06.01.2022 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) va davlat xizmatlari markazlariga identifikatsiyalovchi ID-kartasini (keyingi o‘rinlarda — ID-karta) olish uchun murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, vakolatli davlat organi va davlat xizmatlari markazlari tomonidan an’anaviy tarzda ID-karta olish, shuningdek, vakolatli davlat organi tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi ham saqlab qolinishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ID-kartani olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron shakldagi murojaatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va yuborish, idoralararo ma’lumotlar bazasida tekshirish tartibi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining vazifalarini nazarda tutuvchi Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan chiqish uchun elektron shakldagi murojaatlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va yuborish, idoralararo ma’lumotlar bazasida tekshirish tartibi hamda murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining vazifalarini nazarda tutuvchi Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ID-kartani olish, fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun elektron murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilishini YIDXP orqali joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — murojaat etuvchilar) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali identifikatsiyalovchi ID-kartasini (keyingi o‘rinlarda — ID-karta) olish uchun ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) va davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ID-kartani olish uchun elektron murojaat qilish bo‘yicha arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan ma’lumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holati monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning elektron talabnomalarini identifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli statistik ma’lumotlarni shakllantirish va monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Murojaat etuvchilarning ID-kartani olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat etuvchi ID-kartani olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra YIDXP orqali elektron raqamli imzodan yoki Mobil-ID tizimidan foydalanib ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat etadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaat etuvchi YIDXP orqali ID-kartani olish bo‘yicha ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi vakolatli organ tomonidan “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga so‘rovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat berilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat ichida so‘rovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan taqdirda, so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtomatlashtirilgan tizim orqali so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlangach, murojaat etuvchi uch ish kuni ichida davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji to‘lovini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan, muddati o‘tgan yoki yaroqsiz holatga kelgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalari) rasmiylashtirishda ular O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritilguniga qadar davlat boji to‘lovi undirilmaydi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji to‘lovlari amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. To‘lov muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng ID-kartani olish bo‘yicha so‘rovnoma ID-kartani rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lovlar belgilangan muddatda yoki to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda, so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqaro ID-kartani olish yuzasidan tegishli xabarnomani olganidan so‘ng, uch ish kuni ichida zarur bo‘lgan hujjatlarni (ilgari berilgan pasport yoki ID-karta, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda), vakolatli organning qarorini (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida) va davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiyani (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas) vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ tomonidan o‘rnatilgan tartibda talabnoma shakllantirilgandan so‘ng murojaat etuvchiga bir ish kuni davomida ID-karta rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan to‘lov summasi ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaat etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning identifikatsiya ID-kartasini olish (almashtirish) uchun elektron murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Murojaat etuvchi

1. Elektron murojaat qilish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Identifikatsiya ID-kartasini (ID-karta) olish uchun elektron so‘rovnomani to‘ldiradi va avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) yuboradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.

Avtomatik ravishda

2. Ma’lumotlar haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi.

3. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga so‘rovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat berilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).

Bir ish kuni ichida

4. Belgilangan muddat ichida so‘rovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan taqdirda, so‘rovnomani rad etadi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Murojaat etuvchi

ID-karta olish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshiradi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Murojaat etuvchi

Tegishli xabarnomani olganidan so‘ng zarur bo‘lgan hujjatlarni, vakolatli organning qarorini (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida) va davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiyani (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas) vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

ID-kartani rasmiylashtiradi va murojaat etuvchiga taqdim etadi.

Bir ish kuni davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning identifikatsiya ID-kartasini olish (almashtirish) bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Murojaat etuvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Shahar yo‘lovchilar transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari

o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs

Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot

1. JSHSHIR

2. F.I.O

II. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etiladigan fuqarolik pasporti, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi identifikatsiyalovchi ID — kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki guvohnomasi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma haqida ma’lumot

3. Seriyasi va raqami:

4. Kim tomonidan berilgan:

5. Qachon berilgan:

III. Murojaat etuvchi tomonidan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga tashrif buyurish vaqti haqidagi ma’lumotlar

6. Ma’lumotlarni yig‘ish punktiga kelish sanasi

7. Ma’lumotlarni yig‘ish punktiga kelish vaqti

8. Tashrif buyuriladigan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

IV. Boshqa ma’lumotlar

9. Telefon raqami

10. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa):

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi o‘rinlarda — murojaat etuvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmatlari YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar shaxslarning fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish yuzasidan elektron shakldagi murojaatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonida “E-Fuqaro” IMB doirasida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan ma’lumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holati monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda shaxsning fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun davlat boji to‘lovlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli statistik ma’lumotlarni shakllantirish va monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “E-Fuqaro” IMB doirasida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar almashinuvi monitoringini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat etuvchi fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish masalalari yuzasidan o‘z xohishiga ko‘ra YIDXPda elektron raqamli imzodan yoki Mobil-ID tizimidan foydalanib, ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat etuvchi YIDXP orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolikka qabul qilish masalasi yuzasidan murojaat etganda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolikdan chiqish masalasi yuzasidan murojaat etganda, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi va avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatli organ “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali uch kun ish ichida so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning tashabbusi yoki murojaat etuvchining iltimosnomasiga ko‘ra so‘rovnomadagi yozuvlarda aniqlangan xato va kamchiliklar (murojaat etuvchi vakolatli organga shaxsan kelib murojaat etganda) tuzatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanganda yoki to‘lovlar belgilangan muddatda yoki to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda, so‘rovnoma rad etiladi va murojaat etuvchiga YIDXP orqali elektron ravishda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda xabar beriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish yuzasidan YIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan davlat boji miqdorining 90 foizi to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmati uchun to‘lov murojaat etuvchi tomonidan xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lovlar amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaat etuvchi tegishli xabarnomani olib, davlat boji to‘lovini amalga oshirgandan so‘ng fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan hujjatlarni uch ish kuni ichida vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “E-Fuqaro” IMB tizimiga tushgan fuqarolik masalasi bo‘yicha elektron arizalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining “E-Fuqaro” IMB orqali real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlar hamda idoralararo o‘zaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan ma’lumotlar sxemasida belgilangan tartibda va muddatlarda tekshiruvlardan o‘tkaziladi va xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. So‘rovnoma rad etilgan taqdirda, murojaat etuvchi tomonidan qayta so‘rovnoma to‘ldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan to‘lov summasi murojaat etuvchiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Murojaat etuvchi

1. Fuqarolikka qabul qilish hamda fuqarolikdan chiqish bo‘yicha elektron murojaat qilish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun elektron so‘rovnomani to‘ldiradi va avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) yuboradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Vakolatli organ “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.

Uch ish kuni ichida

2. Ma’lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi (elektron pochta orqali yoki SMS xabarnomasi).

Avtomatik ravishda

3. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanganda yoki to‘lovlar belgilangan muddatda yoki to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda, so‘rovnomani rad etadi va murojaat etuvchiga sabablarini ko‘rsatgan holda xabar beradi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Murojaat etuvchi

Xabarnomani olgandan so‘ng fuqarolikka qabul qilish yoki chiqish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan davlat boji miqdorining 90 foizini to‘laydi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Murojaat etuvchi

Tegishli xabarnomani olib, davlat boji to‘lovini amalga oshirgandan so‘ng fuqarolikka qabul qilish yoki chiqish bo‘yicha zarur bo‘lgan hujjatlarni (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan hujjatlarni) ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

1. “E-Fuqaro” IMB tizimiga tushgan fuqarolik masalasi bo‘yicha elektron arizalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining “E-Fuqaro” IMB orqali real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan ma’lumotlari hamda idoralararo o‘zaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan ma’lumotlar sxemasida belgilangan tartibda va muddatlarda tekshiruvlardan o‘tkazadi.

2. Tekshiruv natijalari bo‘yicha murojaat etuvchiga yuqorida ko‘rsatilgan qarorda belgilangan muddatlarda xabar beradi (elektron pochta orqali yoki SMS xabarnomasi).

Belgilangan tartibda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza beruvchi jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Oldin mavjud bo‘lgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi o‘zgartirishning sababi (o‘zgartirgan bo‘lsa):

3. Tug‘ilgan joyi va sanasi:

4. Millati:

5. Ma’lumoti va ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni:

7. Oilaviy ahvoli:

8. Ilgari O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yo‘qotganligi:

9. Yashash guvohnomasining seriyasi va raqami, qaysi organ tomonidan va qachon rasmiylashtirilgan:

10. Harbiy xizmatni qachon va qayerda o‘tagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi ma’lumotlar:

11. O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz qachon, qayerda va nima sababdan:

12. O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelgan sana va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan sana:

13. O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi:

14. O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan:


15. Mehnat faoliyati (ta’lim muassasalarida o‘qish va harbiy xizmat ko‘rsatib o‘tiladi).

Yili va oyi

Lavozim, davlat organi yoki boshqa tashkilotning nomi

Ish joyi va manzili

Kirish

Ketish




























16. Yaqin qarindoshlar (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, farzandlari).


Qarindoshlik darajasi va fuqaroligi

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tug‘ilgan sanasi va joyi

Ish joyi, lavozimi

Yashash manzili

























/Boshqa yaqin qarindoshlarim yo‘q


17. Nikohga doir ma’lumotlar


Nikoh tuzilgan yoki bekor qilingan sana va qayd qilgan organ va berilgan hujjatlarning seriyasi va raqami*

Sobiq va hozirgi vaqtdagi turmush o‘rtog‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi

Tug‘ilgan sanasi va joyi

Fuqaroligi



Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan o‘tgan bo‘lsa, ularning barchasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


18. O‘zbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid ma’lumotlar

Yili va oyi

Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatda turib yashagan manzillari

kelgan

ketgan











19. O‘zingiz bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandlaringizni ham fuqarolikka qabul qilishni so‘rasangiz, ularni ko‘rsating. /18 yoshga qadar/

T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tug‘ilgan sanasi va joyi




SAVOLLAR

JAVOBLAR

20. Yashash manzili va telefon raqami:

21. Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxatini sanab o‘ting:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza beruvchi jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Oldin mavjud bo‘lgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi o‘zgartirishning sababi (o‘zgartirgan bo‘lsa):

3. Tug‘ilgan joyi va sanasi:

4. Millati:

5. Ma’lumoti va ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni:

7. Oilaviy ahvoli:

8. Ilgari O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yo‘qotganligi:

9. O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan:

10. Davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyatlarining mavjudligi:


11. Mehnat faoliyati (ta’lim muassasalarida o‘qish va harbiy xizmat ko‘rsatib o‘tiladi).

Yili va oyi

Lavozim, davlat organi yoki boshqa tashkilotning nomi

Ish joyi va manzili

Kirish

Ketish


































12. Yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari).

Qarindoshlik darajasi va fuqaroligi

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tug‘ilgan sanasi va joyi

Ish joyi, lavozimi

Istiqomat qiladigan davlati va yashash manzili
































/Boshqa yaqin qarindoshlarim yo‘q/

13. Nikohga doir ma’lumotlar.

Nikoh tuzilgan yoki bekor qilingan sana va qayd qilgan organ va berilgan hujjatning seriyasi va raqami*

Turmush o‘rtog‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi

Tug‘ilgan sanasi va joyi

Fuqaroligi




Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan o‘tgan bo‘lsa, ularning barchasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


14. O‘zbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid ma’lumotlar.

Yil va oy

Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatda turib yashagan manzillari

kelgan

ketgan










15. O‘zim bilan birgalikda quyidagi voyaga yetmagan farzandlarimni ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga ruxsat berishingizni so‘rayman /18 yoshga qadar/

T/r

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tug‘ilgan sanasi

Tug‘ilgan joyi

Izoh








SAVOLLAR

JAVOBLAR

16. Harbiy xizmatga majburligi va harbiy unvoni (chaqiruv yoshidagi shaxsning O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashdan ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi).

17. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish sabablarni ko‘rsating.

SAVOLLAR

JAVOBLAR

18. Uy manzilingiz va telefon raqamingiz.

19. Pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan.

20. Arizaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxatini sanab o‘ting.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2022-y., 09/22/8/0005-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)