19.08.2021 yildagi 529-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq sirini tashkil etmaydigan maʼlumotlarni raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda moneliksiz olish mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik asosida Internet jahon axborot tarmogʻida real vaqt rejimida ishlovchi “Ishonchli hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Ishonchli hamkor” AAT) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish loyihasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishonchli hamkor” AAT orqali soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi soliq sirini tashkil etmaydigan maʼlumotlar va hisob maʼlumotlar, hisobvaraq-fakturalar va cheklarda koʻrsatilgan mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodlarini, shuningdek, majburiy markirovkalangan mahsulotlar boʻyicha tahliliy va qayta ishlangan maʼlumotlarni (keyingi oʻrinlarda — jamlangan maʼlumotlarni) yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — uchinchi shaxslarga) taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Ishonchli hamkor” AATini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslarning soʻrovlariga asosan “Ishonchli hamkor” AATda mavjud boʻlgan jamlangan maʼlumotlarni taqdim etish hamda ularga “Soliq toʻlovchi” va “Mahsulot va xizmatlar” profillaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan maʼlumotlar asosida tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy koʻrsatkichlarini hisoblash va taqdim etish hamda bank hisobvaragʻi holati (ochiq/yopiq) boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha umumlashtirilgan (yigʻma) tahliliy koʻrsatkichlarni va soliq yukini hisoblash va taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarning moliyaviy holati va hisob maʼlumotlarini tahlil qilish asosida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati samaradorligini baholash (skoring) tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarning roziligi bilan ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga, shu jumladan, tijorat banklariga taqdim etishning texnik imkoniyatini yaratish va soliq toʻlovchilar haqidagi maʼlumotlarni ularning roziligi bilan taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning ulgurji va chakana savdosi hamda ishlab chiqarish hajmlari, shu jumladan, import qilinadigan tovarlar boʻyicha asosiy ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar, isteʼmolning geografik xaritasi, shuningdek, bozor konyunkturasi va xizmatlarning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
affillangan shaxslar oʻrtasidagi aloqalarni hamda soliq xavfi darajasi mezonlarining maxfiy axborot sifatida qayd etilmagan mezonlari asosida soliq toʻlovchilarning soliq xavfi darajasini aniqlash va taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matritsali shtrix kodni (QR-kod) skanerlash orqali savdo cheklarini roʻyxatdan oʻtkazgan xaridorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligi asosida mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga taqdim etishning texnik imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishonchli hamkor” AATda mavjud boʻlgan jamlangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega boʻlgan maʼlumotnoma taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Ishonchli hamkor” AAT orqali yuklab olingan maʼlumotnoma shu kuni haqqoniy hisoblanadi va onlayn repozitoriyda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Ishonchli hamkor” AATni ishlab chiqish, joriy etish va uning faoliyatini yuritish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi hisoblanadi va loyihani amalga oshirish maqsadida xususiy sherikni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida tanlab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xususiy sherikni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida tanlab olish haqidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmogʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida keng yoritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Ishonchli hamkor” AAT “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Ishonchli hamkor” AATni ishlab chiqish, joriy etish va uning faoliyatini yuritish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tomonlarning kelishuvi asosida har 5 yilda qayta koʻrib chiqish sharti bilan tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik “Ishonchli hamkor” AATning operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator “Ishonchli hamkor” AATda mavjud boʻlgan tahliliy va qayta ishlangan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga shartnoma yoki ommaviy oferta asosida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida kelishuv asosida taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi konsalting tashkilotlarni jalb qiladi va ushbu maqsadlar uchun sarflanadigan (moliyalashtiriladigan) xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) operator quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-martga qadar oʻz mablagʻlari hisobidan “Ishonchli hamkor” AATni ishlab chiqib joriy etadi va keyinchalik uning faoliyatini yuritadi hamda “Ishonchli hamkor” AATni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining serverlariga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga elektron soʻrovni amalga oshirish orqali maʼlumotlarni tahlil qilib va qayta ishlangan holda uchinchi shaxslarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigi bilan kelishilgan holda, davlat organlari va tashkilotlariga “Ishonchli hamkor” AAT orqali maʼlumotlardan begʻaraz foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishonchli hamkor” AAT amaliyotga joriy qilingandan soʻng soliq toʻlovchilarga oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali “Ishonchli hamkor” AATga kirish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishonchli hamkor” AATni ishlab chiqish, joriy etish va uning faoliyatini yuritish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida uch oy muddatda konsepsiya va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida tadbirkorlik subyektlariga oʻz kontragentlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 29-moddasi talablariga muvofiq soliq sirini tashkil etmaydigan va soliq toʻlovchining roziligisiz taqdim etiladigan maʼlumotlarni soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida olish imkonini beruvchi axborot platformasini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 15-yanvarga qadar katalogning identifikatsiya kodlarini Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori bilan muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda soliq siri toifalariga kirmaydigan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari roʻyxatini doimiy kengaytirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalariga davlat xaridlarini amalga oshirishda hamkorlarni tanlash, subsidiyalar ajratish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar tuzishda ehtiyot choralarini koʻrish maqsadida ushbu korxonalar boʻyicha “Ishonchli hamkor” AAT orqali tadbirkorlik subyektlarining faoliyati samaradorligini baholash (skoring) natijalarini tahlil qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi uch oy muddatda davlat organlari tomonidan oʻzlarining maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni pulli asosda uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibini joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrgangan holda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
529-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 09/21/529/0806-son)