OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
JUN VA QORAKOʻL TERINING XARID NARXLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil19-fevraldagi 92-sonli “Jun va qorakoʻl teriga erkin narxlar belgilash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 1-martdan boshlab qorakoʻl terining xarid narxi 1 donasi uchun oʻrtacha 600 soʻm, junniki — 1 kilogrammi uchun oʻrtacha 120 soʻm qilib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida qorakoʻl teri va junning yangi xarid narxlari preyskurantlarini aniqlashtirsin hamda ularni ishlab chiqaruvchilar va tayyorlov tashkilotlariga maʼlum qilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-mart,
104-son