16.10.2021 yildagi PQ-5260-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha yer osti va yer usti metro yoʻnalishlari hamda metropoliten bekatlari barpo etib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida toʻqqizta yangi toʻrt vagonli metro poyezdlari xarid qilindi hamda 23 ta toʻrt vagondan iborat metro poyezdlari kapital taʼmirlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yunusobod yoʻnalishida uzunligi 2,9 km boʻlgan yer osti metropoliten liniyasi hamda “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari barpo etildi, yer usti halqa metropoliten liniyasining I-bosqich — 11,7 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat boʻlgan qismi hamda 6,2 km uzunlikdagi Sergeli yer usti metropoliten liniyasining 5 ta bekati foydalanishga topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida metropoliten liniyasining umumiy uzunligi 38 km dan 59 km ga, bekatlar soni 29 tadan 43 taga yetkazildi, Toshkent metropolitenida yoʻlovchilar tashish quvvati 2016-yilga nisbatan 2 barobarga oshib, kunlik yoʻlovchi tashish 160 ming yoʻlovchidan 360 ming yoʻlovchiga yetkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqich — 13 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat “Qoʻyliq — Qipchoq” uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent metropolitenida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, yoʻlovchilar tashishni boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, metropoliten infratuzilmasini saqlash va undan foydalanish ishlarini samarali tashkil etish hamda Toshkent metropoliteni faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Toshkent metropoliteni” UKni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidan 2021-yil 1-oktabr holatiga boʻlgan davlat ulushini kamaytirish hisobiga balans qiymatida Transport vazirligi tizimiga oʻtkazish hamda “Toshkent metropoliteni” UK tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korxonasiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Metropoliten faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajriba asosida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda jarayonlarni raqamli boshqarish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metropolitenda xavfsizlik tizimini takomillashtirish orqali yoʻlovchilar va harakat xavfsizligi darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida yer usti yoʻlovchilar tashish transporti yoʻnalishlari tarmogʻini metropoliten tarmogʻi bilan integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari doirasida metropoliten hududida xizmat koʻrsatish, savdo va reklama faoliyati tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy bilimga ega professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish orqali sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi va boshligʻi oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibiy boʻlinmalari hamda “Toshkent metropoliteni” DUK oʻrtasida begʻaraz tarzda koʻrsatiladigan mol-mulk va homiylik koʻrinishidagi yordamlar soliq solish obyekti sifatida hisobga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan “Toshkent metropoliteni” DUK “Toshkent metropoliteni” UKning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yer usti metropoliteni qurilishi ishlarining yakunlangan qismlari davlat qabul komissiyasining dalolatnomasiga asosan “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toshkent metropoliteni” DUKga 2024-yil 1-yanvarga qadar metro vagonlari, metropoliten ekspluatatsiya ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazgan hamda kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toshkent metropoliteni” DUK 2024-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha import tovarlarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUKning mavjud asosiy vositalarini xatlovdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev) Transport vazirligi (Maxkamov) bilan birgalikda metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyulga qadar 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qoʻyliq bozori, Chilonzor) transport oʻtish bogʻlamalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-oktabrga qadar Toshkent shahriga kirib keluvchi yoʻlovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” AJ da zamonaviy metro vagonlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transport vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metro vagonlarini xarid qilish uchun jalb qilingan kreditlarni oʻrnatilgan tartibda “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirsin. Bunda, Moliya vazirligi kredit majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent metropoliteni yer usti va yer osti liniyalari qurilishi loyihalarini amalga oshirish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb etilgan kreditlarning va ular boʻyicha berilgan davlat kafolatlarining “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirilishi boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vazirligi “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar metropoliten yoʻnalishlarida differensial toʻlov tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻining raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassisni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun ilgʻor xorijiy tajribaga ega konsultantlarni jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent metropoliteni” DUKning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Toshkent metropoliteni faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metropolitendan foydalanishda yoʻlovchilar va metropoliten xodimlarining huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Toshkent metropolitenidan foydalanish qoidalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab metropoliten yoʻnalishlari (ularning qurilishi boʻyicha maʼlumotlar), bekatlar (ular atrofida joylashgan obyektlar va jamoat transporti yoʻnalishlari), poyezdlar harakati jadvali, elektron toʻlov hamda boshqa maʼlumot va xizmatlarni oʻz ichiga oluvchi mobil ilovani ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2022-yil 1-aprelga qadar yer usti halqa metro bekati yoʻnalishida yoʻlovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bogʻlash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vazirligi Qurilish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar metropoliten bekatlari arxitektura qiyofasi holatini saqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har oy muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5260-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan birinchi navbatdagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Umumiy qiymati,

(ming doll.)*

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. 2021-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar

1.

Metro vagonlarining aravachalari ramalarini almashtirish.

dona

60

3400,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2021-yil
15-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

2.

Birlashgan nimstansiyalar uchun akkumulyator batareyalarini nisbatan tejamkor turiga almashtirish.

komplekt

15

842,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2021-yil
20-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

3.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan foydalanish muddati (24 yil) tugaganligi sababli DTM-0,17 — 1000 rusumidagi drossel-transformatorni almashtirish.

dona

104

520,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2021-yil
15-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

4.

Poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangi gʻildirak juftliklarini sotib olish.

dona

300

300,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2021-yil
20-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

5.

Metro vagonlarimotor-kompressorlarining DK-410 rusumli elektrodvigatellarini almashtirish.

dona

15

1 500,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2021-yil
1-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

6.

Metro vagonlarining EK-4B rusumli motor-kompressorini almashtirish.

dona

50

200,0

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

Jami

6 762,0

II. 2022-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar

7.

Metro vagonlarining aravachalari ramalarini almashtirish.

dona

60

3400,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2022-yil
15-noyabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

8.

Metro vagonlarining DK-410 rusumli elektrodvigatel motor-kompressorini almashtirish.

dona

15

1 500,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2022-yil
1-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

9.

Harakat tarkibidagi radioaloqa vositasini (dispetcher-mashinist) almashtirish.

dona

15

340,0

Davlat budjeti mablagʻlari

2022-yil
20-dekabr

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

10.

Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda poyezdlar harakati oraliq vaqtini qisqartirish uchun yangi harakat tarkiblarini (56 ta vagon) xarid qilish.

toʻrt vagondan iborat harakat tarkib

14

88 200,0

Xorijiy moliya institutlari mablagʻlari

2022-yil
1-dekabr

Transport vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

11.

Tungi vaqtdagi texnologik ishlarni bajarish uchun zamonaviy motodrezinalar xarid qilish.

dona

2

800,0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

2022-yil
1-avgust

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

12.

Poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida Chilonzor yoʻnalishida releli dispetcherlik markazlashtirish tizimini modernizatsiya qilish orqali 5 ta punktda mikroprotsessorlik markazlashtirish tizimini (MPS) tashkil etish.

dona

5

8 200,0

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2022-yil
1-sentabr

Transport vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

13.

Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan SP-6 BM, SP-6M rusumli strelkali elektr oʻtkazgichlarini almashtirish

dona

44

44,0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

2022-yil
1-iyul

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Transport vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” DUK

14.

Metro vagoni gʻildiraklarini charxlash uchun TS912F3 rusumli tokarlik dastgohini xarid qilish.

dona

1

650,0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

2022-yil
1-aprel

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Transport vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” DUK

Jami

103 134,0

III. 2023-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar

15.

Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan eskalatorlarni almashtirish

dona

6

900,0

Davlat budjeti mablagʻlari

2023-yil
1-avgust

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

16.

Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan 1/9 rusumli R-50 tipidagi strelka oʻtkazgichlarni almashtirish.

komplekt

16

280,0

Davlat budjeti mablagʻlari

2023-yil
1-iyul

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

17.

Yunusobod yoʻnalishining nimstansiyalarida teleboshqaruv tizimini oʻrnatish va ishga tushirish.

dona

6

297,0

Davlat budjeti mablagʻlari

2023-yil
1-iyul

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

18.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan foydalanish muddati (24 yil) tugaganligi sababli DTM-0,17 — 1000 rusumidagidrossel-transformatorini almashtirish.

dona

96

480,0

Davlat budjeti
mablagʻlari

2023-yil
10-fevral

Moliya vazirligi,
Transport vazirligi,
“Toshkent metropoliteni” DUK

Jami

1 957,0

Hammasi

111 853,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu koʻrsatkichlarga loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼullar

I. Metropoliten harakat tarkibini yangilash

1.

Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan 10 ta harakat tarkibini (40 ta vagon) modernizatsiya qilish.

1. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ bilan muzokaralar oʻtkazish.

2021-yil oktabr

“Toshkent metropoliteni DUK (Usmonov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

2021-yil noyabr

3. Respublika investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil dekabr

4. Moliyalashtirib borish.

2022-yil fevral

5. Metro vagonlarini modernizatsiya qilish va foydalanishga topshirish.

2022-yil noyabr

2.

Harakat tarkibi uchun 10 ta yangi oraliq vagonlarni ishlab chiqarish.

1. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ bilan muzokaralar oʻtkazish.

2021-yil oktabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

2021-yil noyabr

3. Respublika Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil dekabr

4. Moliyalashtirib borish.

2022-yil fevral

5. Yangi metro vagonlarini ishlab chiqarish va foydalanishga topshirish.

2022-yil davomida bosqichma-bosqich

II. Metropoliten infratuzilmasini yangilash

3.

Toshkent metropolitenining 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qoʻyliq bozori, Chilonzor) transport oʻtish bogʻlamalarini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurish ishlarini olib borish.

3. Foydalanishga topshirish.

2021-2022 yy.

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

“Toshshahartransxizmat” AJ (Djurayev)

4.

Toshkent viloyatidan kirib keluvchi yoʻlovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa metropoliten liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurish ishlarini olib borish.

3. Foydalanishga topshirish.

2021-2022 yy.

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

“Toshshahartransxizmat” AJ (Djurayev)

5.

Metropoliten bekatlarida yoʻlovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qoʻshimcha yangi 80 ta turniket oʻrnatish.

1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

3. Yangi turniketlarni xarid qilish va oʻrnatish.

2021-yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

6.

Metro bekatlariga yoʻl koʻrsatkichlarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish.

1. Metro bekatlariga yoʻl koʻrsatkichlarni almashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Tegishli ishlarni amalga oshirish va moliyalashtirish.

2021-yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

7.

Metropolitenda xizmatlar sifatini takomillashtirish.

1. Yangi qurilgan 12 ta yer usti bekatida Wi-Fi tizimini ishga tushirish.

2. Yer osti bekatlarida boshqa mobil operatorlar xizmatlarini tashkil etish.

2021yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

III. “Toshkent metropoliteni” DUK xavfsizlik tizimlarini yangilash

8.

Yer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqichi estakada osti va bekatlarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash.

1. Videokuzatuv kameralari oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.

2021-yil oktabr

Toshkent metropoliteni DUK (Usmonov),

Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ (Xasilov),

“Boshtransloyiha AJ (Ruziyev),

pudrat tashkilotlari,

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)

2. Videokuzatuv jihozlarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yil fevral

3. Videokuzatuv kameralari oʻrnatish.

2022-yil noyabr

9.

Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan “Situatsion markaz”ga yangi qurilgan metropoliten liniyalaridan (yer usti halqa liniyasi, Sergeli, Yunusobod yoʻli II-bosqich) optik tolali aloqani oʻtkazish.

1. Optik tolali aloqani oʻtkazish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.

2021-yil oktabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov),

Boshtransloyiha AJ (Ruziyev),

pudrat tashkilotlari,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Optik tolali aloqa jihozlarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yil fevral

3. Optik tolali aloqani oʻtkazish.

2022-yil noyabr

10.

Yer usti halqa va Sergeli metropoliten liniyalari oraliqlarini maxsus evakuatsion narvonlar bilan jihozlash.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2021-yiloktabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov),

“Boshtransloyiha” AJ (Ruziyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)

2. Evakuatsion narvonlarni oʻrnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yilfevral

3. Yer usti halqa va Sergeli metropoliten liniyalari oraliqlarini evakuatsion narvonlar bilan jihozlash.

2022-yil noyabr

11.

Metropolitenning kirish-chiqish va oʻtish yoʻllarida zamonaviy videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish.

1. Videokuzatuv moslamalarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzish hamda ishlarni tashkillashtirish.

2021-yil noyabr

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan videokuzatuv moslamalari xarid qilinishini oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish.

2022-yil aprel

3. Videokuzatuv moslamalarini bosqichma-bosqich oʻrnatish.

2022-yil noyabr

IV. Metropoliten xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

12.

“Toshkent metropoliteni” DUK hisobidan doimiy ravishda ishchi xodimlarning Toshkent davlat transport universitetida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olishlarini tashkil etish.

1. “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan ijobiy tavsifnoma asosida ishchi xodimlarning roʻyxatini shakllantirish.

2. Toshkent davlat transport universiteti bilan oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuzish.

Doimiy ravishda

Transport vazirligi (Maxkamov),

Transport universiteti (Abduraxmonov),

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

V. “Toshkent metropoliteni” DUK moliyaviy holatini yaxshilash

13.

Toshkent metropoliteni daromadlarini yoʻlovchi tashish, reklama, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati orqali oshirib borish.

1. Yoʻlovchi tashish xizmatlari hajmini oshirib borish choralarini koʻrish.

2. Reklama, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish.

2021-2022 yy.

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

VI. “Toshkent metropoliteni” DUK faoliyatini raqamlashtirish

14.

Metropoliten bekatlarida transport kartalari va bir martalik QR kodli chiptalarni sotishga moʻljallangan 40 ta infokiosklarni oʻrnatish.

1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

2021-yil noyabr

“Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov)

2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash.

2022-yil yanvar

3. Infokiosklarni metro bekatlarida oʻrnatish.

2022-yil mart

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

Oʻlchov birligi

soni

Qiymati,
ming doll

shu jumladan, yillar kesimida (ta)

har birining narxi

jami

2023-yil

2024-yil

2025-yil

I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini
kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish

1.1.

Metropolitenda tungi vaqtda xoʻjalik ishlarini bajaruvchi va yuk tortuvchi AGM rusumidagi drezina

dona

4

550,0

2 200,0

2

2

1.2.

Metro vagoniga oʻrnatiladigan DK-410 rusumli motor-kompressor elektrodvigatelining yakori

dona

30

0,07

2,1

10

10

10

1.3.

Metro vagonidagi eshik havo taqsimlagichi (085 rusumli)

dona

48

0,02

1,0

16

16

16

1.4.

Metro vagonidagi toʻxtatuvchi yigʻma havo taqsimlash qurilmasi (337 rusumli)

dona

36

0,30

10,8

12

12

12

1.5.

Metro vagonini oʻzaro bogʻlaydigan mexani?m

dona

75

0,02

1,5

25

25

25

1.6.

Metro vagonini yoritish tizimi uchun 52NK80 rusumidagi akkumulyator batareyalari

dona

12 000

0,15

1 800,0

4 000

4 000

4 000

1.7.

Mashinist tomonidan poyezdni toʻxtatadigan 013 rusumli moslama

dona

12

0,25

3,0

4

4

4

Jami

4 018,4

II. Signallashtirish, aloqa xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun
jihozlar va materiallarni xarid qilish

2.1.

Metro vagoni gʻildiraklarining nuqsonini aniqlovchi nazorat tizimidagi (Ponab disk rusumli) qurilma

komplekt

4

51,67

206,7

2

2

2.2.

Harakat tarkibining xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan DTM-0,17-1000 rusumli drossel-transformator

dona

300

4,25

1 275,0

100

100

100

Jami

1 481,7

III. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun
jihozlar va materiallarni xarid qilish

3.1.

Chilonzor yoʻnalishidagi nimstansiyalar uchun yuqori tokni oʻchirib-yoqadigan VEM-10E rusumli qurilma

dona

70

7,28

509,6

28

28

14

3.2.

Chilonzor yoʻnalishidagi akkumulyator batareyalari uchun ZPU-2 rusumidagi zaryadlovchi qurilma

dona

10

20,0

200,0

4

3

3

3.3.

Chilonzor yoʻnalishidagi oʻzgarmas tokli tezkor avtomatik oʻchirib yoquvchi VAB-42 6300/10 rusumli qurilma

dona

5

18,0

90,0

2

2

1

3.4.

Chilonzor yoʻnalishidagi tezkor avtomatik tarzda oʻchirib-yoquvchi VAB-43 rusumli qurilma

dona

10

18,0

180,0

4

3

3

3.5.

Metro bekatidagi avariya holatlarida vaqtinchalik energiya taʼminoti uchun akkumulyator batareyalari (OPZs-530 rusumli)

dona

32

0,938

30,016

32

Jami

1 009,6

IV. Eskalatorlarning barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

4.1.

Eskalatorlarni kapital taʼmirlash

dona

5

210,0

1 050,0

2

3

Jami

1 050,0

V. Yoʻl xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

5.1.

R-50 rusumli relslar

tn

2 500

0,95

2 375,0

1 000

1 000

500

5.2.

R-50 rusumli relslarni oʻzaro bogʻlaydigan moslama

dona

1 800

0,04

72,0

600

600

600

5.3.

Relslarni shpallarga mahkamlash uchun burab qotiradigan asbob

dona

3

1,8

5,4

2

1

5.4.

1/9 markali R-50 rusumdagi krestovina

dona

30

2,6

78,0

10

10

10

5.5.

1/9 markali R-50 rusumdagi relslar (oʻng egri ostryak)

dona

30

1,39

41,6

10

10

10

5.6.

1/9 markali R-50 rusumdagi relslar (chap egri ostryak)

dona

30

1,39

41,6

10

10

10

5.7.

Shpallar tagidagi toshlarni joylashtiradigan ESHP-9 rusumli elektr qurilmani xarid qilish

dona

40

0,52

20,8

15

15

10

Jami

2 634,4

VI. Harakat tarkibini yangilash va muddati oʻtgan vagonlarni modernizatsiya qilish

6.1.

Harakat tarkibini (vagon) xarid qilish

dona

104

1 575,0

163 800,0

56

48

6.2.

Metro vagonini modernizatsiya qilish

dona

24

450,0

10 800,0

24

Jami

174 600,0

Metropoliten boʻyicha jami

184 794,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu koʻrsatkichlarga loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijasiga koʻra oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 07/21/5260/0967-son)