21.02.2022 yildagi 78-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomototransport vositalarini sotib olish jarayonida korrupsiya holatlarning oldini olish hamda axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali ushbu jarayonda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, “TRADE-IN” dasturini rivojlantirish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransport vositasini xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “UzAuto Motors” AJ bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xizmati va “UzAuto Motors” AJ oʻrtasida himoya darajasiga ega boʻlgan integratsiyalashgan elektron maʼlumot almashish tizimini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorga ilovadagi 1-bandining “b” kichik bandi 2022-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 78-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “yangi” soʻzidan keyin “yoki eski” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshidagi “rasmiy diler” soʻzlaridan keyin “(distribyutor)” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 18-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxsus savdo tashkiloti (avtomototransport vositalari tashkiloti — ishlab chiqaruvchisi, uning vakili yoki vositachi (distribyutorlik, dilerlik) tashkilotlar hamda “TRADE-IN” dasturi boʻyicha yuridik shaxs) tomonidan beriladigan hisob-maʼlumot, “UzAuto Motors” AJ avtomobillariga beriladigan elektron hisob-maʼlumot”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq xoʻjaligi texnikasi — qishloq xoʻjaligi ishlarini bajaradigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mashina va uskuna, oʻziyurar mashina, traktor, traktor tirkamasi, yarim tirkamasi va osma texnikalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-banddagi “faqat lizing yoki kredit shartnomasi tuzilgan kunda ishlab chiqarilgan muddati ikki yildan oshmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)