O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“V.P. CHKALOV NOMIDAGI TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI” DAVLAT-AKSIYADORLIK JAMIYATINING USTAV SARMOYASINI AKTIVLARNING BOZOR QIYMATI BILAN MUVOFIQLASHTIRISH VA AKSIYALARI PAKETLARINI TARKIBIY JIHATDAN O‘ZGARTIRISH TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qarorini bajarish hamda “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati ustav sarmoyasini aktivlarning bozor qiymati bilan muvofiqlashtirish, jamiyatning aksiyadorlik sarmoyasini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining va “V.P. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ boshqa aksiyadorlarining jamiyat ustav sarmoyasini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan 21005,6 mln so‘mgacha (qayta baholash sanasida 246,4 mln AQSh dollariga teng) ko‘paytirish hamda shu munosabat bilan aksiyalar paketlarini quyidagicha ulushlarda qayta taqsimlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
| davlat ulushi | — 51 foiz; |
| mehnat jamoasi ulushi | — 10,6 foiz; |
| O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari ulushi | — 6,7 foiz; |
| O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ulushi |
— 6,7 foiz; |
| xorijiy sarmoyadorlar o‘rtasida joylashtiriladigan ulush | — 25 foiz |
2. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ ustav sarmoyasi 1996-yilda jamiyatga davlat tomonidan budjet hisobidan berilgan aylanma mablag‘lar hamda asosiy vositalar qiymatini to‘liq baholab chiqish hisobiga ko‘paytirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 156-son qarorining 2-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi masalalari” to‘g‘risida 1993-yil 25-maydagi 250-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1993-yil 31-avgustdagi 442-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 7-martdagi 85-son qarori.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-may,
257-son