O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JUN VA QORAKO‘L TERIGA ERKIN NARXLAR BELGILASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash korxonalarining, fermer xo‘jaliklarining jun va qorako‘l teri yetishtirish, tayyorlash va sotishdan manfaatdorligini oshirish, shuningdek qishloqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yildan boshlab jun va qorako‘l teriga shartnomaviy erkin xarid va ulgurji narxlar joriy qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 104-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-fevral,
92-son