Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.01.1993 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BADIIY ANSAMBLLARI FAOLIYATINI YaXShILASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi san’atini rivojlantirish, milliy an’analar va qadriyatlarni boyitish, o‘zbek xalqi madaniyatini hamdo‘stlik va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib etish, badiiy ansambllarning ijodiy shart-sharoitlarini, moddiy-texnikaviy ahvolini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Bahor” ansamblining ijodiy faoliyatini takomillashtirish maqsadida 1993-yilning birinchi choragida Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmasiga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Toshkentboshqurilish” (o‘rtoq E. Rustamov) “Bahor” konsert zalini ta’mirlashni, yangi mashg‘ulot zalini qurishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Madaniyat ishlari vazirligi loyiha, sarf-xarajat hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq E. Boqiboyev), “O‘zshartnomasavdo” (o‘rtoq T. Sharipov), Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi (o‘rtoq V. Saakov) “Bahor” konsert zalini ta’mirlash va qurilish ishlari, zalni va sahnani texnik jihozlash, yangi asarlarni sahnalashtirish maqsadida konsert liboslarini tiktirish uchun 1-ilovaga* muvofiq tegishli moliyaviy va moddiy-texnikaviy resurslar, shuningdek, transport vositalari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbek milliy raqs san’atining shakllanishiga va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan xalq artisti, “Bahor” ansamblining asoschisi Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 80 yilligi respublikada 1993-yilda nishonlansin. Yubiley komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va komissiya qisqa muddat ichida yubiley tadbirlarini ishlab chiqib, uni bajarishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 1993-yildan boshlab yil mobaynida yaratilgan va xalq e’tiboriga sazovor bo‘lgan milliy raqs dasturlari uchun M. Turg‘unboyeva nomidagi uch darajali mukofotni ta’sis etish haqidagi taklifi ma’qullansin hamda vazirlik mazkur mukofot haqidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovlarni e’lon qilish va natijalari bo‘yicha mukofot sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash Madaniyat ishlari vazirligiga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq E. Boqiboyev) 1993-yildan boshlab har yili mukofot sovrindorlarini taqdirlash uchun 3-ilovaga* muvofiq mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq E. Boqiboyev) va “O‘zshartnomasavdo” uyushmasi (o‘rtoq T. Sharipov) Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmasiga asosan M. Qoriyoqubov nomli o‘zbek davlat filarmoniyasi “Shodlik” ansamblining ijodiy, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida 1993-yilning birinchi choragida 4-ilovaga* muvofiq mablag‘ va moddiy resurslar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq E. Boqiboyev) va “O‘zshartnomasavdo” uyushmasi (o‘rtoq T. Sharipov) O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi buyurtmasiga asosan teleradiokompaniya qoshidagi dutorchi qizlar ansambli ijodiy faoliyatini yaxshilash maqsadida 1993-yilning birinchi choragida 5-ilovaga* muvofiq zarur mablag‘ va moddiy resurslar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. San’at va madaniyat xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida ularning ijodiy faoliyati uchun moslashtirilgan loyiha asosida shaharning markaziy qismida ko‘p qavatli, 96 kvartirali turar joy binosi qurish maqsadga muvofiq deb topilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq E. Boqiboyev), Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi (o‘rtoq V. Saakov) ushbu maqsad uchun zarur mablag‘ ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat ishlari vazirligi san’at va madaniyat xodimlari uchun mo‘ljallangan uy qurilishining buyurtmachisi, “Toshkentboshqurilish” (o‘rtoq E. Rustamov) bosh pudratchi qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi o‘rtoq A. Fozilbekov bir oy muddat ichida turar joy binosi uchun yer maydoni ajratish masalasini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniyat ishlari vazirligi (o‘rtoq Z. Hakimov) va O‘zdavteleradiokompaniya (o‘rtoq E. Hayitboyev) bir oy muddat ichida badiiy jamoalarning san’at rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan namoyandalarini rag‘batlantirish uchun belgilangan tartibda taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq M. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son