23.08.2021 yildagi O‘RQ-710-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 27-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxslar o‘rtasida, xususiy mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar bo‘yicha tuziladigan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asillik darajasi — kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall og‘irlik birliklarining qimmatbaho metall qotishmasining bir ming og‘irlik birligidagi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asillik darajasini aniqlash — qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilangan usullar orqali aniqlash yoki tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj korxonalari — qazib olingan rudalardan, konsentratlardan va yarim tayyor mahsulotlardan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan parchalardan hamda chiqindilardan qimmatbaho metallarni ajratib olish va (yoki) qimmatbaho metallarni affinaj qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yombi — qimmatbaho metall mineral-xom ashyosidan ajratib olingan, 0,3 grammdan ortiq og‘irlikka ega bo‘lgan qimmatbaho metallning tabiiy hosilasi (donasi, zarrasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar — qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart quymalar — O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga, London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining (London palladiy va platina bozorining) yoki tovar-xom ashyo birjalarining talablariga muvofiq bo‘lgan affinaj qilingan qimmatbaho metallar quymalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan parchalar va chiqindilar — o‘zining iste’mol va (yoki) funksional xususiyatlarini yo‘qotgan buyumlar, shu jumladan ularning tarkibiy qismlari, tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulot, shuningdek ishlab chiqarish hamda foydalanish jarayonida hosil bo‘lgan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xom ashyoning, materiallarning, xomaki mahsulotlarning va mahsulotlarning qoldiqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi — O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy, ishlab chiqarish, ilmiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa ehtiyojlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan fond;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘lchovli quymalar — O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari yoki quymalarni ishlab chiqaruvchi davlatning normativ hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan affinaj qilingan qimmatbaho metallar quymalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar — zeb-ziynat, maishiy hamda diniy ashyolar sifatida qo‘llaniladigan, qimmatbaho metallardan va ularning qotishmalaridan yasalgan hamda ushbu Qonunda belgilangan eng past asillik darajalaridan kam bo‘lmagan asillik darajalariga ega bo‘lgan, shu jumladan bezakli ishlov berishning har xil turlaridan foydalanilgan, qimmatbaho toshlar va boshqa materiallar o‘rnatilgan yoki o‘rnatilmagan holda yasalgan buyumlar yoxud tabiiy yoki sun’iy materiallardan yasalgan, bezakli ishlov berishning har xil turlaridan foydalanilgan, qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan holda yasalgan buyumlar. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari, standart va o‘lchovli quymalar, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan davlat mukofotlari, mukofot belgilari va sport mukofotlari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga kirmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni affinaj qilish — ajratib olingan qimmatbaho metallarni ularga fizik va kimyoviy ishlov berish usullarini qo‘llagan holda aralashmalardan hamda qo‘shilib chiqadigan komponentlardan tozalash jarayoni bo‘lib, u qimmatbaho metallarni O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga yoki affinaj qilingan qimmatbaho metallarga oid xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifat darajasiga yetkazishga qaratilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar tahlili — buyum yasalgan qimmatbaho metallning va qimmatbaho metallar qotishmasining kimyoviy tarkibini, shu jumladan uning buzilishini nazarda tutuvchi usullarni qo‘llash yo‘li bilan aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar — har qanday ko‘rinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xom ashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlardagi, qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilaridagi, ishlab chiqarish hamda iste’mol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlar — tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid. Qahraboning noyob hosilalari qimmatbaho toshlarga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish — qazib olingan rudalardan, konsentratlardan, boshqa yarim tayyor mahsulotlardan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan parchalardan hamda chiqindilardan qimmatbaho metallarning ajratib olinishi, shuningdek qimmatbaho metallarning affinaj qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash (ularga ishlov berish) — ishlash muddatini o‘tab bo‘lgan yoki foydalanishdan chiqarilgan texnik buyumlardan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan parchalardan va chiqindilardan O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga yoki affinaj qilingan qimmatbaho metallar bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifat darajasiga yetkazishga qaratilgan mexanik, kimyoviy hamda metallurgiya jarayonlaridan foydalangan holda qimmatbaho metallni ajratib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni qazib olish — tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan konsentratlarni va boshqa yarim tayyor mahsulotlarni olish uchun tub (rudali), sochma konlardan va texnogen mineral hosilalardan qimmatbaho metallarni ajratib olish bilan bog‘liq ishlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish — miqdor va sifat jihatidan sanoat usulida qazib olish obyektlari bo‘lmagan yer qa’ri uchastkalarida, shu jumladan sochma oltin uchastkalarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish — miqdor va sifat jihatidan sanoat usulida qazib olish obyektlari bo‘lgan, tarkibida foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkalarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarni rekuperatsiya qilish — ishlash muddatini o‘tab bo‘lgan yoki foydalanishdan chiqarilgan asboblar va boshqa texnik buyumlardan, shuningdek tarkibida qimmatbaho toshlar bo‘lgan chiqindilardan keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga yoki xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifat darajasiga yetkazgan (tozalagan) holda qimmatbaho toshlarni ajratib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarning chiqindilari — tarkibida har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho toshlar mavjud bo‘lgan, qimmatbaho toshlarga ishlov berish hamda ulardan foydalanish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarni qazib olish — tub (rudali) va sochma konlardan qimmatbaho toshlarni ajratib olish, shuningdek qimmatbaho toshlarni saralash, birlamchi tasniflash va dastlabki baholash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarni saralash va birlamchi tasniflash — boyitish jarayonining yakunlovchi qismi bo‘lib, u namunaviy nusxalar va tasniflagichlarning tasdiqlangan to‘plamlari asosida mineral-xom ashyodan ajratib olingan qimmatbaho toshlarni ajratish, shuningdek ularni jahon bozorida qabul qilingan navlarga mos keladigan alohida navlarga ajratish imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarni birlamchi baholash — boyitish jarayonining yakunlovchi qismi bo‘lib, u qimmatbaho toshlar narxlarining preyskurantlari asosida qimmatbaho toshlarni baholashni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alash — qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga tekshirish va (yoki) tahlil qilish natijalari asosida davlat asillik darajasi tamg‘asi izini yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini qo‘yish jarayoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasiga tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish va qidirish, ushbu metallar hamda toshlarni qazib olish, ishlab chiqarish, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalar majmuini amalga oshirish kiradi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalar jumlasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni realizatsiya qilish — qimmatbaho metallarga va qimmatbaho toshlarga, ulardan yasalgan mahsulotlarga (buyumlarga), shuningdek qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilariga hamda qimmatbaho toshlar chiqindilariga bo‘lgan mulk huquqining hamda boshqa mulkiy huquqlarning o‘tishida, shu jumladan ulardan garov sifatida foydalanilishida ifodalanadigan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarish, ilmiy va ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni qazib olish, ishlab chiqarish (affinaj qilish), keyinchalik qayta ishlash (ularga ishlov berish) hamda ulardan foydalanish chog‘ida har qanday moddalardagi va materiallardagi qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho toshlarning fizik holatini yoki tarkibini o‘zgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni hamda ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) saqlash joylariga, fondlarga va zaxiraxonalarga olib o‘tish, shuningdek qimmatbaho metallarni hamda qimmatbaho toshlarni saqlash va ko‘rgazmaga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni), shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan parchalarni, chiqindilarni hamda xom ashyoni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni affinaj qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olinayotgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi uchun sotib olishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardagi aktivlarini shakllantirish hamda to‘ldirishga doir ustuvor huquqni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olishga, saqlashga, tashishga hamda ular bo‘yicha hisobotlar berishga doir talablarni, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishning yagona tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining harakatlarini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish va qidirish, qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni qazib olish ustidan vakolatli davlat organlari tomonidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning ishlab chiqarilishi, foydalanilishi hamda realizatsiya qilinishi ustidan vakolatli davlat organi tomonidan asillik darajasi nazoratini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda uning hududidan olib chiqish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj korxonalari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash ustidan davlat nazoratini o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda quyidagilarning tartibini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish va qidirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan xom ashyoni qazib olish, shuningdek qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarning parchalarini va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladigan yer qa’ri uchastkalarining har yilgi ro‘yxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib bo‘lingan yerlarni rekultivatsiya qilish, ularni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining zaxira fondiga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalarini elektron auksion orqali realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish va qidirish, qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni qazib olish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar yombilarini, qimmatbaho toshlarni va qahrabo hosilalarini noyob toifasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj korxonalarining ishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni affinaj qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli quymalarni sotib olish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar massasi nominalida ko‘rsatiladigan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning asillik darajasini aniqlash, ulardan namunalar olish, ularni tahlil qilish, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamg‘alash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamg‘alari izlarining va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar shaxsiy tamg‘alarining texnik ekspertizasini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarni saralash, birlamchi tasniflash va dastlabki baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni), tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar bo‘lgan parchalarni, chiqindilarni va xom ashyoni hisobga olish, saqlash va tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib qo‘yilgan hamda davlat daromadiga o‘tkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalarda qimmatbaho metallar bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni), tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar bo‘lgan parchalarni, chiqindilarni va xom ashyoni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda uning hududidan olib chiqish, shuningdek ularni realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondini shakllantirish, uning qimmatliklarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asillik darajasi to‘lovini undirish va uning miqdorlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni qazib olish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladigan yer qa’ri uchastkalarining har yilgi ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida hamda oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir talablarni belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturlari doirasida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar konlarini qidirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlarga tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga doir talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarini kelishib oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish doirasida davlat muassasalari va tashkilotlar, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish hamda tekshiruvlar o‘tkazishga doir tadbirlarning reja-jadvalini tasdiqlaydi;
(8-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorida mineral-xom ashyoning shunga o‘xshash navlarini baholash uchun qo‘llaniladigan narxlardan kelib chiqqan holda qimmatbaho toshlar narxlari preyskurantini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallarning muomalada bo‘lishi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardagi aktivlarni to‘ldirish uchun davlatning affinaj qilingan qimmatbaho metallarni sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotuvi yo‘lga qo‘yilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari va quymalarning narxlarini jahon bozorida shakllangan narxlardan kelib chiqqan holda belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan qimmatbaho metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini va qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik darajasini belgilash palatasi deb yuritiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning asillik darajasini aniqlash, ulardan namunalar olish, ularni tahlil qilish, qimmatbaho toshlarning xususiyatlarini aniqlash, shu jumladan ularni tasniflash, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamg‘alash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamg‘alari izlarining va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar shaxsiy tamg‘alarining texnik ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajalari aniqlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamg‘alari izlarining, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy tamg‘alari izlarining (bundan lazer usulida qo‘yilgan izlar mustasno) texnik ekspertizasini o‘tkazadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga muvofiqligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash tartibini buzgan holda realizatsiya qilayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning tahlilini va texnik ekspertizasini, shuningdek qimmatbaho toshlarning xususiyatlarini aniqlashni, shu jumladan ularni tasniflashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning arbitraj tahlilini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho toshlar bo‘lgan arxeologik hamda muzey buyumlarining, muzey to‘plamlari va arxiv hujjatlarining texnik ekspertizasini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asillik darajasi reaktivlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni affinaj qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Asillik darajasining davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasi quyidagilar ustidan asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj korxonalar faoliyati ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi, ulardan foydalanilishi, realizatsiya qilinishi, ularning saqlanishi hamda hisobga olinishi ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, realizatsiya qilinayotgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda asillik darajalari tamg‘alarining izlari mavjudligi ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi talablarning yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bajarilishi ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish ustidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasi ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foizdan kam davlat ulushiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat tadbirlarini o‘tkazishni, shuningdek ular ushbu Qonun talablariga rioya etishini tekshirishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Asillik darajasini belgilash palatasi vakolatli shaxslarining asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chog‘idagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasining vakolatli shaxslari asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan tekshiruv o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan axborot hamda hujjatlarni, shuningdek yozma va og‘zaki shakldagi tushuntirishlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foydalaniladigan hududlarga, binolarga, inshootlarga, xonalarga hamda boshqa obyektlarga xizmat guvohnomasini va tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘luvchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ko‘rsatgan taqdirda moneliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni), shuningdek qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini qabul qilishni, jo‘natishni, ulardan namunalar olishni, ularning kimyoviy tahlillarini o‘tkazishni hamda ularni saqlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish bo‘linmalarini tekshiruvdan o‘tkazish, aylanib chiqish va ko‘zdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarish texnologik jarayonining tekshiruvini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil, diagnostika hamda texnik ekspertiza o‘tkazish uchun qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan mahsulotlardan (buyumlardan) namunalar (probalar) olishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni), shuningdek qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini qabul qilish, sarflash, hisobga olish va saqlash haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalteriya hujjatlarini, texnik va boshqa hujjatlarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni) inventarizatsiyadan o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning barcha turdagi parchalari va chiqindilarining to‘liq hisobga olinishi, to‘planishi, ularga dastlabki ishlov berilishi hamda ularning o‘z vaqtida topshirilishi ta’minlanishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni, ularni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarni qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish uchun tegishli vakolatli organlarga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chog‘ida tekshiruv o‘tkazish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chog‘ida tekshiruv o‘tkazish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasalari va tashkilotlar, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar faoliyati ustidan asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvali;
(13-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikning tadbirkorlik subyekti tomonidan buzilishlari sodir etilishi xavfi darajasidan kelib chiqqan holda, tekshiruvlar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishni taqozo etuvchi “xavfni tahlil etish” tizimini qo‘llash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishi faktlari to‘g‘risida murojaatlar kelib tushishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning affinaj qilishga doir faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) affinaj qilishga doir faoliyati ustidan davlat nazorati mazkur yuridik shaxslarning ishlab chiqarish obyektlarida qimmatbaho metallarning ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi, ulardan foydalanilishi, realizatsiya qilinishi, ularning saqlanishi va hisobga olinishi ustidan nazorat tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarda affinaj qilishga doir faoliyatning davlat nazorati ushbu yuridik shaxslarning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga nisbatan nazoratni o‘tkazishga doir tadbirlarning reja-jadvali asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarda affinaj qilishga doir faoliyatning davlat nazoratini amalga oshirishda Asillik darajasini belgilash palatasining vakolatli shaxslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni qabul qilishni, jo‘natishni, ulardan namunalar olishni, ularning kimyoviy tahlillarini o‘tkazishni, ularni saqlashni, ishlab chiqarishni (affinaj qilishni), affinaj qilingan qimmatbaho metallardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish bo‘linmalarini tekshiruvdan o‘tkazishga, aylanib chiqishga va ko‘zdan kechirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlashning barcha texnologik jarayonlarida va qayta ishlash bosqichlarida (operatsiyalarda, jarayonlarda) qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishning texnologik hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni olish, sarflash, hisobga olish, ularning harakati hamda ularni saqlash tartibiga doir hujjatlarning mavjudligini va to‘g‘ri yuritilishini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushayotgan xom ashyo, tayyor mahsulot (buyumlar), qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlash ishlarining to‘g‘ri bajarilayotganligini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarning to‘g‘ri amalga oshirilishini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) olish, sarflash, hisobga olish, ularning harakati hamda ularni saqlash tartibiga rioya etilishini, shuningdek tegishli hisobot yuritilishini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik normativlarga muvofiq qimmatbaho metallarni xom ashyodan iloji boricha to‘liq ajratib olish ta’minlanishini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning parchalari va chiqindilarini to‘liq hisobga olish, to‘plash, qayta ishlash ta’minlanishini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj qilinishi lozim bo‘lgan xom ashyoni yetkazib berish hajmini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj ishlab chiqarishi xom ashyosining qabul qilinishini tekshirishga, shu jumladan nazorat asillik darajasini aniqlashdan o‘tkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning operatsiyalar bo‘yicha yo‘qotilishlari normalariga rioya etilishini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj qilish natijasida olingan qimmatbaho metallarning qaytariluvchi va konditsiyali chiqindilari normativlarini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj korxonasida amalda bo‘lgan texnologiya bo‘yicha tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olishni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan konditsiyali chiqindilarni hisobga olishning to‘g‘riligini solishtirib ko‘rishga (tahlil qilishga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni inventarizatsiya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarning metallurgiyaga oid balanslari o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilishini tekshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish hamda ishlab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarda ular qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnoma olgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugaganidan keyin yer qa’ri uchastkalarini rekultivatsiya qilish hamda ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish yuzasidan choralar ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hududida yer qa’ri uchastkalari joylashgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ushbu yer qa’ri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning o‘rnini qoplab beradi. Yer qa’ri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalarini qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun geologik jihatdan o‘rganish hamda qidirishning belgilangan tartibini buzganlik yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishni qonunchilikda belgilangan tartibda taqiqlash uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma berish tartibi, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari hamda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish oqibatlarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga bo‘lgan mulk huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining mulkidir, ulardan oqilona foydalanish lozim va ular davlat muhofazasidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat mulkida, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkida bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga bo‘lgan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan yer qa’ridan qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, xuddi shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish chog‘ida qonuniy ravishda olingan boshqa mahsulotlar hamda daromadlar, agar sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan tuzilgan, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda, mahsulot yetkazib berish shartnomalarida, shu jumladan tovarlar yetkazib berish to‘g‘risidagi davlat kontraktlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sanoat usulida qazib oluvchi subyektlarning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon matnda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma elektron auksion natijalaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga beriladi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning ta’sischilariga (ishtirokchilariga) qo‘yiladigan talablar qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga (to‘liq yoki qisman) o‘tkazishga (berishga), shuningdek yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bir nechta shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan yer qa’ridan qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, bundan qimmatbaho metallarning affinaj qilinmaydigan yombilari va noyob qimmatbaho toshlar mustasno, shartnomaviy narxda quyidagilarga realizatsiya qilinishi shart:
(18-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi O‘RQ-1059-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar — affinaj korxonalariga, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash yoki qimmatbaho metallar bilan ishlarni amalga oshirish huquqiga ega tadbirkorlik subyektlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlar — qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash yoki qimmatbaho metallar bilan ishlarni amalga oshirish huquqiga ega tadbirkorlik subyektlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni realizatsiya qilishdan qonuniy ravishda olingan daromadlar oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlarning mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yashirish, shu jumladan ularni olti oy ichida realizatsiya qilmaslik, shuningdek ishlarni xavfsiz olib borish talablarining insonga og‘ir tan jarohatlari yetkazilishiga yoki uning o‘limiga sabab bo‘lgan buzilishi qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini tugatish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Affinaj korxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarni affinaj qilish bo‘yicha faoliyat affinaj korxonalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affinaj qilingan qimmatbaho metallar jumlasiga affinaj qilish yo‘li bilan quyidagi ko‘rsatkichlarga yetkazilgan qimmatbaho metallar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj qilingan oltinda — qimmatbaho metall qotishmasining bir ming og‘irlik birligi hisobidan kelib chiqib, 995 og‘irlik birligidan kam bo‘lmagan kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj qilingan kumush, platina, palladiy, rodiy, ruteniy, osmiyda — qimmatbaho metall qotishmasining bir ming og‘irlik birligi hisobidan kelib chiqib, 999 og‘irlik birligidan kam bo‘lmagan kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affinaj qilingan iridiyda — qimmatbaho metall qotishmasining bir ming og‘irlik birligi hisobidan kelib chiqib, 998 og‘irlik birligidan kam bo‘lmagan kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affinaj korxonalari qo‘shimcha ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmay quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga berilgan xom ashyo, mahsulot (buyumlar), shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan parchalar va chiqindilar tarkibidagi kimyoviy sof qimmatbaho metallning foizini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish maqsadida birja savdolarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni, qimmatbaho metallarning parchalarini va chiqindilarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni sotib olish va realizatsiya qilish punktlarini ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qulay shakllar va hajmlarga keltirgan holda realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish;
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi O‘RQ-1059-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi ishlab chiqargan o‘lchovli quymalarni jismoniy va yuridik shaxslarga realizatsiya qilish. Bunda quymalarni realizatsiya qilish qiymati affinaj korxonalari tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanadi.
(19-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi O‘RQ-1059-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash bo‘yicha faoliyat qonunchilikda nazarda tutilgan xabardor qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash uchun qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni, zargarlik buyumlarining parchalarini, qimmatbaho metallardan tish mahsulotlar yasash uchun mo‘ljallangan disklarni, shuningdek ularning parchalarini sotib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchida prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya bo‘lsa, qimmatbaho metallar affinaji bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari o‘zlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining savdosini amalga oshirishga haqli. Bunda ularga nisbatan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar realizatsiyasi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun belgilangan xabardor qilish tartibi tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘zlari qimmatbaho metallardan yasagan zargarlik buyumlarining yarim tayyor mahsulotlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga ega. Bunda yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish qiymati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanadi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi O‘RQ-1059-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olishga bo‘lgan ustuvor huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalaridan qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olishga bo‘lgan ustuvor huquq O‘zbekiston Respublikasiga vakolatli davlat organlari timsolida tegishli bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq noyob toifasiga kiritilishi lozim bo‘lgan qimmatbaho metallar yombilari hamda qimmatbaho toshlar sanoat usulida va oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan vakolatli davlat organiga ustuvor tartibda sotib olish uchun taklif etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat buyurtmasi shartlarida boshqacha tarzda shartlashilmagan bo‘lsa, canoat usulida qazib oluvchi subyektlar va affinaj korxonalari affinaj qilingan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishda ularni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga uning qimmatbaho metallardagi aktivlarini to‘ldirish maqsadida ustuvor tartibda sotib olish uchun taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan qimmatbaho metallarni davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganligi faktlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zining qimmatbaho metallardagi aktivlarini to‘ldirish maqsadida affinaj qilingan qimmatbaho metallarni sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshirishdan yozma ravishda voz kechishga haqli. Bu holda sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar va affinaj korxonalari affinaj qilingan qimmatbaho metallarni birjalar orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning ustuvor huquqini amalga oshirish doirasida affinaj qilingan qimmatbaho metallarni sotib olish xalqaro bozorda shakllangan narxlardan foydalangan holda hisob-kitob qilingan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda transport xarajatlari, realizatsiya qilish xarajatlari hamda London qimmatbaho metallar bozori uyushmasi tomonidan qo‘llaniladigan va mazkur uyushmaning hujjatlarida “London good delivery” standarti sifatida belgilangan xalqaro sifat standartlariga javob bermaydigan affinaj qilingan qimmatbaho metall sotib olingan taqdirda qo‘llaniladigan sifat uchun chegirmalar chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob toifasiga kiritilishi mumkin bo‘lmagan qimmatbaho metallar yombilari va ushbu yombilarning mineralogik kolleksiya namunalari sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan qonunchilikka muvofiq shartnomaviy narxlarda realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor tartibda sotilmay qolgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilinishi, shuningdek ulardan o‘z ishlab chiqarishida, garov narsasi yoxud boshqa moliyaviy majburiyat sifatida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi (bundan buyon matnda Davlat fondi deb yuritiladi) quyidagilar hisobiga to‘ldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan noyob qimmatbaho metallar yombilari va noyob qimmatbaho toshlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan mahsulot (buyumlar), qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlar chiqindilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan sotib olingan, tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar xazinalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasiz qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vorislik va hadya huquqi bo‘yicha davlatga o‘tkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat mukofotlari va sovg‘alari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa asoslar bo‘yicha Davlat fondiga o‘tkaziladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fondiga o‘tkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fondini qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan to‘ldirish, shuningdek ularni sarflash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fondiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fondiga o‘tkaziladigan qimmatliklar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan dastlabki ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliyaviy hisobot yilida Davlat fondi qimmatliklarini to‘ldirish va sarflash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fondidagi qimmatliklarni saqlash, hisobga olish va sarflash to‘g‘riligi qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish hamda saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qazib olinayotganda, ishlab chiqarilayotganda, ulardan foydalanilayotganda hamda ular realizatsiya qilinayotganda hisobga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) 50 va undan ortiq foiz davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushiga ega bo‘lmagan yoki 50 foizdan kam miqdorda davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni hisobga olish va saqlashni mustaqil ravishda ishlab chiqilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha texnik hujjatlar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish hamda saqlash O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan mahsulotlar (buyumlar) ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarining huquqlarini buzmaydigan tarzda tashkil etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish hamda saqlash nomi (turi), og‘irligi (grammlarda, karatlarda) hamda sifati (asillik darajasi, tarkibi) bo‘yicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Affinaj qilingan qimmatbaho metallar, affinaj qilinmaydigan qimmatbaho metallar (yombilar) va qimmatbaho toshlar o‘z egalarida hisobga olinishi lozim hamda ushbu Qonunga muvofiq muomalaga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish natijasida, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni aniqlagan yuridik shaxslar ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, ularga ishlov berish (ularni qayta ishlash) va (yoki) ulardan foydalanish natijasida qaysi yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda parchalar hamda chiqindilar hosil bo‘lsa, qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari o‘sha yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning mulkida yoki operativ boshqaruvida bo‘ladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari o‘zida hosil bo‘ladigan yuridik shaxslar, shu jumladan harbiy qismlar va harbiy tuzilmalar ularni to‘plashni hamda hisobga olishni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mulkida yoki operativ boshqaruvida qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan o‘zining ishlab chiqarishida ulardan qayta foydalanish uchun mustaqil ravishda qayta ishlanishi (ularga ishlov berilishi);
(24-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilarini to‘plash (tayyorlash) va qayta ishlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga qayta ishlash (ishlov berish) uchun topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari affinaj korxonalariga topshirilishi yoki realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho toshlar chiqindilari belgilangan tartibda keyinchalik ishlab chiqarish va rekuperatsiya qilish uchun realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlovchi korxonalarga topshirish uchun tayyorlash jarayonida ushbu parchalar va chiqindilar qimmatbaho metallarni qoplab turgan materiallarni (sopol, plastmassa va boshqa shu kabilarni) olib tashlash uchun dastlabki ishlovdan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilarini qayta ishlash (ularga ishlov berish) ushbu Qonunga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini sotib olishni (olishni) amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi olgan qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini mustaqil ravishda qayta ishlashni (ularga ishlov berishni) amalga oshirish, agar ular qonunchilikda belgilangan xabardor qilish tartibi asosida mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash (ularga ishlov berish) uchun mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini affinaj korxonalariga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatbaho metallar quymalari standart va o‘lchovli quymalar shaklida, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlari talablariga muvofiq majburiy ravishda markirovkasi qo‘yilgan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalaga chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari, o‘lchovli quymalar, sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlar jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan erkin sotib olinishi va foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini, o‘lchovli quymalarni va sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho toshlarni rekuperatsiya qilish va ularga ishlov berish (ularni qirralash) bilan mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarni muomalada bo‘lishi maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar banklar tomonidan qimmatbaho metallarni hisobga o‘tkazish, saqlash, hisobdan chiqarish uchun ularning turi, asillik darajasi va og‘irligi ko‘rsatilgan holda ochiladigan qimmatbaho metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlaridan hamda qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Qimmatbaho toshlardan foydalanishning va ularni realizatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho toshlarning xususiyatlari qimmatbaho toshlarni saralash, ularni birlamchi tasniflash va dastlabki baholash (qimmatbaho toshlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan yoki ular O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilgan taqdirda) jarayonida, shuningdek qimmatbaho toshlardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarish tugatilganda aniqlanadi. Qimmatbaho toshlarni identifikatsiya qilish tartibi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar qimmatbaho toshlarni saralash, birlamchi tasniflash va dastlabki baholash uchun qazib olingan ishlov berilmagan qimmatbaho toshlarni mustaqil ravishda saralashni, ularni birlamchi tasniflashni va dastlabki baholashni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshqa sanoat usulida qazib oluvchi subyektlarga yoki oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlarga shartnoma asosida topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Og‘irligi 0,3 karatdan yuqori bo‘lgan gardishga solinmagan, savdo obyektlari orqali realizatsiya qilinadigan qimmatbaho toshlar majburiy ravishda sertifikatlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlar jumlasiga mustaqil gemmologiya markazida (laboratoriyasida) sertifikatlashtirishdan o‘tgan hamda rang guruhi, sofligi, qirralanish va sayqallanish sifati, og‘irligi hamda qimmatbaho toshning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan, qimmatbaho toshning haqiqiyligi va sifatining kafolatini tasdiqlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan tegishli sifat tasdig‘iga — gemmologik sertifikatga ega bo‘lgan qimmatbaho toshlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gardishga solinmagan qimmatbaho toshlarni sotish faqat qirralangan shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotilayotgan qirralangan (0,3 karatdan yuqori bo‘lgan) qimmatbaho toshlar alohida qadoqqa ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasniflashga oid tavsiflari aniqlanmagan qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘lgan qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarish-texnika ahamiyatidagi mahsulot sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda cheklovlarsiz foydalaniladi. Qimmatbaho toshlarni qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz deb topish mezonlari hamda tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlari tuzayotgan bitimlar haqidagi ma’lumotlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga bunday bitimlar hisobini yuritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning chakana savdosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning chakana savdosi qonunchilikda belgilangan xabardor qilish tartibi asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning chakana savdosi maxsus zargarlik do‘konlarida, savdo markazlari va (yoki) majmualarining bo‘limlarida, seksiyalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus zargarlik do‘konlarida, savdo markazlari va (yoki) majmualarining bo‘limlarida, seksiyalarida qimmatbaho metallarning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan asillik darajalari to‘g‘risida axborot, shuningdek qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish va tamg‘alash tartibini belgilovchi normativ hujjatlardan qo‘chirmalar, O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘alari izlarining, belgilangan namunadagi asillik darajalari belgilari izlarining tasvirlari hamda xaridorga zarur boshqa axborot ko‘zga ko‘rinadigan joyda osib qo‘yilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni sotish ularda ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi izi va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi yoki ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamg‘asining izi va O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘asi izi bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda ko‘rsatilgan asillik darajasining ishonchliligi uchun javobgarlik ushbu buyumlarni ishlab chiqaruvchi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdoga qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda buyumning nomi, qimmatbaho metall turi, asillik darajasi, qo‘shimchalarning turlari va xususiyatlari, shu jumladan qimmatbaho toshning sifat hamda rangi va qiymati xususiyatlarini o‘zgartirgan ishlov berish usuli, buyumning chakana narxi ko‘rsatilgan tamg‘alangan yorliq bo‘lishi kerak. Bunda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar ulgurji sotilganda har bir buyum uchun alohida plombalangan yorliqlar bo‘lishi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq tamg‘alanmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati bo‘lishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chakana savdosi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi O‘RQ-1059-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlar qonunchilikda belgilangan xabardor qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabardor qilish tartibi asosida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bajariladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarni gemmologik ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metalldan yasalgan laboratoriya idishlaridan, katalizatorlardan, katalizator setkalaridan, termojuftliklardan, termoreledan, termoqarshilikdan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan uskunalaridan foydalanish va ularni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan tashqi qoplamalar tayyorlash va/yoki surkash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan moddalarni (tibbiy preparatlar, tuzlar, reagentlar, kimyoviy birikmalar va boshqalarni) ishlab chiqarish, qo‘llash, saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan tish yasashga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun disklar, elektrodlar, anodlar, kontaktlar va kavsharlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot, oziq-ovqat, alkogol va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda qimmatbaho metallardan va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlarga ishlov berish, ularni sayqallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy olmosdan yasalgan filyerlar, voloklar, olmos uchliklardan, olmos va tabiiy olmosdan yasalgan burg‘ilash olmos asbobidan foydalanish va ularni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olmos asbobini rekuperatsiya qilish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tahlil qilish va ularning asillik darajasini nazorat qilish ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan maishiy texnika, tashkiliy texnika, tibbiyot texnikasini qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, turlarga ajratish, bosma platalarni va boshqa tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan buyumlarni utilizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulanmalari tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratish hamda utilizatsiya qilish, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratishdan va utilizatsiya qilishdan hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni keyinchalik qayta ishlash (affinaj) korxonalariga topshirish uchun to‘plash (tayyorlash), qismlarga ajratish, saralash, ularga dastlabki (birlamchi) qayta ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasini ta’mirlashda foydalanish, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasi chiqindilarini saqlash va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va/yoki aviatsiya texnikasidan tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan radiodetallar va elementlarni ajratib olish, harbiy va/yoki aviatsiya texnikasining tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan chiqindilarini to‘plash va qayta ishlash korxonalariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan buyumlar va predmetlarni ko‘rgazmalarga qo‘yish, saqlash va qayta tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar bo‘lgan predmetlarni (davlat organlarining qaroriga ko‘ra davlat daromadiga o‘tkazilgan) qayta tiklash (ta’mirlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida kumush mavjud bo‘lgan va yorug‘likka ta’sirchan materiallardan, kinofotorentgen-plyonkalar, kinofotorentgen-plastinkalar va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xuddi shunday materiallardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan buyumlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda uning hududidan tashqariga olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va (yoki) uning hududidan tashqariga olib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ishlab chiqarilgan va keyinchalik realizatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning Asillik darajasini belgilash palatasida majburiy tartibda asillik darajasi aniqlanishi va tamg‘alanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan tashqariga olib chiqish uchun cheklovlar hamda taqiqlar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda hamda tovarlarni olib chiqishning qonunchilikda belgilangan normasidan oshgan taqdirda, majburiy ravishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o‘lchovli quymalarni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar standart va o‘lchovli quymalarni, qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini eksport qilishni amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning mulkdorlari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda qonunchilik talablarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, ushbu metallar va toshlarning olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi axborot esa tegishli davlat organlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonunchilikda belgilangan tartibda olib kirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq chet ellik investorga mulk bo‘lib kelib tushadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bitimlarda va ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda hamda tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga biron-bir cheklovlarsiz olib chiqilishi yoki ichki bozorda realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi hamda shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi hamda shartlari shartnomalarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmasini bajarish doirasida realizatsiya qilinadigan qimmatbaho metallar uchun hisob-kitoblar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) qo‘riqlanishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish hamda qidirish, qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish hamda qimmatbaho toshlarni qazib olish bo‘yicha faoliyat barcha qazib olish, saqlash hamda foydalanish joylarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) talon-toroj qilinishdan, yong‘inlardan, buzilishdan to‘liq saqlanishini ta’minlash maqsadida qo‘riqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) but saqlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlanadigan hududlarning joylarini (obyektlarini) mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari obyektlarni qo‘riqlash hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni tashish yuzasidan ushbu sohalarga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar tuzishi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni) ko‘rgazmaga qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotlardan (buyumlardan), shu jumladan Davlat fondining tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan, shu jumladan ulardan yasalgan mahsulotlardan (buyumlardan) O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni) ko‘rgazmaga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar o‘tkazilayotganda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) but saqlanishini, tegishli ravishda hisobga olinishini, tashish xavfsizligini ta’minlashga doir majburiy shartlar va talablar bajarilishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy turadigan joyidan tashqarida turgan qimmatbaho metallarning noyob yombilari, noyob qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatlikka ega bo‘lgan noyob buyumlar, shu jumladan arxeologik ashyolar va muzey ashyolari yoki muzey to‘plamlari ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar yakunlanganidan keyin doimiy turadigan joyiga majburiy tartibda qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilmagan, shuningdek Davlat fondi tarkibiga kirmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shuningdek ulardan yasalgan mahsulot (buyumlar) ularni ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar yakunlanganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, tamg‘alanishi lozim bo‘lgan zargarlik hamda boshqa buyumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanishi, bu buyumlar tahlil qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatalarining ichki qismida o‘roq va bolg‘a tasviri tushirilgan yulduz shaklidagi tamg‘a izi, shuningdek buyumning asillik darajasini ko‘rsatuvchi raqamlari mavjud bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni chakana savdo tizimi orqali realizatsiya qilish chog‘ida ularning asillik darajasi aniqlanishi va bu buyumlar O‘zbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan asillik darajasini aniqlash hamda tamg‘alash tartibini buzgan holda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni realizatsiya qilganlik uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganda — qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilmasdan, zargarlik yoki boshqa buyum qiymatining ellik foizi miqdorida jarima solinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yil davomida mazkur huquqbuzarlikni takroran sodir etganlik uchun — qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish yoxud zargarlik yoki boshqa buyum qiymatining yuz foizi miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qo‘llash hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, musodara qilingan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanishi va ular O‘zbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan yoki qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, bildirilgan asillik darajasiga muvofiq bo‘lmagan zargarlik hamda boshqa buyumlarni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilgan holda, zargarlik tarmog‘ining insofsiz tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar asillik darajasini mustaqil aniqlashga va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamg‘alari bilan tamg‘alamay, buyumlarga belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlarini tushirishga haqli, biroq bunda ularga ishlab chiqaruvchining ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy tamg‘asi majburiy ravishda tushiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardlardan, mikromoliya tashkilotlaridan va jismoniy shaxslardan, tadbirkorlik subyektlaridan, vakolatli davlat organlaridan (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qabul qilingan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alash asillik darajasini aniqlash natijalari asosida, mazkur ariza beruvchilarning yozma ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda esa — tahlil natijalari asosida amalga oshiriladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning tahlilini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tamg‘alanmaydigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar tamg‘alanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 36-moddasining ikkinchi qismida belgilanganidan past asillik darajasiga ega bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning ekspert xulosasi mavjud bo‘lganda, arxeologik ashyo yoki muzey ashyosi yoxud muzey kolleksiyasi bo‘lgan qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek madaniy qimmatga ega bo‘lgan buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol, vazalar, idishlar, qutichalar va boshqa ashyolar sirtidagi qimmatbaho metalli mayda o‘yma naqshlar (qadama naqshlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qotishmalari tarkibi O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilanadigan oltin zarvaraq, kumush zarvaraq, oltin va kumush zarqog‘ozlar, qimmatbaho metallardan tish yasashga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun disklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari bilan tartibga solinadigan metall ramzi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda, ilmiy, texnik hamda tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqaruvchi korxonaning rusumi, yorlig‘i yoki shtampi qo‘yilgan, qimmatbaho metallardan yasalgan anjomlar, asboblar, laboratoriya idishlari va boshqa buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan tayyorlangan xomaki mahsulotlar, standart va o‘lchovli quymalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mukofotlari, farqlash belgilari va sport mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho bo‘lmagan metallardan yasalgan, qimmatbaho metall bilan qoplangan (zarhallangan) buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tarzida olib o‘tilayotgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy tamg‘a izlari bo‘lmagan, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy tamg‘alari izlari shakli o‘zgargan yoki izdagi biron-bir qism (belgi) mavjud bo‘lmagan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 57-moddasining talablariga muvofiq bo‘lmagan kavsharga (zargarlik buyumi qismlarining ajralmaydigan birikmasini yaratish uchun qo‘llaniladigan qimmatbaho metallar qotishmasiga) ega bo‘lgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi asillik darajalari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 375 (uch yuz yetmish beshinchi), 500 (besh yuzinchi), 585 (besh yuz sakson beshinchi), 750 (yetti yuz elliginchi), 875 (sakkiz yuz yetmish beshinchi), 916 (to‘qqiz yuz o‘n oltinchi), 958 (to‘qqiz yuz ellik sakkizinchi), 999 (to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizinchi) asillik darajalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumushdan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 800 (sakkiz yuzinchi), 875 (sakkiz yuz yetmish beshinchi), 925 (to‘qqiz yuz yigirma beshinchi), 960 (to‘qqiz yuz oltmishinchi), 999 (to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizinchi) asillik darajalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platinadan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 850 (sakkiz yuz elliginchi), 900 (to‘qqiz yuzinchi), 950 (to‘qqiz yuz elliginchi), 999 (to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizinchi) asillik darajalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palladiydan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 500 (besh yuzinchi), 850 (sakkiz yuz elliginchi), 999 (to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizinchi) asillik darajalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar quyidagilardan past asillik darajasiga ega bo‘lishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 375 (uch yuz yetmish beshinchi) asillik darajasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumushdan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 800 (sakkiz yuzinchi) asillik darajasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platinadan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 850 (sakkiz yuz elliginchi) asillik darajasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palladiydan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 500 (besh yuzinchi) asillik darajasidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha 583 (besh yuz sakson uchinchi) asillik darajali oltindan zargarlik va boshqa buyumlarni ushbu shaxslarga tegishli 583 (besh yuz sakson uchinchi) asillik darajasiga ega bo‘lgan oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardan yasashga hamda realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Asillik darajasi tamg‘alari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasi tamg‘alari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamg‘alari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari va chet davlatlarning asillik darajasini belgilash palatalari tamg‘alari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamg‘alari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamg‘alari (bundan buyon matnda davlat asillik darajasi tamg‘alari deb yuritiladi) qimmatbaho metallning har bir turi uchun belgilangan shakldagi tamg‘alar bo‘lib, ular birgalikda (bir konturda) yoki alohida tushirilishi mumkin bo‘lgan tasdiq belgisidan hamda asillik darajasidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat asillik darajasi tamg‘alarining shakllari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiq belgisi sakkiz qirrali shaklda bo‘lib, o‘rtasida boshi o‘ngga burilgan holdagi Humo qushi tasviri tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi qimmatbaho metallning har bir turi uchun belgilangan shaklda bo‘lib, asillik darajasini ko‘rsatuvchi raqamlardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi mustaqil ahamiyatga ega emas hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alashda faqat zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi bilan birga qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari ixtisoslashtirilgan korxonada, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Davlat asillik darajasi tamg‘alarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat asillik darajasi tamg‘alari turlariga ko‘ra asosiy va qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘alariga bo‘linadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy davlat asillik darajasi tamg‘alari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, ularning qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda mavjudligi qotishmaning ularda ko‘rsatilgan asillik darajasiga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘alari mustaqil ahamiyatga ega emas hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan tarkibiy qismlarini tamg‘alashda faqat asosiy davlat asillik darajasi tamg‘alaridan biri bilan birga qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Asosiy davlat asillik darajasi tamg‘alarining shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida asosiy davlat asillik darajasi tamg‘alarining quyidagi shakllari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rtasida tasdiq belgisi joylashgan sakkiz qirrali shakldagi — qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan birgalikda tamg‘alash uchun qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan, chap vertikal tomoni bo‘rtiq-cho‘ziq to‘g‘ri burchak shaklidagi — oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamg‘alash uchun qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan to‘g‘ri burchak shaklidagi — kumushdan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamg‘alash uchun qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan, chap vertikal tomoni bo‘rtiq-kesik to‘g‘ri burchak shaklidagi — platinadan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamg‘alash uchun qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan, vertikal tomonlari bo‘rtiq-cho‘ziq to‘g‘ri burchak shaklidagi — palladiydan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamg‘alash uchun qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asining shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha davlat asillik darajasining tamg‘asi o‘rtasida asillik darajasi ko‘rsatilgan, raxlari aylana shakliga keltirilgan to‘rtburchak shaklida belgilanadi. Qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi oltin, kumush, platina va palladiydan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan qismlarini tamg‘alash uchun qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, shuningdek qayta tiklangan (ta’mirlangan) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamg‘asining mexanik (zarb) usulida yoki lazer usulida tushirilgan aniq izi bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi lotin alifbosining uchta bosh harfi kombinatsiyasidan iborat bo‘lib, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi shifrlangan tarzdagi axborotni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining mexanik (zarb) usulida tushirish uchun mo‘ljallangan shaxsiy tamg‘asi ixtisoslashtirilgan korxonada zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadi va Asillik darajasini belgilash palatasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining mexanik (zarb) usulida tushirish uchun mo‘ljallangan shaxsiy tamg‘asini ro‘yxatga olish Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan shaxsiy tamg‘aning silliqlangan latun plastinadagi taqdim etilgan aniq (yuzaki, o‘rtacha, chuqur) izi asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alash usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamg‘asi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alash mexanik (zarb) usulda yoki lazer usulida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat asillik darajasi tamg‘asini tushirish usulini tanlash Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ularni asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash uchun taqdim etgan shaxs bilan kelishuv bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asini va belgilangan namunadagi asillik darajasining belgisini tushirish usulini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi bilan lazer usulida tamg‘alashni amalga oshiruvchi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining zimmasiga uning haqiqiyligini tasdiqlash majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Davlat asillik darajasi tamg‘alarini, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asini va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini saqlash hamda ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasi va uning filiallari davlat asillik darajasi tamg‘alarini saqlovchi hamda ulardan foydalanuvchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining o‘zi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asini hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini saqlovchi va undan foydalanuvchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asini va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Asillik darajasi to‘lovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bajarganlik uchun Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasi to‘lovi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasi to‘lovining miqdori va uni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini aniqlash hamda tamg‘alash bilan bog‘liq xarajatlar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxslar zimmasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklangan (ta’mirlangan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlar asillik darajasini belgilash palatalarining asillik darajasi tamg‘alari izlari va ramziy belgilari mavjud bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qismida o‘roq va bolg‘a tasviri tushirilgan yulduz shaklidagi, shuningdek buyumning asillik darajasini ko‘rsatuvchi raqamlardan iborat tamg‘a izlari mavjud bo‘lgan; (33-moddaga qaralsin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asillik darajasi tamg‘alarining silliqlangan hamda noaniq izlari mavjud bo‘lgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga tushirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat asillik darajasi tamg‘alarining izlari mavjud bo‘lgan va asillik darajasini aniqlash hamda tamg‘alash yoki buyumda ko‘rsatilgan asillik darajasiga muvofiqlikni tasdiqlash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga davlat asillik darajasi tamg‘asining haqiqiyligini aniqlash uchun texnik ekspertiza o‘tkazilganidan keyin tasdiq belgisining izi tushirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi mavjud tamg‘a iziga muvofiq kelmagan taqdirda, tamg‘a izi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan yo‘q qilinadi, buyumlar esa aniqlangan asillik darajasiga yaqin bo‘lgan pastroq asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumning asosiy qismiga tasdiq belgisini hamda asillik darajasi tamg‘asini birgalikda (bir konturda) tushirish imkoniyati bo‘lmasa, zargarlik buyumini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi izining yoniga tamg‘alash imkoniyati bo‘lgan joyga tasdiq belgisi izi va tegishli asillik darajasining qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, juft holda foydalaniladigan zirak, ilma tugma (zaponka) kabi zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alashda asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asining izi shunday buyumlarning har biriga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta qotishmadan tayyorlangan, kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alashda asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asining izi buyumning faqat asosiy qismiga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan qismlariga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan tarkibiy qismlari hajmlari hamda joylashuvi davlat asillik qo‘shimcha darajasi tamg‘asini bosish imkonini bermagan hollarda bunday qismlaridagi qimmatbaho metallning tarkibi tasdiqlanmaydi va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bunday qismlarining asillik darajasi uchun javobgarlik ushbu buyumlarni ishlab chiqaruvchining zimmasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Turli qimmatbaho metallardan hamda turli asillik darajasidagi qimmatbaho metallardan ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta qimmatbaho metalldan ishlab chiqarilgan, turli asillik darajalariga ega bo‘lgan bir nechta qismlardan iborat bo‘lgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumga asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asining izi ushbu buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan qismlariga esa tegishli metallning va tegishli asillik darajasining qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida qismlari turli qimmatbaho metallardan ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumga asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asining izi ushbu buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan qismlariga esa tegishli metallning va tegishli asillik darajasining qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyum o‘zga qimmatbaho metallar bilan qoplangan bo‘lsa, buyumning asosiy qismiga qimmatbaho metallning asosiy qotishmasiga muvofiq asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asining izi tushiriladi, qo‘shimcha qismiga esa tamg‘a tushirilmaydi. Bunda buyumning bo‘laklarga bo‘linadigan hamda ajralishi oson bo‘lgan qismlariga tegishli asillik darajasining qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasi turlicha bo‘lgan yoki turli qimmatbaho metallardan yasalgan, kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumga yaxlit buyum sifatida qaraladi. Bu holda asosiy davlat asillik darajasi tamg‘asining izi buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlariga esa tegishli metall va asillik darajasiga muvofiq bo‘lgan qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asining izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan va qayta tiklangan (ta’mirlangan) zargarlik hamda boshqa buyumlarga tushiriladi, bunda ushbu buyumlarga davlat tomonidan asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘zlari tomonidan eksport uchun mo‘ljallangan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alamaslikka haqli, basharti bunday tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, juft holda foydalaniladigan zirak, ilma tugma (zaponka) kabi zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alashda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamg‘asining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi bunday buyumlarning har biriga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta qotishmadan yasalgan, kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alashda, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamg‘asining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izlari zargarlik buyumining faqat asosiy qismiga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘laklarga bo‘linadigan hamda ajralishi oson bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning har bir qismiga belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan qismlarining o‘lchamlari hamda joylashuvi belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izini tushirish imkonini bermaydigan hollarda, bunday qismlardagi qimmatbaho metallning tarkibi tasdiqlanmaydi hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar bunday qismlarining asillik darajasi uchun javobgarlik ushbu buyumlarni ishlab chiqaruvchining zimmasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta qimmatbaho metalldan tayyorlangan, lekin turli asillik darajalariga ega bo‘lgan bir nechta qismlardan tarkib topgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asosiy qismiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamg‘asining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi tushiriladi, buyumning bo‘laklarga bo‘linadigan hamda ajralishi oson bo‘lgan qismlariga esa — tegishli asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, alohida qismlari turli qimmatbaho metallardan tayyorlangan zargarlik hamda boshqa buyumlarga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamg‘asining hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan qismlariga esa — tegishli metallning va asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa qimmatbaho metallar bilan qoplangan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga, buyumning asosiy qismiga (qimmatbaho metallning asosiy qotishmasi bo‘yicha) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamg‘asining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi tushiriladi, buyumning bo‘laklarga bo‘linadigan va ajralishi oson bo‘lgan qismlariga esa — tegishli metallning va asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasi turlicha yoki boshqa qimmatbaho metallardan bo‘lgan kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga yaxlit buyum sifatida qaraladi. Ushbu buyumlarning asosiy qismini belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan, buyumlarning ikkinchi darajali va qo‘shimcha qismlarini esa — tegishli metallning va asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alashga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan quyidagi zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanishi, ular tahlil qilinishi hamda davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan notariusning ijro xati asosida realizatsiya qilinadigan;
(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkiga beg‘araz topshirilgan (davlat foydasiga voz kechilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat foydasiga qaratilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘zi ishlab chiqargan va (yoki) qayta tiklangan (ta’mirlangan) buyumlarni ularning asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish hamda davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat asillik darajasi tamg‘alarining izlariga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan zarar yetkazilgan va ularning shakli o‘zgartirilgan taqdirda qayta tamg‘alash umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamg‘alash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamg‘alash uchun qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga to‘liq bitkazilgan hamda yig‘ilgan tarzda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni to‘liq bitkazilgan hamda yig‘ilgan tarzda taqdim etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar Asillik darajasini belgilash palatasiga buyumlarni ularning barcha qismlari mavjud bo‘lgan holda, to‘liq bitkazilmagan va yig‘ilmagan tarzda taqdim etishi mumkin. Bunda buyumlarning barcha ikkinchi darajali va qo‘shimcha qismlari qo‘shimcha davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanishi lozim. Tayyor buyumlarda buyumning ikkinchi darajali va qo‘shimcha qismlari kavsharlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasini belgilash palatasiga asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamg‘alash uchun taqdim etiladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar turkumlari bo‘yicha saralangan bo‘lishi kerak. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga topshirish chog‘ida zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar arizada buyumlarning qotishma tarkibini (jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha ularga tegishli bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlardan tayyorlangan, shuningdek qayta tiklangan (ta’mirlangan) buyumlardan tashqari) va bildirilgan asillik darajasini ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Qayta tiklangan (ta’mirlangan) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamg‘alashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklangan (ta’mirlangan) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda mexanik (zarb) usulida yoki lazer usulida tushirilgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi izi va “R” harfi ko‘rinishidagi qayta tiklanganlik belgisi bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bildirilgan asillik darajasiga muvofiqligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning tarkibidagi asosiy qimmatbaho metall ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajasiga muvofiq bo‘lsa, bu buyumlar bildirilgan asillik darajasiga muvofiq deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, shuningdek qayta tiklangan (ta’mirlangan), bildirilgan asillik darajasiga muvofiq bo‘lmasa, unda buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxsning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, buyumlardagi asillik darajalarining tamg‘a izlari yo‘q qilinadi. Bunda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar belgilangan asillik darajasiga yaqin bo‘lgan pastroq davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanadi. Ariza beruvchining roziligi bo‘lmagan taqdirda, buyumlar tamg‘alanmagan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tijorat maqsadlarida olib kiriladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar chet davlatlar asillik darajasini belgilash palatalarining metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamg‘alarining aniq izlariga yoki buyumning asillik darajasini ko‘rsatuvchi boshqa belgilarga ega bo‘lishi kerak, bundan jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mazkur turdagi tovarlar uchun qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. Bunda metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamg‘alarining izlari yoki buyumning asillik darajasini ko‘rsatuvchi boshqa belgilar mavjudligi ustidan nazorat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan, Asillik darajasini belgilash palatasiga asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamg‘alash uchun taqdim etilgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda bildirilgan asillik darajasiga muvofiq kelmaydigan asillik darajasi tamg‘alarining izlari mavjud bo‘lsa, ushbu buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxsning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, buyumlardagi asillik darajalarining tamg‘a izlari yo‘q qilinadi. Bunda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar belgilangan asillik darajasiga yaqin bo‘lgan pastroq davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanishi lozim. Ariza beruvchining roziligi bo‘lmagan taqdirda, buyumlar tamg‘alanmagan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Qayta tiklangan (ta’mirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning nazorat tekshiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklangan (ta’mirlangan), realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar, ularda ilgari bosilgan asillik darajasi tamg‘alarining izlari mavjudligi va sifatidan qat’i nazar, bildirilgan asillik darajasiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Asillik darajasini belgilash palatasiga nazorat tekshiruvidan o‘tkazilishi uchun taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qayta tiklangan (ta’mirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumning asillik darajasi buyumda mavjud bo‘lgan tamg‘a iziga muvofiq bo‘lsa, unga davlat asillik darajasi tamg‘asining izi tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qayta tiklangan (ta’mirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumning asillik darajasi buyumda mavjud bo‘lgan tamg‘a iziga muvofiq bo‘lmasa, ushbu buyumni Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxsning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, tamg‘aning izi yo‘q qilinadi va buyum belgilangan asillik darajasiga yaqin bo‘lgan pastroq davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alanadi. Ariza beruvchining roziligi bo‘lmagan taqdirda, buyum tamg‘alanmagan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qayta tiklangan (ta’mirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumda tamg‘a izi mavjud bo‘lmasa, ushbu buyumning asillik darajasi aniqlanganidan keyin unga davlat asillik darajasi tamg‘asining tegishli izi tushirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarishda yoki qayta tiklashda (ta’mirlashda) qo‘llaniladigan kavsharlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarni ishlab chiqarishda yoki qayta tiklashda (ta’mirlashda) qo‘llaniladigan kavsharlar mazkur buyumlar qaysi qotishmalardan tayyorlanadigan bo‘lsa, ayni o‘sha qimmatbaho metallar asosida tayyorlanishi kerak, bundan ushbu moddada belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltin, platina va palladiydan tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlar uchun kavsharlar ushbu buyumlar tayyorlangan asosiy qotishma qanday asillik darajasiga ega bo‘lsa, ayni o‘sha asillik darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Platina va palladiydan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarda 585 (besh yuz sakson beshinchi) va 750 (yetti yuz elliginchi) asillik darajasiga ega bo‘lgan oq oltin kavshari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kumushdan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlar uchun kavshar 650 (olti yuz elliginchi) asillik darajasidan past bo‘lmagan asillik darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida buyumlar yasalgan qotishmaning asillik darajasiga muvofiq bo‘lmagan kavshar mavjud bo‘lgan (lekin 375 (uch yuz yetmish beshinchi) asillik darajasidan past bo‘lmagan) oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar belgilangan asillik darajasiga yaqin bo‘lgan pastroq asillik darajasi bilan tamg‘alanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarda tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lmagan kavshardan foydalanishga, basharti mazkur buyumlarning asillik darajasi kavshar bilan birgalikda ushbu buyumlar yasalgan qotishma doirasida bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho bo‘lmagan metallardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asillik darajasi aniqlanishi, tahlil qilinishi hamda davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho bo‘lmagan metallardan tayyorlangan qismlar bo‘lmasligi kerak, bundan quyidagilar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik sabablarga ko‘ra qimmatbaho metallardan tayyorlanishi mumkin bo‘lmagan soatlar, chaqmoq yoqqichlar va boshqa shunga o‘xshash buyumlar mexanizmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan tayyorlanilishi mumkin bo‘lmagan pichoq tig‘lari, tiqin ochqichlarning buramali qismlari va boshqa shunga o‘xshash buyumlarning qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkamlanadigan mexanizmlardagi prujinalar, oshiq-moshiqlarning o‘qlari, shuningdek taqinchoqlarning to‘g‘nog‘ichlari, bo‘yinbog‘larning, nishonlarning, farqlash belgilarining, davlat mukofotlarining qisqichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho bo‘lmagan metallardan yasalgan, bo‘laklarga bo‘linadigan hamda ajralishi oson bo‘lgan qismlar bilan qimmatbaho metallardan tayyorlangan qismlarning birikmasidan iborat bo‘lgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alash zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho bo‘lmagan metallardan yasalgan qismlarga tushiriladigan maxsus iz (“met”, “nerj”, “steel” va boshqalar) yoki qimmatbaho bo‘lmagan metall mavjudligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollar mustasno. Qimmatbaho bo‘lmagan metallardan yasalgan qismlarda qimmatbaho bo‘lmagan metall mavjudligini ko‘rsatuvchi maxsus iz bo‘lmagan taqdirda, buyumlar davlat asillik darajasi tamg‘asi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamg‘alanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda nometall qismlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda nometall qismlardan (toshlar, emallar, qora kumushlardan) foydalanishga, basharti ular ko‘rinishidan qimmatbaho metallardan ajralib tursa, ruxsat etiladi. Bunda buyumlarning nometall qismlarida qimmatbaho metallarga aynan o‘xshash qoplama yoki rangda bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pichoqlar, sanchqilar va shunga o‘xshash buyumlarning dastalarini nometall materiallar bilan to‘ldirishga ularni mahkamlash uchun zarur bo‘lgan miqdorlarda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nometall qismlardan foydalangan holda tayyorlangan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho metallning vazn oralig‘i ko‘rsatilgan maxsus iz bo‘lishi kerak. Mazkur buyumlarning qimmatbaho metallardan yasalgan barcha qismlari to‘liq mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish hamda tamg‘alash ularni qismlarga ajratgan va bitkazmagan holda amalga oshirilishi lozim. Tayyor buyumlarda buyumning ikkinchi darajali va qo‘shimcha qismlari kavsharlangan bo‘lishi kerak. Buyumlarning ikkinchi darajali va qo‘shimcha qismlariga davlat asillik darajasi tamg‘asi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bosilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish va tamg‘alash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga nometall qismlarsiz taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 219-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“219-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chog‘ida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini to‘plash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash tartibini buzish — ”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 268-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshlig‘i asillik darajasining davlat nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg‘alanishi to‘g‘risida”gi 317-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 17-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg‘alanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 318-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 18-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 90-modda) XXVI bo‘limi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Ba’zi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-5-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda) 4-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-373-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 21-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 24-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-710-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son; 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)