Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Respublikaning chekka hududlaridagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni jadallashtirish, sogʻlom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli oʻquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-fevral,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tayyorlov guruhlarida oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi”.
2. 1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga zarur hollarda mazkur ilovada belgilangan respublika maqsadli koʻrsatkichlari doirasida hududlar koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi”.
3. 2-ilovada:
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “iyun, iyul” soʻzlari “may, iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “tegishli yilning 1-sentabrida 5 yoshu 6 oylik boʻlgan” soʻzlari “kelgusi yilda yetti yoshga toʻladigan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 09/22/66/0114-son)