06.10.2021 yildagi PF-6319-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalarini keng jalb qilgan holda foydali qazilma konlarini sanoat usulida o‘zlashtirish, zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida geologiya-qidiruv ishlarini rag‘batlantirish hamda yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab muhim tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar obyektlari bo‘yicha geologik o‘rganish yoki avval o‘rganilgan yer qa’ri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maxsus tartibi o‘rnatiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuv summasi yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining xarajatlarini chegirgan holda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022-yil 1-yanvardan boshlab foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusini hamda foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan imzoli bonusni bekor qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish obyekti hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorda hisoblab chiqiladigan, geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi quyidagilarga yo‘naltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi — viloyat mahalliy budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi — tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, ular tomonidan jalb etiladigan pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilardan ozod etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish davrida geologik qidiruvni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maxsus texnikalarni vaqtincha olib kirishda davriy bojxona to‘lovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va maxsus texnikalarni import qilishda bojxona bojidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida uglevodorod konlarini aniqlash va qidirishni amalga oshiruvchi mahalliy korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2598-son Farmonining 4-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplab berish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda, biroq ariza berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tabiiy gazni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi uch oy muddatda tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilariga ayrim soliq turlari bo‘yicha oshirilgan soliq stavkalarini taklif qilish huquqini bergan holda, tanlov savdolarini o‘tkazish va tanlov savdolariga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqining boshlang‘ich qiymatini aniqlashni inobatga olib, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruxsat berish tartibini ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 1-yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytirish. Bunda uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (agar 2021-yil 1-sentabrga qadar kuchga kirgan bitim va shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) doirasida qazib olishni amalga oshiruvchi davlat ulushiga ega korxonalar uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning oshirilgan stavkalari belgilanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchilarning kapital xarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olish (ajratib olish)ni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun renta daromadi solig‘ini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkani qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan va ekspertlarni jalb qilgan holda, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibini yanada takomillashtirish. Bunda, 2021-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda tabiiy gaz, neft va ayrim turdagi boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblashda soliq bazasi ularni tashish hamda qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirilishi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini unifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
renta daromadi solig‘ini to‘lovchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga soliq hisobini AQSh dollarida yuritish huquqini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida mazkur Farmondan kelib chiqadigan tartiblarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6319-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 06/21/6319/0938-son)