06.12.2021 yildagi 738-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — elektron axborot tizimi) ishlab chiqilganligi hamda Toshkent shahrida “test rejimida” ishlatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi 2022-yil 1-yanvardan 1-martga qadar “test rejimida” joriy etiladi va 2022-yil 1-martdan to‘liq ishga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-martdan boshlab shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) (keyingi o‘rinlarda — shaharlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazishning asosiy tamoyillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha tender takliflarining tarkibiga qo‘yiladigan talablar, takliflarni baholash va g‘olibni aniqlash mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tender g‘olibini aniqlash, ochiq tender g‘olibi bilan shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2022-yil 1-yanvarga qadar Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda elektron axborot tizimini O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari, avtotransport ijara shartnomalari va yo‘l-transport hodisalari, tashuvchilar nomiga rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilsin va 2022-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda barcha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘ini aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda takomillashtirish, harakatlanuvchi tarkibni bosqichma-bosqich yangilash, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda shaharlarda barqaror yo‘lovchi tashish transport tizimlarini yaratish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida tashuvchilar o‘rtasida muntazam ravishda targ‘ibot ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
738-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarni (keyingi o‘rinlarda — tenderlar) elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron platforma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmasi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam yo‘nalish — avtotransport vositalarining tasdiqlangan yo‘nalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yo‘l haqi tariflariga muvofiq muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li (keyingi o‘rinlarda — yo‘nalish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lot — tenderda e’lon qilingan yo‘lovchi tashish yo‘nalishi (yo‘nalishlar paketi, yo‘nalishning alohida jadvali (muayyan qatnovi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi — mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat shartlari asosida yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlarini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — tenderda qatnashish istagini bildirgan tashuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashchi — tenderlarda qatnashish uchun takliflarni axborot tizimi orqali taqdim etgan talabgor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender g‘olibi — lot bo‘yicha taqdim etgan takliflari baholash natijalariga ko‘ra eng ko‘p ballar to‘plagan tender qatnashchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (kontrakt) — tashuvchi hamda vakolatli organ o‘rtasida ommaviy oferta shaklida muayyan muddatga tuziladigan, yo‘nalishda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi yuridik hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brutto-shartnoma — yo‘nalishlarda cheklangan tariflarda yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalish pasporti — yo‘nalish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalish (lot) talablari — yo‘nalish pasporti asosida vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan, yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishning asosiy shartlari aks etgan ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender harakatlari — tashuvchiga muntazam yo‘nalishni biriktirish uchun tender e’lon qilishdan boshlab tender takliflarini taqdim etish, baholash, g‘olibni aniqlash va oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) rasmiylashtirish bilan yakunlanadigan harakatlar majmui.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish, yo‘nalishlarni vaqtincha biriktirish va tender tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasidagi hamda xalqaro yo‘nalishlarda (keyingi o‘rinlarda — shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar) — Transport vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda (keyingi o‘rinlarda — shahar va viloyat ichki yo‘nalishlari) — Transport vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli organning tenderlarni tashkillashtirish va o‘tkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishliligi bo‘yicha yo‘nalishlarni ochish, yopish hamda o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishlarning pasporti va talablarini ishlab chiqish va axborot tizimiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkaziladigan tenderlar to‘g‘risidagi e’lonlarni (lotlarni) axborot tizimiga hamda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender g‘olibining har bir avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron guvohnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender g‘olibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (brutto-shartnoma) talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlanganda qonunchilik hujjatlariga va/yoki shartnomaga (brutto-shartnomaga) muvofiq tegishli chora qo‘llash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ brutto-shartnoma tizimi doirasida shahar ichi avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brutto-shartnoma asosida tenderga chiqariladigan yo‘nalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishlarning boshlang‘ich narxini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yo‘nalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini ta’minlaydi va tender to‘g‘risida Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida e’lon qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan (texnik jihatdan soz) va mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasiga ega bo‘lgan hamda axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish davrida bir yo‘nalishda faqat bitta tashuvchi xizmat ko‘rsatadi. Yo‘nalishning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilar bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ tomonidan quyidagi holatlarda yo‘nalishlar tashuvchiga tender o‘tkazilmasdan oltmish kun muddatgacha bir marotaba vaqtincha biriktiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka va festivallarning faoliyat ko‘rsatishi davrida vaqtincha yo‘nalishlar tashkil etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnoma muddatidan avval belgilangan tartibda bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish uchun tenderda lot bo‘yicha talabgorlardan birorta ham taklif kelib tushmaganda yoki tender natijalari bo‘yicha g‘olib aniqlanmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan vaqtinchalik yo‘nalishlarni tashkil etish tashabbusi bilan faqatgina respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari chiqishlari mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmalar bo‘yicha soatbay haq to‘lash asosida amalga oshiriladigan tashish xizmatlari yo‘nalishlari uchun tender tashkil etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 9-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 10-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yo‘nalishni vaqtincha biriktirish bo‘yicha e’lon axborot tizimiga avtomatik ravishda hamda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishni vaqtincha biriktirish haqidagi arizalar e’lon berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza berish muddati tugagandan so‘ng axborot tizimida vaqtincha biriktirish uchun taklif etilgan avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili (ishlab chiqarilgan yildan boshlab necha yil o‘tgani) elektron hamkorlik yo‘li bilan tegishli vazirlik va idoralardan elektron so‘rov orqali aniqlanadi va axborot tizimida ushbu Nizomga 2-ilovaning 3-bandiga muvofiq avtomatik baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yo‘nalishni vaqtincha biriktirishda bir nechta tashuvchining takliflari (avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili) teng bo‘lsa, axborot tizimida birinchi murojaat etgan tashuvchiga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchining takliflari yo‘nalish talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, yo‘nalishda vaqtincha faoliyat yuritish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda axborot tizimida avtomatik ravishda tender harakatlari boshlanadi (yarmarka va festivallarning faoliyat ko‘rsatishi davrida vaqtincha yo‘nalishlardan tashqari). Bunda tashuvchi ommaviy oferta shartnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab to‘rt ish kunida avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari rasmiylashtirishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 12-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yo‘nalishni tashuvchiga vaqtincha biriktirish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma rasmiylashtirmasdan yo‘nalishda xizmat ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddati tugagach, yo‘nalish o‘ttiz kalendar kun avval axborot tizimida avtomatik ravishda qayta tenderga qo‘yiladi. Shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ yo‘nalish talablariga o‘zgartirishlar kiritishga qaror qilsa, yo‘nalish pasporti unga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlanadi. Yo‘nalishga xizmat ko‘rsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi davrida yo‘nalish pasportiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (yo‘nalish sxemasi, harakat jadvallari, qatnov soni, avtotransport hamda tarifdagi o‘zgarishlar) kiritish tomonlarning kelishuviga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tender o‘tkazishning asosiy tamoyillari va tenderlarni tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tenderni o‘tkazish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishlarni tashuvchilar o‘rtasida, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar qonuniy, xolisona taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yo‘lovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderlar faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderda eng manfaatli shartlarini taklif etgan tashuvchiga yo‘nalishni biriktirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan tenderlar tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organlar tenderga qo‘yiladigan yo‘nalishlar (yo‘nalishlar paketlari yoki jadvali) ro‘yxatini tayyorlaydi, lot talablarini, tender predmetini, tender vaqtini, tender o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin axborot tizimiga kiritadi va bu haqda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida e’lon qiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Axborot tizimiga joylashtirilgan yo‘nalish pasporti, e’lon qilingan lotlar va yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Lotga quyidagilar qo‘yilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida yo‘nalishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yo‘nalishlar paketlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzunligi kamida 100 km bo‘lgan yo‘nalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yo‘nalishlar paketlarini shakllantirishda yo‘nalishlarning ahamiyati va rentabelliligi hisobga olinadi. Paketga yuqori rentabelli yo‘nalishlar bilan bir qatorda aholiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan norentabel yo‘nalishlar yoki ushbu yo‘nalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) kiritilishi mumkin, shahar avtobus yo‘nalishlari bundan mustasno.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yo‘nalish talablari to‘g‘ri belgilanishi uchun vakolatli organlarning rahbarlari shaxsan javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Tender harakatlari sud hujjatiga asosan to‘xtatilganda tender g‘olibi bilan shartnoma tuzilgunga qadar amaldagi tashuvchi yo‘nalishda vaqtincha faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender harakatlarini to‘xtatishga asos bo‘lgan sud hujjati bekor bo‘lganda yoki sud hujjatiga asosan tender harakatlarini to‘xtatish muddati tugaganda, tender harakatlari to‘xtatilgan muddatdan boshlab, tender o‘tkazish davrining qolgan muddatiga davom ettiriladi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish muddati tender e’lon qilingan kundan boshlanib, tender o‘tkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi. Tender takliflarini qabul qilishning yakuniy sanasi va vaqti vakolatli organlar tomonidan belgilanadi va axborot tizimda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish xarajatlarini qoplash maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak. Mablag‘lar Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasida jamlanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Talabgorlar quyidagi ma’lumotlarni axborot tizimi orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalish pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotga qo‘yilgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Axborot tizimida tender o‘tkazilgunga qadar tenderning u yoki bu qatnashchisi tomonidan yuborilgan takliflarni ko‘rish imkoniyati bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tender bo‘yicha takliflar mazmuni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tender bo‘yicha takliflar quyidagi ko‘rsatkichlar va axborotlarni (mezonlarni) o‘zida aks ettirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shahar avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotga qo‘yilgan yo‘nalishlarda avtobus bosib o‘tadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narxlari darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sig‘imi (shu jumladan, yo‘lovchi o‘rindiqlari soni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarning ekologik tozaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarning mulkida (balansida) bo‘lgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender talablarida yo‘nalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, yo‘nalishdagi avtotransport vositalarining hisoblangan soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotga qo‘yilgan yo‘nalishlarda, xarajatlarni to‘liq qoplashni hisobga olgan holda, yo‘lkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining toifasi (kategoriyasi) (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil) va klassi hamda ishlab chiqarilgan yili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining yo‘lovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sig‘imi (shu jumladan, yo‘lovchi o‘rindiqlari soni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini sun’iy yo‘ldosh orqali harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan jihozlash va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining mulkida (balansida) bo‘lgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shaharlararo — viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha “b” kichik bandda qayd etilgan mezonlar qo‘llanadi hamda tender talablarida yo‘nalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, yo‘nalishdagi avtotransport vositalarining hisoblangan soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) brutto-shartnoma asosida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar bo‘yicha — “a” kichik bandda qayd etilgan mezonlarga qo‘shimcha ravishda yo‘nalishning yakuniy narxi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qatnashchi tender bo‘yicha takliflarning barcha bandlariga doir haqqoniy, to‘liq va batafsil axborot yuborishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tender takliflarini yuborishda yo‘nalish talabida belgilanganidan ko‘p yoki kam sonli avtotransport vositalarini axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tender bo‘yicha takliflarni baholash va g‘olibni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Axborot tizimida lot bo‘yicha kamida bir qatnashchi tomonidan takliflar kelib tushsa takliflar baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agar lot bo‘yicha faqat bitta qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tender takliflari qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lsa, mazkur qatnashchi g‘olib deb hisoblanadi hamda yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida yoki jadvalida) yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qatnashchining tender takliflari qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki qatnashchidan takliflar kelib tushmasa, takroriy tender tashkil etilishi kerak. Bunda lot bo‘yicha ikki marta tender takliflari kelib tushmasa, yo‘nalish (yo‘nalishlar paketi yoki jadval) talablarini qayta ko‘rib chiqishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lot yo‘nalish g‘olibi aniqlangunga qadar, uzog‘i bilan to‘rt marta axborot tizimida avtomatik tarzda takroriy tenderga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar to‘rtta tenderda lot bo‘yicha birorta ham takliflar kelib tushmasa, ushbu yo‘nalish vaqtincha to‘xtatilib turiladi va keyingi tenderlarga qo‘yilmaydi, shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlari bundan mustasno.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishi bo‘yicha ketma-ket to‘rtta tenderda birorta ham takliflar kelib tushmasa, mazkur yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi sifatida hisobga olinadi (Toshkent shahri bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norentabel avtobus yo‘nalishlari qayta ochiq tenderga qo‘yiladi hamda mazkur Nizomning 57-bandiga muvofiq shartnoma tuzilganidan so‘ng belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 36-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tender bo‘yicha takliflarni baholashning yakuniy bali har bir qatnashchi bo‘yicha aniqlanadi. Eng yuqori ball to‘plagan qatnashchi tender g‘olibi deb e’tirof etiladi. Agar baholash natijalariga ko‘ra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan bo‘lsa, u holda g‘olib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mezonlar ustuvorligi bo‘yicha ketma-ketlikda hisoblangan ballar ham teng bo‘lgan taqdirda, tender takliflarini birinchi bergan qatnashchi g‘olib deb topiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tenderlar yakunlari, xususan, qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddati tugagandan yoki bekor qilingandan so‘ng uch yil saqlanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tender natijalari bo‘yicha ma’lumotlar Transport vazirligining rasmiy veb-saytiga tender o‘tib bo‘lganidan keyin o‘n besh ish kuni ichida joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 5-bobning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tender g‘olibi bilan hujjatlarni rasmiylashtirish va bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Vakolatli organ bilan tender g‘olibi o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma (brutto-shartnoma) ommaviy oferta shaklida axborot tizimiga tender g‘olibi aniqlanganidan keyin o‘sha kunni o‘zida avtomatik tarzda joylashtiriladi. Tender g‘olibi bir kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender g‘olibi tomonidan oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) akseptlangandan (taklifni qabul qilgandan) so‘ng tender harakatlari yakunlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender g‘olibi bilan ommaviy oferta shartnoma (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab (shaharlararo yo‘nalishlar bundan mustasno) o‘n ish kunida shartnomada ko‘rsatiladigan avtotransport vositalarini sun’iy yo‘ldosh orqali harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan jihozlashi va vakolatli organning avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilishi lozim.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tender g‘olibi bilan oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgandan so‘ng to‘rt ish kunida avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalarini rasmiylashtirishi shart.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Quyidagi holatlarda qatnashchining tender g‘olibligi bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender takliflarida noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatda lot bo‘yicha barcha avtotransport vositalari vakolatli organning avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilinmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalarini belgilangan muddatlarda rasmiylashtirib bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimiga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda akseptlanmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qatnashchining tender g‘olibligi bekor qilinganda, oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) ham avtomatik bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq tender qatnashchisining tender g‘olibligi bekor qilingan taqdirda, eng yuqori ballar miqdori bo‘yicha keyingi qatnashchi tender g‘olibi deb e’tirof etiladi va keyingi qatnashchilarga ham mazkur tartib amal qiladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Lot bo‘yicha taklif yuborgan yagona qatnashchining yoki barcha qatnashchilarning tender g‘olibligi bekor qilingan taqdirda mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tartibda qayta tenderga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Elektron axborot tizimidagi tender yakunlari asosida tender g‘olibi bilan shartnomalar tuzish:
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha — Transport vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, shahar atrofi va viloyat ichki yo‘nalishlar bo‘yicha — Transport vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat — Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Shartnoma tuzilganidan so‘ng tenderda g‘olib chiqqan qatnashchining lot bo‘yicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron guvohnoma ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan pasportga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tender g‘olibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarining o‘rtacha ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatkichlariga muvofiq, quyida keltirilgan tabaqalashtirilgan muddatlarga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar tender g‘olibi va vakolatli organ o‘rtasida 7 yil muddatgacha tuziladi. Shartnoma muddati vakolatli organning axborot tizimi orqali avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili o‘rtacha ko‘rsatkichlariga muvofiq avtomatik tarzda quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tenderda taklif etilgan jami avtotransport vositalari parkining o‘rtacha ishlab chiqarilgan yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 yilgacha bo‘lsa (2 yil ham kiradi), shartnoma 7 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yildan 5 yilgacha (5 yil ham kiradi) bo‘lsa, shartnoma 5 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 yildan 7 yilgacha (7 yil ham kiradi) bo‘lsa, shartnoma 3 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 yildan oshgan bo‘lsa, shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari parkining o‘rtacha ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatkichi taklif etilgan avtotransportlarning umumiy ishlab chiqarilgan yilini avtotransport soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M1 toifadagi avtotransport vositalari tender taklifiga taqdim etilganda, ishlab chiqarilgan yilidan qat’iy nazar shartnoma berish muddati 1 yil etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender g‘olibining xohishiga ko‘ra shartnoma belgilangan muddatdan kamroq muddatga ham tuzilishi mumkin, brutto-shartnoma bundan mustasno.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatiga muvofiq ushbu yo‘nalishda qatnashgan boshqa tashuvchining ballari tiklangan taqdirda, tender g‘olibi bilan tuziladigan shartnoma muddati shartnoma berilgan kundan hisoblanadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Shartnoma talab va shartlari tender g‘olibining lot bo‘yicha kiritgan takliflari asosida shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan o‘ttiz kalendar kun avval axborot tizimida avtomatik ravishda yo‘nalish bo‘yicha tender harakatlari boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ tender harakatlari boshlanishidan oldin yo‘nalish talabini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Tashuvchi tomonidan shartnoma talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlansa, nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonliqarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 61-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Shartnoma muddatidan avval bekor qilingan taqdirda har bir avtotransport vositasiga berilgan elektron guvohnomalar bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarini shartnoma rasmiylashtirilgandan boshlab uch oy muddatda almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtotransport vositasi ekspluatatsiyaga yaroqsizligi haqidagi xulosasi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender g‘olibining tenderda to‘plagan ballari kamayib ketmagan taqdirda almashtirish uchun taklif etilgan avtotransport vositalariga elektron guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tender g‘olibi lot bo‘yicha quyidagi majburiyatlarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq lot bo‘yicha taklif etgan tarif darajasi asosida kamida bir yil yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yo‘nalishlarga sun’iy yo‘ldoshli harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan to‘liq jihozlangan avtotransport vositalarini chiqarish hamda ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qatnayotgan avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularning tashqarisida va salonlari ichida tozalash-yuvish ishlarini, yo‘nalishga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda to‘liq jihozlangan avtotransport vositalari belgilangan tartibda chiqarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jismoniy va yuridik shaxslarning yo‘lovchilarni muntazam tashishlar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish va aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarga videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan avtobuslarni chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shaharlararo-viloyatlararo hamda xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtovokzal va avtostansiyalar bilan tegishli shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tender shartnomasi tuzilgandan keyin o‘ttiz kun ichida yo‘nalishga joylashtirilgan avtotransport vositalariga biriktirilgan barcha haydovchilariga 30 soatlik dastur bo‘yicha Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish;
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) shahar avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatishda avtobuslarda konditsioner (iqlim-nazorati tizimi), videokuzatuv tizimlari, yo‘lovchilarni hisoblash qurilmalari, imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalarning soz holda ishlashi ta’minlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) shaharlararo yo‘nalishlarda tashuvlar boshlangandan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida tashuvchi vakolatli organning tashuvlarni tashkil etish va chiptalarni sotish bo‘yicha yagona tizimidan foydalanishi (kelishuv asosida) yoki tashuvchining chiptalarni sotish bo‘yicha axborot tizimini vakolatli organning axborot tizimiga integratsiya qilishi lozim. Bunda integratsiya qilish bepul amalga oshiriladi (bank va ekvayring xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlari bundan mustasno).
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan “z” va “i” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Shartnoma shartlariga qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar tomonlarning qo‘shimcha kelishuviga asosan kiritiladi. Shartnoma shartlariga hamda yo‘nalish pasportiga qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar kiritilishi amaldagi tender g‘olibining tenderda to‘plagan ballari kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Elektron tarzda o‘tkazilgan ochiq tender yakunlaridan norozi bo‘lgan tender qatnashchilari belgilangan tartibda sud organlariga murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organ

Tenderga qo‘yiladigan yo‘nalishlarni (yo‘nalishlar paketlari yoki jadvali) belgilaydi.

Tender o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin

Tenderga qo‘yilgan yo‘nalishlarni (lotlarni) belgilangan tartibda axborot tizimiga joylashtiradi va OAVda e’lon qiladi.

2-bosqich

Tenderda qatnashish istagi bo‘lgan talabgor

Tenderda qatnashish uchun e’lon berilgan lotlar bilan tanishib chiqadi.

Lot bo‘yicha takliflarni axborot tizimi orqali yuboradi.

Tender e’lon qilinganidan boshlab tender o‘tkazilishiga 1 kun qolgunga qadar

3-bosqich

Axborot tizimi

Kelib tushgan tender takliflarni belgilangan tartibda avtomatik tarzda baholaydi.

Tender o‘tkazish kuni

Lot bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi

Tender yakunlari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi.

4-bosqich

Vakolatli organ

Tender g‘olibining barcha takliflaridagi ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.

Tender g‘olibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida

Axborot tizimi

Tender g‘olibiga shartnomani akseptlash uchun joylashtiradi.

Tender g‘olibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender bo‘yicha takliflarga beriladigan ballar va baholash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YO‘RIQNOMA

1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saroydan foydalanish koeffitsiyenti — avtotransport vositalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal ball — tashuvchi tomonidan yuborilgan takliflarning baholanishi natijasida to‘planishi zarur bo‘lgan ball miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashchi — ochiq tenderlarda qatnashish uchun takliflarni taqdim etgan talabgor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tender bo‘yicha takliflarni baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yo‘lkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar (yo‘nalish narxlari) darajasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yo‘nalish nomi

Taklif natijalari

ball

1. Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi 1 yo‘lovchi/km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past

5

Taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20 foiz oralig‘ida past

4

Taklif etilgan tarif talabga mos (4 foizgacha yuqori)

3

Taklif etilgan tarif talabdan 5 — 10 foizgacha yuqori

2

Taklif etilgan tarif talabdan 11 — 20 foizgacha yuqori

1

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan yuqori

0

2. Shahar ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida 1 yo‘lovchi uchun yo‘lkiraning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past

5

Taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20 foiz oralig‘ida past

4

Taklif etilgan tarif talabga mos

3

Taklif etilgan tarif talabdan baland

0

3. Shahar avtobus yo‘nalishlarida avtobus bosib o‘tadigan har bir kilometr masofaning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan narxlari darajasi

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 25 — 30 foiz oralig‘ida past

20

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 20 — 24 foiz oralig‘ida past

18

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 15 — 19 foiz oralig‘ida past

16

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 10 — 14 foiz oralig‘ida past

13

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 5 — 9 foiz oralig‘ida past

10

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 2 — 4 foiz oralig‘ida past

7

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxga mos

4

Taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan baland

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yo‘nalishdagi tarifning tender qatnashchisi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun — tashish tarifi darajasini talab qilinayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda besh ballik tizim bo‘yicha baholanadi, bunda, masalan: tender talablarida tarif darajasi 1400 so‘m miqdorida belgilangan. Qatnashchi tomonidan tarif darajasi 1200 so‘m miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda tarif darajasi quyidagicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 foiz — (1 200 so‘m/1 400 so‘m x 100 foiz) = 14,3 foiz,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 1200 so‘m tarif darajasi talab etilgan darajadan 14,3 foiz kamroqni tashkil etmoqda. Jadvalning 2.2-bandi bo‘yicha taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20 foiz oralig‘ida past bo‘lsa, 4 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1200 so‘m tarif uchun 4 ball hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahar atrofi, shaharlararo yo‘nalishlar talabida 1 yo‘lovchi — km uchun tarif darajasi 80 so‘m miqdorida belgilangan bo‘lsa, ammo qatnashchi tomonidan 90 so‘m taklif etilgan bo‘lsa ham yuqoridagi formulaga asosan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 foiz — (90 so‘m/80 so‘m x 100 foiz) = -12,5 foiz,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 90 so‘m tarif darajasi talab etilgan darajadan 12,5 foiz ko‘proqni tashkil etmoqda. Jadvalning 1.5-bandi bo‘yicha taklif etilgan tarif talabdan 11 — 20 foizgacha yuqori bo‘lsa, 1 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1 yo‘lovchi — km uchun tarif darajasi 90 so‘m bo‘lganda 1 ball hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar avtobus yo‘nalishida har bir kilometr masofaning boshlang‘ich narx 10 000 so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, qatnashchi tomonidan 8 500 so‘m taklif etilgan bo‘lsa, narx darajasi quyidagicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 foiz — (8 500 so‘m/10 000 so‘m x 100 foiz) = 15 foiz,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 8 500 so‘m boshlang‘ich narxdan 15 foiz kam tashkil etadi. Jadvalning 3.3-bandi bo‘yicha taklif etilgan narx 15 — 19 foiz oralig‘ida past bo‘lsa, 16 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan narx uchun 16 ball hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlang‘ich narxdan 30 foizdan past taklif etilgan narxlar baholanmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ko‘rsatkich nomi

Taklif natijalari

ball

Avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili (ishlab chiqarilgan yildan boshlab necha yil o‘tgani)

0-2 yil

10

3-5 yil

7

6-8 yil

6

9-11 yil

5

12 — 14 yil

3

15 yil va undan ortiq

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatnashchi tomonidan taklif etilgan har bir transport vositasi uchun, uning ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra foydalanish ishlari (necha yil o‘tgani) uchun belgilangan ballar jamlanadi hamda tender taklifidagi avtotransport vositalari soniga bo‘linadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun: tender talablarida 6 ta avtotransport bo‘lishi belgilangan. Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda 4 ta avtotransport vositasi uchun (foydalanish yili 3 yil) ballarning miqdori 7 balldan (4 x 7) =28 ballga hamda 2 ta avtotransport vositasi uchun (foydalanish yili 13 yil) ballarning miqdori 3 balldan (2 x 3) = 6 ballga teng bo‘ladi. Bunday holatda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun tender bo‘yicha takliflarning bahosi [(28 + 6) : 6] = 5,66 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili elektron hamkorlik yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan so‘rov orqali aniqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) bo‘lganda quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ko‘rsatkich nomi

Avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili

ball

Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) bo‘lgani

0 — 2 yil

10

3 — 5 yil

7

6 — 8 yil

3

9 — 11 yil

0

12 — 14 yil

0

15 yil va undan ortiq

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatnashchining mulkida (balansida) bo‘lgan va u tomonidan taklif etilgan har bir avtotransport vositasi uchun ishlab chiqarilgan yiliga qarab, ballar jamlanadi hamda ularning umumiy soniga bo‘linadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun: Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda mulkidagi (balansidagi) jami 10 ta avtotransport vositasidan, 5 tasining (foydalanish yili 3 yil) ballari miqdori 7 balldan (5 x 7)= 35 ballga va 5 tasini (foydalanish yili 8 yil) ballari miqdori 3 balldan (5 x 3) = 15 ballga teng bo‘ladi. Bunday holatda mulkida (balansida) avtotransport vositalari mavjudligi bo‘yicha takliflarning bahosi [(35 + 15) : 10] = 5 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilganiga 9 yil va undan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari baholanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi uning mulkida (balansida) bo‘lgani elektron hamkorlik yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan so‘rov orqali aniqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining yo‘lovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sig‘imi ko‘rsatkichlari (shu jumladan, yo‘lovchi o‘rindiqlari soni) quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mezon nomi

Taklif natijalari

ball

1. Avtotransport vositasining umumiy sig‘imi (shu jumladan o‘rindiqlari soni)

Taklif etilgan ko‘rsatkich talabdan 11 foiz va undan yuqori

5

Taklif etilgan ko‘rsatkich talabdan 5 — 10 foiz oralig‘ida yuqori

4

Taklif etilgan ko‘rsatkich talab etilgan ko‘rsatkichga mos

3

Taklif etilgan ko‘rsatkich talabdan 5 — 10 foiz oralig‘ida past

2

Taklif etilgan ko‘rsatkich talabdan 11 foiz va undan past

1

Shahar avtobus yo‘nalishlarida avtobuslarning umumiy sig‘imi (shu jumladan, o‘rindiqlari soni)

Taklif etilgan ko‘rsatkich talabdan 21 foiz va undan yuqori

5

Taklif etilgan ko‘rsatkich talabdan 10 — 20 foiz oralig‘ida yuqori

3

Taklif etilgan ko‘rsatkich talab etilgan ko‘rsatkichga mos

1

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining umumiy yo‘lovchi sig‘imi (shu jumladan, o‘rindiqlari soni) elektron hamkorlik yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan so‘rov orqali aniqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yo‘nalishdagi qatnovlarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan soni talab etilgan qatnovlar soniga mos yoki undan ortiq bo‘lsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan qatnovlar soni talab etilgan qatnovlar sonidan kam bo‘lsa, ball berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni bo‘yicha baholash faqat shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalishlar uchun tatbiq etiladi, shahar avtobus yo‘nalishlari bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi (faqat avtobus va mikroavtobus) talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan avtotransport vositasi talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelmasa, ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun yengil avtomobillarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan klassi (agar yo‘nalishga yengil avtomobillar talab etilayotgan bo‘lsa) ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mezon nomi

klass

izoh*

ball

yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshiradigan yengil avtomobillarning klassi

A-mitti

Matiz, Spark

2

B- kichik

Cobalt, Nexia, Lada Largus,

3

C-o‘rta

Lacetti, Cruze, Epica,

4

D-katta/djip

Malibu, Toyota Camry, Captiva

5

E- miniven

Orlando, Kia Carnival

4

M-mikroven

Damas

2

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi kategoriyasi (klasslari) uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi, agar transport vositasi elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan avtomototransport vositasi bo‘lsa.
(7-bandning izohi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qatnashchining barqarorlik reytingidagi ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mezon nomi

Barqarorlik reytingdagi ko‘rsatkichi

Ball

Qatnashchining barqarorlik reytingidagi ko‘rsatkichlari

AAA

5,0

AA

4,5

A

4,0

BBB

3,5

BB

3,0

B

2,5

CCC

2,0

CC

1,5

C

1

D

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatnashchining barqarorlik reytingidagi ko‘rsatkichlari Soliq qo‘mitasining tegishli elektron platformasi orqali idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan holda avtomatik tarzda aniqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Shahar avtobus yo‘nalishlarida taklif etilayotgan avtobuslarning ekologik tozaligini aniqlash uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mezon nomi

Qo‘llash uchun koeffitsiyent

Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobuslarining ekologik tozaligi darajasi

Elektrobuslar

5

Tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar

3

“Yevro-4” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar

1

“Yevro-3” va undan past ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jadvalda belgilangan shkala asosida 1 ballga nisbatan koeffitsiyent miqdori har bir avtobus uchun alohida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, tashuvchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtobusning 5tasi elektrobus va 5 tasi tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar bo‘lganda, ballar quyidagicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 x 5 = 5 x 5 = 25 ball — elektrobuslar uchun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 x 3 = 3 x 5 = 15 ball — tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha ballar qo‘shiladi hamda taklif etilgan umumiy avtobuslar soniga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(25+15) / 10 = 4 ball
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demak, taklif etilgan 10 ta avtobus uchun 4 ball hisoblanadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 9-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Barcha mezonlar bo‘yicha olingan ballar qo‘shilib, umumiy (yakuniy) ball aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar baholash natijalariga ko‘ra bir nechta qatnashchi teng ball olgan bo‘lsa, u holda g‘olib teng ball olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi quyidagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezon nomi (ustuvorligi bo‘yicha ketma-ketlikda)

I. Shahar (yo‘nalishli taksi), shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha

1.

Avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili

2.

Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) bo‘lgani

3.

Qatnashchining barqarorlik reytingidagi ko‘rsatkichlari

II. Shahar avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha

1.

Yo‘nalishda avtobus bosib o‘tadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narxlari darajasi

2.

Avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili

3.

Avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sig‘imi (shu jumladan, yo‘lovchi o‘rindiqlari soni)

4.

Avtobuslarning ekologik tozaligi

5.

Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) bo‘lgani

6.

Qatnashchining barqarorlik reytingidagi ko‘rsatkichlari

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yo‘nalishlar paketlarini baholashda ballar paket ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida hisoblanadi hamda umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashuvchining takliflari yo‘nalish talablariga muvofiqligi yo‘nalish bo‘yicha yig‘ilishi zarur bo‘lgan minimal ball to‘planganligi bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tenderlar o‘tkazish bo‘yicha amaliy tajriba to‘planishiga qarab, Transport vazirligi tomonidan tabaqalashtirilgan va qo‘shimcha ballarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender g‘olibining har bir avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Guvohnoma olish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirilishi lozim:

shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) hamda xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish;

eng ko‘p ball to‘plab tender g‘olibi deb e’tirof etilish;

vakolatli organ bilan o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnomani rasmiylashtirish.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Mavjud emas.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Mavjud emas.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Shartnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng hamda lot bo‘yicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun belgilangan muddatda litsenziya varaqasi olingandan so‘ng 1 soat ichida.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Shartnomada ko‘rsatilgan talab va shartlariga rioya etilishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Shartnoma amal qilish muddatiga qadar.

12.

Izoh:

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq shartnoma tuzilganidan so‘ng tenderda g‘olib chiqqan qatnashchining lot bo‘yicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma ushbu har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi olingandan so‘ng rasmiylashtiriladi.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda yo‘nalishli taksida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n beshinchi xatboshida “avtobus” so‘zi “mikroavtobus” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yo‘nalish pasporti (yo‘nalish hujjatlari) — yo‘nalish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yo‘nalish pasporti elektron shaklda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“muntazam yo‘nalishlar — tasdiqlangan yo‘nalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yo‘l haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaharlar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) hududiy bo‘linmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda — Transport vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro yo‘nalishlarda — Transport vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning transport sohasidagi vakolatli organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo‘nalishlar uchun yo‘nalish pasporti yo‘nalishning tegishliligi bo‘yicha Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“shartnomaga muvofiq ushbu yo‘nalishda avtotransport vositasiga qatnovlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshiga “avtobuslarda” so‘zidan keyin “hamda yo‘nalishli taksida” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yangi avtobus yo‘nalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshida “transporti bilan avtobusda” so‘zlari “avtotransporti bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshida “avtobuslarda” so‘zi “muntazam yo‘nalishlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshida “kontraktlariga” so‘zi “shartnomalariga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqiga vakolatli organ bilan yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi shartnomani tuzgan tashuvchi ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida shartnoma tuzmasdan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda 400 km va undan uzoq yo‘nalishlarda avtotransport vositalarida yo‘lovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. Ochilishi rejalashtirilayotgan yo‘nalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yo‘l, kommunal va boshqa), shuningdek yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar a’zolari o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar yangi yo‘nalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilarning tashishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harakat sxemasini belgilaydi va avtomobil yo‘li sharoitini o‘rganadi hamda yo‘nalishni qonunchilikda belgilangan harakat xavfsizligi talablariga mos bo‘lishini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yo‘nalish bo‘ylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yo‘nalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan xulosa tayyorlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“64. Tekshirish natijalariga ko‘ra yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida komissiyaning xulosasi beriladi. Xulosaga, shuningdek, harakat sharoitlarini yaxshilashga va yo‘nalishda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning takliflari ham kiritiladi. Tekshirish xulosasi yo‘nalish hujjatlari bilan birgalikda bir nusxasi Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmalarida va ikkinchi nusxasi tashuvchida saqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IX. Umumiy foydalaniladigan yo‘nalishlarni ochish, yopish va vaqtincha to‘xtatib turish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 671-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“671. Yangi yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha tashabbus quyidagilar tomonidan beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar)lar hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yangi ochilgan yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha komissiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari va boshqa jamoatchilik vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijiy davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organi va tashuvchilari (xalqaro yo‘nalishlar uchun)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“68. Yangi yo‘nalishlarini ochishda yo‘l harakati xavfsizligi maqsadida temir yo‘ldan kesib o‘tishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji bo‘lmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanishiga yo‘nalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga ko‘ra, temir yo‘l boshlig‘i yoki temir yo‘llarni kesib o‘tish yo‘llari tasarrufida bo‘lgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlarda umumiy uzunligiga ko‘ra bir-birini 50 foizdan ko‘p bo‘lgan masofa oralig‘ida takrorlovchi avtobus bilan yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va shahar atrofida yangi yo‘nalishlarni tashkil qilishda yo‘nalish sxemasi bir-birini 50 foizdan ko‘p bo‘lgan masofa oralig‘ida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yo‘nalishlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“69. Vaqtinchalik (mavsumiy) yo‘nalishlari, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past qoplamali yo‘llar bo‘ylab avtotransport harakatini ochish talab etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransportlarning og‘irlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yo‘llari haqiqiy toifalariga muvofiqligini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar uchastkalari bo‘ylab, sun’iy inshoot, temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari va parom orqali o‘tish bo‘yicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtotransport harakatini ochish zarur bo‘lganda tashkil etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“70. Vaqtinchalik yo‘nalishlarni ochishda yo‘nalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtotransport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashuvchilar, yo‘l, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar kompleksi aniq ko‘rsatilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-bandda “avtobus yo‘nalishini” so‘zlari “yo‘nalishlarni” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“72. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yo‘llar, yo‘l inshootlari buzilishi, yo‘l yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi ta’minlab bo‘lmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yo‘l, kommunal tashkilotlar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Transport vazirligining hududiy bo‘linmalari avtotransportlar harakatini darhol to‘xtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yo‘l, kommunal xo‘jaligi tashkilotlariga, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalariga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport harakatini vaqtincha to‘xtatish tartibi yo‘nalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-bandda “avtobus yo‘nalishlarining” so‘zlari “yo‘nalishlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“75. Avtobus yo‘nalishlarini tekshirish bo‘yicha komissiya tarkibi mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar xulosalari asosida yo‘nalishni ochish bo‘yicha qarorlar yo‘nalishning tegishliligi bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — Transport vazirligining hududiy bo‘linmalari boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — Transport vaziri tomonidan qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 76-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“76. Vakolatli organning yo‘nalishni ochish bo‘yicha ijobiy qaroriga asosan yo‘nalishlar hujjatlari (pasporti) ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muntazam yo‘nalishlar yo‘l, ob-havo va boshqa sharoitlar oqibatida hamda uzoq davr mobaynida (kamida 1 yil) tashuvchisiz qolgan taqdirda vaqtincha to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muntazam yo‘nalishlarni vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha qarorlar yo‘nalishlarni ochish va yopish bo‘yicha vakolatga ega organ tomonidan qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi X bob qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“X. Avtobus haydovchilari tomonidan mehnat va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar ko‘l ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yo‘l varaqasi, shaxsiy nazorat kitobchasi, taxograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilib boradi. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korxona darhol ularni bartaraf etishi va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Avtobuslar yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yo‘nalishdagi harakat vaqtida charchog‘ini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini ta’minlamagan ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilgan taxograflardan foydalanishga ruxsat etiladi. Liniyaga taxografi yo‘q yoki taxograf nosoz holda avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Korxona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taxograf yozuvlarini, foydalanilgan shaxsiy nazorat kitobchalarini oxirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab o‘n ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga muvofiq unga taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaxsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U o‘z yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga ko‘ra taqdim etishi shart. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taxograf) bilan jihozlangan bo‘lsa, nazorat kitobchasi bo‘lishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yo‘l varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish ma’lumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik ma’lumotlarini taqqoslash yo‘li bilan Chipta-hisob va yo‘l varaqalarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-bandda “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avtomobil tashuvlari yo‘nalishlarini tender bo‘yicha amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtiradi, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi, yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi namunaviy shartnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 19-bandda “4” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4) tegishliligi bo‘yicha shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni o‘tkazish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga ilovaning 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga 9-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 10- va 13-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 6- va 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 6-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qaroriga ilovaning 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori) 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 5- va 6-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga 1-ilovaning 3- va 4-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)