27.11.2021 yildagi PQ-22-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni ortiqcha ovoragarchilik va byurokratik toʻsiqlarsiz tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish, nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻlaqonli hayot tarzini yuritish hamda oʻz huquqlari va salohiyatini roʻyobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni reabilitatsiya qilishga toʻgʻri yoʻnaltirish hamda tegishli chora-tadbirlar bilan qamrab olish koʻlamini yanada kengaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6195-son Farmoniga muvofiq Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimiga oʻtkazilganligi hamda unga fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish vazifasi yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga nogironlikni belgilashda korrupsiyaning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikni belgilashda fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarini bartaraf etish, sohada mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish orqali fuqarolarga zamon talablariga javob beradigan samarali xizmat koʻrsatish tizimini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega boʻlmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib koʻchma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda hamda sirtdan koʻrikdan oʻtkazish orqali tashkil etiladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar roʻyxati asosida fuqaroning ishtirokisiz ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-avgustdan boshlab, dastlab Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, fuqarolarga nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan (tibbiy yoʻllanma, kasallik tarixi va ambulator kartadan koʻchirmalar va boshqa) maʼlumotlar axborot tizimiga elektron tarzda kiritilishi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab axborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida toʻliq joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikni belgilashda davolash-profilaktika muassasalarining yoʻllanmalari, kasallik tarixidan koʻchirmalar, ambulator karta, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holdagi baxtsiz hodisa yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻliq axborot tizimi orqali qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holdagi baxtsiz hodisa yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparati hamda axborot tizimi orasida maʼlumot almashinuvi asosida olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimidagi fuqaroga tegishli maʼlumotlardan kelib chiqib, organizmning funksiyasi buzilishi va hayot faoliyati chegaralanishini hisobga olgan holda nogironlikni fuqarolarning ishtirokisiz belgilash tartibi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxsga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar, davolovchi hamda tibbiy xulosa bergan shifokorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida qayd etib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik belgilangan shaxslarga pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun elektron maʼlumotlar “Pensiya” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qoʻshimcha ravishda bittadan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning elektron axborot tizimini yaratish va kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligining 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga nogironlikni belgilash masalalari uchun masʼul tibbiyot muassasalaridagi nogironlikka oid tibbiy xulosani berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazilishini va tegishli pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga topshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat tibbiyot muassasasi tomonidan fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish tartibini nazarda tutuvchi vrachlik — maslahat komissiyasi toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, reabilitologiya, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya mutaxassislarini tayyorlashdagi magistratura, klinik ordinatura, qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarini xalqaro taʼlim standartlari asosida takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har besh yilda kamida bir marta tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimining tibbiyot xodimlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari va respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida mutaxassisligi va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha malaka oshirishi hamda birlamchi ixtisoslashtirish kurslaridan bepul oʻtishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilingunga qadar berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi eski namunadagi maʼlumotnomalar hamda rasmiylashtirilgan eski namunadagi nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlari navbatdagi qayta koʻrik oʻtkazilgunga qadar yoki reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish (agar nogironlik muddatsiz belgilangan boʻlsa) tugagungacha haqiqiy hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va YUNISEFning texnik koʻmagini jalb qilgan holda nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xalqaro tajribani oʻrgangan holda Sogʻligʻi va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasi asosida fuqarolarga nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga oʻtish Konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq ushbu qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini transport vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, axborot tizimini yaratish, kadrlar tayyorlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2021-yilda Davlat budjeti parametrlarida sogʻliqni saqlash sohasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratilishini hamda 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Davlat budjeti parametrlari doirasida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatini takomillashtirishga ajratilgan mablagʻlar hisobiga 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning nogironligi va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron maʼlumotlarini oʻzida jamlaydigan elektron maʼlumotlar bazasini takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-avgustga qadar ilgʻor chet el tajribasini oʻrgangan holda, fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning yangi elektron axborot tizimini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik belgilangan shaxslarning nogironlik muddati tugayotganligi hamda qayta koʻrikka kelishi toʻgʻrisida qisqa xabarni begʻaraz tarzda ularning mobil aloqa vositalariga bir oy oldin yuborish mexanizmini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, vazirlik va idoralarga nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron tarzda yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) bilan birgalikda bir oy muddatda hududiy tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining binolari va xonalari hamda jihozlar uchun minimal talablarni ishlab chiqsin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) 2022-yil 1-avgustdan Toshkent shahar hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan yoʻllanmalarni, kasallik tarixidan koʻchirmalarni, ambulator kartalarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda kasb kasalligini belgilash uchun asos boʻladigan maxsus vakolat berilgan sogʻliqni saqlash muassasasi xulosasidan koʻchirmalarni axborot tizimiga elektron tarzda kiritib borishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, nogironlikni belgilash bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar davolash-profilaktika muassasalarining IT operator-hamshiralari tomonidan shaxsiy identifikatsion login va parollar asosida axborot tizimiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarorini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda barcha hududiy tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini belgilangan talablarga javob beradigan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar tashrifi uchun qulay boʻlgan binolar va xonalarda begʻaraz asosda joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot resurslari orqali keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyulga qadar axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-22-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-22-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning elektron axborot tizimini yaratish va kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimini yaratish

1.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning elektron axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar miqdorini aniqlash va ularni ajratish.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha loyihaoldi maʼlumotlar tahlilini amalga oshirish, texnik talabnoma ishlab chiqish.

2. Tegishli kompaniyalarni jalb qilgan holda loyihani amalga oshirish uchun lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini aniqlash hamda dastlabki smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan smeta hujjatlariga asosan zarur mablagʻlarni ajratish.

2021-yil dekabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2.

Axborot tizimi boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiquvchi va ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotni aniqlash boʻyicha tanlov oʻtkazish.

2. Gʻolib deb topilgan tashkilot bilan birgalikda axborot tizimini yaratish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. Hujjatlarda axborot tizimini manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilishni nazarda tutish.

2022-yil fevral

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

3.

Axborot tizimini ishlab chiqish va funksional jihatdan ishga tushirish.

1. Ishlab chiqilgan texnik-topshiriq hujjatlari asosida axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish uchun zarur mablagʻni ajratish.

2022-yil mart

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha tashkilotni aniqlash yuzasidan tanlov oʻtkazish.

2022-yil aprel

3. Gʻolib deb topilgan tashkilot bilan birgalikda axborot tizimini ishlab chiqish va aprobatsiyadan oʻtkazish.

2022-yil avgust

4.

Axborot tizimini hududlarda yoʻlga qoʻyish va joriy etish uchun joylardagi muassasalarni kompyuter jamlanmasi bilan taʼminlash.

140 ta kompyuter jamlanmasini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish va Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazish.

2022-yil may

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Axborot tizimidan foydalanish tartibini ishlab chiqish, joylardagi xodimlarni platformadan foydalanishga oʻrgatish (oʻqitish) va ish jarayoniga tayyorlash.

1. Axborot tizimining tegishli qismida axborotni taqdim etish va kiritishni belgilovchi foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil iyun

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimidan foydalanuvchi barcha xodimlarni grafik asosida foydalanishga oʻrgatish (oʻqitish) va ish jarayoniga tayyorlash.

2022-yil iyun-iyul

6.

Axborot tizimi doimiy ishlab turishi va kelgusida takomillashtirib borilishini taʼminlash.

1. Tegishli IT kompaniyalarni jalb qilgan holda axborot tizimini keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish hamda saqlash (server hajmlari) xarajatlari boʻyicha tijorat takliflarini oʻrganish va taqdim qilish.

2. Axborot tizimini keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish hamda saqlash (server hajmlari) xarajatlari boʻyicha 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur mablagʻlarni ajratish.

2022-yil avgust

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

7.

Axborot tizimini manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish.

Axborot tizimini “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy, ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etayotgan manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish.

2022-yil sentabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

8.

Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari xodimlarini axborot tizimida ishlash hamda fuqarolarga nogironlikni belgilashda tegishli hujjatlarni elektron tarzda dasturiy taʼminotga kiritish boʻyicha oʻqitish grafiklarini tuzgan holda amaliy seminarlar tashkil etish.

Davolash-profilaktika muassasalari tomonidan yoʻllanmalarni, kasallik tarixidan koʻchirmalarni, ambulator kartalarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda kasb kasalligini belgilash uchun asos boʻladigan maxsus vakolat berilgan sogʻliqni saqlash muassasasi xulosasidan koʻchirmalarni axborot tizimiga elektron tarzda kiritish borasida amaliy-oʻquv seminarlar tashkil qilish.

2022-yil iyul-avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov)

9.

Davolash-profilaktika muassasalari xodimlarining axborot tizimida ishlashlari uchun zaruriy texnik imkoniyatlarni yaratish.

Davolash-profilaktika muassasalari xodimlarining axborot tizimida ishlashi va maʼlumotlarni kiritishi uchun individual parol va loginlar bilan taʼminlash.

Axborot tizimidagi maʼlumotlarni kiritgan va (yoki) ularga oʻzgartirish kiritgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etish funksiyalarini joriy etish.

2022-yil avgust — dekabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov)

10.

Axborot tizimini toʻliq ishga tushirish.

1. Axborot tizimini dastlab Toshkent shahrida ishga tushirish.

2022-yil avgust

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

2. Aprobatsiya natijalariga koʻra axborot tizimini respublikaning boshqa barcha hududlarida toʻliq joriy etish.

2022-yil dekabr

II. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislarining bilim darajasi va koʻnikmalarini rivojlantirish

15.

Nogironlikni belgilashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish.

Mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼul xodimlaridan iborat tematik ishchi guruhlarni tuzish va strategiya maqsadlaridan kelib chiqib tahliliy oʻrganishlar oʻtkazish.

2022-yil mart

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon banki (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar

BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarning texnik koʻmagi asosida xalqaro tajribani oʻrgangan holda fuqarolarga nogironlikni belgilash milliy strategiyasini tayyorlash.

2022-yil may

16.

Sogʻligʻi va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasini amaliyotga qoʻllash boʻyicha xalqaro oʻquv-amaliy seminar tashkil qilish.

Xalqaro va nufuzli ekspertlarni jalb qilgan holda Toshkent shahrida Sogʻligʻi va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasini amaliyotga qoʻllash boʻyicha xalqaro oʻquv-amaliy seminarini oʻtkazish.

2022-yil aprel

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon banki (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2021-y., 07/21/22/1105-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son; 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)