1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarorida fuqarolar yig‘inlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning mulkiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni (keyingi o‘rinlarda — maskanlar) eksperiment tariqasida videokameralar o‘rnatish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish, ular negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyati tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishi, ushbu yerlar davlat-xususiy yoki ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatiga xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berish mumkinligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2021-yil 1-oktabrdan 2022-yil 1-oktabrga qadar maskanlar negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofidagi yer uchastkalarining 6 kvadrat metr maydonigacha “Elektron kuzatuv maskanlari”ni joylashtirish uchun, qolgan qismi tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun (yengil konstruksiyalardan barpo etilgan, chuqurlashtirilgan poydevorlarga va yer osti inshootlariga (0,5 metrdan ko‘p) ega bo‘lmagan, buzib olib (bartaraf etib) ko‘chirish imkoniyati mavjud bo‘lgan yengil turdagi qurilmalardan foydalanish sharti bilan) eksperiment muddatidan qat’i nazar, besh yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijaraga oluvchi — “Elektron kuzatuv maskani”ni tashkil etish uchun fuqarolar yig‘inlarida barpo etilgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni belgilangan tartibda ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda savdolar tashkilotchisi — “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlik subyektlari “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron tanlov o‘tkazish orqali aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlov natijalariga ko‘ra maskanlarni ijaraga berish “E-auksion” elektron savdo platformasida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida elektron shaklda tuziladigan (shu jumladan, elektron raqamli imzo orqali) ikki tomonlama shartnoma orqali rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasi muddati tugagandan so‘ng maskanlarning binolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga mulk huquqi asosida qoldiriladi, qolgan mol-mulk va jihozlar tadbirkorlik subyekti tomonidan erkin tasarruf etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan ijaraga olingan maskanlarda videokameralar o‘rnatilganligi va “Elektron kuzatuv maskanlari” tashkil etilganligini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maskanlar negizida “Elektron kuzatuv maskanlari”ni tashkil etish, ularda videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, elektr energiyasi xarajatlarini qoplash maskanlarni ijaraga olgan tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida beriladigan “Jamoatchilik nazorati maskanlari” ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olishga qo‘yiladigan minimal talablar va takliflarni baholash mezonlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrga qadar mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan maskanlardan (muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan yoki o‘tkazish oson bo‘lgan) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining murojaatiga asosan maskanlarga tutash hududdan 15 kvadrat metr yer uchastkasini ijara huquqi asosida ushbu qarorning 3-bandida belgilangan ijtimoiy foydali maqsadlar uchun ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq tarkibda maskanlarni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruh tarkibini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil turdagi qurilmalarga qo‘yiladigan talablar namunaviy loyihalarining ochiq va shaffof bo‘lishini hamda bu haqda ommaviy axborot vositalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrga qadar ijaraga beriladigan maskanlarning binolari atrofidagi yer uchastkalarida quriladigan yengil turdagi qurilmalarga qo‘yiladigan talablarning texnik topshirig‘ini ishlab chiqsin va maskanlarni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlarga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-noyabrga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan kelishgan holda “Elektron kuzatuv maskanlari”dan foydalanish shartlari, ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda ularda tungi xizmatga jalb qilingan ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-noyabrga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda respublika bo‘yicha barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Elektron kuzatuv maskanlari”ni tashkil etish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga ijaraga beriladigan maskanlar bo‘yicha savdolarni o‘tkazish uchun elektron xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan tartibning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida beriladigan “Jamoatchilik nazorati maskanlari”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Hududlar nomi
Tuman-shahar nomi
MFY nomi
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nukus shahri
“Garezsizlik” MFY
Qo‘ng‘irot tumani
“Ajiniyaz” MFY
Shumanay tumani
“Tozabozor” MFY
2.
Andijon viloyati
Andijon shahri
“O‘zbegim” MFY
Xo‘jaobod tumani
“Beshkaram” MFY
3.
Buxoro viloyati
Buxor� shahri
“To‘qimachi” MFY
“Piridastgir” MFY
Kogon tumani
“B.Naqshband” MFY
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahri
“Xalqobod” MFY
“Navro‘z” MFY
Sh. Rashidov tumani
“Qahramon” MFY
Forish tumani
“Oqtepa” MFY
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahri
“Otchopar” MFY
Koson tumani
“Paxtazor” MFY
Shahrisabz tumani
“Chorshanbe” MFY
Yakkabog‘ tumani
“Jambul” MFY
6.
Navoiy viloyati
Karmana tumani
“Dehqon” MFY
Konimex tumani
“Yuksalish” MFY
Nurota tumani
“Yangi turmush” MFY
7.
Namangan viloyati
Namangan shahri
“Dashtbog‘” MFY
“Yuksalish” MFY
Uychi tumani
“Yuksalish” MFY
Norin tumani
“Sho‘rariq” MFY
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahri
“Tinchlik” MFY
9.
Sirdaryo viloyati
Xovos tumani
“Bunyodkor” MFY
Boyovut tumani
“Jo‘langar” MFY
Sirdaryo tumani
“Shirin” MFY
10.
Surxondaryo viloyati
Angor tumani
“Navro‘z” MFY
Sherobod tumani
“Do‘stlik” MFY
11.
Toshkent viloyati
Angren shahri
“Mustaqillik” MFY
Ohangaron tumani
“Eyvalek” MFY
Zangiota tumani
“Iqbol” MFY
12.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona shahri
“Ma’rifat” MFY
Qo‘qon shahri
“43-Navbahor” MFY
O‘zbekiston tumani
“Bozor Yaypan” MFY
13.
Xorazm viloyati
Urganch shahri
“Temir yo‘lchi” MFY
Shovot tumani
“Turkiston” MFY
Bog‘ot tumani
“Obod” MFY
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamoatchilik nazorati maskanlari”ning binolarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olishga qo‘yiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MINIMAL TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hududni tasvirga tushirish va kuzatish uchun videokuzatuv ip kamerasi color full (kamera 8 mp) — 4 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Video tasvirni monitorga chiqarib beruvchi qurilma — 1 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Videokuzatuv kameralariga quvvat yetkazib beruvchi qurilma — 1 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tasvirga olingan video lavhalarni saqlovchi qurilma — 1 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “UPS” qurilmasi — 1 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Videokuzatuv kameralarini qurilmalarga ulash uchun 5e kategoriyali SFTP kabeli — 1 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Videokuzatuv kameralari orqali tasvirga olingan lavhalarni ko‘rish uchun 26 dyuymli monitor — 1 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamoatchilik nazorati maskanlari”ning binolarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berishda eng yaxshi takliflarni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAHOLASh MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyiha bo‘yicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududni tasvirga tushirish va kuzatish uchun videokuzatuv ip kamerasi color full (kamera 8 mp) soni — eng yaxshi taklifga 50 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tasvirga olingan video lavhalarni saqlovchi qurilmaning xotira hajmi (gigabayt) — eng yaxshi taklifga 20 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “UPS” qurilmasi soni — eng yaxshi taklifga 15 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) videokuzatuv kameralari orqali tasvirga olingan lavhalarni ko‘rish uchun monitor hajmi (dyuym) — eng yaxshi taklifga 15 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Barcha mezonlar bo‘yicha jami maksimal ball 100 ga teng bo‘lib, quyidagi formula asosida har bir mezon bo‘yicha talabgorning balli hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tball=(Ttk/Tmaks)×Mmaks
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tball— talabgor tegishli mezon bo‘yicha olgan ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ttk— talabgorning tegishli mezon bo‘yicha bergan taklifidagi ko‘rsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tmaks — talabgor tomonidan tegishli mezon bo‘yicha berilgan takliflar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mmaks — baholash mezonlarining 1-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha belgilangan maksimal ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mezonlar bo‘yicha Tmaks:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” mezon bo‘yicha 1-talabgorning taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” mezon bo‘yicha 3-talabgorning taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” mezon bo‘yicha barcha talabgorlarning taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” mezon bo‘yicha 3-talabgorning taklifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash mezonlarining 2-bandida nazarda tutilgan tartibda har bir mezon bo‘yicha ball hisoblangandan so‘ng har bir talabgor to‘plagan ballarning jami yig‘indisi hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol sifatida ko‘rsatilgan holatda eng yuqori ball 1-talabgor tomonidan to‘plangan va eng yaxshi taklif sifatida e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlarining eng yaxshi takliflarini tanlab olish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida tashkil etiladigan vaqtinchalik ishchi guruhning namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, ishchi guruh rahbari
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri, viloyatlar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari
Lavozimi bo‘yicha
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hududiy boshqarmalari boshliqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh rahbari zaruratga ko‘ra ishchi guruh tarkibiga boshqa tashkilotlar rahbarlari yoki vakillarini ham jalb qilishga haqli.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 09/21/588/0895-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)