20.01.2022 yildagi PQ-96-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish, ushbu oʻyinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarni (keyingi oʻrinlarda — intellektual oʻyinlar) tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual oʻyinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlarning elektron platformaga kiritilishini taʼminlash va intellektual oʻyinlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual oʻyinlarni nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari oʻrtasida targʻib qilish, ushbu oʻyinlarni ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek, milliy intellektual oʻyinlarni shakllantirish, ularni ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Tashkiliy qoʻmita majlislarida qabul qilingan qarorlar vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual oʻyinlar umumiy oʻrta taʼlim maktablari, Prezident taʼlim muassasalari, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari hamda oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, koʻngilli jamoalar oʻrtasida tizimli ravishda oʻtkazib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita (A. Abduvaxitov) tavsiyasiga koʻra intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor (1 — 3-oʻrinlar) boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, shu jumladan Prezident taʼlim muassasalari oʻquvchilari belgilangan tartibda — oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari hamda oliy taʼlim muassasalariga, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari — oliy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga, oliy taʼlim muassasalari talabalari — taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi taʼsis etiladi hamda ushbu stipendiya Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan pedagoglarga direktor jamgʻarmasi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan bir oylik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita (A. Abduvaxitov) uch oy muddatda intellektual oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Prezident taʼlim muassasalari agentligi (X. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) uch oy muddatda intellektual oʻyinlarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartiblarini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim maktablari, Prezident taʼlim muassasalari, oʻrta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyatini yoʻlga qoʻysin hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual oʻyinlar jamoalari uchun alohida xonalarni tashkil etsin.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mamlakatimizda intellektual oʻyinlarni yanada rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi orqali Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — “Zakovat” intellektual klubi) 2022-yilda 50 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi belgilansin. Bunda, kelgusi yillarda mablagʻlar “Zakovat” intellektual klubiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur mablagʻlar intellektual oʻyinlarni tashkil etish, savol yoʻllagan teletomoshabinlarni moddiy ragʻbatlantirish, ekspertlar va hakamlarga ish haqi toʻlash, “Zakovat” intellektual klubi aʼzolari uchun ochiq roʻyxatdan oʻtish elektron platformasini yaratish va uni yuritish hamda gʻolib boʻlgan jamoalar aʼzolarini ushbu qarorda belgilangan tartibda ragʻbatlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil oʻyinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish, shuningdek, ushbu oʻyinlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual klubi har chorak yakuni boʻyicha ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanganlik toʻgʻrisida Moliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligiga hisobotlar kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Zakovat” intellektual klubiga mazkur bandga muvofiq ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaxitov) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2022-yildan boshlab har yili Intellektual olimpiada tashkil qilib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual olimpiada taʼlim yoʻnalishi, sohasi, mutaxassisligidan qatʼi nazar, respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual olimpiada xalqaro tajribani inobatga olib, milliy qadriyatlarimizga mos keladigan intellektual oʻyinlar boʻyicha tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual olimpiadani tashkil qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar (Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Oʻzbekiston shashka federatsiyasi va boshqalar) imkoniyati va salohiyatidan keng foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumjamoa hisobida birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan oliy taʼlim muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv samaradorligi agentligi Intellektual olimpiada gʻolib va sovrindorlarini oʻz mutaxassisligi boʻyicha Istiqbolli kadrlar maʼlumotlar bazasiga olish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Intellektual olimpiadani tashkil qilish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbirini tizimli ravishda oʻtkazib borish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Intellektual haftalik” oliy taʼlim muassasalarining talabalari oʻrtasida intellektual sogʻlom raqobatni yuzaga keltirish, talaba-yoshlarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, respublikaning turli hududlarida tahsil olayotgan zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish, oliy taʼlim muassasalarida intellektual toʻgaraklar faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Intellektual haftalik” davomida intellektual oʻyinlar, ilmiy konferensiyalar, ilm-fan, adabiyot sohasida taniqli olimlar ishtirokida seminarlar, madaniy-maʼnaviy tadbirlar, turli soha yetakchilari (rahbarlar), yirik kompaniya (ish beruvchilar) vakillari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Intellektual haftalik”ni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Saʼdullayev, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abduraxmonov “Intellektual haftalik”ni toʻliq va samarali tashkillashtirish yuzasidan shaxsan masʼul etib belgilansin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi va Qurilish vazirligi tomonidan “Zakovat” intellektual klubi uchun alohida bino hamda Intellektual oʻyinlar shaharchasini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) barpo etish uchun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash hududdan 3 gektar yer maydoni tanlab olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Toshkent shahar hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, M. Ulugʻbek tumani, “Doʻstlik” MFY hududidagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash hududdan 3 gektar yer maydonini (keyingi oʻrinlarda — tanlangan yer uchastkasi) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining shahar va posyolka qurilishi yerlari toifasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan chiqarilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan yer uchastkasining amaldagi yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilaridan qonunda belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishini va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkasining Yoshlar ishlari agentligiga obyektni barpo etish maqsadida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi bilan birgalikda davlat yer kadastri maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender (tanlov) natijalariga koʻra aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) obyektni qurish va jihozlash xarajatlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) obyekt qurib bitkazilib, foydalanishga qabul qilingandan soʻng belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi bilan birgalikda “Zakovat” intellektual klubi aʼzolari uchun ochiq roʻyxatdan oʻtish elektron platformasini yaratsin. Bunda, shu jumladan jamoalar, ularning reyting ballari hamda intellektual oʻyinlarning yoʻnalish va bosqichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda intellektual oʻyinlar gʻoliblari va sovrindorlari uchun Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mavsumiy ishlaydigan “Intellektual maktab” loyihasini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkiliy qoʻmita (A. Abduvaxitov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yildan boshlab, har yili tuman (shahar)lardan birini “Intellektual hudud” deb eʼlon qilish hamda u yerda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, gʻoya va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Yoshlar” telekanali hamda tegishli hududiy telekanallarda intellektual oʻyinlarni keng yoritish va targʻib qilish ishlarini muntazam tashkillashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari A.A. Djurabayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-avgust hamda 2023-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-96-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

1.

Yoshlar ishlari agentligiga mazkur qarorga muvofiq yuklanayotgan qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish maqsadida agentlik toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

intellektual oʻyinlarni oʻtkazish tartibini, oʻtkaziladigan joyni belgilash;

hakamlar hayʼati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi aʼzolari roʻyxatini shakllantirish hamda intellektual oʻyinlarga qoʻyiladigan savollar maxfiyligini taʼminlash;

intellektual oʻyinlarni tashkil etish, oʻtkazish va natijalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish;

intellektual oʻyinlar ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarning yagona elektron platformaga kiritilishini taʼminlash;

intellektual oʻyinlar natijalari va hakamlar hayʼati qarori asosida gʻoliblarning keyingi bosqichda ishtirok etishini taʼminlash hamda respublika bosqichini tashkil etish va gʻolib jamoalarni taqdirlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil mart

-

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Intellektual oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

Tashkiliy qoʻmita qarori

2022-yil aprel

-

Tashkiliy qoʻmita

(A. Abduvaxitov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Prezident taʼlim muassasalari agentligi

(X. Umarova)

3.

Umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari, Prezident taʼlim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida Zakovat” intellektual klublarining doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil apreldan boshlab bosqichma-bosqich

Taʼlim muassasalari va Yoshlar markazlari mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Prezident taʼlim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

“Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan talabalar, oʻqituvchilarni har yili chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab har yili

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(A. Bekmurodov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

5.

Jamoalar “Zakovat” intellektual oʻyinining saralash va respublika bosqichlarida ishtirok etishi uchun ularga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasidan alohida xona ajratish va “Zakovat burchagi”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

(U. Teshabayeva),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

6.

“Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlar haqidagi barcha maʼlumotlarni yagona veb-saytga joylashtirish. Bunda:

ishtirokchilar uchun shaxsiy kabinetlar yoki ID-kartalar yaratish;

tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlarini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish imkoniyatini yaratish;

oʻtkazilgan tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlari videoyozuvini toʻliq hajmda veb-saytga joylashtirish;

“Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlar ishtirokchisi boʻlish uchun talablarni belgilash;

“Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlar haqidagi oʻrgatuvchi videoroliklarni joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

7.

“Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning hududiy va respublika bosqichi gʻoliblarini oʻz mutaxassisligi boʻyicha Istiqbolli kadrlar maʼlumotlar bazasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yildan boshlab har yili

-

Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Yoshlarning iqtidorini namoyon etish va ular uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida hududlarda Intellektual parklar barpo etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillarda

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi

(B. Zakirov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

9.

Intellektual musobaqalar gʻoliblari va iqtidorli yoshlar uchun Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Intellektual maktab” mavsumiy oromgoh loyihasini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yildan boshlab har yili

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)

10.

Respublikamiz tuman (shahar)laridan birini “Intellektual hudud” deb eʼlon qilish hamda ushbu hududdagi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, gʻoya va tashabbuslarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Tashkiliy qoʻmita qarori

2022-yildan boshlab har yili

Ijrochilar mablagʻlari

Tashkiliy qoʻmita

(A. Abduvaxitov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi

(B. Zakirov)

11.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida dunyo tan olgan olimlar, jumladan Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Tashkiliy qoʻmita

(A. Abduvaxitov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Yoshlarning intellektual salohiyatini reyting baholash va ularning elektron bazasini shakllantirishga qaratilgan elektron platforma ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita rahbari

2.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori, tashkiliy qoʻmita rahbari oʻrinbosari

3.

A.X. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

4.

B.O. Saidov

xalq taʼlimi vaziri

5.

I.Yu. Abdurahmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

7.

X.U. Umarova

Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori

8.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

9.

Lavozimiga koʻra

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

10.

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

11.

X.Gʻ. Xudoyberdiyev

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

12.

A.M. Abdullayev

“Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

13.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

14.

A.X. Xolmaxmatov

Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi, tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy qoʻmita ishiga kelishilgan holda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 07/22/96/0056-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)