Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
V.P. ChKALOV NOMIDAGI TOShKENT AVIATSIYA IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI MASALALARI
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-maydagi 257-son “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining ustav sarmoyasini aktivlarning bozor qiymati bilan muvofiqlashtirish va aksiyalari paketlarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahmamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi, birlashmaning bosh direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan, bosh direktorning oʻrinbosarlari va mustaqil balansdagi tuzilma boʻlinmalarining direktorlari esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda bosh direktorning buyrugʻi bilan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
2. “Oʻzistiqbolstat”, “Oʻzshartomasavdo”, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari istiqbol koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda, statistik hisobotda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining koʻrsatkichlarini alohida qayd etishni nazarda tutsinlar.
3. V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda birlashma Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 25-may,
250-son