16.11.2021 yildagi PF-14-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va masʼuliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini taʼminlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etiladi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 50 foizini oʻzida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud boʻlgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil qilish boʻyicha qarorga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha talabgor oʻrtasida uch tomonlama bitim oʻttiz yil muddatga tuziladi. Bunda talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda uch tomonlama bitim yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bir hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-toʻqimachilik klasterlariga fermer xoʻjaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xoʻjaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) uch tomonlama bitimni bekor qilish quyidagi hollarda faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi:
(3-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning hech boʻlmaganda bittasi qarshi boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning bitimda koʻzda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi (bundan fors-major holatlar va (yoki) oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra vujudga keladigan holatlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan oʻzaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida toʻliq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2022-yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlari yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, boʻshagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda ushbu tumanda faoliyat yuritayotgan paxta-toʻqimachilik klasteri boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha investitsiya kiritish, ish oʻrinlari yaratish va boshqa shartlarni oʻz ichiga olgan toʻrt tomonlama bitimni tuzish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yildan boshlab uch tomonlama bitimda har yili paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan tuzilgan bitim, shu jumladan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini, ular faoliyatining samaradorlik va moliyaviy auditini amalga oshirishni nazarda tutsin. Bunda, yillik paxta xom ashyosi hajmi 30 ming tonnadan yuqori boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlarida xalqaro auditorlik tashkilotlari jalb qilinadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat soliq qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va sotish boʻyicha shartnomalar qatʼiy ravishda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari Milliy geografik axborot tizimida davlat roʻyxatidan oʻtgan fermer xoʻjaliklari bilan tuzilishi hamda ushbu shartnomalarni soliq organlarining elektron shartnomalar axborot portalida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi bilan birgalikda bir oy muddatda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualarni sotish boʻyicha tuzilgan amaldagi shartnomalarning mazkur Farmonning 2-ilovasining 2-bandiga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatiga noqonuniy aralashuv, turli byurokratik toʻsiqlar yaratish kabi aniqlangan salbiy holatlar yuzasidan zudlik bilan qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-14-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi PF-14-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmoni 8-bandining “b” kichik bandi “paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni” soʻzlaridan keyin “(boʻyalgan trikotaj matodan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4341-son qarori 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“majmualar foydalanishga qabul qilingandan soʻng ularni “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi tomonidan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan korxonalarga yoki tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, 2 foizdan ortiq boʻlmagan stavka lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berish haqidagi takliflari maʼqullansin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilab qoʻyilsinki, majmualar qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali loyihalarning asosiy koʻrsatkichlarini taʼminlash sharti bilan hamda mazkur qarorda belgilangan shartlarda taqdim etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 06/21/14/1053-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)