-uslubiy va nashriy faolligini oshirish. | 1. Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va boshqalar) indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini: 2022-yilda 100 taga; 2023-yilda 150 taga; 2024-yilda 200 taga; 2025-yilda 250 taga yetkazish. | 2022 — 2025-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar sonini 20 taga, monografiyalar sonini 50 taga, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar sonini 200 taga yetkazish. | 2023-yil 1-sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | |||
3. Universitet tomonidan ta’sis etilgan “Tibbiyot va biologiya muammolari” hamda “Doktor axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnallarini Scopus xalqaro ilmiy-texnik axborot bazasida indeksatsiya qilish. | 2024-yil 1-sentabr | ||||
III. Universitet va uning tarkibdagi muassasalarning kadrlar salohiyatini oshirish | |||||
14. | Universitet, Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, L.M. Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Universitet huzuridagi akademik litseyni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash. | Ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlarning attestatsiyasini o‘tkazish hamda xodimlar tarkibini zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega kadrlar bilan to‘ldirish. Bunda, birinchi navbatda, salohiyatli professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni o‘quv, ilmiy hamda davolash jarayonlariga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratish. | 2022-yil 1-oktabr | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
15. | Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli vazirliklarga takliflar kiritish. | 2022-yil 1-dekabr | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Iqtidorli yoshlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalariga maqsadli doktoranturaga yuborish bo‘yicha tanlovlarda ishtirokini ta’minlash. | 2022 — 2025-yillar | ||||
16. | O‘quv yili natijalariga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning reytingini baholash tizimini yo‘lga qo‘yish. | 1. O‘quv yili yakuni bo‘yicha kafedralar o‘qituvchilarining reytingini baholash mezonlarini ishlab chiqish. | 2022-yil 1-oktabr | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Reyting natijalariga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning sifat tarkibini aniqlash va yaxshilash. | Har yili 1-noyabr | ||||
3. Professor-o‘qituvchilar bilan muddatli mehnat shartnomalari tuzish, ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish hamda ustama haq belgilashda reyting natijalarini hisobga olish. | 2022 — 2025-yillar | ||||
17. | Universitetning kadrlar zaxirasini shakllantirish. | 1. Universitetda bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni tanlab olish. 2. Tanlab olingan iqtidorli talabalarni ilmiy-pedagogik faoliyatga keng yo‘naltirish orqali kadrlar zaxirasini doimiy shakllantirib borish. | 2022 — 2025-yillar | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
IV. Universitet va uning tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
18. | Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi hamda Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazining bino va inshootlarini kapital ta’mirdan chiqarish hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. 2. Tender savdolarini o‘tkazish. 3. Rekonstruksiya va kapital ta’mir ishlarini boshlash. 4. Zamonaviy laborator-diagnostika va davolash jihozlarini xarid qilish va o‘rnatish. | 2024-2025-yillar | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
20. | Universitetning kommunal infratuzilmasi obyektlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash. | 1. Samarqand shahri, Anakabay ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan Universitetning o‘quv binosi (sobiq harbiy kafedra binosi), unga tegishli sport zali binolarini hamda ularning isitish tizimlarini kapital ta’mirlash, yangi isitish qozonlarini o‘rnatish. 2. Universitet talabalar turar joylari binolarining issiq va sovuq suv hamda isitish tizimlarini kapital ta’mirlash. | 2022 — 2024-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
21. | Universitet Akademik litseyining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. | Akademik litsey binosini, isitish tizimini hamda o‘quvchilar turar joyi binosining issiq va sovuq suv tizimini kapital ta’mirlash. | 2023-yil 1-yanvar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
22. | Universitet huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. | 1. Ilmiy-tadqiqot institutining bino va inshootlarini kapital ta’mirlash. 2. Ilmiy-tadqiqot institutida zamonaviy laboratoriya tashkil etish. 3. Kichik ortopedik operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan operatsion blokni tashkil etish. | 2022 — 2025-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
V. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
23. | Rivojlangan davlatlarning oliy tibbiy ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish. | 1. JICA tashkiloti bilan Universitet klinikalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha 1 ta, ERASMUS+ dasturi doirasida Italiyaning Milan universiteti va Gretsiyaning Aristotel universiteti bilan 2 ta xorijiy ilmiy grantlar hisobiga Universitet salohiyatini oshirish va 1 ta xalqaro kredit mobillik loyihalarini amalga oshirish. | 2022 — 2025-yillar | Xalqaro grantlar | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. AQSHning Nyu-York universiteti bilan 1 ta yangi ilmiy loyiha, Koreya Respublikasining Yonse universiteti bilan 1 ta yangi ilmiy loyihani amalga oshirish. | 2023 — 2025-yillar | O‘zaro shartnomalar asosida ijrochilar mablag‘lari | |||
3. Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat tibbiyot universiteti, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi hamda Ukrainaning Ternopol davlat tibbiyot universitetlaridan 20 nafar talabani Universitetning o‘quv jarayoniga xalqaro almashinuv dasturlari va yozgi maktab tashkil etish orqali jalb qilish. | 2022-2023-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | |||
4. KOICA va JICA xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda davolash ishlarini rivojlantirish uchun mutaxassislarni taklif etish. | 2022 — 2024-yillar | Xalqaro grantlar | |||
5. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida akademik almashinuv doirasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan talabalar sonini 100 taga yetkazish. | 2022 — 2024-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | |||
24. | Professor-o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishini, xodimlarni magistratura va doktorantura (PhD)ga yuborilishini tashkil etish. | 1. Universitetning 40 nafar pedagog va ilmiy kadrlarini xorijda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishini tashkil etish. 2. Universitetning 15 nafar bitiruvchi va xodimlarining magistratura hamda doktoranturada o‘qishini tashkil etish. | 2022/2023 o‘quv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
25. | Universitetda ta’lim oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish. | 1. Xorijiy fuqarolarni Universitetga jalb qilish bo‘yicha xalqaro ta’lim agentliklari bilan “Ochiq eshiklar” tadbirini o‘tkazish. | Har yili avgust oyida | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlariga xizmat safarlarini amalga oshirish va ushbu davlatlarda xalqaro ta’lim agentliklari bilan Universitetga talabalarni jalb etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish. | 2022 — 2025-yillar | ||||
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
2-ILOVA
| T/r | Ko‘rsatkich (indikator) nomi | O‘lchov birligi | Amaldagi ko‘rsatkich | 2022-yil | 2023-yil | 2024-yil | 2025-yil |
| I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish | |||||||
| 1. | Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish. | onlayn darslar soni | 25 | 35 | 50 | 70 | 100 |
| 2. | Talabalar amaliyotlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazish. | talabalar soni | 25 | 35 | 45 | 55 | 70 |
| 3. | IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lgan talabalar sonini oshirish. | talabalar soni | 50 | 65 | 80 | 95 | 110 |
| 4. | Mutaxassislik fanlari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan fanlar sonini oshirish. | foizda | 10 | 15 | 20 | 25 | 30 |
| 5. | Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish. | kafedralar filiallari soni | 5 | 12 | 15 | 18 | 20 |
| II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish | |||||||
| 6. | Universitetning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ulushi)ni oshirish. | foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan) | 45,7 | 49 | 53 | 57 | 60 |
| 7. | Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish. | ilmiy dasturlar doirasida jalb qilingan mablag‘lar (so‘mda) | 200 mln | 300 mln | 400 mln | 600 mln | 800 mln |
| 8. | Xo‘jalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish samaradorligini oshirish. | xo‘jalik shartnomalari soni | 3 | 5 | 7 | 9 | 12 |
| 9. | Universitet huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlarida maqsadli ilmiy loyihalar va xorijiy grantlar asosidagi tadqiqotlar. | tadqiqotlar soni | 1 | 2 | 3 | 5 | 6 |
| 10. | Professor-o‘qituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalari. | maqolalar soni | 50 | 60 | 75 | 90 | 110 |
| 11. | Monografiyalarni nashr etish. | monografiyalar soni | 80 | 90 | 100 | 110 | 120 |
| 12. | Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish. | maqolalar soni | 183 | 230 | 290 | 340 | 390 |
| 13. | Ilmiy konferensiyalarni o‘tkazish. | konferensiyalar soni | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| III. Universitetning kadrlar salohiyatini oshirish | |||||||
| 14. | Turdosh ta’lim muassasalari o‘rtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video ma’ruzalar tashkil etish. | video ma’ruzalar soni | 4 | 10 | 15 | 20 | 25 |
| 15. | Pedagog va rahbar kadrlarni hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirishga yuborish. | kadrlar soni | 14 | 20 | 25 | 30 | 40 |
| 16. | IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar sonini oshirish. | professor-o‘qituvchilar soni | 5 | 15 | 20 | 30 | 40 |
| IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini yaxshilash | |||||||
| 17. | Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash. | foizda (umumiy auditoriya fondiga nisbatan) | 40 | 60 | 75 | 90 | 100 |
| 18. | O‘quv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi simsiz Internet (Wi-Fi) tarmog‘i bilan ta’minlash. | foizda (o‘quv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan) | 60 | 75 | 85 | 90 | 100 |
| V. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish | |||||||
| 19. | Universitetda tahsil oladigan xorijiy talabalar salmog‘ini oshirish. | xorijiy talabalar soni | 650 | 800 | 1000 | 1200 | 1500 |
| 20. | Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini ta’lim jarayoniga jalb etish. | xorijiy professor-o‘qituvchilar soni | 20 | 30 | 45 | 60 | 75 |
| 21. | Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish. | ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilar va talabalar soni | 25 | 40 | 55 | 70 | 85 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
3-ILOVA| T/r | Hudud | Kafedralar |
| 1. | Bulung‘ur tumani (aholi soni — 193 ming kishi, mahallalar soni — 55, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 8) | 1. 1-son Ichki kasalliklar kafedrasi 2. Oftalmologiya kafedrasi 3. Nurli diagnostika va terapiya kafedrasi 4. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi |
| 2. | Jomboy tumani (aholi soni — 180 ming kishi, mahallalar soni — 38, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 9) | 5. 2-son Ichki kasalliklar kafedrasi 6. Xirurgik kasalliklar kafedrasi 7. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Umumiy amaliyot va oilaviy meditsina kafedrasi |
| 3. | Ishtixon tumani (aholi soni — 264 ming kishi, mahallalar soni — 62, oilaviy poliklinikalar soni — 4, oilaviy shifokor punktlari soni — 8) | 8. Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi 9. 1-son Bolalar xirurgiya kafedrasi 10. Umumiy xirurgiya kafedrasi 11. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi |
| 4. | Kattaqo‘rg‘on tumani (aholi soni — 282 ming kishi, mahallalar soni — 69, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 9) | 12. 4-son Ichki kasalliklar kafedrasi 13. 1-son Pediatriya va neonatologiya kafedrasi 14. Endokrinologiya kafedrasi 15. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Stomatologiya kafedrasi |
| 5. | Kattaqo‘rg‘on shahri (aholi soni — 92 ming kishi, mahallalar soni — 36, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika) | 16. 1-son Xirurgik kasalliklar kafedrasi 17. 2-son Pediatriya kafedrasi 18. 3-son Ichki kasalliklar kafedrasi 19. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Tibbiy radiologiya kafedrasi |
| 6. | Qo‘shrabot tumani (aholi soni — 136 ming kishi, mahallalar soni — 45, oilaviy poliklinikalar soni — 2, oilaviy shifokor punktlari soni — 11) | 20. 2-son Xirurgik kasalliklar kafedrasi 21. Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi 22. Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi 23. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasi |
| 7. | Narpay tumani (aholi soni — 219 ming kishi, mahallalar soni — 57, oilaviy poliklinikalar soni — 2, oilaviy shifokor punktlari soni — 4) | 24. Urologiya kafedrasi 25. 3-son Pediatriya va tibbiy genetika kafedrasi 26. Teri-tanosil kasalliklar kafedrasi 27. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Yuqumli kasalliklar kafedrasi |
| 8. | Nurobod tumani (aholi soni — 156 ming kishi, mahallalar soni — 39, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 11) | 28. Onkologiya kafedrasi 29. Travmatologiya va ortopediya kafedrasi 30. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi |
| 9. | Oqdaryo tumani (aholi soni — 165 ming kishi, mahallalar soni — 35, oilaviy poliklinikalar soni — 4, oilaviy shifokor punktlari soni — 6) | 31. 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 32. Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi 33. Terapevtik stomatologiya kafedrasi 34. 1-son Otorinolaringologiya kafedrasi |
| 10. | Payariq tumani (aholi soni — 260 ming kishi, mahallalar soni — 65, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 14) | 35. 3-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 36. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi 37. Ortopedik stomatologiya kafedrasi |
| 11. | Pastdarg‘om tumani (aholi soni — 367 ming kishi, mahallalar soni — 107, oilaviy poliklinikalar soni — 6, oilaviy shifokor punktlari soni — 14) | 38. 2-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 39. Nevrologiya kafedrasi 40. Epidemiologiya kafedrasi 41. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi |
| 12. | Paxtachi tumani (aholi soni — 148 ming kishi, mahallalar soni — 59, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 8) | 42. Pediatriya kafedrasi 43. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi 44. Og‘iz bo‘shlig‘i jarrohligi va dental implantologiya kafedrasi |
| 13. | Samarqand tumani (aholi soni — 261 ming kishi, mahallalar soni — 74, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 7) | 45. Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi 46. Neyroxirurgiya kafedrasi 47. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Pediatriya va umumiy amaliyot kafedrasi 48. Yuz-jag‘ xirurgiyasi kafedrasi |
| 14. | Samarqand shahri (aholi soni — 562 ming kishi, mahallalar soni — 215, oilaviy poliklinikalar soni — 12) | 49. Ftiziatriya kafedrasi 50. 2-son Bolalar xirurgiyasi kafedrasi 51. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 52. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Psixiatriya kafedrasi 53. Neyroxirurgiya kafedrasi 54. Yuqumli kasalliklar kafedrasi |
| 15. | Toyloq tumani (aholi soni — 211 ming kishi, mahallalar soni — 50, oilaviy poliklinikalar soni — 2, oilaviy shifokor punktlari soni — 6) | 55. Gematologiya kafedrasi 56. Ichki kasalliklar kafedrasi 57. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Otorinolaringologiya kafedrasi 58. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Oftalmologiya kafedrasi |
| 16. | Urgut tumani (aholi soni — 533 ming kishi, mahallalar soni — 117, oilaviy poliklinikalar soni — 6, oilaviy shifokor punktlari soni — 16) | 59. 2-son Otorinolaringologiya kafedrasi 60. Yuqumli kasalliklar kafedrasi 61. Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi 62. Travmatologiya va ortopediya kafedrasi 63. Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 64. Neyroxirurgiya kafedrasi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
4-ILOVA