Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005 04.01.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1093
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 04.01.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1093
Кучга кириш санаси
14.01.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar markazining,
oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI TIZIMIDA RAHBAR VA OʻQITUVChILARNING BOʻSh LAVOZIMLARINI EGALLASh UChUN ULARNI TANLOV ASOSIDA TANLAB OLISh TOʻGʻRISIda”gi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 4-yanvarda 1093-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 04/QQ-son, 01-76-son va 01/1184-son qaroriga (roʻyxat raqami 1461, 28.03.2005-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qaroriga muvofiq “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqida qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari J. XUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 3-yanvardagi 3-son, 19-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 1998-yil 13-maydagi 204-son “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (taʼlim muassasalari)dagi boʻsh (vakant) rahbar, pedagog va muhandis-pedagog (rahbar va oʻqituvchi) lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov taʼlim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga, ijodiy va ilmiy potensialga, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega boʻlgan kadrlarni saralab olish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taʼlim muassasalarining rahbar va oʻqituvchi lavozimlariga nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadilar. Tanlov boʻsh (vakant) lavozimlarga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov mazkur Nizom asosida tuziladigan taʼlim muassasalari rahbar va oʻqituvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish komissiyasi (Tanlov komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim muassasalariga soatbay haq toʻlash asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar direktor buyrugʻi bilan tanlovsiz rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akademik litseylarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktori va direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga oʻtkazilayotgan tanlovda (asosan umumtaʼlim fanlari yoki pedagogika fanlari boʻyicha) ilmiy daraja (ilmiy unvon)ga ega boʻlgan shaxslar hamda pedagogik soha boʻyicha magistr yoki diplomli mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi lavozimiga oʻtkazilayotgan tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik mutaxassislik boʻyicha magistr, diplomli mutaxassis va pedagogik yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kasb-hunar kollejlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktori va direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga oʻtkazilayotgan tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik (kasbiy-taʼlim) yohud taʼlim muassasasining yoʻnalishi boʻyicha magistr, diplomli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim fanlar boʻyicha oʻqituvchi boʻsh oʻrinlarini egallash uchun tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik mutaxassislik boʻyicha magistr, diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus fan va kasbiy taʼlim (amaliyot) oʻqituvchilari lavozimlariga oʻtkazilayotgan tanlovda taʼlim muassasasi yoʻnalishi va ixtisosliklariga mos keladigan ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki magistr, diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etadilar. Ayrim xalq hunarmandchiligi, sport va madaniyat yoʻnalishlaridagi kasb-hunar kollejlarining kasbiy taʼlim (amaliyot) oʻqituvchi lavozimlarini egallash uchun tanlovda ishlab chiqarish korxonalarining yuqori razryadli xodimlari va milliy hunarmandchilik ustalari, shuningdek sport ustasi yoki madaniyat sohasida unvonga ega oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotli shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga aylantirilayotgan boshqa turdagi taʼlim muassasalarining rahbarlari va oʻqituvchilari tanlovda umumiy asosda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Direktor va direktor oʻrinbosarlari lavozimlarini egallash uchun oʻtkazilayotgan tanlovda nomzodlar oʻz-oʻzini tavsiya etish (arizasiga binoan) yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan tavsiya etish yoʻli bilan ishtirok etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi lavozimini egallash uchun oʻtkazilayotgan tanlovda nomzodlar arizalariga binoan ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud hukmiga koʻra pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar tanlovga qoʻyilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim muassasalari rahbarlari va oʻqituvchilarini tanlovdan oʻtkazish boʻyicha taxminiy test savollari majmui va tanlov oʻtkazish grafigi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (Markaz) tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boʻsh (vakant) rahbar lavozimlariga tanlov Markaz va uning hududiy boshqarmalari, oʻqituvchi lavozimlariga taʼlim muassasalari rahbariyati tomonidan markaziy yoki mahalliy matbuot orqali 2 oy oldin eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov eʼlon qilinganidan keyin 45 kun davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor lavozimiga tanlovda ishtirok etishni hohlagan nomzodlarning arizalari yoki boʻysunuvida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik, idoralar, shuningdek taʼlimni boshqaruvchi davlat organlarining tavsiyanomalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari orqali Markazga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari yoki boʻysunuvida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik, idoralar, shuningdek taʼlimni boshqaruvchi davlat organlarining tavsiyanomalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi lavozimiga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza yoki tavsiyanomalarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma (kadrlarni hisobga olish varaqasi) va tarjimai hol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumoti haqidagi hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy daraja va ilmiy unvonlari haqidagi hujjatlarning nusxalari (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-uslubiy ishlar va ixtirolar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 x 6 oʻlchamdagi 4 dona fotosurat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor, direktor oʻrinbosari lavozimlariga nomzodning taʼlim muassasasiga boʻlajak rahbarlik faoliyati boʻyicha ixtiyoriy shaklda yozilgan rejasi (konsepsiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Direktor lavozimiga tanlov oʻtkazish uchun Markaz rahbarining buyrugʻi bilan Markaz huzurida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor oʻrinbosari lavozimiga tanlov oʻtkazish uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan ushbu boshqarmalar huzurida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish uchun taʼlim muassasalari direktorlarining buyruqlari bilan taʼlim muassasalari huzurida tanlov komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov komissiyasi hujjatlarni oʻrganib nomzodlarni tanlovda qatnashishga tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov komissiyasi 7 kishidan iborat tuziladi va komissiya faoliyati uni aʼzolarining kamida 5 nafari qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Markaz boʻysunuvida boʻlmagan taʼlim muassasalarining rahbar va oʻqituvchilarini tanlovdan oʻtkazishda tanlov komissiyalarining tarkibiga tegishli vazirlik yoki idoralarning 3 nafar vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlov komissiyasi ochiq ovoz berish asosida va koʻpchilik ovoz bilan tanlov boʻyicha yakuniy xulosa qabul qiladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. TANLOV OʻTKAZISh NATIJALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov natijalariga koʻra tanlangan direktorlar Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining tanlovdan oʻtgan direktorlarini tayinlash tartibiga muvofiq tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga komissiya tomonidan tanlab olingan nomzodlar bilan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi yoki tegishlicha boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻqituvchi lavozimiga tanlab olingan nomzodlar bilan taʼlim muassasasi direktori belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov komissiyasi xulosasidan norozi boʻlgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 1-2-son)