1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga muvofiq “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kirgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarning yangi turmush qurayotganda (keyingi o‘rinda — yoshlarning alohida toifasi) ajratiladigan kredit manbalarini shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning alohida toifasiga nisbatan belgilanadigan, jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, yangi (ikkala tomon uchun birinchi marotaba) turmush qurgan, ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan bo‘lishi va boshqa muvofiqlik mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning alohida toifasiga ajratilgan kreditlar monitoringini olib borish va ularni qaytarish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
637-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning (keyingi o‘rinlarda — yoshlarning alohida toifalari) yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining (keyingi o‘rinlarda — bank) ichki kredit siyosatiga muvofiq o‘z mablag‘lari, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan jismoniy shaxslarga uy-joy (kvartira) sotib olish, qurish (rekonstruksiya qilish), ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan belgilangan tartib va shartlar, banklarning ichki siyosati, shuningdek, mazkur tashkilot va banklar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida uning mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish)ga fuqarolarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ruxsat olib, lekin keyinchalik sotish maqsadida qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarni ipoteka kreditlari orqali sotishga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit olish maqsadida bankka ariza taqdim etgan yoshlarning alohida toifalariga mansub fuqaro;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchining krediti asosiy summasi va kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek, kredit bo‘yicha solidar javob beradigan jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlang‘ich badal — yakka tartibdagi xonadonda quriladigan qo‘shimcha uy-joy qiymatining kredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan me’yorlarda shakllantiriladigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit — yoshlarning alohida toifalariga yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha ajratiladigan garovsiz kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari — yoshlarning alohida toifalari tomonidan yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan kredit taqdim etuvchi banklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkiloti — yakka tartibdagi uy-joylarni o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qurishni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy — yoshlarning alohida toifalarining o‘z kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotlarini yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda o‘z xonadonida qurilgan yakka tartibdagi qo‘shimcha uy-joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joyni qurish uchun kredit olgan va kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatiga ega yoshlarning alohida toifalariga mansub fuqaro;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz yuki ko‘rsatkichi — qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadlari miqdoriga bo‘lgan nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi qo‘shimcha uy-joy — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xo‘jalikni yuritishga mo‘ljallangan yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli bo‘lgan bir yoki bir necha turar joy imorati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kredit manbalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoshlarning alohida toifalariga yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz asosda ajratiladigan kreditlar quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi tijorat banklariga joylashtiriladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligidan olingan mablag‘, ular hisobidan ajratiladigan kreditlar qarz oluvchilar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish muddatidan qat’i nazar, banklar tomonidan Bosh bitim, shartnoma va unga ilova qilingan qaytarish grafiklariga asosan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlarning alohida toifalariga yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishga kreditlar ajratish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga mablag‘larni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning alohida toifalariga kreditlar ajratish tijorat banklari tomonidan mazkur Nizomga va banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qarz oluvchilarga nisbatan belgilangan muvofiqlik mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qarz yuki ko‘rsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha boshqa yordam olmagan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qarz yuki ko‘rsatkichi hisob-kitoblarida qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya to‘lovlari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari bo‘yicha deklaratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda kredit byurodan yoki boshqa rasmiy manbalardan mustaqil ravishda olingan, qarz oluvchining daromadlarini aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning qarz yuki ko‘rsatkichi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lganda, uning bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar kafilligi qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kreditlarni rasmiylashtirish va ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kredit banklar tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz oluvchining kreditni qaytarish bo‘yicha majburiyati ta’minoti sifatida ajratilgan kreditlarning muddati o‘tgan asosiy va foiz qarzdorligini qoplab berish sharti bilan quyidagilar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining kafilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — “Ayollar daftari” jamg‘armasining kafilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar uchun — “Yoshlar daftari” jamg‘armasining kafilligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan kafilliklar tegishlicha “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining kafilligi qarzdorning doimiy yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida beriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoshlarning alohida toifalariga kafillik berilganligi uchun to‘lov (mukofot puli) undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qarz oluvchiga berilishi mumkin bo‘lgan kreditning yuqori mikdori qarz yuki ko‘rsatkichi bo‘yicha ushbu Nizomning 6-bandi “g” kichik bandida belgilangan me’yordan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joyni qurish ishlari uchun berilishi mumkin bo‘lgan kreditning eng ko‘p miqdori 33 million so‘mdan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yakka tartibdagi qo‘shimcha uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 6-bandi “d” kichik bandida belgilangan boshlang‘ich badalning minimal miqdori va 13-bandiga muvofiq berilishi mumkin bo‘lgan kreditning eng ko‘p miqdori yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi yer uchastkasida belgilangan tartibda kelishilgan loyiha asosida hamda tuman (shahar) aholi punktlari Bosh rejasi va shaharsozlik normalariga mos holda pudrat tashkiloti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar bilan o‘z xonadonida yakka tartibda qo‘shimcha uy-joy qurish bo‘yicha shartnomani imzolaydi, o‘z kuchi bilan amalga oshirish holati bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi bankka kredit olish uchun murojaat qilgan taqdirda, bankning mas’ul xodimi unga kreditning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha izoh beradi, talab etiladigan barcha hujjatlar ro‘yxati va taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ariza beruvchi bankka kredit olish uchun ariza va ushbu Nizomga hamda bankning ichki kredit siyosatiga asosan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yakka tartibdagi qo‘shimcha uy-joyni qurish ishlari uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan yoshlarning alohida toifalariga kreditlar banklar tomonidan quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bir qarz oluvchiga beriladigan kreditlar 33 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yakka tartibda qurilgan qo‘shimcha uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qiymatning ortgan qismini shakllantirish (to‘lash) uchun banklar tomonidan qarz oluvchiga Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti va boshqa kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kreditning yillik foiz stavkasi bankning ichki siyosatiga asosan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘larning foiz stavkasi hamda bank marjasini inobatga olgan holda qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq kredit shartnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yoshlarning alohida toifalariga ajratilgan kreditning foiz stavkasi boshqa shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarining foiz stavkalaridan yuqori bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich badal shakllantirilishida yakka tartibda qo‘shimcha uy-joyni qurish uchun sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng bank uch ish kunida ariza beruvchiga kredit berish masalasini ko‘rib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bank tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, uch ish kunida ariza beruvchiga kredit berishni rad etishning sabablari aniq va tushunarli ko‘rsatilgan holda yozma xulosa yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza beruvchi bank xulosasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin kredit berish to‘g‘risidagi ariza bilan bankka qayta murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchiga kredit berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, bank uch ish kunida bu haqida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda, bank tomonidan ariza beruvchiga tanishib chiqish va o‘zi bilan olib ketishi mumkin bo‘lgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish jadvali loyihasi taqdim etiladi hamda bank va ariza beruvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ajratilgan kredit summasi ishlar qarz oluvchining o‘z kuchi bilan yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar jalb etilgan holda bajarilganda, bank tomonidan naqd pulsiz shaklda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank plastik kartasiga, pudrat tashkiloti jalb etilgan hollarda esa, pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joyni qurish ishlari pudrat tashkiloti (o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar) yoki qarz oluvchi tomonidan o‘z kuchi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qarz oluvchi kredit shartnomasini qaytarish grafigiga asosan ajratilgan kredit va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yoshlarning alohida toifalariga yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kreditlar ajratish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kreditlar monitoringini olib borish va kreditni qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kreditni qaytarish va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash tartibi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi, qonunchilik hujjatlari va bank kredit siyosati bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kredit bo‘yicha foiz kredit qoldig‘iga nisbatan har kuni hisoblab yoziladi va har oyda bir marta undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kredit bo‘yicha asosiy qarzni va foizni to‘lash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda, hisoblangan foiz va kredit bo‘yicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan to‘lovlar jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bank kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bankning mas’ul xodimi kreditdan maqsadli foydalanilishi, asosiy qarz va foizning to‘lanishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kreditdan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qarz oluvchi tomonidan kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovi belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda, bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatini bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash chorasini ko‘rishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kredit monitoringi davomida taqdim etilgan hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish jarayonida bank tomonidan kreditdan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlangan takdirda, bank maqsadsiz foydalanilgan mablag‘ va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kreditni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarmaslik xavfi yuzaga kelsa, bank kredit shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida to‘lov (qaytarish) muddati kelgan kredit va foiz to‘lovlarini undirish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan kreditni muddatidan oldin undirish maqsadida bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning har qanday hisobvaraqlaridan (omonat, bank kartalaridagi) mablag‘larni akseptsiz tartibda undirib olishi va qarzdorlikni qaytarishga yo‘naltirishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kredit bo‘yicha muddati o‘tgan asosiy va foiz qarzdorlikni qarz oluvchidan uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan takdirda, ushbu qarzdorliklar tegishlicha mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan kafilliklar hisobidan bir oy ichida qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qoplab berilgan kredit qarzdorligi summasini tegishlicha “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga ushbu jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan qarz oluvchidan regress tartibida undirish choralari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ariza beruvchi kredit olish uchun bankka murojaat qilganda, bank kreditning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasini bepul tarzda takdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bank ariza beruvchiga kredit bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik to‘lovlar miqdori hamda ariza beruvchining daromadlarini tahlil qilgan holda ushbu to‘lovlarni to‘lash uchun uning imkoniyati yetishi (yoki yetmasligi) haqida tushuntirish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Kredit shartnomasi imzolanmasdan oldin bank ariza beruvchiga ushbu shartnoma loyihasini tanishib chiqish uchun o‘zi bilan olib ketish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bank qarz oluvchiga kredit shartnomasi imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini kreditni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bank kredit ajratishda bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda banklar faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qarz oluvchi qurilgan yakka tartibdagi qo‘shimcha uy-joyning to‘liq qiymatini yo‘qolish va shikastlanish xavflaridan sug‘urta qilishda sug‘urta tashkilotini mustaqil tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ariza beruvchi (qarz oluvchi) davlat organlari va tashkilotlari, tijorat banklari xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning alohida toifalariga yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun kredit ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarida belgilangan tartibda kelishilgan loyiha asosida hamda tuman (shahar) aholi punktlari Bosh rejasi va shaharsozlik normalariga mos holda pudrat tashkiloti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar bilan o‘z xonadonida yakka tartibda qo‘shimcha uy-joy qurish bo‘yicha shartnomani imzolaydi, o‘z kuchi bilan amalga oshirish holati bundan mustasno.
O‘z xohishiga ko‘ra belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Ariza beruvchi
Bankka kredit olish uchun ariza va bankning ichki kredit siyosatiga asosan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Bunda, ariza beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich badal shakllantirilishida yakka tartibda qo‘shimcha uy-joyni qurish uchun sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinadi.
O‘z xohishiga ko‘ra belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Bank
Kredit olish bo‘yicha takdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ariza qanoatlantirilgan taqsirda, kredit shartnomasi imzolanadi.
3 ish kuni
4-bosqich
Bank
Ajratilgan kredit summasi ishlar qarz oluvchining o‘z kuchi bilan yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni jalb etilgan holda bajarilganda, bank tomonidan naqd pulsiz shaklda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank plastik kartasiga, pudrat tashkiloti jalb etilgan hollarda esa — pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Pudrat tashkiloti (o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar) yoki qarz oluvchi o‘z kuchi bilan
Yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joyni qurish ishlarini amalga oshiradi.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Qarz oluvchi
Kredit shartnomasi qaytarish grafigiga asosan kredit va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lab boradi.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Moliya vazirligi tomonidan banklarga mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq belgilangan tartibda ajratiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/637/0953-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)