24.08.2021 yildagi 538-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — ekspert komissiyalari) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yigʻmajildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish;

davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yigʻmajildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish;

saqlov muddati tugagan hujjatlar va yigʻmajildlarni yoʻq qilishga ajratishni tashkil etish va oʻtkazish;

arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, komissiya ishini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, komissiya ishini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyalari oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyalari tarkibi tashkilot rahbari buyrugʻi bilan tuziladi hamda ushbu komissiyalar qarorlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyalari oʻz faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomlarga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tegishliligi boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari hamda Oʻzbekiston milliy arxivlari tomonidan kelishiladigan nizom asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyalarini tugatish yoki qayta tuzish tegishliligi boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari hamda Oʻzbekiston milliy arxivlari xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — MEK):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun tuziladigan, oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. MEK davlat organi yoki tashkiloti rahbari buyrugʻi bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. MEK qarorlari davlat organi yoki tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi roʻyxatda belgilangan saqlash muddatlarini oʻzgartirish va roʻyxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash boʻyicha takliflarni tasdiqlash yuzasidan MEK qarorlari tegishlicha Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi (keyingi oʻrinlarda — Milliy arxiv) tomonidan koʻrib chiqilib, “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

Davlat organi va tashkiloti hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — EK) — tashkilot hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — ETUK) — Oʻzbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining MEK va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — METK) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarining MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi huzurida ish olib boradigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash va ularni doimiy saqlashga tanlab olish maqsadida hujjatlarni ularning qimmatliligi mezonlarini (yaratilish vaqti, yaratilish asosi, ahamiyatliligi) hisobga olgan holda oʻrganish.

6. MEK oʻz faoliyatida “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomga muvofiq davlat organi yoki tashkiloti tomonidan Markaziy ekspert komissiyasi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqiladi hamda tegishlicha “Oʻzarxiv” agentligi yoki Milliy arxiv bilan kelishilgan holda davlat organi yoki tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. MEKning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar MEKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yigʻmajildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yigʻmajildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlov muddati tugagan hujjatlar va yigʻmajildlarni yoʻq qilishga ajratishni tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKlar ishini uslubiy boshqarishni va nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. MEK oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yigʻmajildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish yoʻnalishida:

rasmiylashtirilgan doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;

alohida qimmatli va noyob hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;

saqlash muddati 10 yildan ortiq boʻlgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar, shuningdek shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;

b) davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yigʻmajildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish yoʻnalishida:

hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash va topshirish rejalarini maʼqullaydi;

arxivlarga saqlash uchun topshirilishi kerak boʻlgan arxiv hujjatlari tarkibini aniqlaydi;

arxivga saqlash uchun tanlab olingan hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi;

v) saqlov muddati tugagan hujjatlar va yigʻmajildlarni yoʻq qilishga ajratishni tashkil etish va oʻtkazish yoʻnalishida:

doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining roʻyxati MEK va ETUK qarorlari asosida davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangandan, shuningdek shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarning roʻyxati MEK qarori asosida maʼqullanib, tegishli ETUK bilan kelishilgandan hamda davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangandan soʻng hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni koʻrib chiqadi hamda maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqida dalolatnomalarni koʻrib chiqadi hamda maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;

hujjatlarning tuzatib boʻlmaydigan nuqsonlari haqida dalolatnomalarni koʻrib chiqadi hamda maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;

g) arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish yoʻnalishida:

hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatilgan taxminiy va namunaviy yigʻmajildlar nomenklaturalarini koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatilgan sohaviy va tarmoq roʻyxatlarini koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul boʻlimlar tomonidan ishlab chiqilgan idoraning yigʻmajildlari nomenklaturasini, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnomani, idoraviy arxiv toʻgʻrisida nizomni, MEK toʻgʻrisida nizomni koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) EKlar ishlarini uslubiy boshqarishni va nazoratini amalga oshirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi roʻyxatda belgilangan saqlash muddatlarini oʻzgartirish va roʻyxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va tegishlicha ETUK (METK)ga taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari faoliyatida shakllanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari tarkibini optimallashtirish masalalari boʻyicha takliflar hamda tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yigʻilishlarda muntazam ravishda EKlar faoliyatini tekshirish natijalarini, mazkur komissiyalar raislari hisobotlarini eshitib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EK aʼzolari uchun koʻrsatma va maslahatlar berib borishni tashkil etadi, davlat organi va tashkiloti, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining ish yuritish va arxiv xizmati xodimlari, ekspert komissiyasi aʼzolari malakalarini muntazam oshirib borish tadbirlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli arxivlarning jamlash manbaiga kirmagan tizimdagi tashkilotlarga yigʻmajildlar nomenklaturasi, shaxsiy tarkib yigʻmajildlar roʻyxati, yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni, topilmagan hujjatlar hamda hujjatlarning tuzatib boʻlmaydigan nuqsonlari haqida dalolatnomalarni tuzish, koʻrib chiqish va kelishishda, hujjatlarni jamlashni tashkil etish, saqlash va hisobini yuritish masalalarida amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. MEK huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. MEK quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar va tizimdagi tashkilotlarga ish yuritishni olib borish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish, idoraviy saqlovga topshirish uchun tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berish, shuningdek doimiy va uzoq muddat saqlanadigan yigʻmajildlarning qidiruvini tashkil etish, hujjatlar va yigʻmajildlarning mavjud emasligi sabablari haqida yozma tushuntirish berishni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yigʻilishlarida tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari, tizimidagi tashkilotlarning ish yuritish va arxiv xizmati rahbarlarining ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yigʻmajildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi toʻgʻrisida axborotlarini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlaridan hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash uchun xulosalar va boshqa materiallarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yigʻilishlariga tarkibiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlari arxiv xodimlarini hamda maslahatchi va ekspert sifatida boshqa mutaxassislarini taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining ish yuritish va arxivlar holatini tekshirish hamda oʻrganishlar oʻtkazishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti rahbariyatini MEK va EK faoliyati masalalari boʻyicha muntazam xabardor etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. MEK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlarini bajarishga;

hujjatlar boʻyicha ish yuritishni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash masalalarining nazoratini amalga oshirishga;

komissiya yigʻilishlarida ish yuritish yoki arxiv ishiga masʼul shaxslarning ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yigʻmajildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi nazoratini amalga oshirishga;

komissiya yigʻilishlarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. MEK ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. MEK davlat organi va tashkiloti rahbarining buyrugʻiga asosan tarkibiy boʻlinmalarning yuqori malakali mutaxassislaridan, rahbar xodimlardan biri raisligida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEK tarkibiga davlat organi va tashkiloti arxivi mudiri yoki arxivariusi, bosh hisobchi, kadrlar ishiga masʼul va yuqori malakali mutaxassislar, tegishli arxivning vakili majburiy tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEK tarkibiga tizim tashkilotlarining vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya kotibligi tashkilotning ish yuritishiga yoki arxiv ishiga masʼul xodimiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. MEK oʻz faoliyatini tegishlicha “Oʻzarxiv” agentligi METK yoki milliy arxivlarning ETUK bilan oʻzaro hamkorlikda olib boradi va ulardan kerakli tashkiliy-uslubiy koʻrsatmalarni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. MEK davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan reja asosida faoliyat yuritadi va davlat organi va tashkilotining birinchi rahbariga ish faoliyati natijalari toʻgʻrisida yiliga kamida ikki marta hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. MEK vakolatiga tegishli masalalar uning zaruratga koʻra, lekin yiliga kamida ikki martadan kam boʻlmagan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. MEK qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. MEK yigʻilishlari bayonnoma orqali rasmiylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. MEK yigʻilish bayonnomalari rais, komissiya kotibi tomonidan imzolanadi hamda davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. MEK ish yurituvini olib borish va uning hujjatlarini saqlash komissiya kotibiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

19. MEKni tugatish yoki qayta tuzish davlat organi va tashkiloti rahbarining qaroriga koʻra tegishlicha “Oʻzarxiv” agentligi yoki Milliy arxivni xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. MEK faoliyatida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — EK):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekspert komissiyasi tashkilot rahbari buyrugʻi bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspert komissiyasi qarorlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi roʻyxatda belgilangan saqlash muddatlarini oʻzgartirish va roʻyxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash boʻyicha takliflarni tasdiqlash yuzasidan EK qarorlari tegishlicha “Oʻzarxiv” agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — arxiv ishi hududiy boshqarmasi), Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi (keyingi oʻrinlarda — Milliy arxiv) tomonidan koʻrib chiqilib, “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert-tekshiruv komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — ETK) /ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — ETUK) — arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — MEK) va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash va ularni doimiy saqlashga tanlab olish maqsadida hujjatlarni ularning qimmatliligi mezonlarini (yaratilish vaqti, yaratilish asosi, ahamiyatliligi) hisobga olgan holda oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. EK oʻz faoliyatida “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomga muvofiq tashkilot tomonidan Ekspert komissiyasi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqiladi hamda tegishlicha arxiv ishi hududiy boshqarmasi yoki Milliy arxiv bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. EKning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar EKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yigʻmajildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yigʻmajildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlov muddati tugagan hujjatlar va yigʻmajildlarni yoʻq qilishga ajratishni tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. EK oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yigʻmajildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida qimmatli va noyob hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash muddati 10 yildan ortiq boʻlgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar, shuningdek shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yigʻmajildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash va topshirish rejalarini maʼqullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxivlarga saqlash uchun topshirilishi kerak boʻlgan arxiv hujjatlari tarkibini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxivga saqlash uchun tanlab olingan hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) saqlov muddati tugagan hujjatlar va yigʻmajildlarni yoʻq qilishga ajratishni tashkil etish va oʻtkazish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining roʻyxati EK va ETK/ETUK qarorlari asosida tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan, shuningdek shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarning roʻyxati EK qarori asosida maʼqullanib, tegishli ETK/ETUK bilan kelishilgandan hamda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan soʻng hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni koʻrib chiqadi hamda maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqida dalolatnomalarni koʻrib chiqadi hamda maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning tuzatib boʻlmaydigan nuqsonlari haqida dalolatnomalarni koʻrib chiqadi hamda maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul boʻlimlar tomonidan tashkilotning yigʻmajildlari nomenklaturasini, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnomani, idoraviy arxiv toʻgʻrisida nizomni, EK toʻgʻrisida nizomni koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi roʻyxatda belgilangan saqlash muddatlarini oʻzgartirish va roʻyxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va tegishli ETK/ETUKga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. EK huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. EK quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash masalalariga masʼul xodimlarga, tarkibiy boʻlinmalarga ish yuritishda oʻrnatilgan talablarga muvofiq koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan tegishli arxivga saqlash uchun topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlarning qidiruvini tashkil etishni va ular yoʻqolgan holatda yozma tushuntirish taqdim etishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalardan hujjatlar qimmatliligini va saqlov muddatlarini aniqlash uchun zarur maʼlumot va xulosalarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yigʻilishlarida ish yuritish yoki arxiv ishiga masʼul shaxslarning ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yigʻmajildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi toʻgʻrisida axborotlarini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yigʻilishlariga maslahatchi va ekspertlar sifatida tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini, arxiv xodimlarini taklif qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxivlarda ish yuritish holati boʻyicha oʻtkaziladigan sohaviy hamda hududiy oʻrganishlarda va tekshirishlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya vakolatiga doir masalalar yuzasidan tashkilot rahbariyatini xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. EK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar boʻyicha ish yuritishni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash masalalarining nazoratini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yigʻilishlarida ish yuritish yoki arxiv ishiga masʼul shaxslarning ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yigʻmajildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi nazoratini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. EK ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. EK tashkilot rahbarining buyrugʻiga asosan tarkibiy boʻlinmalarning yuqori malakali mutaxassislaridan, rahbar xodimlardan biri raisligida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EK tarkibiga tashkilot ish yurituvchisi, arxivariusi yoki arxivga masʼul shaxs, tegishli davlat arxivining vakili, bosh hisobchi, kadrlar ishiga masʼul va yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kotibligi tashkilot ish yuritish yoki arxiv xizmati xodimi (arxiv uchun masʼul shaxs)ga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat arxivlarining jamlash manbaiga kiritilgan tashkilotlarning EK oʻz faoliyatini tegishlicha arxiv ishi hududiy boshqarmasi ETK yoki milliy arxivlarning ETUK bilan oʻzaro hamkorlikda olib boradi va ulardan kerakli tashkiliy-uslubiy koʻrsatmalarni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxivlarining jamlash manbaiga kiritilmagan tashkilotlarning EKlari ushbu ishlarni yuqori turuvchi tashkilotning MEK nazorati ostida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. EK tashkilot birinchi rahbariga ish faoliyati natijalari toʻgʻrisida yiliga kamida ikki marta hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. EK faoliyati va vakolatiga tegishli masalalar zaruratga koʻra, lekin yiliga kamida ikki martadan kam boʻlmagan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. EK yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. EK yigʻilish bayonnomalari rais, komissiya kotibi tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. EK ish yurituvini olib borish va uning hujjatlarini saqlash komissiya kotibiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. EK yigʻilishlarida qabul qilingan qaror komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda huquqiy kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. EK qarori xar bir masala (hujjat) boʻyicha alohida, yigʻilishda ishtirok etayotgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda EK raisi hal qiluvchi qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluvchi ovozga faqat komissiya aʼzolari ega. Taklif qilingan maslahatchi va ekspertlar maslahat berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. EKni tugatish yoki qayta tuzish tashkilot rahbarining qaroriga koʻra tegishlicha arxiv ishi hududiy boshqarmasi va Milliy arxivni xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. EK faoliyatida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2021-y., 09/21/538/0823-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)