O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6033-son Farmoni, 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son va 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4913-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tender hujjatlari va texnik vazifalarning kompleks ekspertizasi samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-iyul,
PF-6263-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “sifatida olinadigan barcha” so‘zlari “summasining 80 foizi miqdoridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5930-son Farmoni 14-bandining ikkinchi xatboshisidagi “sifatida olinadigan barcha” so‘zlari “summasining 80 foizi miqdoridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son Farmoni 1-bandi quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar tayyorlash”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-505-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“iste’mol etil spirti, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3068-son qarori 2-bandida:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3225-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
v) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3550-son qarorida:
a) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tender hujjatlarini, tovarlarning (ish va xizmatlarning) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni, kontraktlarni, import kontraktlarini va ularga qo‘shimcha bitimlarni (kontrakt va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisobga olmagan xolda umumiy summaning (tender hujjatlari bo‘yicha — har bir lot summasining, qo‘shimcha bitimlar bo‘yicha — qo‘shimcha bitim summasining) 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda haq undiriladi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifa”;
b) 2-ilovada:
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va ta’mirlash bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirish uchun xarid hujjatlari Markazga texnik topshiriq shaklida loyiha-smeta hujjatlari bilan birgalikda kiritiladi va ulardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlari va narx parametrlarining asosliligi yuzasidan ekspertiza o‘tkaziladi”;
15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda intensiv bog‘lar, xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva, uzum mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish;
uzumning xo‘raki va kishmishbop navlari plantatsiyalarini kengaytirish, uzumchilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda bog‘dorchilik xo‘jaliklari, xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda ko‘maklashish;
meva va uzum mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini o‘z ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
bozorlar konyunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘li bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida sohaga mahalliy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva va uzum navlarini joylashtirish va yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklari sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy tashkilotlar va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarining hamda uzum plantatsiyalarining elektron reyestrini yuritish”;
b) 6-bandda:
oltinchi xatboshi “bog‘dorchilik” so‘zidan keyin “xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshi “bog‘larda” so‘zidan keyin “xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
o‘ninchi xatboshisidagi “sohasiga” so‘zi “va uzumchilik sohalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
birinchi xatboshi “bog‘lar” so‘zidan keyin “xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xo‘raki va kishmishbop uzum tokzorlarida irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos stansiyalarini qurish, suv saqlash uchun sig‘imlar sotib olishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kichik tadbirkorlik subyektlariga intensiv bog‘lar, xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 5 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi mablag‘ga kafillik beradi”;
g) 18-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga — bog‘lar, uzumzorlar va issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari o‘z vaqtida ajratilishi, shuningdek, mavjud mevali bog‘lar, xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazishni sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4270-son qarori 5-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati 46 va 47-pozitsiyalarining “Loyiha ustida ishlash uchun mas’ul organlar” ustunidagi “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (O. Mustafoyev)” so‘zlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R. Boboyev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4417-son qarorida:
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”;
b) 1 — 3-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 2-ilovaning nomlanishidagi “Kichik biznes va tadbirkorlik” so‘zlari “Tadbirkorlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 4-ilova 1-bandining “i” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarorida:
a) 4-banddan “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 8-bandda:
ikkinchi xatboshidan “hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 13-bandning oltinchi xatboshisidan “hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori O.S. Mustafoyev” so‘zlari chiqarib tashlansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 11-band quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar tayyorlash”;
b) 12-band quyidagi mazmundagi 12-kichik band bilan to‘ldirilsin:
“12) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
a) “Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida:
davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlash va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish hamda davlat boshqaruvi sohasida amalda mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini shakllantiradi;
b) davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishida monitoring olib borish doirasida:
davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishida monitoring olib borish jarayoniga rahbarlik qiladi;
davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
v) davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish jarayonining shaffofligini ta’minlaydi, bunda xususiy sektorga o‘tkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalarini elektron maydonchada keng omma e’tiboriga havola qiladi va muhokamadan o‘tkazish natijasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, elektron maydoncha faoliyatini yuritadi;
g) xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil qiladi, o‘rganish doirasida davlat funksiyalari ro‘yxatini tuzadi hamda xususiy sektorga o‘tkazish mumkin bo‘lgan funksiyalarni yagona reyestrga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining 54-pozitsiyasi “To‘lovchilar nomi” ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va” so‘zlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Izoh: mazkur ilova 2-bandining “v” — “d” kichik bandlari 2021-yil 1-noyabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)