1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish, bojxona yuk operatsiyalarini amalga oshirishni samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar bo‘yicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostidagi tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasining hamda uning vakolatli shaxsining huquq va majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona ombori hududida o‘tkaziladigan yuk operatsiyalarida bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirok etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona hududiga olib kirilishi va bojxona hududidan olib chiqilishi (muomalasi, foydalanilishi va tasarruf etilishi) taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga bojxona ombori bojxona rejimida joylashtirilishi ko‘zda tutilgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar va ruxsatnomalar bo‘yicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tarzda olib o‘tiladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy yuklar, shu jumladan, qurol-yarog‘, harbiy texnika va o‘q-dorilar, radioaktiv materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik yordami, texnik ko‘mak sifatida va grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlar (xom (tabiiy) va ishlov berilgan shaklda, affinlangan, xom ashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona ombori hududida o‘tkaziladigan yuk operatsiyalari litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimi nazorati ostida bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar to‘g‘risida bojxona organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron boshqarishni joriy etish va ishga tushirish bo‘yicha buyurtmachi, shuningdek, keyinchalik o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlovchi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk va boshqa operatsiyalarni elektron boshqarishni joriy etish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqib, vakolatli davlat organlarida ekspertizadan o‘tkazsin hamda qaror kuchga kirguniga qadar uning ishga tushirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalashda ularga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan tovarlar hajmidan kelib chiqib, bojxona to‘lovlarini ta’minlash miqdorlarini oshirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
531-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — bojxona nazorati ostidagi tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ma’lum yuk operatsiyalarini qayd etish, kuzatish, qayta ishlash, elektron hisobini yuritishga mo‘ljallangan bojxona organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati zonasi — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga (keyingi o‘rinlarda — Bojxona kodeksi) muvofiq bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori hududi — bojxona ombori o‘rni va unga bevosita tutash bo‘lgan, litsenziya talablari va shartlariga ko‘ra maxsus ajratilgan hamda belgilab qo‘yilgan bojxona nazorati zonasi hisoblanadigan yuk operatsiyalari amalga oshiriladigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona omborining vakolatli shaxsi — mehnat shartnomasi asosida bojxona ombori (yuridik shaxs) manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan harakat qiluvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs — tovar va (yoki) transport vositasi egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovar va (yoki) transport vositasi egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta yuklash operatsiyasi — bojxona nazorati ostidagi tovarlarni bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga qayta yuklash (transport vositasi yuk xonasini ochmasdan qayta yuklash bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalar — Bojxona kodeksiga muvofiq tashuvchi, vakolatli shaxs va bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladigan operatsiyalar, bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar harakati tizimi — bojxona omborlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarning muayyan maqomga ega bo‘lgan holati va harakati ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati — bojxona hududi bo‘ylab bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni chiqarib yuborish — bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va ma’lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqib tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi bojxona organlarining harakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushirish operatsiyasi — bojxona nazorati ostidagi tovarlarni qo‘yilgan bojxona identifikatsiya vositalarini olib tashlagan holda transport vositasidan tushirish (qayta yuklash maqsadida transport vositasi yuk xonasini ochmasdan tushirish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk operatsiyalari — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o‘rovlarini to‘g‘rilash, ularni o‘rash, qayta o‘rash va tashish uchun qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tovarlardan tashqari boshqa tovarlarga nisbatan bojxona ombori hududida o‘tkaziladigan yuk operatsiyalarini bojxona organi mansabdor shaxsining ishtirokisiz amalga oshirishga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona hududiga olib kirilishi va bojxona hududidan olib chiqilishi (shuningdek, muomalasi, foydalanilishi va tasarruf etilishi) taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga bojxona ombori bojxona rejimida joylashtirilishi nazarda tutilgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar va ruxsatnomalar bo‘yicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tarzda olib o‘tiladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy yuklar, shu jumladan, qurol-yarog‘, harbiy texnika va o‘q-dorilar, radioaktiv materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik yordami, texnik ko‘mak sifatida va grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlar (xom (tabiiy) va ishlov berilgan shaklda, affinlangan, xom ashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport turiga qarab, bevosita bojxona omboriga yetkazib berish imkoni bo‘lmaganda, tovarlar avtotransport vositalariga qayta yuklangan holda bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonasiga yetkazilib yigirma to‘rt soat ichida chiqarib yuborilgan, shuningdek, bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgan holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilgan tovarlarni bojxona ombori hududiga yetkazish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona rejimiga joylashtirilmagan bojxona nazorati ostidagi tovarlarning yuk operatsiyalarini amalga oshirib qabul qilingan holatida to‘liq saqlanishini ta’minlash uchun quyidagilar javobgar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar bojxona ombori egasi yoki vakolatli shaxs tomonidan qabul qilib olingunga qadar — tashuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar tushirilib, boshqa transport vositalariga qayta ortilganda — ushbu tovarlarni bojxona nazorati ostida bundan buyon tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bojxona ombori hududiga qabul qilib olingan paytdan boshlab chiqarib yuborilgunga qadar — bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat berilgan vaqtdan boshlab chiqarib yuborilgunga qadar — tovarlarni bunday joylarga joylashtirgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona nazorati zonasiga joylashtirilganda — bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan yuk va boshqa operatsiyalarda tovarlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodining o‘nta belgili darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq xususiyatlari va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar amalga oshiriladigan operatsiyalar tovarlarning keyingi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni bo‘lmasligiga olib kelsa, bojxona organi ushbu tovarlar bo‘yicha yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar bo‘yicha yuk operatsiyalari ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar bo‘yicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovarlar bojxona omboriga yetkazib berilgach, bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositalarining tovarlar ortilgan yuk bo‘limlari va unga qo‘yilgan bojxona identifikatsiya vositalarini tovarlarning kuzatuv hujjatlari hamda tovarni yetkazib berish nazorat hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida ko‘zdan kechiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘zdan kechirish bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligi, ularga shikast yetkazilmaganligi, o‘zgartirilmaganligi, buzilmaganligi va yo‘q qilinmaganligiga hamda tashilayotgan tovarlarni transport vositalarining plombalangan qismidan ko‘zga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish va (yoki) unga boshqa tovarlarni joylash istisno etilganligiga, shuningdek, plomba qo‘yilgan jihozlarga (konteyner konstruksiyasi, tirkama trosi, tenti, tom, pol qismlari va boshqalar) zarar yetkazilmaganligiga alohida ahamiyat bergan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositalari bojxona omboriga yetib kelganligini ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni bajargan holda axborot tizimida belgi qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona omboriga yetib kelganligini tasdiqlash uchun avtomobil va temir yo‘l transporti vositasi bojxona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega bo‘lgan, avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yo‘l transporti vositasining raqamini aniqlash bo‘yicha kunu tun ishlaydigan tizim bilan jihozlangan nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yo‘l transporti vositasining raqamini aniqlash tizimidagi raqam bilan tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatidagi raqam aynan mos bo‘lishi hamda yetib kelganligi tasdiqlanishi avtotransport vositasi davlat raqami belgisi va temir yo‘l transporti vositasi raqami qayd etilgandan o‘ttiz daqiqa ichida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda faqat axborot tizimidagi uzilishlar (elektr manbai sababli uzilishlar bundan mustasno) hamda Bojxona kodeksiga muvofiq yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida transport vositalarining yetib kelganligini tasdiqlash imkoni bo‘lmaganda, bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi darhol bojxona organini o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul qilishi uchun xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Axborot tizimida transport vositalarining bojxona omboriga yetib kelganligi tasdiqlanishi bilan tovarlarning to‘liq saqlanishini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik bojxona ombori egasiga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda transport vositalari va ularga qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini ko‘zdan kechirishi natijasida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar to‘g‘risida darhol bojxona organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xabarga asosan bojxona organlari tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan Bojxona kodeksining 188-moddasiga muvofiq bojxona nazorati shakllarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati yakuni bo‘yicha bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, bojxona organi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni to‘xtatib turadi, huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritadi hamda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, ma’muriy ish yoki jinoyat ishini qo‘zg‘atadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlar va transport vositalari yetkazib berilganligini tasdiqlash bojxona organi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona posti tomonidan tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgunga qadar tashuvchi yoki vakolatli shaxs bojxona omboriga yetib kelganligi tasdiqlangan transport vositasini boshqa bojxona omboriga joylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborot tizimida ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan tartibda transport vositalarining bojxona omboridan chiqarilganligi tasdiqlanishi bilan tovarlar to‘liq saqlanishini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik tashuvchiga qaytadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Transport vositalari yetib kelganligi tasdiqlangan bojxona omboridan tovarlarni boshqa bojxona omboriga joylashtirish uchun olib chiqish, ushbu Nizomning 9 — 15-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati transport vositalari yetib kelganligi tasdiqlangandan so‘ng bir soat ichida, agar transport vositalari bojxona organi ish vaqtidan tashqari paytda yetib kelsa, ish vaqti boshlangandan so‘ng bir soat ichida bojxona ombori biriktirilgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona postlariga biriktirilgan bojxona omborlari ro‘yxati barcha ko‘rishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bojxona omborlari reyestrida real vaqt rejimida aks etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgandan so‘ng hamda shu vaqt ichida tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan bojxona organining bojxona nazorati to‘g‘risidagi munosabati kelib tushmaganda, bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda tovarlar bo‘yicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetib kelganligi tasdiqlangan tovarlar bo‘yicha tovarni yetkazib berish nazorat hujjati nazoratdan yechilgunga qadar bojxona organining bojxona nazorati shaklini qo‘llash va (yoki) amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yuk operatsiyalari to‘g‘risidagi munosabati bojxona omboriga qayta aloqa orqali bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan yozma yoki xavfni boshqarish tizimi orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bojxona ombori hududida amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarida bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi bevosita ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk operatsiyalarida tovarlarga nisbatan bojxona ko‘rigida nazarda tutilgan amallarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi, qo‘yilgan plombalarni buzish (uzish, olib tashlash) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan o‘zgartiriladi, almashtiriladi, olib tashlanadi yoki yo‘q qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk operatsiyalari bojxona nazorati zonasida yoki bojxona ombori hududida o‘tkazilganda, qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini olib tashlash yoki yo‘q qilish bojxona organining ruxsati asosida bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs yoki bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona identifikatsiyalash vositalari o‘zgartirilishi, almashtirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi bojxona organi mansabdor shaxsiga transport vositalariga yuklangan tovarlarga nisbatan bojxona ko‘rigida nazarda tutilgan amallarni bajarish bo‘yicha majburiyat yuklamaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bojxona ombori hududida bojxona nazorati ostidagi tovarlar bo‘yicha yuk va boshqa operatsiyalar hamda bojxona ko‘zdan kechiruvi (shuningdek, deklarant ko‘zdan kechiruvi) va ko‘rigi litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimi nazorati ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hamda nazorat shakllari bo‘yicha tovarlar harakati tizimi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tovarlar bo‘yicha yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida tovarlarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda, bu haqda darhol bojxona organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xabarga asosan bojxona organlari tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan Bojxona kodeksining 188-moddasiga muvofiq bojxona nazorati shakllarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, bojxona organi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk va boshqa operatsiyalarni to‘xtatib turadi, huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritadi hamda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, ma’muriy ish yoki jinoyat ishini qo‘zg‘atadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgan va yuk operatsiyalari amalga oshirilgan tovarlarni bir bojxona omboridan boshqasiga olib o‘tish Bojxona kodeksining 31-bobi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yetkazib berilgan tovarlar va transport vositalariga rasmiylashtirilgan tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati tovarlar olib o‘tiladigan bojxona ombori ko‘rsatilgan holda qayta nazoratga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati qayta nazoratga qo‘yilishi tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasini berish muddatiga ta’sir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Keyingi tashuvlarni amalga oshirish uchun muayyan transport vositalari joylashgan joyga bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boshqa transport vositalariga qayta yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuk operatsiyalari ushbu Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda bojxona identifikatsiyalash vositasi olib tashlangandan keyin darhol boshlanishi va vaqt bo‘yicha uzluksiz amalga oshirilgan holda tugallanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tovarlarni yuklash, tushirish va qayta yuklash operatsiyalari bo‘yicha, mazkur jarayonda ishtirokchilar tomonidan tuziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi Tovarni yuklash, tushirish va qayta yuklash bo‘yicha elektron dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dalolatnoma tovarlarni tushirish, qayta yuklash operatsiyasi bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshirilganda bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan, qolgan holatlarda esa bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma nusxasi ishtirok etuvchilarning talabiga asosan chop etilib, uni rasmiylashtirgan shaxs tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tovar va (yoki) transport vositalarini Bojxona kodeksining 93-moddasiga muvofiq faqat bojxona ombori bojxona rejimida bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bojxona ombori hududiga yetkazilgan tovarlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, fizik ko‘rsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga ko‘ra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qo‘yilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlarni bojxona organining ruxsati bilan bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bojxona ombori hududiga yetkazilgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori bojxona rejimiga bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan joy (joylashgan joyi, pochta manzili, agar yuridik shaxs bo‘lsa uning to‘liq nomi bilan, yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash ko‘zda tutilsa, obyektning (omborning) yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa olinganligi) va saqlash uchun javobgar shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.O., yashash joyi, telefon raqami) aks ettirilgan vakolatli shaxsning bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilingan arizasi;
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/385/0479-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq istisno etib belgilangan hollardan tashqari tovarlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘zining tashqi o‘lchamlari bilan bojxona omboriga joylashtirish imkoni bo‘lmagan, avariyalar yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatlarini tugatish uchun zarur bo‘lgan (taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim), shuningdek, tirik hayvonlar va radioaktiv materiallar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tovarlar bojxona organining ruxsati bilan bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda (bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda) turgan holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlarning bojxona ombori hududiga yetkazilishi va tovarga nisbatan bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilishi talab etilmagan holda, vakolatli shaxsning tovarlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat (qonunchilik hujjatlariga muvofiq istisno etib belgilangan hollar bundan mustasno) ilova qilingan va ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan tartibdagi elektron arizasi transport vositasining bojxona omboriga yetib kelganligi axborot tizimida belgi qo‘yish orqali tasdiqlangunga qadar interaktiv xizmat orqali bojxona organiga taqdim etiladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash — bojxona to‘lovlari ta’minlash bo‘yicha taqdim qilingan hujjatning amal qilish muddati doirasida yo‘l qo‘yiladi, bunda bojxona ombori bojxona rejimi uchun belgilangan umumiy saqlash muddatidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari ta’minlash bo‘yicha taqdim qilingan hujjatning amal qilish muddati tugashidan 10 kun oldin tovarlar bojxona to‘lovlari ta’minlash bo‘yicha yangi hujjat taqdim etilishi yoki tovarlar bojxona omboriga yetkazilishi lozim.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tovarlarning o‘z vaqtida manzilga yetkazilganligi bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga tovarlarni joylashtirish uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 385-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/385/0479-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash uchun bojxona to‘lovlarini ta’minlash miqdori, bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmagan holda (ayrim turdagi tovarlarga nisbatan talab va shartlarsiz beriladiganlaridan tashqari), ularni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandagi hisoblangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisi va 30-bandiga muvofiq tovarlar bevosita bojxona ombori hududiga yetkazib berilmaganda, tovarlarning yetkazib berilganligi va tovarni yetkazib berish nazorat hujjatining nazoratdan yechilishi Bojxona kodeksining 31-bobi talablariga muvofiq bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tovarlar bo‘yicha va (yoki) transport vositalari yordamida amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qo‘shimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bojxona nazorati ostidagi tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bojxona organlari bojxona nazorati ostidagi tovarlar va ular bo‘yicha amalga oshiriladigan yuk va boshqa operatsiyalarga nisbatan Bojxona kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq belgilangan tartibda kuzatuv va nazoratni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tovarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarib yuborilishi ma’lum qilinganda, qo‘llaniladigan bojxona nazorati shakllaridan kelib chiqqan holda, tovarlar transport vositalaridan tushirilmagan holda bojxona ombori hududida turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yetarli asoslar (jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari, bojxona sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishga doir holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar), shuningdek, xavfni boshqarish tizimida nazorat chorasi mavjud bo‘lsa, bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan o‘tkaziladigan yuk va boshqa operatsiyalar bevosita bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda, tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bojxona omboridan olib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona omboridan chiqarilganligi bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng bojxona organlari tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan Bojxona kodeksining 28-bobiga muvofiq belgilangan tartibda bojxona nazorati shakllarini amalga oshiradi. Shuningdek, huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritib, ma’muriy ish qo‘zg‘atadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bojxona omborlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar harakati bo‘yicha barcha jarayonlarni vaqt ko‘rsatkichlari asosida nazorat qilish (qancha miqdordagi tovarlar qanday maqomga ega);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori tomonidan nazoratning barcha bosqichlarida real vaqt rejimida omborlarga tovarlarning kirimi va chiqimini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar harakati hisobining nazorati yo‘qolishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlar bazasi bilan faqat jarayon uchun bevosita mas’ul bo‘lganlar ishlashi va tovarlarning maqomiga o‘zgartirish kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar maqomining doimiy jarayoni kuzatib boriladigan tovarlar harakati tizimi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tovarlar harakati tizimi yuritilishi uchun bojxona organlari bojxona omborlariga axborot tizimi ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan tovarlarning maqomlari orqali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tovarlar harakati tizimida tovarlarning har bir maqomi, shuningdek, ularning muddatlari bo‘yicha nazoratni ta’minlovchi hisobotlar shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bojxona omborida tovarlar harakati tizimini yuritish uchun elektron ma’lumotlar bazasiga faqat bojxona ombori egasi (yuridik shaxs) elektron raqamli imzosi orqali yoki bojxona omborining vakolatli shaxsi tomonidan tovarlar bilan bog‘liq yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bojxona ombori egasi elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan vakolatli shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatga kiritadi hamda ular tomonidan ma’lumotlar bazasiga tovarlar bilan bog‘liq yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘lgan vakolat muddatini ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bojxona omborlaridagi tovarlarning har bir maqomlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar real vaqt rejimida bojxona organlari ma’lumotlar bazasida aks etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasining va uning vakolatli shaxsining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasi va uning vakolatli shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining bojxona nazorati to‘g‘risidagi munosabati kelib tushmagan taqdirda, yuk operatsiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk operatsiyalarini amalga oshirishda tovarlarni tashqi tomondan ko‘zdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududiga olib kirgan transport vositalaridan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositalariga yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona tranziti bojxona rejimi amal qilish muddatini to‘xtatib turish uchun, shu jumladan, tranzit tovar tashilayotgan transport vositalari buzilib qolganda, bojxona ombori hududida tovarlarni tushirish va vaqtincha joylab qo‘yish (saqlash, turkumlarga bo‘lish yoki turkumlarga to‘plash va boshqa operatsiyalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari mansabdor shaxslarining qarorlari, shuningdek, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom talablarini bajarish natijasida kelib chiqadigan nizo va tushunmovchiliklarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etish choralarini ko‘rish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasi va uning vakolatli shaxsi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari bojxona omboriga yetib kelganligini ushbu Nizomda belgilangan tartibda tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi va unga qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini ko‘zdan kechirishda, yuk operatsiyalarini amalga oshirish natijasida hamda kuzatuv hujjatlarida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar to‘g‘risida bojxona organini xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk operatsiyalarini Bojxona kodeksi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk operatsiyalarini amalga oshirishda tovarlar va transport vositalarini ularning kuzatuv hujjatlari hamda tovarlarni yetkazib berish nazorat hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk va boshqa operatsiyalarni hamda bojxona ko‘zdan kechiruvi (shuningdek, deklarant ko‘zdan kechiruvi) va ko‘rigini bojxona nazorati ostida tovarlarni tashiyotgan transport vositalarining bojxona ombori hududiga kirib kelishidan tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan har bir yuk va boshqa operatsiyalarni hamda ularning bojxona omborlariga joylashtirilishi va chiqarib yuborilishi bo‘yicha ketma-ketlikda olingan vaqt bo‘yicha uzluksiz videoyozuvlarning uch oy davomida saqlanishini ta’minlaydigan videokuzatuv tizimi yordamida amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimini yuritishi hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qayd etilishi hamda haqqoniyligini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk operatsiyalarini amalga oshirishda hamda tovarlar harakati tizimini yuritishda muddatlarni hisoblash tartibiga amal qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilib olingan tovarlar va transport vositalarining belgilangan tartibda bojxona ombori hududida to‘liq saqlanishi tartiblariga qat’iy rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona omborlarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanayotgan inshootlari, binolari (binolarning qismlari) va (yoki) ochiq maydonlariga (ochiq maydonlar qismlariga) kirishi to‘g‘risida bojxona organlari mansabdor shaxslarining talablarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari talablariga muvofiq bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlovga qabul qilib olishda tovarlarga va (yoki) transport vositalariga qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari o‘zgartirilganligi, buzilganligi, yo‘q qilinganligi yoki yo‘qotilganligi, idishlar va o‘rovlar buzilganligi, tovarlarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq emasligi hamda bojxona ishiga taalluqli bo‘lgan boshqa shunday holatlar aniqlanganda, shuningdek, tovarlar chiqarilguniga qadar bojxona tartib-taomillari buzilishi holatlari to‘g‘risida bojxona organlarini xabardor etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organini xabardor etishni holat aniqlangan yoki jarayon yuz bergan vaqtdan e’tiboran darhol, biroq o‘ttiz daqiqadan kechiktirmay yoxud harakatni boshlashdan o‘ttiz daqiqa oldin elektron raqamli imzo yordamida axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritgan holda amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mazkur Nizom talablarini bajarishdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVI bobi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tashuvchi
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Transport turiga qarab bevosita bojxona omboriga yetkazib berish imkoni bo‘lmaganda, tovar avtotransport vositasiga qayta yuklangan holda bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatida ko‘rsatilgan muddatda
2-bosqich
Tashuvchi, bojxona organi, vakolatli shaxs
Bojxona nazorati zonasiga yetkazilgan va transport vositasiga ortilgan tovarlar yigirma to‘rt soat ichida tovarlarni chiqarib yuborish bilan bog‘liq bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, shuningdek, bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilganda ularni bojxona ombori hududiga yetkazish talab etilmaydi.
Tovarlar bojxona nazorati zonasida doimiy bojxona nazorati ostida bo‘lganda hamda bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat berilganda
3-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs)
Tovarlar yetkazib berilgach bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositasining tovarlar ortilgan yuk bo‘limlari va unga qo‘yilgan bojxona identifikatsiya vositalarini tovarning kuzatuv hujjatlari hamda tovarni yetkazib berish nazorat hujjati ma’lumotlari asosida ko‘zdan kechiradi.
Yetib kelgach, bojxona omboriga kirishi bilan
4-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs)
Transport vositasi transport vositasining raqamini aniqlash tizimidan o‘tgandan keyin bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositasi bojxona omboriga yetib kelganligini axborot tizimiga belgi qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
30 daqiqa ichida
5-bosqich
Bojxona posti
Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati transport vositasining yetib kelganligi tasdiqlangandan so‘ng, agar transport vositasi bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda yetib kelsa, ish vaqti boshlanganidan keyin biriktirilgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
1 soat ichida
6-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs)
Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgandan so‘ng bojxona ombori tomonidan belgilangan tartibda tovarlar bo‘yicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgach
7-bosqich
Bojxona posti
Yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan o‘zgartiriladi, almashtiriladi, olib tashlanadi.
Tovarlar bilan yuk operatsiyalari amalga oshirilganda
8-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs), bojxona organi
Bojxona omborlarida:
tovarlar harakati bo‘yicha barcha jarayonlarni vaqt ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilish (qancha miqdordagi tovarlar qanday maqomga ega);
bojxona ombori tomonidan nazoratning barcha bosqichlarida real vaqt rejimida omborlarga tovarlarning kirimi va chiqimini yuritish;
tovarlar harakati hisobining nazorati yo‘qolishining oldini olish;
ma’lumotlar bazasi bilan faqat jarayon uchun bevosita mas’ul bo‘lganlar ishlashi va tovarlarning maqomiga o‘zgartirish kiritishi;
tovarlar maqomining doimiy jarayoni kuzatib boriladigan tovarlar harakati tizimi yuritiladi.
Tovarlarning bojxona omboriga qabul qilinganligi tasdiqlangandan chiqarib yuborilguniga kadar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi bo‘yicha tovarlarning maqomlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASNIFLAGICHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tovarlar maqomi
Tovarlar maqomi tavsifi
Kodi
1.
Kutilayotgan
Omborga kelib tushishi kutilayotgan tovarlar turkumi, miqdori va ularning taxminiy kelib tushish vaqtini ko‘rsatadi
00
2.
Bojxona omboriga qabul qilingan
Bojxona omboriga yetib kelganligi tasdiqlangan va qabul qilingan tovarlar, bunda tovarlarni saqlash javobgarligi bojxona ombori egasiga o‘tadi, transport vositasidan tushirilmasdan vaqtincha bojxona nazorati zonasida turgan tovarlar
10
3.
Tushirilib, yuk operatsiyasi amalga oshirilgan
Transport vositasidan tushirilib, yuk operatsiyasi o‘tkazilgan tovarlar
20
4.
Rejimga olingan holda nazoratda saqlanayotgan
Ma’lum bojxona rejimiga joylashtirilgan holda bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar
30
5.
Ombordan chiqarilishi kutilayotgan
Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) yuklanayotgan va (yoki) yuklanishi kutilayotgan tovarlar
40
6.
Ombordan chiqariladigan
Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) uch ish kuni ichida amalda ombordan olib chiqilmagan tovarlar
50
7.
Ombordan chiqarilgan
Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda, tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) va yuklanib, ombordan chiqarilgan holda vakolatli shaxsga topshirilgan tovarlar
60
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish orqali deklaratsiyalash, shu jumladan, uni avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish jarayonini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-arxiv” interaktiv xizmati — tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalashni shakllantirishga asos hisoblangan elektron hujjatlarni taqdim etish hamda saqlash uchun mo‘ljallangan va deklaratsiyalash jarayoni va bojxona rasmiylashtiruvi davomida bojxona xizmati organlari bilan axborot almashuviga qaratilgan bir martalik elektron arxivni yaratish imkonini beruvchi xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) — vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlari aloqasini ta’minlovchi dasturiy-texnik vositalar kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni deklarant yoki vakolatli shaxsning topshirig‘iga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis (keyingi o‘rinlarda — mutaxassis) — bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha ish bajaradigan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasi — deklarant, bojxona brokeri yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan davlat bojxona xizmati organiga (keyingi o‘rinlarda — bojxona xizmati organlari) taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasini avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish — bojxona yuk deklaratsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi) mas’ul bojxona xizmati organlarining xodimi ishtirokisiz, maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni berish va kiritish yoxud uzatish vazifalari yuklangan organlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o‘z nomidan deklaratsiyalovchi yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona xizmati organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona xizmati organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati — deklarant tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatiga qo‘shish va chiqarish yo‘li bilan shakllantiriladigan deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonch bildirilgan shaxs — tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar hamda ma’lumotlarga javobgar hisoblangan, deklarantning nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar — vakolatli organlar tomonidan beriladigan, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladigan yoki uzatiladigan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan, ruxsat berish xarakteriga ega bo‘lgan hujjatlar hamda ro‘yxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjat va ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etiladigan hujjatlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat bojxona qo‘mitasi) tomonidan belgilangan shaklda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritiladigan ro‘yxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar va ma’lumotlar, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan elektron xabarnoma — bojxona axborot tizimi orqali ma’lum bir formatdagi elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslarga avtomatlashgan tarzda yuboriladigan bojxona organi xodimi tomonidan tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarori haqidagi elektron shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi shaxsiy kabineti (keyingi o‘rinlarda — TIF ishtirokchisi kabineti) — tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining bojxona xizmati organlari bilan personallashtirilgan o‘zaro aloqa va axborot almashinuvi asosida ro‘yxatdan o‘tgan holda bojxona xizmati organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanish uchun mo‘ljallangan davlat bojxona xizmatining elektron platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning elektron deklaratsiyasi — (keyingi o‘rinlarda — TED) ERI bilan tasdiqlangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona xizmati organlariga taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasining elektron ko‘rinishidagi shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
format-mantiqiy nazorat — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlarini mantiqan o‘zaro taqqoslash yoki bojxona xizmati organlarida mavjud axborotlar bilan solishtirish va bojxona yuk deklaratsiyasini belgilangan formatga muvofiqligini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron shaklida deklaratsiyalash — tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni, bojxona yuk deklaratsiyasini qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan bojxona xizmati organlariga idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan elektron shaklda taqdim etish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatning asli — elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi orqali deklaratsiyalash elektron shaklda, shuningdek, mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga muvofiq qog‘ozda yozma shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan joylarda va bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk operatsiyalarini vakolatli shaxs yoki tashuvchining yozma arizasiga ko‘ra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda o‘tkazishga shu bojxona organining nazorati ostida yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organi ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilganda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojxona organini tovar yetkazib berilganligi to‘g‘risida tovarlarni va uning kuzatuv hujjatlarini taqdim etish orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin o‘ttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilganda esa, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin o‘ttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovar kelib tushadigan bojxona organi xabarnomani olgan paytdan e’tiboran uch soat ichida tovarning kuzatuv hujjatlariga va bojxona axborot tizimiga belgi qo‘yish orqali tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib berilganligi tasdiqlangan paytdan e’tiboran tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona nazorati ostida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida transport hamda tijorat hujjatlaridan, shu jumladan xalqaro tashishlari amalga oshirilayotganda qo‘llaniladigan, chet tillarda tuzilgan va ularda, tovarni jo‘natuvchi (qabul qiluvchi)ning nomi va joylashgan yeri, tovar jo‘natilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakati, tovarning nomi, miqdori, og‘irligi (kilogrammlarda) yoki hajmi (metr kublarda), yuk joylarining soni, tovarning o‘rash-joylash hamda tamg‘alash xususiyati va usullari hamda tovarning faktura qiymati va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga muvofiq tasnif kodi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojxona organiga tegishli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinadi yoki qayta ortiladi, bojxona omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtiriladi va muayyan bojxona rejimiga ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tovarlar doimiy bojxona nazorati ostida bo‘lganda va tovarlar bojxona organiga topshirilgandan keyin bojxona rasmiylashtiruvi yigirma to‘rt soat ichida tugallanganda, vaqtincha saqlash bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvining bosqichi sifatida qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilganiga qadar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat bojxona qo‘mitasi va vakolatli organlar doimiy ravishda o‘z axborot tizimlarini uzluksiz ishlashini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat bojxona qo‘mitasi tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shaklini tasdiqlaydi va o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining vakolatli organlar axborot tizimlari bilan o‘zaro ma’lumotlarni o‘tkazish telekommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda — vakolatli organlari majburiy tartibda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga o‘zlarining ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarini kiritilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga vakolatli organlar tomonidan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlar kiritilmagan bo‘lsa, tizim tomonidan TED qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqichda — deklarant TIF ishtirokchisi kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga bojxona brokeri yoki o‘z shtat birligida bo‘lgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi va uning tomonidan bojxona xizmati organlariga TEDni taqdim etish vakolat muddatini ko‘rsatadi. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari nomidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan TED taqdim etilganda, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis to‘g‘risidagi ma’lumotlar deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bojxona brokeri TIF ishtirokchisi kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda o‘zining shtat birligida bo‘lgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib, bojxona xizmati organlariga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni taqdim etish vakolat muddatini ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki u ishonch bildirilgan shaxs TIF ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga o‘zining ERIsi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlar deklarant tomonidan o‘zgartirilishi va o‘chirilishi mumkin, bunda deklaratsiyalash jarayonida hamda bojxona rasmiylashtiruvi davomida foydalanilgan hujjatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etiladigan hujjatlarning ro‘yxati va formati, ularning taqdim etish tartibi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va bu haqda “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant ma’lum qilingan maxsus raqamni deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatida ma’lumoti kiritilgan bojxona brokeri yoki bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisga taqdim etadi hamda ularga TIF ishtirokchisi kabinetida faqat ushbu maxsus raqam berilgan hujjatlarni ko‘rish, zarur hollarda ko‘chirib olish imkoniyatini ta’minlaydi, bundan TED deklarant tomonidan taqdim etiladigan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyalovchi shaxs TIF ishtirokchisi kabinetida ro‘yxatdan o‘tgan holda “E-arxiv” interaktiv xizmatining elektron arxividagi maxsus raqami bo‘lgan hujjatlar asosida TEDni shakllantiradi va o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona xizmati organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni shakllantirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan asos bo‘lgan elektron hujjatlar maxsus raqami ko‘rsatiladi va ushbu elektron hujjatlarni bojxona xizmati organlariga taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonida deklaratsiyalovchi shaxs maxsus raqam berilmagan qo‘shimcha deklaratsiyalashga oid hujjatlarni taqdim etishi mumkin, bu haqda bojxona xizmati organlariga hujjatlar zarurligining sabablarini ko‘rsatgan holda elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport va tijorat hujjatlari yoki bojxona xizmati organlarida mavjud ma’lumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organiga TED kelib tushganida, bu haqda TIF ishtirokchisi kabineti orqali deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqichda — bojxona xizmati organlariga kelib tushgan TED bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan o‘tkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Format-mantiqiy nazoratda TEDda xato va kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash qaytariladi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TED ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga ega hujjatga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tgan TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xizmati organi xodimlari o‘rtasida taqsimlanadi yoki bojxona xizmati organi xodimi ishtirokisiz, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda ushbu Nizomning 3-bobida ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘rtinchi bosqichda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlangan TED bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TED ushbu xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni rasmiylashtirishda bojxona axborot tizimi tomonidan xavf darajasi past deb topilgan deklaratsiyalar ustuvor deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qo‘llash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDning bojxona rasmiylashtiruvi u qabul qilgan vaqtdan boshlab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavf darajasi past bo‘lganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, uch soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, sakkiz soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganda yoki ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida muddati keltirilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining natijalariga asoslangan holda, xavf darajasiga ko‘ra quyidagi harakatlarni amalga oshirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past bo‘lganda, elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki bojxona ko‘rigi o‘tkazish yoxud bojxona ekspertizasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lganda, bojxona ekspertizasini tayinlash va bojxona ko‘rigini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan muddatlari o‘tkazib yuborilganda, bojxona xizmati organlari xodimi muddatlarning o‘tib ketganligining asoslantirilgan sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona xizmati organlari xodimi qabul qilingan TEDning rasmiylashtiruvini ushbu Nizomning 15-bandidagi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirishdan oldin quyidagilarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda ko‘rsatilgan tovarlar tegishli bojxona omboriga joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligini o‘rganib chiqadi. Bunda bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda bojxona ombori mudiriga so‘rovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona (erkin) ombori mudiri so‘rovnomani qabul qilgandan so‘ng o‘ttiz daqiqa ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar bojxona omboriga joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligiga aniqlik kiritib, bojxona axborot tizimi orqali TED taqdim etilgan bojxona postiga elektron shaklda javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona (erkin) omboriga joylashtirilmaganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjud emasligi tasdiqlangan taqdirda, bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan TEDni taqdim etgan deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga bojxona axborot tizimi orqali deklaratsiya qaytarilishi to‘g‘risida elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Bojxona (erkin) ombori mudiri tomonidan tovarlar joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligini bojxona axborot tizimida oldindan tasdiqlash holatlari hamda tovarlarni dastlabki, davriy deklaratsiyalash holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona organi ruxsati asosida bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan omborga joylashtirilganda yoki tovarlar transport vositasidan tushirilmagan holda erkin muomalaga chiqarilishi holatlarida bojxona axborot tizimida bu haqida belgi bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. TEDning bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganligi rasmiylashtiruvni o‘tkazgan bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan o‘zining ERIsi bilan belgi qo‘yish orqali tasdiqlanadi va bu haqda avtomatlashtirilgan tarzda deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisining kabinetiga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Avtomatlashtirilgan tarzda TEDni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. TED dastlabki format-mantiqiy nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, quyidagi shartlarga mos kelganda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda bojxona xizmati organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni boshqarish tizimi orqali xavf darajasi past deb baholanganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda ko‘rsatilgan ma’lumotlarda nomuvofiqliklar aniqlanmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki tovarlarni chiqarib yuborishdan oldin bojxona nazoratidan o‘tkazish zaruriyati bo‘lmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona axborot tizimida belgilangan tegishli hujjatlarni tekshirish shartlari bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi (chiqilishi) cheklangan va taqiqlangan tovarlar mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning vakolatli idoralar tomonidan berilgan ruxsatnoma hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan o‘rtasida o‘zaro nomuvofiqliklar aniqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni inson aralashuvisiz bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish bo‘yicha bojxona axborot tizimida belgilangan shartlarni tekshirish natijalari bajarilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartlarga mos kelmagan elektron shaklida deklaratsiyalash jarayoni ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq amalga oshiriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng, bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. TEDlarni bojxona axborot tizimida avtomatik holda ro‘yxatga olish, bojxona xizmati organlari xodimlariga avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlash va bojxona xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirish tartiblari va shartlari Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qog‘ozda yozma shaklda deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovarlarni qog‘ozda yozma shaklda deklaratsiyalash deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan A4 formatdagi varaqlarda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirgan holda tegishli hujjatlar bilan birga bojxona xizmati organlariga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qog‘ozda yozma shakldagi deklaratsiyalash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona axborot tizimining dasturlarida texnik nosozliklar vujudga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda bojxona yuk deklaratsiyasi qog‘ozda yozma shaklda taqdim etilganda bojxona xizmati organlariga elektron tashuvchida uning elektron shakldagi nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Taqdim etilgan qog‘ozda yozma shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona xizmati organlari tomonidan uning elektron shakldagi nusxasi bilan bir vaqtda qabul qilinib, ro‘yxatga olinadi va bojxona xizmati organlari xodimlari o‘rtasida taqsimlangan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilishi ko‘zda tutilmagan yoki ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan holatlarda bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha undirilgan bojxona to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bojxona xizmati organlarining “Bojxona to‘lovlarini hisobini yuritish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Rasmiylashtirilgan qog‘ozda yozma shakldagi bojxona yuk deklaratsiyalari hisobi bojxona xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. TEDni hamda taqdim etiladigan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etayotganda ERIdan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. ERIni tarqatish va uning hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi — elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan tashkil etiladi. Bunda ERI kalitlari maxsus himoyalangan qurilmalarda saqlanishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektron hujjatlarni taqdim etganda, quyidagilar elektron hujjatlar almashinuvi ishtirokchilari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirituvchi va uzatuvchi vakolatli organlar xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomatlashtirilgan axborot tizimiga TED va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni taqdim etuvchi deklaratsiyalovchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) TED va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtiruvchi bojxona xizmati organlari xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. TEDni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs (elektron raqamli imzo kalitining egasi) tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlovchi shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat bojxona qo‘mitasi dasturiy-apparat vositalari deklaratsiyalovchi shaxslarning ERIsi haqiqiyligi va ularning ro‘yxatda mavjudligini tekshirish jarayonini, shuningdek, elektron shakldagi avtomatlashtirilgan axborot tizimi va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushish sana va vaqtini ko‘rsatuvchi ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni qabul qilishni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona axborot tizimi foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni taqdim etishida, ushbu Nizomning 15-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda rasmiylashtiruvni amalga oshirilishidan oldin yoxud rasmiylashtiruv jarayonida tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari tomonidan belgilangan joylarga tushirish uchun ruxsat berish to‘g‘risida bojxona xizmati organlariga so‘rovnoma yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari tomonidan belgilangan joylarga vaqtincha saqlash uchun tushirish jarayonida yoki tushirilgandan so‘ng tovarlar miqdori, nomlanishi, tavsifi yoki boshqa o‘ziga xos xususiyatlarida tafovut aniqlangan taqdirda TEDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish haqida murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlarining TIF ishtirokchisi kabinetida “Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat sifatini baholash” moduli orqali elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan axborot tizimi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan TEDlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun muddatda yuklab olish hamda qog‘ozda yozma shaklini chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan so‘ng bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona to‘lovlarining hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qo‘llanilishiga ta’sir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan qonunchilikda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan TEDlardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni deklaratsiyalash davomida bojxona xizmati organlariga hujjatlarni taqdim etish hamda tegishli so‘rovnomalarni yuborish bilan bog‘liq harakatlarni TIF ishtirokchisi kabineti orqali amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni to‘ldirishda asos bo‘lgan qog‘ozda yozma shaklidagi hujjatlarning saqlanishi bo‘yicha javobgarlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklarant zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant TEDni to‘ldirishda asos bo‘lgan qog‘ozda yozma shaklidagi hujjatlarning xavfsiz saqlanishi sharoitlarini ta’minlashi va ularga o‘zgartirish kiritishdan himoyalashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan bojxona xizmati organlariga TED o‘z nomidan taqdim etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning huquq va majburiyatlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvida elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonidan foydalanayotgan deklarantlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilayotgan ma’lumotlar va elektron hujjatlarni arxivlashtirish interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi hamda to‘g‘riligini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan TEDda nomuvofiqliklar aniqlanganida, bojxona xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan ma’lumotlar hamda tezkor-qidiruv natijalari asosida belgilangan xavfni minimallashtirish choralarini o‘zgartirish va qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxslar tomonidan baholash jarayonida berilgan takliflarni monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan xatolik yoki nomuvofiqliklar (tafovutlar) holatlari sabablarini o‘rganish maqsadida taqdim etilayotgan elektron hujjatlarning aslini talab qilish. O‘rganish davomida bojxona qonunchilik hujjatlari buzilganligi tasdiqlanmasa yoki aniqlangan xatoliklar deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bartaraf etilsa, taqdim etilgan elektron hujjatlarning asli to‘liq qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar o‘rganish davomida qonunchilikda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali deklarant va deklaratsiyalovchi shaxslarga bojxona yuk deklaratsiyasining rasmiylashtiruv holati, sarf etilgan vaqt haqida ma’lumotlarni interaktiv xizmatlari orqali kuzatish va baholash imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni deklaratsiyalash va rasmiylashtiruv davomida “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni minimallashtirish choralarini o‘zgartirish natijasida bojxona ko‘rigini o‘tkazish zaruriyati mavjud bo‘lganda, deklaratsiyalovchi shaxsga tovarlarga nisbatan bojxona ko‘rigi tayinlanganligi, uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida tasdiqlangan elektron xabarnoma yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tovarlarni tushirish to‘g‘risidagi so‘rovnomani ko‘rib chiqish va ruxsat beruvchi yoxud rad etuvchi xabarnoma yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari belgilagan joylarga vaqtincha saqlash uchun tushirish jarayonida yoki tushirilgandan so‘ng tovarlar miqdori, nomlanishi, tavsifi yoki boshqa o‘ziga xos xususiyatlarida tafovut aniqlangan taqdirda TEDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish haqida murojaatini ko‘rib chiqishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi xodimi TEDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishga quyidagi hollarda ruxsat beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan TEDda ma’lum qilingan tovarlarga nisbatan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talab qilinmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda ma’lum qilingan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxsning murojaati asosli deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat quyidagi holatlarda asosli deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va transport vositasi doimiy ravishda bojxona nazorati ostida saqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar miqdoridagi tafovut bojxona ombori vakili tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ortish (tushirish) jarayonlari bojxona omborida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarida aniq tasvirlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli idora ekspertiza xulosasi olingan hollarda (tushirish yoki ortish jarayoniga ekspert jalb etilgan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni bir ish kuni ichida o‘rganib chiqib, ushbu muddat ichida tovarlarni deklarant, deklaratsiyalovchi shaxs, bojxona ombori vakili (agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilgan hollarda) ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazadi va murojaat asosli deb topilgan taqdirda TEDga o‘zgartirish kiritishga ruxsat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasida bojxona to‘lovlarini kam hisoblanishiga, shuningdek, taqiq yoki cheklovlar qo‘llanilmasligiga yoxud bojxona statistikasi, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni noto‘g‘ri shakllanishiga sabab bo‘lmagan ma’lumotlardagi so‘zlarda (raqamlar va harfli kodlar mustasno) imlo xatoliklar aniqlanganda, deklaratsiyalovchi shaxsga bir ish kuni davomida ushbu xatoliklar bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda tuzatishga ruxsat berish, bundan qonunchilikda bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda tuzatishga ruxsat berilganligi deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali elektron xabarnoma bilan ma’lum qilinadi va bir ish kuni muddati xabarnoma jo‘natilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bojxona xizmati organlari, deklarantlar va bojxona brokerlari, shu jumladan, deklaratsiyalovchi shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlar va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarning saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bojxona brokerlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilayotgan ma’lumotlar to‘g‘riligiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bojxona xizmati organlari xodimlari TEDlarning ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar, bundan bojxona xizmati organlarining avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilgan yoki mazkur Nizomning 15-bandining yigirma oltinchi xatboshisi asosida sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga ma’lum qilingan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturiga ulangan bojxona va vakolatli organlar o‘z vakolatlari doirasida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xo‘jalik subyektlari va davlatga zarar yetkazuvchi tizimdagi mavjud ma’lumotlarga noqonuniy kirish, ularni o‘zgartirish yoki boshqa harakatlardan himoyalash bo‘yicha zarur bo‘lgan tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturidagi ma’lumotlarga kirish huquqi bo‘lgan bojxona va vakolatli organlar xodimlari mazkur ma’lumotlarni oshkor etish, o‘z maqsadlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanish hamda uchinchi shaxslarga ma’lumotlarning belgilangan himoya qoidalarini buzgan holda, ularni olish imkoniyatini yaratish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bojxona yuk deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar bojxona organlarida tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yo‘qotgan yildan keyingi yildan e’tiboran uch yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat bojxona qo‘mitasi deklaratsiyalovchi shaxslarga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab o‘n besh kunlik muddatga qadar yuklab olish, qog‘ozda yozma shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi pullik xizmat asosida deklarantlarga o‘zlariga tegishli tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch yil ichida o‘z serverida saqlab berish, ularni qog‘ozda yozma shaklini chop etish va tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullik xizmatdan tushgan yig‘imlar Davlat bojxona qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona xizmati organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur pullik xizmatlarning turlari, shakllari, maqomlari va xizmatga pul to‘lashning tariflari Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari tomonidan boshqa shaxslar uchun tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va unga tegishli hujjatlarning qog‘ozda yozma shakli chop etilmaydi va imzo hamda muhr bilan tasdiqlanmaydi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TED va tegishli hujjatlarning qog‘ozda yozma shaklidagi nusxalarini bojxona xizmati organlari tomonidan tasdiqlash tartibi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarning elektron shaklini shakllantirishda vakolatli organlar xodimlari tegishli ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi hamda ularning to‘g‘riligi uchun shaxsan mas’uldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. TEDlardagi aniq kelishuvlar va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar konfidensial hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Aniq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining amalga oshirgan operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish so‘ralganda, bojxona yuk deklaratsiyasi asosida shakllangan ma’lumot qog‘ozda yozma shaklda yoki elektron ko‘rinishda yoxud o‘zaro kelishuvga asosan axborot almashinuvi tizimlari orqali taqdim etiladi, ushbu Nizomning 41-bandida taqiqlangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Ishtirokchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vakolatli organlar
1. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni idoralararo hamkorlik darajasida bojxona axborot tizimiga kiritilishini ta’minlaydi yoki yuboradi.
Murojaat qiluvchilarga hujjatlarni berishdan avval yoki ularni berish bilan bir vaqtda
2. Murojaat qiluvchilarga ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Qonunchilikda belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Deklaratsiyalovchi shaxs
Tovarlarning elektron deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organlariga yuboradi.
Tayyor bo‘lishiga ko‘ra
3-bosqich
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan o‘tkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, unga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
2. Format-mantiqiy nazoratidan ijobiy o‘tmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi, xabarnomada sabablari ko‘rsatilgan xolda deklaratsiyalovchi shaxsga qaytarib yuboriladi.
3. Ro‘yxatdan o‘tgan tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimi orqali bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organlarining xodimlari o‘rtasida avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlanadi yoki bojxona organlari xodimi ishtirokisiz, maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilishi mumkin.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
Bojxona organlari xodimi
1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasini kelib tushgan vaqtidan boshlab 3 soat ichida qabul qiladi. Ushbu muddatda qabul qilinmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda qabul qilinadi.
2. Bojxona organlari xodimi tovarlarni elektron deklaratsiyasini qabul qilgan vaqtdan boshlab uning rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
3. Tovarlarning elektron deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganligi rasmiylashtiruvni o‘tkazgan bojxona organlari xodimi tomonidan o‘zining elektron raqamli imzosi bilan belgi quyish orqali tasdiqlanadi va bu haqda bojxona axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga xabarnoma yuboriladi.
Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona organlariga kelib tushganda.
Nizomning 15-bandidagi “a”, “b” va “v” — kichik bandlarida belgilangan muddatlarda. (xavf darajasi past va xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichlarda bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari paytda deklaratsiya taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qaroriga asosan 3-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 4-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son)