Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2006 17.10.2002 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XONJIZA POLIMETALL KONINI OChISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-avgustdagi PQ-442-sonli “Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalari mineral-xomashyo bazasidan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida rangli metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va geologiya-razvedka ishlari samaradorligini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo‘li bilan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oksus Resorsis Korporeyshn” (Buyuk Britaniya) kompaniyasiga 1-ilovaga* muvofiq Xonjiza polimetall konini (Surxondaryo viloyati) ochishga eksklyuziv huquqlar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Xonjiza polimetall konini texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash uchun “Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi bilan bitimni imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilingan paytdan boshlab 24 oy mobaynida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishni tugallashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasiga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishi va ekspertiza o‘tkazilishi davrida geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish uchun eksklyuziv huquq berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi natijalari bo‘yicha “Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi Xonjiza konini ishga tushirishda hamkorlikning aniq shaklini (konsessiya shartnomasi yoxud mahsulotni bo‘lish to‘g‘risidagi bitim) aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borishda, shuningdek loyihani amalga oshirishning moliyaviy va boshqa shartlari bo‘yicha eksklyuziv huquqlarga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasiga 1-ilovada ko‘rsatilgan hududda foydali qazilmalarni ishlash uchun iqtisodiy samarali konlar aniqlanmagan taqdirda geologiya-razvedka ishlarini davom ettirish uchun yer ostining yangi uchastkalarini olishda ustunlik huquqi berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi geologik o‘rganishning to‘liqligi, yer ostidan oqilona foydalanish va uni saqlashni ta’minlash bo‘yicha o‘z zimmasiga majburiyatlar olishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi va uning “Oksus Servises Limited” shu’ba kompaniyasi texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish davrida geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan 2-ilovaga* muvofiq texnologiya uskunalari va moddiy-texnika resurslarini import qilishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda kirish vizalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oksus Resorsis Korporeyshn” va “Oksus Servises Limited” kompaniyalarining buyurtmanomalari bo‘yicha, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga bir yillik ko‘p martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha — ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan xolda, ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-son