30.12.2021 yildagi PQ-76-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini taʼminlash hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi aʼzosi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining boshliqlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan bevosita lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Global ekologik jamgʻarmasi, Moslashish jamgʻarmasi hamda Yashil iqlim jamgʻarmasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, taqdimnoma hamda koʻrsatmalari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi — Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining, Gidrometeorologiya xizmati agentligi — Gidrometeorologiya xizmati markazining vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, oʻzgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlar tegishli yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirilmagan holda qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tarkibiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarni (agentliklar bundan mustasno) hamda ularning tarkibidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va davlat oʻrmon xoʻjaliklari tuzilmalarini (namunaviy tuzilmalarini) tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilmiy va taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlarini maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 4-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga koʻtarish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat ekologiya qoʻmitasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ekologik patrul” ishlash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati va Milliy gvardiyaning patrullikka jalb etilgan boʻlinmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha vakolatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari ijrosi soʻzsiz taʼminlanishini nazorat qilishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalari bilan yaqindan hamkorligini oʻrnatish hamda qoʻshma profilaktik tadbirlarni oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya va Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha vakolatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari ijrosi soʻzsiz taʼminlanishini nazorat qilishda oʻzaro yaqindan hamkorlikni oʻrnatsin hamda qoʻshma profilaktik tadbirlarni oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish huquqiga ega xodimlari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 285-moddasiga asosan huquqbuzarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish, shaxsan koʻrikdan oʻtkazish, uning ashyolari va transport vositalarini koʻzdan kechirish hamda ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish vakolatlariga ega.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2022-yil 1-martdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini obod holda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish va sugʻorish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, taʼmirlash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, taʼmirlash va lozim darajada saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali obyektlarni oʻrnatish va qurish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tegishli yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur bandga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari tomonidan belgilangan shart va majburiyatlar bajarilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiyaning patrullikka jalb etilgan boʻlinmalari hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvarga qadar shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlariga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari tomonidan mazkur qarorning 9-10-bandlariga asosan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalarida tegishli shart va majburiyatlar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi koʻkalamzorlashtirish maydonlariga ajratilishini va ularda koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari loyiha hujjatlari boʻyicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida oʻz hududi va tutash hududlarda “yashil belbogʻ”lar barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlar ekish va ularni parvarishlash hamda sugʻorish tadbirlarini moliyalashtirish masalalari vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalarining yillik xarajatlar smetasida hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari, maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida joylashgan sanoat korxonalarining yillik biznes rejalarida koʻzda tutilishini taʼminlash.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2022-yil 1-fevraldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat ekologiya qoʻmitasi keng jamoatchilik, ilmiy tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etgan holda 2022-yil 1-dekabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va taʼsirini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilmaxillikni asrash, tiklash va koʻpaytirishning aniq mexanizmlari va ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari va fuqarolarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan “yashil iqtisodiyotni” ragʻbatlantirish choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3956-son qarori 3-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari va 4-bandi, shuningdek, unga 1 — 5 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-76-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qaroriga

6-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini institutsional va huquqiy jihatdan takomillashtirish

1.

Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi kodeksi loyihasi.

Loyihada:

ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va taʼsirini tubdan oshirish;

bioxilmaxillikni asrash, tiklash va koʻpaytirishning aniq mexanizmlari va ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan “yashil iqtisodiyotni” ragʻbatlantirish choralari;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil noyabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika taʼminotini qaytadan koʻrib chiqish, sohaga axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni tatbiq etish boʻyicha masalalar nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda jarayonlarning tabiiy kechishi monitoringini yuritish, infratuzilmasini shakllantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishning yagona metodikasini ishlab chiqish.

Davlat ekologiya qoʻmitasi qarori loyihasi.

Loyihada:

qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish tartibini shakllantirish, mazkur tartibda olingan maʼlumotlarni tahlil qilish, mahalliy va respublika darajasida hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash;

qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda monitoring oʻtkazish tartibini shakllantirish;

tabiiy majmualar monitoringi maʼlumotlarini bioxilmaxillikning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish, hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash boʻyicha barcha davlat organlari, muassasalari va yuridik shaxslar uchun yagona boʻlgan tartibni belgilash nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimlarida samarali mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Yoshlarda ekologik bilim va koʻnikmalarni ragʻbatlantirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faol ekolog oʻquvchilarni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faol ekolog oʻquvchilarni ochiq va shaffof usulda tanlash;

ekologik sanalarga qadar faol ekolog oʻquvchilar orasidan tanlov gʻoliblarini aniqlash;

tanlov gʻoliblarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

doimiy

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha

6.

Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Xalqaro Toza suv va salomatlik Jeneva protokoliga (2000-yil) aʼzo boʻlib kirish masalasini koʻrib chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi toʻgʻrisidagi konvensiya (1979-yil 13-noyabr, Jeneva sh.) va uning asosiy protokollariga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Qushlarning migratsiyasida va yashash joylari sifatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan Sudochye va Jaltirbas koʻllarini Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (Ramsar konvensiyasi) roʻyxatiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda oʻrganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil sentabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Oʻzbekiston Respublikasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yigʻilishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kotibiyati bilan uchinchi yigʻilishni oʻzbek tomoni raisligida tashkil etishni kelishish;

uchinchi yigʻilish kun tartibi, dasturi va boshqa tashkiliy masalalarini ishlab chiqish.

Hisob-kitoblarga asosan

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boʻyicha

11.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufida boʻlgan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻini (2426,2 ga) shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻini qabul qilish — topshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiya tuzish;

topshiriladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻining obyektlari, moddiy-texnik boyliklari va boshqa mulklarini xatlovdan oʻtkazish;

“Zarafshon” davlat milliy tabiat bogʻini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi — topshirilishini taʼminlash.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

12.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 423 bosh Buxoro bugʻulari uchun yashash sharoitlarini yaxshilash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, biosfera rezervatining Baday-toʻqay boʻlimida daraxtlarni qurib qolishidan saqlash uchun 3 km uzunlikda kanal barpo qilish va Amudaryo daryosidan suv chiqarish uchun SNP-500 elektr nasosini oʻrnatish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti mablagʻlari

2022-yil iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qoʻmitasi

13.

Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar turlaridan foydalanishni taqiqlovchi va cheklovchi talablarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarga hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi 290-son qarorida belgilangan talablarni oʻzgartirish nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar Akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish sohasida

14.

Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini yangi tahrirda qabul qilish orqali takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

beshta xavf-xatar toifasi tizimi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish;

ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni moliyaviy ragʻbatlantirish;

sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni taʼminlash;

oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiyot chiqindilarini yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

15.

Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi va sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari negizida unitar korxona shaklida Sanitar tozalash boʻyicha respublika markazi va uning hududiy filiallarini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasi.

Loyihada Sanitar tozalash boʻyicha respublika markazi va uning filiallarini moliyalashtirish manbalari, asosiy vazifalari hamda faoliyatini tartibga solish boʻyicha normalar nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha yangi kasblarni (eko-tahlilchi, eko-auditor, ekolog-logist va boshqa) joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, xorijiy mamlakatlarning tajribasini puxta tahlil qilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha yangi kasblarni joriy etish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi

17.

Tabiiy noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada tabiiy noruda materiallarini noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil iyul

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Kadastr agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, hududlarda hosil boʻladigan xavfli tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish boʻyicha joylardagi haqiqiy holatni oʻrganish, ushbu yoʻnalishda infratuzilmani rivojlantirish, markazlashgan tizim joriy etish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

21.

Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning tegishli mutaxassislarini ekologiya va atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning oldini olish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasini oʻrganish.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning xodimlariga malaka oshirish kurslarini joriy qilishning maʼmuriy va huquqiy asoslari oʻrganilib chiqish hamda asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qoʻmitasi

22.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishini sezilarli darajada kamaytirish, avtotransport vositalari harakatlanishi uchun yoqilgʻi sarfini maqbullashtirish maqsadida tajriba sinov tariqasida elektromobillar foydalanish amaliyotini joriy etish va ularni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tajriba sinov tariqasida Davlat ekologiya qoʻmitasi va hududiy tarkibiy boʻlinmalari uchun avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlariga muvofiq ajratilgan xizmat avtomobillarining 20 foizigacha boʻlgan qismini elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalariga almashtirish hamda ular uchun elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish;

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

2022-2023-yillar davomida

Davlat ekologiya qoʻmitasi

tajriba sinov natijalarini tanqidiy tahlil qilgan holda xizmat avtomobillarini toʻliq elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalariga almashtirish boʻyicha asoslantirilgan taklif kiritish.

2023-yil noyabr

23.

Qizilmiya, kavrak (qizil kitobga kiritilmagan turlari), kovul va boshqa dorivor oʻsimliklar yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, poʻstlogʻi, barglari, gʻunchalari, gullari, urugʻlari, mevalari, sharbati (yelimi) va boshqa mahsulotlarini oʻzboshimchalik bilan yigʻish uchun javobgarlik masalasini oʻrganish.

Tahliliy maʼlumotnoma.

Bunda, huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qoʻmitasi

24.

“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatini joylashtirish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, yer uchastkalari belgilangan tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasiga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish choralari koʻriladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil mart

Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi

V. Atmosfera havosini, suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻyicha

25.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga oʻtkazish boʻyicha tashkiliy va huquqiy mexanizmlar nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat geologiya qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

26.

Tajriba tariqasida atrof-muhitga taʼsir xavfi yuqori boʻlgan 2 ta korxonaning atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarida namunalar olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalar oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, I-toifaga mansub korxonalarda tanlov asosida 2 dona avtomatik stansiyalar oʻrnatish, ularni yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish va amalga oshirilgan ishlar natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari

2022-yil dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

27.

Atmosfera havosiga transport vositalaridan tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tashkil etish choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishni kengaytirish;

“yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari mahsulotlarini loyihalashtirganlik, ishlab chiqarganlik va moliyalashtirganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Respublika boʻyicha 50 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy koʻllar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil boʻyi mintaqalarini belgilash ishlarini bosqichma-bosqich yakuniga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha 2022-yilda 12 ta, 2023-yilda 10 ta, 2024-yilda 10 ta, 2025-yilda 10 ta, 2026-yilda 8 ta suv obyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

suv havzalarining suvni muhofaza zonalari va sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

2022 — 2026-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat ekologiya qoʻmitasi

VI. Ekologik fojialarni bartaraf etish boʻyicha

29.

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tabiiy koʻllar barqaror ushlab turilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, Moʻynoq, Qoʻngʻirot va Taxtakoʻpir tumanlaridagi koʻllar tizimini qoʻshimcha suv bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

2022-2023-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi suv hajmining kamayishi kuzatilayotganligini inobatga olib, suv sathining 245 m koʻrsatkich nuqtasida barqaror ushlab turilishini taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga qoʻshimcha suv oqimi bilan taʼminlash masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Idoralararo Hukumat ishchi komissiyasini tuzish;

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi bilan bogʻliq holatni joyiga chiqqan holda oʻrganib, oqibatlarini tahlil qilish va ularni oldini olish boʻyicha taklif kiritish nazarda tutiladi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Hududlarning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, toʻplanib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish, kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarning oldini olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

manfaatdor tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzish;

hududdagi toʻplanib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish;

kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarni oldini olish boʻyicha dastur loyihasini shakllantirish;

hududlarning dastur loyihalarini umumlashtirilgan holda respublika boʻyicha umumiy dastur loyihasini shakllantirish va tasdiqlash.

Mablagʻ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son; 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)