11.11.2021 yildagi PQ-7-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq shahri sanoat tarmoqlarining ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi mashinasozligida ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish, to‘liq siklli ishlab chiqarish tizimini yaratish hamda yer maydonlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ, “Texnolog-Stan” MCHJ, “Agrosanoatmashinvest” MCHJlar (keyingi o‘rinlarda — korxonalar) ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini Chirchiq shahridagi “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hududiga ko‘chirish hamda korxonalarni qayta tashkil etish masalalari ularning aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganligi va tegishli qarorlar qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning bo‘sh ishlab chiqarish maydonlarida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish maqsadida tegishli tayyorgarlik ishlari, jumladan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zavtosanoat” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda korxonalarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning bo‘sh ishlab chiqarish maydonlariga korxonalarning quvvatlarini bosqichma-bosqich ko‘chirish va joylashtirish yo‘li bilan Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ, “Agrosanoatmashinvest” MCHJ ustav kapitallaridagi davlat ulushlarini nominal qiymatda o‘tkazish hisobiga “Toshkent traktor zavodi” MCHJni (keyingi o‘rinlarda — “TTZ” MCHJ) tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil yakuniga qadar “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ va “Texnolog-Stan” MCHJni “TTZ” MCHJga qo‘shib olish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnolog” AJga tegishli “Texnologmash” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni “Toshkent traktor zavodi” MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini va “Texnolog” AJning ustav fondidagi “Toshkent traktor zavodi” MCHJ ulushini nominal qiymatda kamaytirish hisobiga “O‘zavtosanoat” AJga o‘tkazish, bunda ushbu ulushning nominal qiymati hisobiga “O‘zavtosanoat” AJ ustav fondidagi Moliya vazirligining ulushini oshirish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarga tegishli bo‘shayotgan yer maydonlari, bino va inshootlar (keyingi o‘rinlarda — bo‘shayotgan aktivlar) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va bo‘shayotgan aktivlarning mulkdori o‘rtasida tuziladigan xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning bo‘shayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, jumladan uning bir qismida aholi sayil qilishiga mo‘ljallangan yashil jamoat parkini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi bir hafta muddatda “TTZ” MCHJga korxonalarni “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hududiga ko‘chirish, aksiyalarning qaytarib sotib olinishini talab qilgan aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni sotib olish (zaruratga ko‘ra) bilan bog‘liq bo‘lgan va ushbu qarorda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish uchun, bo‘shayotgan aktivlarni elektron onlayn-auksion savdolarida sotishdan tushadigan mablag‘lar evaziga qoplash sharti bilan, alohida g‘aznachilik hisobraqami ochgan holda Davlat budjetidan bir yil muddatga Markaziy bank asosiy stavkasida 100 milliard so‘m ssuda mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda — ssuda) ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “TTZ” MCHJ olingan ssuda doirasida qilingan barcha xarajatlar (shu jumladan, qurilish xarajatlari) yuzasidan har oyda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “TTZ” MCHJni tashkil etish, bo‘shayotgan aktivlarni baholash, baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertiza qilish, savdoga chiqarish, sotish hamda tijorat banklari garovidan chiqarish yoki garov ta’minotini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur xarajatlar keyinchalik bo‘shayotgan aktivlarni elektron onlayn-auksion savdolarida sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bo‘shayotgan aktivlarni elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushgan pul mablag‘lari “TTZ” MCHJga ochilgan alohida g‘aznachilik hisobraqamiga o‘tkazilib, yig‘ib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tegishli tijorat banklari bilan birgalikda zaruratga ko‘ra korxonalar tomonidan tijorat banklari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha garovga qo‘yilgan aktivlarni qayta baholaydi, baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertiza qiladi hamda aktivlarning mavjud qarzdorlikni qoplash uchun yetarli bo‘lgan qismini qayta garovga qo‘yadi yoki boshqa aktivlar bilan almashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “TTZ” MCHJga ochilgan alohida g‘aznachilik hisobraqamida yig‘ib boriladigan mablag‘lar “TTZ” MCHJ va “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqilib, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi (shu jumladan, qurilish xarajatlari) asosida “TTZ” MCHJ tomonidan bosqichma-bosqich sarflanadi, bunda xarajatlar smetasini vazirliklarda kelishish muddati 10 kundan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “TTZ” MCHJning alohida g‘aznachilik hisobraqamidagi mablag‘lar korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘chirish, qayta joylashtirish, yangi bino va inshootlar barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish (shu jumladan, ushbu ishlar xarajatlarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kredit va foizlarni so‘ndirish), korxonalarning budjet va davlat maqsadli jamg‘armalar, korxonalarning tijorat banklari oldidagi muddati o‘tgan va joriy qarzdorligini hamda boshqa kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash, ssudani qaytarish va ssuda bo‘yicha foizlarni to‘lash, korxonalarni qayta tashkil etish jarayonida aksiyalarning qaytarib sotib olinishini talab qilgan aksiyadorlardan ularning aksiyalarini sotib olish, zarur asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish, “TTZ” MCHJni asosiy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar hamda uning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga sarflanadi. Bunda, korxonalarning tijorat banklari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha garovda turgan bo‘shayotgan aktivlarni garovni bekor qilmagan holda elektron onlayn-auksion savdolarida sotuvga chiqarishga ruxsat beriladi va garovda turgan bo‘shayotgan aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar ustuvor ravishda tegishli tijorat banklari kreditlarini qoplashga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bo‘shayotgan aktivlar auksion g‘olibiga auksion shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda belgilangan tartibda garovdan chiqarilib, qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda “TTZ” MCHJning tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “O‘zavtosanoat” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichma-bosqich korxonalarning bo‘shayotgan aktivlarini baholash va ularning elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning omborxonalaridagi tayyor qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotishdan tushadigan mablag‘larning kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga yo‘naltirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga ko‘ra, ko‘chirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida “TTZ” MCHJ tomonidan garov ta’minoti sifatida “TTZ” MCHJ va korxonalarning boshqa mol-mulki taqdim etilishi sharti bilan tijorat banklaridan kreditlar jalb qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TTZ” MCHJdagi davlat ulushi “O‘zavtosanoat” AJga ikki yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror doirasida yuridik shaxslarni qayta tashkil etish natijasida korxonalarning 50 foiz va undan ortiq aksiyalari (ulushlari)ga “TTZ” MCHJ hamda “Texnolog” AJning ega bo‘lishi yangidan sotib olingan aksiyalar paketi (ulushlar) deb hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan qayta tashkil etilayotgan korxonalarni qo‘shib olayotgan xo‘jalik jamiyatining ustav fondi miqdori korxonalarning mol-mulklari va majburiyatlarini xatlov hamda baholashni o‘tkazmasdan, ularning soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida sof aktivlari qiymatida (sof aktivlari manfiy bo‘lgan taqdirda — korxona ustav kapitali miqdorida) belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘shayotgan aktivlarni elektron onlayn-auksion savdolariga qo‘yishda va ularni sotish jarayonlarini tashkil etishda professional tashkilotlarni jalb etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bo‘shayotgan aktivlarni lotlarga bo‘lishga, shu jumladan ularning tarkibidagi yer uchastkalarni alohida lotlar sifatida shakllantirib elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotuvga chiqarishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning bo‘sh ishlab chiqarish maydonlari korxonalarga ularni joylashtirish va qayta tashkil etish ishlari yakunlanguniga qadar bepul foydalanishga berish yuzasidan mazkur jamiyat aksiyadorlari qaroriga asosan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq shahridagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri” loyihasini amalga oshirishda zaruratga ko‘ra qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlari va bir bosqichli tartibda texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish (ishchi loyiha, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar) bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zavtosanoat” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda zamonaviy xaridorbop va arzon traktorlar hamda osma tirkamalarni ishlab chiqarish bo‘yicha nufuzli xorijiy konstruktorlik markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, asosiy vositalarni texnik auditdan o‘tkazish, audit natijasiga ko‘ra yaroqsiz asosiy vositalarni sotish yoki hisobdan chiqarish, texnikalar parkini modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish hamda, zaruratga ko‘ra, tashkiliy masalalarga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhi tarkibi va uning vakolatlari (shu jumladan, loyihani amalga oshirish muddatlariga o‘zgartirish kiritish va mas’ul ijrochilarni belgilash) yuzasidan taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatli dilerlik tashkilotlari tomonidan xaridorlarga yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun quyidagi subsidiyalardan bir vaqtda foydalanishga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdorida ajratiladigan subsidiya. Bunda, ushbu subsidiya birinchi navbatda ushbu qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun jalb qilingan kredit yoki lizing bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirishga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit yoki lizing shartlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilinganda foiz xarajatlari subsidiyasi. Bunda, foiz xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahrida joylashgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini Chirchiq shahrida tashkil qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteriga ko‘chirish, ularni joylashtirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hamda uning hududida ijara shartnomalari asosida joylashgan, Chirchiq shahriga ko‘chirilayotgan korxonalar hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tomonidan tayyor holda chetdan olib kelinadigan yoki yirik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalariga nisbatan mahalliylashtirish darajasiga bog‘lanmagan holda mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan subsidiyalar, istisno tariqasida, 2024-yil 31-dekabrgacha tatbiq etilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yashil hududlarni inobatga olgan holda “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ yer maydonining aniq chegaralarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda bo‘shayotgan aktivlarni, jumladan bino, inshoot va yer maydonlarini alohida lotlarga bo‘lib sotish imkoniyatini o‘rganib chiqib, asoslantirilgan takliflarni Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodi” AJ korxonalarini ko‘chirish munosabati bilan ishdan bo‘shaydigan xodimlarga kompensatsiya xarajatlarini, shu jumladan ajratiladigan budjet ssuda mablag‘lari hisobidan to‘lab berish va boshqa ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari B.K. Abdinazarov zimmasiga — ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zavtosanoat” AJning boshqaruv raisi Sh.B. Umurzakov zimmasiga — Chirchiq shahridagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri” loyihasini tashkil qilish uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning o‘z vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Toshkent viloyati hokimi D.A. Hidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2658-son qarorining 14-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “2022-yilning 1-yanvariga” so‘zlari “2025-yilning 1-yanvariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi ““O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi mashinasozligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning g‘alla o‘rish va paxta terish texnikasi, respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, g‘alla va paxta seyalkalari, shuningdek, uch yoki undan ortiq omoch korpuslarini xarid qilish uchun kredit va lizing shartnomalari bo‘yicha foiz xarajatlari qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, foiz xarajatlarini qoplashning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi o‘zgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2019 — 2021-yillarda” so‘zlari “2019 — 2023-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4757-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ishtirokchisi (aksiyadori) “O‘zavtosanoat” AJ va/yoki “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvchi kompaniyalari bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalar, “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalar, “O‘zavtosanoat” AJga ishonchli boshqaruvga berilgan va ularning tarkibida bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalar — ular tomonidan avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sanoati uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo‘yicha”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4969-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “2022-yil 1-yanvarga” so‘zlari “2025-yil 1-yanvarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 578-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi texnikasi — O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan g‘alla o‘rish va paxta terish texnikasi, barcha turdagi traktorlar, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda ko‘p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “mulkchilik shakllaridan qat’i nazar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlar,” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “10 foizlik punkti miqdorigacha” so‘zlari “10 foizlik punktidan yuqori qismini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “foizning 10 foizlik punktigacha” so‘zlari “foizini qisman” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Qarz oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismi miqdorida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz oluvchining lizing yoki kredit shartnomasi g‘alla o‘rish va paxta terish texnikasi uchun 10 yil muddatga, traktorlar uchun 7 yil muddatga, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda ko‘p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar uchun 5 yil muddatga rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit yoki lizing oluvchilarning so‘roviga asosan ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandidagi “20” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktdan yuqori qismini qoplash uchun ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovini to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot va subsidiya olish uchun buyurtmani Jamg‘armaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga o‘zgartirish kiritilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 18-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarz oluvchi lizing yoki kreditni uni muddati o‘tgandan so‘ng qaytarganda ajratiladigan subsidiya tasdiqlangan to‘lov jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 21-banddagi “10 foiz punktigacha” so‘zlari “qisman” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha subsidiya maqsadsiz sarflanganligi aniqlanganda, qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit asosiy qarzining tegishli qismi to‘lov jadvalida belgilangan sanadan boshlab 90 kun davomida to‘liq to‘lanmasa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) lizing yoki kredit shartnomasi to‘liq bekor qilinganda hamda qarz majburiyatlari boshqa shaxsga o‘tkazilganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Nizomga ilovaning IV-bosqichida “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “foizining 10 foiz punktigacha” so‘zlari “foizini tegishli miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 952-son qaroriga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar,” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “20” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-band “v” kichik bandining sakkizinchi xatboshisidagi “20” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “20” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “O‘zavtosanoat” AJ aksiyadorlik jamiyati transformatsiyasini hamda uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-son qarorining 11-bandi “uzellar va agregatlar” so‘zlaridan keyin “xom ashyo va materiallar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi “2021-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 666-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi “paxta-to‘qimachilik klasterlari” so‘zlaridan keyin “qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son; 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son)