Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.05.1997 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KO‘ChAT QILIB EKISh TEXNOLOGIYASI BO‘YIChA ShOLI YETIShTIRISh UChUN TEXNIKA XARID QILISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sholi yetishtirishda ko‘chat qilib ekish texnolgiyasini joriy qilish, xo‘jaliklarni zarur texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining ko‘chat qilib ekish texnologiyasi bo‘yicha sholi yetishtirish uchun ilovaga* muvofiq texnika xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga 1997-yil hosili uchun sholi ekuvchi xo‘jaliklarga ajratiladigan avansdan ko‘chat qilib ekish texnologiyasi bo‘yicha sholi yetishtirish uchun texnika va asbob-uskunalar xarid qilishga 1,8 mln AQSh dollariga teng mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda ko‘chat qilib ekish texnikasi va asbob-uskunalarini yetkazib berishga kontraktni ishlab chiqsin va tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda ko‘chat qilib ekish texnolgiyasi bo‘yicha sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarni belgilasin hamda ushbu maqsadlar uchun xarid qilinadigan texnikani taqsimlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda yetkazib berilgan texnika uchun xo‘jaliklar bilan o‘zaro hisob-kitob qilishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ikki hafta muddatda ko‘chat qilib ekish usuli bo‘yicha sholi yetishtirishga oid uslubiy tavsiyanomalarni ishlab chiqsin va xo‘jaliklarga yetkazsin, mutaxassislar va mexanizatorlarni o‘qitishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan birgalikda 1997-yil oxiriga qadar respublikada ko‘chat qilib ekish texnologiyasi bo‘yicha sholi yetishtirish uchun texnika ishlab chiqarish borasida Korea tomoni bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-son