1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Masʼullar |
|
I. Oʻquv jarayonini takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish metodlarini joriy etish | |||||
|
1. |
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) oʻquv-meʼyoriy hujjatlarini kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida takomillashtirib borish. |
1. Universitetda oʻqitilayotgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish, asosiy boʻlmagan fanlarni tanlov fanlari roʻyxatiga kiritish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish. 2. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari salmogʻini oshirish. 3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar isteʼmolchilari talablari va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish. |
- |
Har yili 1-avgustga qadar |
Universitet (R. Xolmurodov) |
|
2. |
Universitetning Transformatsiya ofisi rahbarligiga xorijlik mutaxassisni jalb etish. |
1. Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassisni jalb etish uchun ochiq tanlov eʼlon qilish. |
Universitet mablagʻlari |
2022-yil yanvar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
2. Ochiq tanlov natijasiga koʻra Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga nomzodlardan eng munosibini tayinlash. |
2022-yil aprel | ||||
|
3. |
Universitet va iqtisodiyot tarmoqlari integratsiyasini taʼminlash. |
1. Universitetda ish beruvchilarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kengashini tashkil etish hamda ular orasida soʻrov oʻtkazib, oʻquv dasturlarini takomillashtirib borish. |
- |
Har yili avgust oyida |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
2. Texnik va ishlab chiqarish yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar va malakaviy amaliyotlarga korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislarini keng jalb qilish. |
Doimiy | ||||
|
3. Bitiruvchi kurs talabalarining amaliyotlarini uzluksiz shaklda boʻlgʻusi ish joylarida oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2022/2023 oʻquv yilida | ||||
|
4. |
Maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimi sohalariga kadrlar tayyorlashda uzviylikni taʼminlash. |
1. Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti huzurida davlat-xususiy sheriklik asosida Eksperimental maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil qilish. 2. Pedagogika instituti, texnikum, akademik litsey, ixtisoslashgan maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarini jamlagan holda pedagogik taʼlim klasterini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini joriy etish. |
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida |
2022-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
5. |
Taʼlim jarayonining oʻquv adabiyotlari bilan toʻliq taʼminlanishiga erishish. |
1. Universitet tipografiyasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali zamonaviy raqamli tipografiyani tashkil etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil may |
Universitet (R. Xolmurodov) |
|
2. Fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlarini maqsadli rejalar asosida tayyorlash va nashr etish. |
Doimiy | ||||
|
3. Oʻquv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, xorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyoti sifatida foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
2022/2023 oʻquv yiliga qadar | ||||
|
4. Oʻquv adabiyotlarini nashr etish boʻyicha professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasini belgilash mexanizmini takomillashtirish. |
|||||
|
5. Oʻquv adabiyotlari va axborot manbalarini tayyorlashga yetuk professor-oʻqituvchilar, soha mutaxassislari va xorijiy olimlarni jalb qilish. |
|||||
|
6. |
Universitetda professor-oʻqituvchilarni tanlashning samarali tizimini joriy etish va ularning kasbiy mahoratini xorijiy mamlakatlarda muntazam oshirib borish. |
1. Pedagog xodimlarni tanlashning xalqaro tanlov mexanizmlari va muddatli shartnomalar tuzishga asoslangan tizimini joriy etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yiliga qadar |
Universitet (R. Xolmurodov) |
|
2. Har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga malaka oshirishga yuborish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
3. Professor-oʻqituvchilar ?chun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish. |
Doimiy | ||||
|
7. |
Universitet oʻquv jarayonini kredit-modul tizimiga oʻtkazish. |
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda oʻquv jarayonini kredit-modul tizimi talablari asosida toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil sentabr |
Universitet (R. Xolmurodov), Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (B. Mirqosimov) |
|
8. |
Universitetning taʼlim sohalariga mos tegishli yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. |
1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni Universitet doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2023-yil fevraldan boshlab |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov) |
|
2. Xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda oʻquv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash. |
2022 — 2025-yillar | ||||
|
3. Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish. |
|||||
|
9. |
Universitetda xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish. |
1. Xorijiy talabalar ishtirokida xalqaro fanlararo anjumanlarni oʻtkazish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
Doimiy |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
2. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarida Universitetning targʻibot-maslahat guruhlari va markazlarini tashkil etish. |
2022-2023-yillar | ||||
|
3. Universitetning xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida qoʻshma dasturlarini (filiallar) tashkil etish. |
2023 — 2025-yillar | ||||
|
4. Hamkor universitetlarda oʻzbek tili va madaniyati markazlarini tashkil qilish. |
|||||
|
5. Universitet rasmiy veb-saytining zamon talabalari asosida yangilangan versiyasini ishlab chiqish, xususan unda bitiruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirish hamda uning “Webometrics” reyting tizimida egallagan oʻrinlarini yaxshilash. |
2022-yil oktabr | ||||
|
10. |
Universitetning oʻquv jarayonini tashkil etishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. |
1. Oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan toʻliq jihozlash. 2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish. 3. Kafedra oʻquv yuklamalarini tayyorlash va uning bajarilishini nazorat qilishning elektron tizimini joriy qilish. 4. Universitet taʼlim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xususan: oʻquv auditoriyalarini onlayn veb-kameralar bilan toʻliq jihozlash va har bir fakultetda maʼruza mashgʻulotlari uchun moʻljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish; har bir talabani raqamli texnologiyalarga asoslangan ID-kartalar bilan taʼminlash va shu orqali taʼlim jarayonini nazorat qilish; Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish; taʼlim jarayonida xalqaro miqyosda keng qoʻllaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan (arxitektura yoʻnalishi uchun AutoCAD, iqtisodiyot uchun Stata, Matlab va boshqalar) foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil sentabr |
Universitet (R. Xolmurodov) |
|
11. |
Universitet oʻquv jarayonini boshqarishning zamonaviy axborot tizimlari asosida amalga oshirilishini taʼminlash. |
1. Universitetda tuzilma, professor-oʻqituvchilar va xodimlar hamda talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hemis. samdu. uz dasturiga toʻliq kiritilishiga erishish. 2. Universitetda oʻqitilayotgan barcha fanlar boʻyicha fan kontentlarining elektron bazasini shakllantirish va tizimga kiritish. |
- |
2022-yil sentabr |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
12. |
Universitet bilan uning tuzilmasidagi taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻquv-metodik, ilmiy-amaliy sohalardagi axborot almashinuvini raqamlashtirish. |
1. Universitet tuzilmasidagi taʼlim muassasalarini optik tolali Internetga ulash orqali ularning oliy taʼlim muassasalari bilan integratsiyalashgan elektron oʻquv-metodik taʼminot tizimini yaratish. 2. Universitet tuzilmasidagi taʼlim muassasalari kutubxonalarini elektron adabiyotlar bilan toʻldirish va Universitet bilan umumiy elektron makondan foydalanish mexanizmini joriy etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil dekabr |
Universitet (R. Xolmurodov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
13. |
Taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish va raqamli axborot-texnologiyalarini joriy etish maqsadida “Multimedia studiyasi”ni tashkil etish. |
1. Zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish maqsadida foto-, audio- va videomateriallarni tayyorlash va tarqatish. 2. Taʼlim jarayonini multimedia mahsulotlari bilan boyitish va mashgʻulotlarga bosqichma-bosqich raqamli elektron tizimlarni joriy etish. 3. Tegishli yoʻnalishlardagi talabalarda foto, video, audio va boshqa materiallar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023/2024 oʻquv yiliga qadar |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
II. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash | |||||
|
14. |
Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish. |
1. Tegishli ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktorantura qabul kvotasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga umumiy qabul kvotasi doirasida Universitetning ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilari umumiy sonidan kamida 30 foiz miqdorida belgilash. |
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar |
2022-yildan boshlab doimiy |
Universitet (R. Xolmurodov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov) |
|
2. Universitet tomonidan Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalariga ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
|||||
|
3. Professor-oʻqituvchilar uchun Web of Science, Scopus, Google Scholar tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etib borish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022 — 2024-yillar | |||
|
4. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma doktorantura dasturlarini yoʻlga qoʻyish. |
2022/2023 oʻquv yilida | ||||
|
5. Belgilangan tartibda tanlovlarda gʻolib boʻlgan Universitet professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun oʻqishga yuborishni tashkil etish. |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Doimiy | |||
|
15. |
Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining, xususan sohalar va hududlar boʻyicha birinchi 1000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish. |
1. Universitet xalqaro reytingini oshirish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil mart |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
2. Tahlil natijalariga qarab Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2022-yil aprel | ||||
|
3. Universitetda xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilgʻor yutuqlari bilan uygʻun rivojlanishni taʼminlash. |
Doimiy | ||||
|
4. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. |
2022-yil fevral | ||||
|
5. “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirib borish. |
Doimiy | ||||
|
6. Universitet ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish. |
2023/2024 oʻquv yiliga qadar | ||||
|
7. Xorijiy davlatlarning yetakchi professor-oʻqituvchilari hamda olimlarini Universitetga jalb etish. |
Doimiy | ||||
|
16. |
Universitetda Samarqand viloyati va unga yondosh hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini oʻzida aks ettiradigan va doimiy yangilab turish imkoniyatiga ega boʻlgan kartografik mahsulotni yaratish, yer resurslaridan unumli foydalanishga qaratilgan kartografik va raqamli maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan “Geoaxborot tizimlari markazi” (keyingi oʻrinlarda — GAT markazi)ni tashkil etish. |
1. Samarqand viloyatining tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiruvchi va doimiy yangilab turiluvchi, yer resurslaridan unumli foydalanishga qaratilgan kartografik va raqamli maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish maqsadida “GAT markazi”ni tashkil etish. 2. “GAT markazi”ni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Hududning geoaxborot va geolokatsiya tizimlarini yaratish hamda maʼlumotlar bazasini shakllantirish doirasida tadqiqotlar oʻtkazish. |
Grant mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil mart |
Universitet (R. Xolmurodov), Samarqand viloyat hokimligi (E. Turdimov) |
|
17. |
Universitetda olib borilayotgan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ularning natijadorligini oshirish, ilmiy ishlanmalar transferini samarali amalga oshirish. |
1. Amaliy va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolariga yoʻnaltirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish. 2. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilinadigan loyihalarga tanlov (amaliy/innovatsion hamda yosh olimlar) eʼlon qilish maqsadida oʻrnatilgan tartibda ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun taklif (mavzu)lar berish hamda tanlovlarda ishtirok etish. 3. Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi faoliyatini rivojlantirish (markaz uchun shtat birliklari ajratish). |
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar |
2022 — 2025-yillar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
18. |
Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazini tashkil qilish. |
1. Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish uchun “Startap” markazini tashkil qilish rejasini tuzish, mablagʻ va shtat birliklari ajratish. 2. Talabalarning eng yaxshi innovatsion loyiha va startaplarini ragʻbatlantirish. 3. “Startap” loyihalarini moliyalashtirishga yetakchi ishlab chiqarish korxonalarini jalb etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlari |
2023-yil yanvar |
Universitet (R. Xolmurodov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmono?), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov) |
|
19. |
“Amaliy mexanika va materiallar muhandisligi”, “Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi”, “Zamonaviy fizika va muqobil energiya manbalarini tadqiq qilish”, “Molekulyar biologiya va kimyoviy ilmiy-tadqiqot kompleksi” ilmiy laboratoriyalarini tashkil qilish. |
1. Laboratoriyalar joylashadigan xonalarni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash. 2. Hududiy muammolar bankini yaratish va laboratoriyalarda olib borilayotgan tadqiqotlarni mazkur muammolar yechimiga yoʻnaltirish. 3. Laboratoriyalarni xalqaro standartlarga mos asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlari |
2023-yil oktabr |
Universitet (R. Xolmurodov) |
|
III. Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
|
20. |
Universitet, uning tuzilmasidagi taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, jumladan yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash, shuningdek, laboratoriyalarni zamonaviy oʻquv-ilmiy uskunalar bilan jihozlash. |
1. Universitet, uning tuzilmasidagi taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi |
2022-yil yanvar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
2. Universitet, uning tuzilmasidagi taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish. |
2022-yil iyun | ||||
|
3. Xatlov natijalariga koʻra moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda Universitetning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil iyul | ||||
|
21. |
Universitetning ichki axborot telekommunikatsiya infratuzilmasini toʻliq yangilash. Tarmoq texnik topshirigʻi loyihasi va axborot xavfsizligi siyosati hujjatlarini joriy etish. |
1. Mavjud lokal va optik tolali tarmoqlarni xatlovdan oʻtkazish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil yanvar |
Universitet (R. Xolmurodov) |
|
2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib hamda texnik topshiriq asosida tarmoq jihozlarini xarid qilish va oʻrnatish. |
2022-yil may | ||||
|
3. Oʻquv jarayonida foydalanish uchun litsenziyalangan dasturiy taʼminot mahsulotlarini xarid qilish. |
2022-yil sentabr | ||||
|
22. |
Samarqand vi?oyati Urgut tumanida Universitetning Urgut filiali uchun yangi oʻquv binosi va talabalar turar joyini qurish hamda jihozlash. |
1. Obyekt qurilishi rejalashtirilgan maydonning geologik parametrlarini oʻrganish, maydonning texnik xulosalarini olish. 2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish. 3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023 — 2025-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
23. |
Muhandislik fizikasi instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Muhandislik fizikasi institutini Universitetning fizika fakulteti binosiga ushbu binoda taʼmirlash va jihozlash ishlari yakunlanganidan soʻng joylashtirish. |
1. Muhandislik fizikasi institutini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish. 2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish. 3. Obyektni kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023 — 2025-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
24. |
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti uchun Samarqand tumani Gulobod qoʻrgʻonida joylashgan Agrobiotexnologiyalar texnikumi hududida yangi oʻquv binosi va talabalar turar joyi binosini qurish hamda jihozlash. |
1. Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish. 2. Obyekt qurilishi rejalashtirilgan maydonning geologik parametrlarini oʻrganish, maydonning texnik xulosalarini olish. 3. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish. 4. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 5. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023 — 2025-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
25. |
Samarqand tumani Gulobod qoʻrgʻonida joylashgan Agrobiotexnologiyalar texnikumining mavjud binosini rekonstruksiya qilish. |
1. Binoning texnik holatini oʻrganib chiqish. 2. Olingan texnik xulosalarga asosan binoni rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish. 3. Obyektni rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023 — 2025-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
26. |
Universitet va uning tarkibiy tuzilmalarini toʻlaqonli faoliyat yuritishini tashkil etish. |
1. Universitet va uning tarkibidagi taʼlim muassasalarida dars jarayonini tashkil etishning navbatlilik koeffitsiyentini oʻrganish. 2. Oʻquvchi va talabalarning taʼlim olishi uchun munosib sharoit yaratish maqsadida Universitetni qoʻshimcha bino va inshootlar, zarur hollarda, yer maydoni bilan belgilangan tartibda taʼminlash. |
- |
2022 — 2025-yillar |
Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
IV. Talabalarning sogʻlom turmush tarzini yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish | |||||
|
27. |
Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus”ni keng joriy etish maqsadida markaz tashkil qilish. |
1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Universitetga tegishli binolardan Markaz uchun “5 ta muhim tashabbus”ni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash. 3. Xonalarni “5 ta muhim tashabbus” doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash. 4. Universitet fakultetlari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Munozara”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Tafakkur sinovlari”, “Maʼrifat maydoni” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish. 5. Universitetda “Guldasta” ashula va raqs ansambli, “Dutorchi qizlar” ansambli va talabalar xor jamoasini tashkil etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlari |
2022-yil aprel |
Universitet (R. Xolmurodov) |
|
28. |
Talabalarda kitob mutolaasiga qiziqishni yanada oshirish va ijodkor yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Universitetda “Kitobxonlik” oyligini oʻtkazish. |
1. Talaba-yoshlar oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Men sevgan roman”, “Eng zukko kitobxon”, “Men sevgan xorijiy asar”, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Men oʻqigan badiiy kitoblar” kabi mavzularda tanlovlar oʻtkazish. 2. Akademiklar, yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida kechalar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlari |
Har yili mart-aprel oylarida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Universitet (R. Xolmurodov) |
|
29. |
Talabalarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish. |
1. Universitet rektori kubogini tashkil etish hamda Universitetning ichki va viloyat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi musobaqalarini oʻtkazish. 2. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalar tashkil etish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlari |
Har yili reja asosida |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (A. Akkulov) |
|
30. |
Tarixiy shaxslar va xalq qahramonlari haqida talaba-yoshlar orasida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish. |
1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Qatagʻon qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va ijodini aks ettirgan holda kechalar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish. 2. Ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish. 3. El-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlarini oʻtkazish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlari |
Har yili reja asosida |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov) |
|
31. |
Mahallalar bilan hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish, uyushmagan yoshlarning kitob mutolaa qilishga va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish. |
1. “Bir ziyoli bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida hamda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida mahallarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish. 2. Mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan sport musobaqalari va kitobxonlik tadbirlarini oʻtkazish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlari |
Doimiy |
Universitet (R. Xolmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (A. Mamatov) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov) |
2-ILOVA
|
Koʻrsatkich nomi |
Oʻlchov birligi |
Amaldagi koʻrsatkich |
2022-yil |
2023-yil |
2024-yil |
2025-yil | |
|
I. Xalqaro reytingda birinchi 1000 talik oliy taʼlim muassasalari qatoriga kirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | |||||||
|
1. |
Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidagi jurnallarda nashr etilgan maqolalarning professor-oʻqituvchilar soniga nisbati |
koeffitsiyent |
0,6 |
0,8 |
1,0 |
1,5 |
2,0 |
|
2. |
Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida Q1 va Q2 chorak jurnallarida chop etilgan maqolalar |
foizda (jami maqolalar soniga nisbatan) |
21 |
25 |
30 |
35 |
40 |
|
3. |
Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidagi jurnallarda xorijiy professor-oʻqituvchilar bilanhammualliflikda nashr etilgan maqolalar |
foizda (jami maqolalar soniga nisbatan) |
15 |
17 |
19 |
23 |
30 |
|
4. |
Iqtiboslar soni boʻyicha “Xirsh” indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi |
foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
4 |
8 |
12 |
16 |
20 |
|
5. |
Xalqaro reytingda birinchi 1000 talik roʻyxatga kiruvchi oliy taʼlim muassasalarida ilmiy daraja (RhD, DSc) olgan professor-oʻqituvchilar |
nafar |
37 |
40 |
45 |
50 |
55 |
|
6. |
Oʻquv jarayoniga jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar |
nafar |
67 |
77 |
87 |
95 |
100 |
|
7. |
Xorijiy talabalar ulushi |
foizda (jami talabalar soniga nisbatan) |
0,2 |
1,1 |
3 |
5 |
10 |
|
8. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlarida universitet talabalarining ishtiroki |
nafar |
43 |
65 |
90 |
150 |
200 |
|
9. |
Xalqaro loyihalar |
loyihalar soni |
7 |
10 |
15 |
20 |
22 |
|
II. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | |||||||
|
10. |
Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar va rahbar kadrlar |
nafar |
40 |
60 |
70 |
80 |
100 |
|
11. |
Chet tilini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy yoki IELTS, TOYEFL, CEFR va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega professor-oʻqituvchilar |
foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
5 |
9 |
13 |
17 |
21 |
|
12. |
Chet tilini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy yoki IELTS, TOYEFL, CEFR va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega talabalar |
foizda (jami talabalar soniga nisbatan) |
1,5 |
6 |
11 |
17 |
25 |
|
13. |
Mutaxassislik boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar |
foizda (jami mutaxassislik fanlari soniga nisbatan) |
7 |
10 |
15 |
20 |
25 |
|
III. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish | |||||||
|
14. |
Ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar |
foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
56 |
59 |
65 |
68 |
75 |
|
15. |
Oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash koʻrsatkichi (PhD, DSc) |
himoya qilingan ilmiy ishlar soni |
66 |
70 |
75 |
80 |
90 |
|
16. |
Ilmiy tadqiqot dasturlari (shu jumladan xalqaro) doirasida jalb etilgan mablagʻlar |
mlrd soʻm |
8,8 |
10,1 |
12,9 |
18,0 |
25,0 |
|
17. |
Xoʻjalik shartnomalari hisobiga jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlar |
mlrd soʻm |
1,8 |
2,1 |
4,0 |
5,0 |
10,0 |
|
18. |
Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar |
maqolalar soni |
413 |
574 |
637 |
700 |
800 |
|
19. |
Respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalar |
konferensiyalar soni |
9 |
10 |
15 |
20 |
25 |
|
IV. Talaba-yoshlar taʼlimi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish | |||||||
|
20. |
Talaba-yoshlarning ilmiy maqola, kitob va ijod namunalarini nashr etish |
soni |
200 |
400 |
600 |
800 |
1000 |
|
21. |
Professor-oʻqituvchilar va xodimlar orasida sport bilan shugʻullanuvchilarning ulushi |
foizda |
35 |
45 |
55 |
65 |
75 |
|
22. |
Talaba-yoshlar orasida sport bilan shugʻullanuvchilarning ulushi |
foizda |
30 |
45 |
60 |
75 |
90 |
|
23. |
Universitet talabalarining “Yil talabasi”, “5 ta muhim tashabbus” va boshqa yoʻnalishlardagi tanlovlarda ishtiroki |
foizda |
15 |
20 |
25 |
30 |
35 |
3-ILOVA
Kafedralar | Ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari | Tarmoq korxonalari, tashkilotlari va muassasalari | |
1. | Biologiya fakulteti: Botanika; Zoologiya; Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo; Genetika va biotexnologiya; Oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya. | 1) Akademik A.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti; 2) Oʻsimlik moddalar kimyosi instituti; 3) Zoologiya instituti; 4) Botanika instituti; 5) Genomika va bioinformatika instituti; 6) Agrokimyo va tuproqshunoslik instituti; 7) Paxtachilik va gʻoʻza seleksiyasi ilmiy tekshirish instituti; 8) Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti; 9) Mikrobiologiya instituti; 10) Biofizika va biokimyo instituti; 11) Veterinariya ilmiy tekshirish instituti. | 1) “Navoiy KMK” AJ; 2) “Qizilqumsement” AJ; 3) “Oʻzkimyosanoat” AJ; 4) “Samarqand” xalqaro aeroporti; 5) “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi; 6) Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi; 7) Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi. |
2. | Kimyo fakulteti: Noorganik kimyo va materialshunoslik; Organik sintez va bioorganik kimyo; Analitik kimyo; Fizikaviy va kolloid kimyo; Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya. | 1) Akademik A.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti; 2) Oʻsimlik moddalar kimyosi instituti; 3) Umumiy va noorganik kimyo instituti. | 1) “Oʻzkimyosanoat” AJ; 2) “Oʻzbekneftgaz” AJ; 3) “Olmaliq KMK” AJ; 4) “Navoiyazot” AJ; 5) “Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJ; 6) “Muborak neftni qayta ishlash zavodi” AJ; 7) “OʻzBAT” qoʻshma korxonasi; 8) “Diamon Glas” qoʻshma korxonasi; 9) “Uz-Kor Gas Chemical” qoʻshmakorxonasi. |
3. | Geografiya va ekologiya fakulteti: Geografiya va tabiiy resurslar; Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya; Gidrometeorologiya; Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi. | 1) Suv muammolari instituti; 2) Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti; 3) Gʻ. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti; 4) Gidrometeorologiya instituti; 5) Botanika instituti; 6) Zoologiya instituti. | 1) Samarqand viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi; 2) Zarafshon milliy tabiat bogʻi; 3) Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi; 4) “SAGA” korxonasi. |
4. | Matematika fakulteti: Matematik analiz; Algebra va geometriya; Differensial tenglamalar; Matematik fizika va funksional analiz; Nazariy va amaliy mexanika; Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. | 1) V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti; 2) Fizika-texnika instituti; 3) M.T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti. | 1) “JV MAN Auto-Uzbekistan” avtomobil zavodi; 2) “OʻzBAT” qoʻshma korxonasi; 3) “SamAuto” MCHJ. |
5. | Raqamli texnologiyalar fakulteti: Axborotlashtirish texnologiyalari; Optimal boshqaruv metodlari; Matematik modellashtirish; Dasturiy injiniring. | 1) Oʻzbekiston neft va gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti; 2) V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti; 3) M.T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti. | 1) “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ; 2) “Oʻzbekiston pochtasi” AJ; 3) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalari. |
6. | Inson resurslarini boshqarish fakulteti: Tarmoqlar iqtisodiyoti; Raqamli iqtisodiyot; Inson resurslarini boshqarish. | 1) Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi; 2) Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. | 1) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hududiy boshqarmalari; 2) Milliy statistika qoʻmitasi hududiy boshqarmalari. |
7. | Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti: Umumiy psixologiya; Psixologiya nazariyasi va amaliyoti; Sotsiologiya va ijtimoiy ish. | 1) “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi; 2) “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti; 3) Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi. | 1) Respublika bolalar moslashuvi markazi; 2) “SOS” bolalar mahallasi Samarqand filiali; 3) Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi. |
8. | Filologiya fakulteti: Mumtoz adabiyot tarixi; Oʻzbek tilshunosligi; Istiqlol davri oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi; Oʻzbek tili va adabiyoti; Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari; Rus filologiyasi; Fakultetlararo rus tili; Xorijiy tillar. | 1) Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti; 2) Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi; 3) Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi. | 1) Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasi; 2) Samarqand viloyati “Ovozi Samarqand” gazetasi; 3) Samarqand viloyati “Samarkandskiy Vestnik” gazetasi; 4) Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi. |
9. | Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti: Maktabgacha taʼlim; Boshlangʻich va texnologik taʼlim; Fakultetlararo pedagogika. | 1) A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti; 2) Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va pedagogik-psixologik respublika tashxis markazi; 3) Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi; 4) Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. | 1) Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi; 2) Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi; 3) Samarqand viloyati Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi; 4) “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi. |
10. | Sport faoliyati va sanʼat fakulteti: Sport faoliyati; Saʼnatshunoslik; Fakultetlararo jismoniy madaniyat. | 1) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi; 2) Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. | 1) Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi; 2) Samarqand viloyati Turizm va sport boshqarmasi. |
11. | Yuridik fakultet: Huquqshunoslik va huquq taʼlimi; Falsafa va milliy gʻoya. | 1) Davlat va huquq instituti; 2) Toshkent davlat yuridik universiteti; 3) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi. | 1) Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi; 2) Samarqand viloyati sudi. |
12. | Tarix fakulteti: Oʻzbekiston tarixi; Arxeologiya; Tarixshunoslik va manbashunoslik; Jahon tarixi. | 1) Tarix instituti; 2) Milliy arxeologiya markazi; 3) Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti; 4) Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va muzeyi; 5) Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi; 6) Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz. | 1) Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi; 2) Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi. |