1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2026-yil 8-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan keltiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natiladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan keltiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natiladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartibini nazarda tutuvchi Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
767-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 767-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga xorijiy davlatlardan keltiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga jo‘natiladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning qoidalari yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik va konsullik pochta qoplariga nisbatan tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi provayderi — foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta, kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro kuryerlik jo‘natmalari — qisqa muddatlarda qo‘ldan-qo‘lga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, bosma nashrlar va boshqa jo‘natmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta almashinuvi joyi — kiruvchi va chiquvchi xalqaro pochta jo‘natmalariga to‘liq qayta ishlov beruvchi, shuningdek, ularni manzil bo‘yicha jo‘natuvchi milliy pochta aloqa operatorining alohida bo‘linmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi — O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida davlat bojxona xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda — bojxona organlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga xorijiy davlatlardan keltiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga jo‘natiladigan jo‘natmalar nazorati va rasmiylashtiruvini xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta jo‘natmalari — manzili ko‘rsatilgan tegishli qadoqdagi yozma xat-xabarlar, bosma nashrlar va boshqa jo‘natmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlar — jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan shaxsiy, oilaviy (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari) ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan hamda tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat maqsadlari uchun tovarlar — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan ishlab chiqarish, tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro pochta jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga jo‘natish pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga jo‘natish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazishda — maxsus belgilangan bojxona postlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti orqali yetkazishda — xalqaro aeroportlar yoki ularga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida (keyingi o‘rinlarda — jo‘natmalar) yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki jo‘natuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan jo‘natmalar ushbu bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha jo‘natmalarga O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari, ushbu Nizom qoidalari va Umumjahon pochta ittifoqi aktlari asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan jo‘natmalarda yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Jo‘natmalarni bojxona nazoratidan o‘tkazmasdan qabul qiluvchilarga berish yoki bojxona hududidan tashqariga jo‘natish ta’qiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jo‘natmalarning bojxona nazorati keltiriladigan jo‘natmalar uchun bojxona chegarasini kesib o‘tishi bilan, olib chiqiladigan jo‘natmalar uchun esa bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan vaqtdan boshlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘natmalarning bojxona nazorati olib kirishda bojxona organlari tomonidan chiqarishga ruxsat berilganda yoki olib chiqishda bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chetdan keltiriladigan jo‘natmalar bojxona nazorati zonasiga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 218-moddasida belgilangan tartibda yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga jo‘natmalar topshirilishi va transport tashkilotlari vakillaridan pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan jo‘natmalar qabul qilinishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hujjatlarga jo‘natmalar bo‘yicha bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek, yuridik shaxslar manziliga qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining aktlarida nazarda tutilgan hujjatlar;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek, yuridik shaxslar manziliga qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlar uchun — tijorat hujjatlari.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda jo‘natmalarda yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘natmalarda olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir xalqaro kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari tomonidan bojxona organlariga bojxona deklaratsiyasi (bevosita xalqaro kuryerlik jo‘natmasiga yopishtirilgan bo‘lishi lozim), mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklda manifest hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan dastlabki elektron shakldagi axborot (keyingi o‘rinlarida — dastlabki axborot) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki axborotning bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan muvofiqligiga xalqaro kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki axborotning bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan nomuvofiqligi aniqlanganda yoxud dastlabki axborot mavjud bo‘lmaganda, bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona nazorati shakllari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki axborot mavjud bo‘lmaganda yoki qisman taqdim etilganda, xalqaro kuryerlik jo‘natmalarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi axborot bojxona organlariga pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari tomonidan to‘liq taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki axborot mavjud bo‘lganda va ular bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan muvofiq bo‘lsa hamda bojxona nazoratini amalga oshirgandan so‘ng biror-bir tafovut aniqlanmasa, bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimlari orqali elektron ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Keltirilgan jo‘natmalar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona ko‘zdan kechiruvini hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga jo‘natmalarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlariga bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, xalqaro jo‘natmalarda tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratiga taqdim etilgan jo‘natmalarni ochish, hujjatli solishtirish, tortish, qadoqlash hamda yuborilayotgan buyumlarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan sanash, o‘lchash hamda tortish bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jo‘natmalarni ochish orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bojxona organining mansabdor shaxsi va pochta aloqasi operatori yoki provayderining ikki nafar xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘natmalar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda, ularning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda shakllantirilib, to‘ldirilgan bojxona ko‘rigi dalolatnomasi bojxona ko‘rigini amalga oshirgan pochta aloqasi operatori yoki provayderining xodimlari hamda bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanib rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilgan va respublika bojxona hududidan olib chiqilgan, muayyan sabablarga ko‘ra orqaga qaytarilgan jo‘natmalar bojxona organi tomonidan majburiy tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanayotgan jo‘natmalarning bojxona nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 116 — 120-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Boshqa davlat organlarining (veterinar, karantin va boshqalar) nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan jo‘natmalarning bojxona rasmiylashtiruvi tegishli kuzatuv hujjatlariga ushbu organlarning chiqarish to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgandan keyin yoki ruxsat etuvchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bojxona nazorati zonasidan bojxona chegarasi tashqarisiga chiqarilayotgan jo‘natmalar bojxona organi tomonidan kuzatuv hujjatlariga shtamp va muhr bosish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga xorijiy davlatlardan keltiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga jo‘natiladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan sxemalarga muvofiq yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga keltirilayotgan jo‘natmalarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan joylarda jo‘natmalarning bojxona nazoratini amalga oshirishda tovarlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan bo‘lsa, bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi va keyingi manzilga yo‘naltirish hamda qabul qiluvchiga topshirish uchun pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qabul qiluvchi shaxs jo‘natmani olishdan voz kechganda, ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmaganda, saqlash muddati tugaganda, manzili to‘liq ko‘rsatilmaganda yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan ushbu jo‘natmalarni ortga qaytarish choralari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jo‘natmalar ichida tijorat maqsadida olib kelingan deb qaralgan tovarlar mavjud bo‘lganda, bojxona rasmiylashtiruvi tegishli tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jo‘natmalar orqali yuborilgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘natmalardagi tovarlar tadbirkorlik yoki boshqa tijorat maqsadlarida olib kelingan taqdirda, ularga nisbatan bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari olib o‘tilayotgan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘natmalardagi tovarlar miqdori yoki qiymati jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni shaxsiy ehtiyojlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirishning cheklangan me’yorlaridan ortgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar, tovarlarning barcha toifalari bo‘yicha bojxona qiymatidan va (yoki) og‘irligidan kelib chiqib, olib kirish me’yorlaridan ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga nisbatan hisoblangan bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng jo‘natmalar vakolatli shaxsga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari bojxona kirim orderidan foydalangan holda undiriladi. Bojxona to‘lovlarini hisoblash va bojxona kirim orderini to‘ldirish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari summasini hisoblash bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan Umumjahon pochta ittifoqining aktlarida nazarda tutilgan hujjatlar hamda tijorat hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning qiymati to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmaganda yoki tovarlarning narxi asossiz pasaytirilib ko‘rsatilganda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 164-moddasi talablariga muvofiq aniqlanadi hamda bojxona to‘lovlarini hisoblash va ularni to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jo‘natmalarning bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan bojxona to‘lovlari ushbu Nizom 23 — 25-bandlarida belgilangan tartibda bunday jo‘natmalarni qabul qilib oluvchilar tomonidan to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona to‘lovlari hisoblangan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini qabul qiluvchilar bojxona nazorati amalga oshirilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan taqdirda, bunday jo‘natmalar bojxona nazorati ostida qabul qiluvchining joylashgan hududidagi bojxona organiga belgilangan tartibda yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. O‘zbekiston Respublikasidan yuborilayotgan jo‘natmalarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yuboriladigan jo‘natmalarga ishlov berish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi hududida ular jo‘natuvchilardan bojxona nazorati zonalarida qabul qilib olinishida boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Har bir jo‘natuvchi jo‘natmalarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqishga va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda to‘ldirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘natmalar jo‘natuvchi tomonidan amaldagi qoidalarga binoan ushbu jarayonlarni nazorat qilish yuklatilgan pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari xodimi ishtirokida qadoqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan qabul qilingan chiquvchi jo‘natmalar kuzatuv hujjatlari bilan birga bojxona nazorat zonasiga tushadi va ularni tortish, dastlabki ajratish va yukxati yozish bo‘linmalariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratish bo‘linmalaridan jo‘natmalar kuzatuv hujjatlari bilan birga bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan bojxona organi xodimi bilan birgalikda jo‘natmalarning kuzatuv hujjatlari oldindan tekshirib chiqiladi va jo‘natish taqiqlangan buyumlar egasiga qaytarish uchun ajratiladi. Ushbu jo‘natmalarning kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan jo‘natilayotgan jo‘natmalar yuridik shaxslar, pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi tugagandan so‘ng qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Eksport qiluvchilar O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi o‘z hisobvaraqlariga to‘liq to‘lov kelib tushgandan keyin va ushbu ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarning yagona elektron axborot tizimiga kiritgandan so‘ng eksport shartnomalari tuzmasdan, internet-do‘konlari orqali tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport qilish huquqiga ega bo‘ladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda Internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha qiymati 5 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan tovar (xizmat)larni eksport qilishda, xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan tovarlarni o‘z ichiga olgan jo‘natmalar qonunchilikda belgilangan tartibda jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Nizom talablarini bajarishda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANIFEST

Izoh. Manifestda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zgartirmagan holda jadvalni qayta shakllantirishga yo‘l quyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirilayotgan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari
O‘zbekiston Respublikasi bojxona nazorati hududiga xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar to‘g‘risida davlat bojxona xizmati organlarining avtomatlashtirilgan tizimiga Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (YADIXP) orqali dastabki axborotni yuborish.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati amalga oshirilgunga qadar
2-bosqich
Bojxona organi xodimi
1. Oldindan kelib tushgan dastabki axborotni bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash va jo‘natmaning qanday maqsadlarda olib kirilayotganligini aniqlash.
Har bir xalqaro kuryerlik jo‘natmasi uchun 20 daqiqa
2. Jo‘natmalarning bojxona nazoratini amalga oshirishda tovarlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan bo‘lsa, bojxona rasmiylashtiruvi, shu jumladan, xavfni boshqarish tizimini qo‘llagan holda amalga oshirish.
Har bir xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi uchun 20 daqiqa
3. Jo‘natmani keyingi manzilga yoki qabul qiluvchiga yetkazish uchun pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish.
Bojxona nazorati yakuni bilan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari
O‘zbekiston Respublikasi bojxona nazorati hududiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini yetkazish.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati amalga oshirilgunga qadar
2-bosqich
Bojxona organi xodimi
1. Jo‘natmalarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi, shu jumladan, xavfni boshqarish tizimini qo‘llagan holda amalga oshirish.
Har bir xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi uchun 20 daqiqa
2. Jo‘natmalarni keyingi manzilga yetkazish uchun pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish.
Bojxona nazorati yakuni bilan
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/767/1179-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)