Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.04.2005 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IKKINChI JAHON URUShIDAGI GʻALABANING 60 YILLIGI NIShONLANIShI MUNOSABATI BILAN 1941—1945 YILLARDAGI URUSh QATNAShChILARI VA NOGIRONLARINI MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻgʻrisida” 2005-yil 6-apreldagi PF-3593-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi” yubiley medalini va pul mukofotini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari toʻlash uchun zarur hajmda naqd pul mablagʻlari bilan taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-apreldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi” yubiley medalini va pul mukofotini topshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻgʻrisida” 2005-yil 6-apreldagi PF-3593-son Farmonini (keyingi oʻrinlarda — Farmon deb yuritiladi) bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Farmonning 1-bandiga muvofiq Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy qismlarda, shtablarda va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan muassasalarda harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar va nogironlar, shuningdek ularga tenglashtirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-maygacha qiruvchi batalonlar, aholini himoya qilish vzvodlari va otryadlari tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlari va qoʻshilmalarida yoxud yashirin harakatlarda boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vatan urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki jangovar harakatlar rayonlarida xizmatni oʻtagan sobiq SSSR Ichki ishlar vazirligi organlari hamda Davlat xavfsizlik qoʻmitasi organlarining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kirgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) urush davrida harakatdagi armiya hamda flot qismlari va boʻlinmalari tarkibida balogʻat yoshiga yetgunga qadar polk oʻgʻli yoki yunga sifatida boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) front yaqinidagi temir yoʻl uchastkalari, urush yillarida jangovar harakatlar rayonlarida mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy obyektlar qurilishi ishlarida qatnashgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) harakatdagi armiya tarkibida yollanib ishlagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlarning konslagyerlarida (getto va boshqa majburiy saqlash joylarida) boʻlgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan bolalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan va “Leningrad mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan, shuningdek “Qamaldagi Leningradda yashaganga” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yubiley medali va pul mukofoti bilan taqdirlanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlari mudofaa ishlari hududiy organlariga mazkur Nizomning 2-bandida sanab oʻtilgan urush faxriylarining roʻyxatini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taqdim etilgan roʻyxatlarga muvofiq medallarning zarur miqdorini mintaqalar boʻyicha taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mukofotlanuvchilar roʻyxati ularning frontlarda jangovar harakatlarda qatnashganligini, urush yillarida Qurolli kuchlarda xizmat qilganligini, konslagerda boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek mukofotlash hujjatlari, urush qatnashchisi guvohnomalari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan idoralarning har biri oʻzlarining hisobida turgan nogironlar va urush qatnashchilari boʻyicha roʻyxat tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yubiley medali va pul mukofoti bilan mukofotlanuvchilar roʻyxatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon chiqqunga qadar vafot etgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi, lekin boshqa mamlakatlar hisobiga pensiya oluvchi shaxslar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yubiley medali va pul mukofoti olish huquqiga Farmon chiqqan kunda ega boʻlgan shaxs vafot etgan taqdirda medal va pul mukofoti oila aʼzolariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi organlari hisobida turgan Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan yubiley medallari topshirish yuzasidan 2 (ikki) nusxadan roʻyxat tuziladi hamda bir nusxadan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga va hokimliklarga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mukofotlari bilan mukofotlanadiganlar roʻyxati tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan 20 (yigirma) ming soʻm summasi koʻrsatilgan holda 2 (ikki) nusxada tuziladi. Ushbu roʻyxatlarning bir nusxasi tuman (shahar) aloqa uzeliga beriladi, ikkinchi nusxasi esa tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari mukofotlanadiganlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga beradilar, ular oʻz navbatida maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mukofotlanadiganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mintaqalar boʻyicha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mukofotlarini toʻlashni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari bilan oʻzaro hisob-kitob qilgan holda respublika budjetidan mablagʻlar ajratadi. Ular oʻz navbatida quyi shahar va tuman budjetlariga mablagʻlar ajratadi, ulardan mablagʻlar tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga ajratiladi, keyinchalik mablagʻlar “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining aloqa uzellariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov amalga oshirilgandan keyin aloqa uzellari tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga amalda toʻlangan pul mukofotlari reyestrlari bilan hisobot taqdim etadilar, ular oʻz navbatida moliya organlariga hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi orqali pensiya oluvchi, mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarga pul mukofotlari toʻlash tegishli vazirliklar va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini toʻlash uchun tuman (shahar) aloqa uzellarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli boʻlinmalarini naqd pul bilan oʻz vaqtida taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga medallar va pul mukofotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan topshirish tantanali vaziyatda, mahalliy harbiy boshqaruv organlari, urush va mehnat faxriylari kengashlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqargʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-con, 115-modda)