Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.12.1994 15.02.1993 yildagi 83-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.12.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT DAVLAT-AKSIONERLIK QURILISh KORPORATSIYASI “TOShKENT QURILISh”NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmonga va bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida qurilish korxonalari va tashkilotlarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilgan “Toshkentboshqurilish” boshqarmasining majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar tomonidan oʻziga berilgan huquqlar doirasida moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil hal etadi, korporatsiya Kengashi qaroriga muvofiq markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoalarining manfaatlarini hisobga olgan holda korporatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni aksionerlik jamiyatlariga, jamoa korxonalariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Toshkentqurilish” korporatsiyasi tarkibiga 1-ilovaga* muvofiq oʻz xoʻjalik mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoluvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Toshkentqurilish” korporatsiyasi 1993-yil davomida korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni aksionerlik jamiyatlariga, jamoa korxonalariga aylantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni 2-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilayotganda — davlatga tegishli aksiyalar ulushi 51 foiz miqdorida belgilansin, qolgan qismi mehnat jamoalari aʼzolariga imtiyozli sotib olish huquqi berilgan holda ochiq sotish yoʻli bilan tarqatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilayotganda — aksiyalarining 55 foizi davlat mulki qilib biriktirilsin, 25 foizi mehnat jamoalari aʼzolari, qolgan qismi esa korporatsiya korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida tarqatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent qurilishi korporatsiyasining ustav fondi korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan hosil boʻlgan aksionerlik jamiyatlarining davlatga tegishli boʻlgan aksiyalarining 60 foizi, shuningdek boshqa manfaatdor yuridik shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarning paylari hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi korporatsiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalarning hissalariga muvofiq aksionerlik jamiyatlarining faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini korporatsiyaning rivojlanishi uchun shartnoma asosida unga berishni amalda qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korporatsiyani boshqarishning yuqori organi uning Kengashi hisoblanadi, u Boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi, korporatsiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari va tizimini belgilaydi. Korporatsiya apparati tuzilmasi, xodimlarning cheklangan soni 48 nafardan iborat qilib belgilangan holda (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari korporatsiya Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Korporatsiyaga raisning 3 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin. Korporatsiya Boshqaruvi raisiga va uning oʻrinbosarlariga vazirliklar va idoralarning tegishli xodimlariga belgilangan moddiy-maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Toshkentqurilish” korporatsiyasi bir oy muddatda korporatsiyaning Ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi ilgari “Toshkentboshqurilish” boshqarmasi uchun oʻrnatilgan aloqa turlarini va telefonlarni korporatsiyaga saqlab qolsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korporatsiya Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasidagi 16-uyda joylashishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahridagi qurilishlar boʻyicha Bosh boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1989-yil 16-noyabrdagi 374-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-son