05.11.2021 yildagi PQ-5282-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholining keng qatlamalarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari (keyingi o‘rinlarda — sportning ustuvor turlari) etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-657-son Qonuni bilan tasdiqlangan 2021-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlariga asosan Turizm va sport vazirligiga sportning ustuvor turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun 104 milliard so‘m ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning ustuvor turlarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi o‘rtasida sportning ustuvor turlari ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning ustuvor turlari bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni ommalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda sportning ustuvor turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘lom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi sport musobaqalari har yili o‘tkazilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurish va yugurish bo‘yicha — “Tashkent Marathon”, “Samarkand Marathon” va “Zaamin Ultra” xalqaro marafonlari, “Sky Camp Bostanliq” triatlon va yoga marafonlari, “Barcha rekordlar bizniki!” (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish bo‘yicha “Yangi rekordlar sari!”;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mini-futbol bo‘yicha — “Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz”, “Sog‘lom oila — Yangi O‘zbekiston tayanchi” (oilaviy jamoalar o‘rtasida) “Rahbar kubogi” (davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badminton bo‘yicha — “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi” (umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida), “Rahbar kubogi” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida) va “Imkoniyatingizdan ko‘prog‘ini bajaring!” (aholining keng qatlamlari o‘rtasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stritbol va “Workout” bo‘yicha — “Rekorddan — yangi rekordga!” va “Giyohvand moddalarga qarshi!” (ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida), “Muhimi g‘alaba qozonish emas, balki qatnashish!” (mahalla jamoalari o‘rtasida), “Qishlog‘ing uchun g‘alaba qozon!” (qishloq jamoalari o‘rtasida), “Sog‘lom tanda — sog‘lom fikr!” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda yuqoridagi sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkillashtirib borsin, ularga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni keng jalb qilsin.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2022-yil 1-yanvardan boshlab sportning ustuvor turlari bo‘yicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning (seleksiya) 3 bosqichli tizimi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — sportchilar o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari g‘oliblari o‘rtasida viloyat musobaqalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda — viloyat musobaqalari g‘oliblari o‘rtasida respublika musobaqalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi rahbarlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning 3 bosqichli tizimini tegishli hududlarda to‘liq joriy qilish va musobaqalar natijalari asosida sport-ta’lim muassasalarini iqtidorli sportchilar bilan to‘ldirib borish yuzasidan shaxsan mas’ul etib belgilansin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport musobaqalarini o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish bilan bog‘liq har yilgi xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida Sport vazirligi uchun ko‘zda tutib boriladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Bunda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili sportning ustuvor turlari bo‘yicha musobaqalarning muntazam ravishda o‘tkazib borilishida aholining barcha qatlamlari xohishlariga qarab ularning faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning ustuvor turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish, g‘oliblar va sovrindorlarni rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sport vazirligi:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili mart oyi yakuniga qadar hududlar kesimida sportning ustuvor turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish vaqti, joyi va manzillari, trenerlar, hakamlar va boshqa batafsil ma’lumotlarni www.jtdss.uz platformasida joylashtirib borsin va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil yakuni bilan sportning ustuvor turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan fuqarolarning eng yuqori natijalari va rekord o‘rnatganlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni platformada joylashtirib borish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1 164 ta sport maydonchalarini tashkil etish parametrlari (keyingi o‘rinlarda — parametrlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi bilan birgalikda:
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda sport maydonchalariga qo‘yiladigan talablar asosida hamda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklari, aholi soni va infratuzilmani inobatga olgan holda, sport maydonchalarining namunaviy loyihalarini (keyingi o‘rinlarda — namunaviy loyiha) ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalarining aholi yashash joylariga qulay va xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etilishi, sport maydonchalari qoplamasi tartan-sintetik qoplamadan bo‘lishi, aholi barcha qatlamlarining yoshi va qiziqishlariga mos bo‘lishiga e’tibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalarini foydalanish xususiyatini yo‘qotmagan holda va tegishli joylashuviga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘ini yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tekin foydalanish huquqi asosida bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda sport maydonchalaridan aholining samarali foydalanishini tashkil etish, o‘rnatilgan uskunalarni saqlash va ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tumanlar va shaharlar bo‘yicha namunaviy loyiha asosida har bir mahallada badminton, stritbol va “Workout” sport maydonchalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi 2021 — 2025-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlarni tasdiqlash hamda ushbu ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishga tashabbuskor mahalliy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dastur va parametrlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablag‘larni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sportni rivojlantirish vazirligi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan sport maydonchalarini qurish va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sportning ustuvor turlari bo‘yicha sport maydonchalarini tashkil etish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport anjomlari va jihozlari, inventar, qurilish materiallari va moddiy-texnika resurslari 2024-yil 1-sentabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi — dasturni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — sport maydonchalarini tashkil etish parametrlarini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarishni ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsinlar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vazirining tegishli o‘rinbosarlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev hamda O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5282-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini boshqarish tizimini takomillashtirish

1.

O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini takomillashtirish.

“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalaridagi sport turlari ro‘yxatiga stritbol va “Workout” sport turlarini kiritish.

2022-yil yanvar-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi

2.

Stritbol sport turini sport turlari reyestriga kiritish.

1. Sport turini e’tirof etish to‘g‘risida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.

2021-yil noyabr

-

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi

2. Sport turini e’tirof etish yoki e’tirof etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishva uning ko‘chirmasini O‘zbekiston basketbol federatsiyasiga yuborish.

Qaror qabul qilingandan so‘ng uch kun muddatda

3.

“Workout” sport turini sport turlari reyestriga kiritish.

1. Sport turini e’tirof etish to‘g‘risida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.

2021-yil noyabr

-

Turizm va sport vazirligi

2. Sport turini e’tirof etish yoki e’tirof etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish va uning ko‘chirmasini tegishli sport federatsiyasi (assotsiatsiya)ga yuborish.

Qaror qabul qilingandan so‘ng uch kun muddatda

II. Aholi o‘rtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarining ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya)

4.

Aholi o‘rtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarining ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish.

1. Tizimida ochiq sport inshootlari (stadion, futbol va boshqa sport maydonlari) mavjud bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan aholining barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya (yugurish, yurish va badantarbiya) bilan bepul shug‘ullanish uchun sharoit yaratish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Mavjud madaniyat va istirohat bog‘larida aholi jismoniy tarbiya bilan bepul shug‘ullanishi uchun “skandinavcha yurish”, yurish, yugurish va “Workout”ga sharoit yaratish.

2021-2022-yillar davomida

3. Sport-ta’lim muassasalarida, ta’lim tashkilotlarining sport inshootlarida hamda sport markazlari va klublarida “ochiq eshiklar” kunlarini tashkil etish.

Har chorakda bir marta

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

5.

Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini rivojlantirish uchun zarur mablag‘lar ajratish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 2021-yilda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida ajratilgan mablag‘lar ulushini kelgusi yillarda oshirib borish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab har yili

Davlat budjeti va homiylik mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash.

2021-2022-yillar davomida

6.

Iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish va “ommaviylikdan — professionallikka” o‘tish tizimini joriy etish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari bo‘yicha sportchining bosqichma-bosqich tayyorgarlik tizimini quyidagi tartibda amalga oshirish:

maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalaridagi sport to‘garaklari;

bolalar-o‘smirlar sport maktablari;

ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari;

respublika oliy sport mahorati maktablari;

yuqorida belgilangan har bir sport muassasasida tarbiyalangan sportchilardan milliy terma jamoalar tarkibiga nomzodlar yetishtirib berish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasida ajratilgan mablag‘lar, homiylik mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

2. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikdan professional darajagacha bo‘lgan bosqichlar uchun o‘quv-uslubiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash.

2021-2022-yillar davomida

7.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim muassasalarida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini rivojlantirish.

1. Kichik yoshdan bolalarda sport bilan shug‘ullanishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan ko‘rsatkichlari asosida qaysi sport bilan shug‘ullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab har yili

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Ta’lim muassasalarida quyidagi ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish:

“Muassasa sporti” festivali;

mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari bo‘yicha “Muassasa birinchiligi”.

Har yili dekabr

3. Mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari bo‘yicha elektron ta’lim resurslarida turli tillarda mashq jarayonlarini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish.

2022-yil fevral-mart

Ijrochilar mablag‘lari

III. Mini-futbol bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, uni ommalashtirish, ushbu yo‘nalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash

8.

Aholini, ayniqsa yoshlarni boshlang‘ich va havaskor mini-futbol bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlarda (qishloq, mahalla, tuman, shahar, viloyat) mini-futbol infratuzilmasini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi

2. Mini-futbol bo‘yicha tashkil etilgan seksiyalar, trenerlar, mini-futbol o‘ynash mumkin bo‘lgan maydonlar haqidagi ma’lumotlarni aholiga mahalliy ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazish.

2021-2022-yillar davomida

1. Sport musobaqalarini 3 ta bosqichda o‘tkazishni joriy etish:

I bosqich — tuman (shahar);

II bosqich — viloyat;

III bosqich — respublika (final).

Har yili

2. Har bir davlat organi va tashkilotida mini-futbol jamoalarini tuzish.

3. Quyidagi professional va ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish:

U-17 yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatini;

U-16 va undan kichik yosh toifalarida rasmiy sport musobaqalarini.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasi asosida

4. Mini-futbol bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” sport musobaqalarini (respublika hududlarida) o‘tkazish.

Har yili fevral-mart

Ijrochilar mablag‘lari

5. Oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila — Yangi O‘zbekiston tayanchi” musobaqalarini o‘tkazish:

I bosqich — tuman (shahar);

II bosqich — viloyat;

III bosqich — respublika (final).

Har yili aprel

6. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Rahbar kubogi” musobaqalarini o‘tkazish:

I bosqich — tuman (shahar);

II bosqich — viloyat;

III bosqich — respublika (final).

Har yili oktabr (2022-yildan boshlab)

10.

Sport zaxirasini tayyorlash sifatini oshirish.

1. Mini-futbol bo‘yicha umumta’lim maktablarida to‘garaklar, sport maktablarida seksiyalar, oliy ta’lim muassasalarida klublar sonini 1,5 baravarga ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

2022-yildan boshlab

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Mini-futbol bo‘yicha shug‘ullanuvchilar, trenerlar uchun namunaviy sport o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarini ishlab chiqish va yetkazib berish.

2021-yil dekabr

IV. Yurish va yugurish bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash

11.

Joylarda yurish va yugurish bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlardagi mavjud yengil atletika maydonlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Yengil atletika maydonlarini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash va foydalanishga topshirish bo‘yicha yaqin muddatga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

12.

Respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

Zamonaviy loyihalar asosida “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etish:

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

1) Nukus, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Qo‘qon va Xiva shaharlarida;

2022-yil 1-iyuldan boshlab

2) Respublikaning barcha yirik shaharlarida;

2022-yil 1-dekabrdan boshlab

3) Foydalanishga topshirilgan “Salomatlik yo‘laklari”dan samarali foydalanishni ta’minlash.

Doimiy

Ijrochilar mablag‘lari

13.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida yurish, yugurish maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

1. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Yoshlik” o‘yingohining yugurish yo‘lakchalarini mukammal ta’mirlash.

2022-yil mart

Respublika budjeti mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

2. Surxondaryo viloyati Denov tumani markazidagi o‘yingohning yugurish yo‘laklarini rezina qoplamalarga o‘zgartirish.

2022-yil dekabr

14.

Hududlarda sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish.

Sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

Har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

1) aholining keng qatlami o‘rtasida ommaviy ravishda 5 ming, 10 ming qadam, “Skandinavcha yurish” bo‘yicha “Barcha rekordlar bizniki!” musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili yanvar — dekabr

3) turli masofalarga yugurish bo‘yicha “Yangi rekordlar sari!” sport musobaqalarini o‘tkazish (respublika hududlarida).

Har yili oktabr-noyabr

V. Badminton bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash

15.

Badminton bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlardagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini xatlovdan o‘tkazish.

Har yili dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

2. Faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining maydonchalarida badminton bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha yaqin muddatga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat (dastur)ni shakllantirish va amalga oshirish.

Xatlov natijalariga asosan

3. Madaniyat va istirohat bog‘lari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari bo‘yicha maydonchalarni tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

Investorlar va homiylik mablag‘lari

16.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida badminton maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

Pop tumanidagi 2-son sport maktabining Chodak filiali uchun “Oltinkon” mahallasida 2 ta badminton maydoni qurish.

2022-yil davomida

Respublika budjeti mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

17.

Davlat-xususiy sheriklik asosida sport inshootlarini qurish, ularning faoliyatini tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

1. Olmaliq shahridagi 1, 3, 7, 11, 14, 15, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23-son, Angren shahridagi 6, 7, 8, 13, 14, 18, 25, 34, 37, 42-son umumta’lim maktablarining tashqi sport maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida badminton bo‘yicha sun’iy qoplamali sport maydonchalarini tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

Investorlar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

2. Yangihayot tumanidagi barcha mahallalarda 30 ta badminton maydonlarini qurish.

2022-yil iyun

Davlat-xususiy sheriklik asosida

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

18.

Badminton sport turini ommalashtirish.

1. Har bir umumta’lim maktabi va oliy ta’lim muassasasida badminton klublarini tashkil etish.

2022-yil yanvardan boshlab

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

2. Har bir tuman va shaharda O‘zbekiston badminton federatsiyasi bo‘linmalarini ochish choralarini ko‘rish.

2021-2022-yillar davomida

3. Aksiyalar, viktorinalar, flesh-moblar, munozaralar va boshqalar orqali o‘quvchi va talabalar o‘rtasida badmintonni targ‘ib qilish.

2021-2022-yillar davomida

19.

Badminton sport turi bo‘yicha trenerlar va hakamlarning bilim darajasini zamon talablari asosida oshirish.

1. Badminton sport turi bo‘yicha yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida tajriba almashinuvi, seminarlar, mahorat darslari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish.

2. Badminton sport turi bo‘yicha hakamlarning malakasini xorijiy o‘quv muassasalarida oshirishni ta’minlash.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

20.

Badminton sport turi bo‘yicha trenerlar va hakamlarni ilmiy-uslubiy ta’minlash.

1. Badminton sport turi bo‘yicha yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlashni ilmiy-uslubiy, tibbiy va biologik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun ilmiy guruh tashkil etish.

2021-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Badminton bilan shug‘ullanadigan sportchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi bo‘yicha monitoring olib borish.

Har chorakda bir marta

3. Maktabgacha, umumta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, sport-ta’lim muassasalari uchun o‘quv dasturlarini, musobaqalar qoidalarini ishlab chiqish, uslubiy majmualarni nashr etish.

21.

Hududlarda badminton sport turi bo‘yicha sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish.

Sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

Har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1) “Bahor malikalari” sport musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili mart

2) har bir tuman va shaharda umumta’lim va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Badminton ligasi” musobaqalarini;

Har yili aprel

3) davlat organlari, tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarning ishchi xodimlari o‘rtasida “Rahbar kubogi” musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili may

4) aholining keng qatlamlari o‘rtasida “Imkoniyatingizdan ko‘prog‘ini bajaring!” musobaqalarini o‘tkazish (respublika hududlarida).

2021-2022-yillar davomida

VI. Stritbol va “Workout” bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash

22.

Stritbol va “Workout” bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Mahallardagi mavjud foydalanilmay turgan yer maydonlarida belgilangan tartibda stritbol va “Workout” maydonchalarini barpo etish.

2021-2022-yillar davomida

Davlat budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi

23.

Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida stritbol va “Workout” bilan shug‘ullanishni ommalashtirish.

1. Umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalarida stritbol klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil mart

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi

2. Mahalla, qishloq, korxona, tashkilotlarning stritbol va “Workout” bo‘yicha jamoalarini tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

24.

Stritbol va “Workout” bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish.

Ta’lim muassasalari, mahalla, qishloq, korxona, tashkilotlarning stritbol va “Workout” bo‘yicha jamoalari o‘rtasida quyidagi musobaqalarni tashkil etish:

Har yili

Ijrochilar mablag‘lari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo?tlar va Toshkent shahar hokimliklari

1) ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida “Rekorddan — yangi rekordga!”, “Giyohvand moddalarga qarshi!”;

Har yili mart-aprel

2) mahalla jamoalari o‘rtasida “Muhimi g‘alaba qozonish emas, balki qatnashish!”;

Har yili may

3) korxona va tashkilotlar o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sog‘lom fikr!”.

VII. Hududlarda sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish

25.

Mamlakatimizda xalqaro ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish.

Xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

Har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

1) “Tashkent Marathon” xalqaro marafonini (Toshkent shahri);

2) “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya marafonini (Samarqand viloyati).

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

26.

Aholining keng qatlamlari o‘rtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” bo‘yicha sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish.

2. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bag‘ishlangan sport musobaqalarini o‘tkazish.

Har yili iyun — avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Har yili dekabr

3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba sport jamoalari” musobaqalarini o‘tkazish.

Har yili aprel-may

4. Oilaviy sport jamoalari o‘rtasida “Otam, onam va men — sog‘lom oilamiz” shiori ostida sport musobaqalarini o‘tkazish.

2021-2022-yillar davomida

5. Sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh chempionlar”, ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Olimpiya umidlari”, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o‘quvchilari o‘rtasida “Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarini o‘tkazish.

27.

Taniqli sport namoyandalari ishtirokida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish.

1. Ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda, mahorat darslari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

2. Ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida mahorat darslari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish.

3. Tadbir ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq

VIII. Sog‘lom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash

28.

Ommaviy axborot vositalarida sportni keng yoritish orqali aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ishlarining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish.

1. Sport musobaqalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, jumladan, mamlakatimizda o‘tkaziladigan milliy va xalqaro musobaqalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilish.

2. Sport turlari rivojlanishini ifodalovchi roliklarni efirga uzatib borish.

3. Ko‘rgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa, o‘smir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga bo‘lgan qiziqishini orttirish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi

29.

Internet orqali jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout”ni keng targ‘ib etish maqsadida Internet orqali turkum maqolalar e’lon qilish.

2. Sportda erishayotgan yorqin g‘alabalari orqali Vatanimiz dovrug‘ini ko‘tarib kelayotgan sportchi hamda sport faxriylari (trenerlar)ning ibratli hayot yo‘lini yoshlarga namuna qilib ko‘rsatishga qaratilgan roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

3. Sport-ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida turli davra suhbatlari, shoular, “onlayn” muloqotlar, mahorat darslari hamda umumta’lim maktablarida davra suhbatlarini o‘tkazish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh?har ?okimliklari

30.

Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

1. Aholining turli qatlamlari o‘rtasida “Shaxsiy gigiyenaning sog‘liq uchun ahamiyati”, “Sog‘lom bo‘lishni o‘rganing!”, “O‘smirlarda giyohvandlik”, “Sigareta ichida nima bor?”, “Alkogol — bu zamonaviy narkotik”, “Ota-onalar ichishadi — bolalar azob chekishadi”, “Asabiylashish va sog‘lom turmush tarzi”, “Sog‘lom ovqatlanish alifbosi” mavzularida tibbiyot xodimlari tomonidan ma’ruzalar tashkil etish.

2. Taniqli sportchilar ishtirokida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” bo‘yicha ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, O‘zbeki?ton Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun sport maydonchalarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Jami

shu jumladan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

Respublika bo‘yicha:

1 164

208

300

255

217

184

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

92

17

24

20

17

14

2.

Andijon viloyati

92

17

24

20

17

14

3.

Buxoro viloyati

74

13

19

16

14

12

4.

Jizzax viloyati

74

13

19

16

14

12

5.

Qashqadaryo viloyati

86

15

22

19

16

14

6.

Navoiy viloyati

63

11

16

14

12

10

7.

Namangan viloyati

77

14

20

17

14

12

8.

Samarqand viloyati

90

16

23

20

17

14

9.

Sirdaryo viloyati

63

11

16

14

12

10

10.

Surxondaryo viloyati

86

15

22

19

16

14

11.

Toshkent viloyati

124

22

32

27

23

20

12.

Farg‘ona viloyati

104

19

27

23

19

16

13.

Xorazm viloyati

74

13

19

16

14

12

14.

Toshkent shahri

65

12

17

14

12

10

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: parametrlarga sport vazirining buyrug‘i asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(2-ilovaning izoh qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 07/21/5282/1035-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)