15.07.2021 yildagi PF-6262-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, fitosanitar va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalarni yetkazib berish va xizmat koʻrsatish tizimini toʻliq xususiy sektorga oʻtkazish, tashqi bozorda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, mineral oʻgʻitlar va agrokimyoviy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar aksiyadorlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar “Agrobank” ATB tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga laboratoriyalarni tashkil etish, uskuna va texnikalarni sotib olish hamda aylanma mablagʻlari uchun 200 mlrd soʻmlik kredit liniyasi ochilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida, shu jumladan oʻsimliklarni himoya qilish sohasida ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, mutaxassislar va aholining bilim darajasini oshirish maqsadida “Agrobank” ATB qoshida “Fermerlar maktabi” tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va sohadagi izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yangi innovatsion tadqiqotlarni amaliyotga joriy qilganlik uchun 10 mlrd soʻm miqdorida grant ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligi va “Agrobank” ATBning Toshkent viloyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kompleks xizmatlarini koʻrsatuvchi markazni (keyingi oʻrinlarda — Namunaviy markaz) tashkil etish boʻyicha buyurtmachi etib “Agrobank” ATBni belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga “Agrobank” ATB bilan birgalikda Namunaviy markaz tajribasi asosida tadbirkorlarning oʻsimliklarni himoya qilishning kompleks xizmatlarini koʻrsatuvchi biznes loyihalarini tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, bank krediti va lizing asosida bosqichma-bosqich tashkil etib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar favqulodda vaziyatlarda zararkunandalarga qarshi kurashish hamda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) olti oy muddatda “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi va “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar normalarini qayta koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) joriy yil yakuniga qadar mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxatiga belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) joriy yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik va jismoniy shaxslarning xodimlarini sertifikatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ayrim kimyoviy vositalarni agronom-inspektorning tavsiyasi va retsepti asosida yerdan foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida sotish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Agentlik bilan birgalikda zararli organizmlarga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishda agronom, fitopatolog, entomolog, xim-biolog boʻlgan mutaxassislarni ish bilan taʼminlash maqsadida ularni oʻqitish va malakasini oshirish orqali oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq, oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalarga jalb qilish tizimini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) Agentlikning “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yanada keng joriy qilish maqsadida sohaga oid barcha faoliyatni ushbu tizimga integratsiya qilishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B.Q. Yusupaliyev) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida zararli moddalarning (pestitsidlar, mikotoksinlar, nitratlar, toksik elementlar, mineral oʻgʻitlar va boshqalar) miqdorini belgilash va ularning xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yangi tizimni samarali tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin va unda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq hajmda va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini tashkillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida televideniye orqali koʻrsatuvlarni doimiy namoyish qilsin hamda ijtimoiy reklama sifatida ularni televideniye va radiokanallarda joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2021-yilning 31-dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6262-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi “Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2640-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga 1-ilovaning “Idoraviy formali kiyim” boʻlimidagi 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3574-son qaroriga 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “100 milliard” soʻzlari “50 milliard” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-martdagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3626-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4861-son qarorining 1, 3, 4, 5, 6, 6a va 8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4975-son qaroriga 1-ilovadagi “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” bloki chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)