Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qaroriga
1-ILOVAMis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Iqtisodiyot drayveri sifatida mis sanoati klasterini rivojlantirish | ||||
|
1. |
Geologiya fani va geologiya xizmatlar bozorini rivojlantirish (geologiya-qidiruv ishlari, marksheyderlik xizmatlari, laboratoriya va boshqalar). |
|||
|
1.1 |
Mis xom ashyosi hamda rangli, nodir va noyob metallarni, shu jumladan, qimmatbaho komponentlarni oqilona ajratib olishga yoʻnaltirilgan istiqbolli ilmiy ishlanmalar va tadqiqot loyihalar portfelini shakllantirish. |
Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi |
2021-yil iyul |
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov) |
|
1.2 |
Tasdiqlangan istiqbolli loyihalar portfeliga muvofiq ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar bajarilishini tashkil etish, keyinchalik texnologiyalar transferini amalga oshirish va ularni tijoratlashtirish. |
Davlat geologiya qoʻmitasi Ilmiy-texnik kengashining qarori |
Grafik asosida | |
|
1.3 |
Geologiya fanlari universiteti bazasida zamonaviy laboratoriyani tashkil etish va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishni boshlash. |
Amaliy tadbirlar |
2021-yil davomida |
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov) |
|
1.4 |
Xususiy ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan autsorsing asosida bajariladigan obyektlar va ishlar (xizmatlar) roʻyxatini shakllantirish. |
Davlat geologiya qoʻmitasi qarori |
2021-yil avgust |
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov) |
|
1.5 |
Geologiya-qidiruv, marksheyderlik va laboratoriya-tadqiqot ishlarini bajarish uchun autsorsing asosida, shu jumladan “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJga yordamchi pudr�tchi tashkilotlarni jalb qilish uchun tanlov oʻtkazish. |
Davlat geologiya qoʻmitasi va Moliya vazirligi qarori |
2021-yil sentabrdan |
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), |
|
1.6 |
Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi “Geologiya-marksheyderlik xizmati” DKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil iyul |
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov) |
|
Zarur asbob-uskunalar, texnikalar va qurilmalarni oʻrnatilgan tartibda sotib olish. |
Davlat geologiya qoʻmitasi qarori |
Grafik asosida | ||
|
2. |
Loyiha va injiniring xizmatlarini, shu jumladan yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish orqali rivojlantirish. |
|||
|
2.1 |
Bozorni va kon-geologiya obyektlarni loyihalash sohasidagi salohiyatli hamkorlar roʻyxatini tahlil qilish. |
Tahliliy materiallar |
2021-yil iyul |
Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzoqov), |
|
2.2 |
Hamkorlik shartlarini aniqlash va “Oʻzgeorangmetliti” loyihalash instituti negizida qoʻshma korxona tashkil etish. |
Kelishuv loyihasi |
2021-yil avgust | |
|
2.3 |
“Oʻzgeorangmetliti” loyihalash instituti negizida qoʻshma korxona tashkil etish uchun sherik — injiniring kompaniyasi bilan muzokara oʻtkazish va tanlash. |
Qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha kelishuv |
2021-yil sentabr | |
|
2.4 |
Xorijiy davlatlarning kam xarajatli injiniring xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha tajribalarini oʻrganish va ularni respublikada qoʻllash boʻyicha takliflarni tayyorlash. |
Tahliliy materiallar |
2021-yil 1-sentabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), ITSV (Sh. Vafayev), (B. Islamov), OKMK (A. Xursanov) |
|
3. |
Navoiy mashinasozlik zavodi, OKMK Markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi va “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” IICHB hamda “Oʻzbekkoʻmir” AJ tarkibiga kiradigan Togʻ-kon uskunalarini sozlash zavodining ishlab chiqarish bazasida kon-metallurgiya mashinalari va uskunalarini ishlab chiqarish va taʼmirlashni tashkil etish. |
|||
|
3.1 |
Mahalliy xaridlar doirasida amalga oshiriladigan yoki yetakchi xorijiy litsenziarlar va ishlab chiqaruvchilarni jalb qilgan holda mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan kon-metallurgiya texnikalari va uskunalari roʻyxatini shakllantirish. |
OKMK va NKMK sohaviy ITK majlisi bayoni |
2021-yil iyul |
NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov) |
|
3.2 |
Kooperatsiya asosida, shu jumladan butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun xususiy sektorni jalb qilgan holda kon-metallurgiya texnikalari va uskunalarini ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash. Konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishda, texnologiyalarni ishlab chiqishda va mahsulot sifatini yaxshilashda xususiy sektorga koʻmak berishga alohida eʼtibor qaratiladi (NKMK tajribasiga koʻra). |
Tarmoq grafigi bilan har bir turdagi uskunalar boʻyicha “yoʻl xaritalari” |
2021-yil avgust |
NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov) |
|
3.3 |
Mahalliy mis sanoati klasteri boʻyicha yagona elektron axborot-interaktiv savdo portalini yaratish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: mis sanoati klasteri tarkibiga kiruvchi va ushbu sohada faoliyat yurituvchi hamda unga kooperatsiya asosida xizmat koʻrsatuvchi va mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar roʻyxatini tuzish; ushbu tashkilotlarning ishlab chiqaradigan mahsulotlari, koʻrsatadigan xizmatlari roʻyxati va spetsifikasi, ularning sifati va shartnoma shartlari bajarilishini inobatga olgan holda aniqlanadigan reytingini yuritish hamda onlayn yoritib borish; portaldan roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va avtomatik ravishda ularning reytingini hisoblash mexanizmlarini joriy etish; Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va boshqa davlat organlarining idoraviy elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish; mis sanoati klasteri ishtirokchilarining buyurtmalari va xaridlari; respublikada ishlab chiqarilgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalar va uskunalar assortimenti; tegishli yoʻldosh ishlarga (xizmatlarga) ehtiyoj va xaridlari. |
Yagona elektron axborot-interaktiv savdo portali dasturiy taʼminoti |
2021-yil sentabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), |
|
3.4 |
Yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalar va uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish. |
Konsepsiya loyihasi |
2021-yil 15-sentabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), OKMK (A. Xursanov) |
|
3.5 |
Tayyorlangan materiallar asosida 2022 — 2026-yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 15-oktabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov), |
|
4. |
Faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha mahalliy ixtisoslashgan kompaniyalar bilan kooperatsiya va autsorsingni rivojlantirish (asosiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar, avtotransport xoʻjaligi, burgʻulash ishlari, axborot tizimlari va IT xizmatlari va boshqalar). |
|||
|
4.1 |
Mahalliy ixtisoslashgan kompaniyalarga autsorsingga beriladigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) turlari roʻyxati va ularning hajmlarini shakllantirish. |
Autsorsingga oʻtkaziladigan tovar va xizmatlar roʻyxati va “yoʻl xaritasi” |
2021-yil 15-avgust |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), OKMK (A. Xursanov) |
|
4.2 |
Kon-geologiya va metallurgiya sohalariga ixtisoslashgan mahalliy “yunior” korxonalarni qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish, shuningdek, ular uchun teng raqobat muhitini yaratish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov) |
|
4.3 |
2021 — 2023-yillarda tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni autsorsingga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha tarmoq jadvalini (chora-tadbirlar rejasi) ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil 15-avgust |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), OKMK (A. Xursanov) |
|
4.4 |
Mahalliy “yunior” korxonalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi va tegishli ishlarni (xizmatlarni) autsorsingga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha tarmoq jadvali (chora-tadbirlar rejasi) boʻyicha tayyorlangan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish. |
Tanlovni eʼlon qilish, monitoring oʻtkazish |
Tasdiqlangan grafik asosida |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), Moliya vazirligi |
|
5. |
Chet el kompaniyalari — texnologiya egalarini jalb qilgan holda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega ishlab chiqarishni rivojlantirish (“Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” IICHB, “Oʻzeltexsanoat” korxonalari, “Texnopark” va boshqalar). |
|||
|
5.1 |
Mis va mis qotishmalaridan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishning global zanjirlarini tahlil qilish, respublikada raqobatbardosh ustunlik mavjud boʻlgan tovarlarning maqsadli guruhlarini, shu jumladan “yashil iqtisodiyot” rivojlanishini hisobga olgan holda aniqlash. |
Tahliliy maʼlumot |
2021-yil sentabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), |
|
5.2 |
Rangli, nodir va noyob metallarni chuqur qayta ishlash boʻyicha texnologik klasterlarni yaratish yuzasidan ochiq hamkorlik dasturini shakllantirish. |
Hamkorlik dasturi |
2021-yil oktabr | |
|
5.3 |
Qattiq va issiqqa chidamli qotishmalar, asboblar va mahsulotlar ishlab chiqarish uchun texnologik klaster yaratish bilan “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” IICHBni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
Konsepsiya loyihasi |
2021-yil sentabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), |
|
5.4 |
Mis sanoati klasteri faoliyatini tashkil etishga yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar va salohiyatli investorlarni jalb qilish tizimini joriy etish. Biznes-rejalarni, loyihalar uchun loyihaviy hujjatlarni tayyorlashni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tanlov asosida, investitsiya kelishuvi |
2021-yil noyabrdan |
ITSV (A. Voitov), |
|
5.5 |
Mis sanoati klasterini tashkil etish uchun zarur investitsiya loyihalari roʻyxatini tarmoqlar kesimida tayyorlagan holda, maxsus sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 31-dekabr |
ITSV (A. Voitov), “Oʻzeltexsanoat” (M. Yunusov), |
|
6. |
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining (ITTKI) oʻzaro bogʻliq tizimini rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va sohaga oid texnologiyalarni transferi markazlarini yaratish. |
|||
|
6.1. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda NKMK Innovatsion markazi, OKMK Yangi texnologiyalar ilmiy-texnologik markazi, IIT huzuridagi Ilmiy-texnologik markazni rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish: moddiy-texnika va ekspert bazasini, shu jumladan tadqiqot-tahlil laboratoriyalarini mustahkamlash; mahsulot tannarxini pasaytirish, sifatini oshirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha ilmiy izlanishlar oʻtkazish yuzasidan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish; mavjud xorijiy texnologiyalar transferini amalga oshirish va moslashtirish; ishlab chiqarishga innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish; davlat ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, xususiy korxonalarning mavjud laboratoriyalariga kirishni tashkil etish. |
Kuzatuv Kengashlari tomonidan tasdiqlangan rivojlantirish Konsepsiyasi |
2021-yil avgust |
NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov), |
|
6.2. |
Yillik ish dasturini tanlov asosida moliyalashtirish uchun NKMK va OKMK ilmiy-innovatsion faoliyatini moliyalashtirish jamgʻarmalarini shakllantirish. |
Kuzatuv kengashi qarori |
2021-yil avgust |
NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov) |
|
7. |
Kon-metallurgiya sanoati uchun zarur boʻlgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini (“Navoiyazot” AJda tashkil etilayotgan texnologik kimyo klasterini hisobga olgan holda) ishlab chiqish. Bunda: tarmoq va tegishli yoʻldosh ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib kimyoviy va neft-kimyo mahsulotlari (reagentlar, portlovchi moddalar va boshqalar) yetkazib berishni kengaytirish; ichki ehtiyoj va xom ashyoning mavjudligidan kelib chiqqan holda, togʻ-kon kombinatlari tomonidan ayrim turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil 30-oktabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), OKMK (A. Xursanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov) |
|
8. |
Quyidagi manbalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish bilan Mis sanoati klasterini zarur resurslar va infratuzilma bilan taʼminlash masalalarini oʻrganish. Bunda Mis sanoati klasterini tashkil qilishda: elektr energiyasi, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va transportirovka qilish imkoniyatlarini; suv taʼminoti, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini yaratish masalalarini; klaster korxonalarining faoliyatini raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalarini nazarda tutish. |
Tahliliy materiallar |
2021-yil 1-noyabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), Moliya vazirligi Energetika vazirligi (A. Sultanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
9. |
Chet elning yetakchi konsalting kompaniyalari, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini muhokama qilish va ekspertizadan oʻtkazish. |
Konsepsiya loyihasi |
2021-yil 1-noyabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov), OKMK (A. Xursanov), “Oʻzeltexsanoat” (M. Yunusov) |
|
10. |
Mis sanoati klasterini yaratish uchun zarur boʻlgan investitsiya loyihalari roʻyxatini tarmoqlar boʻyicha tayyorlash: mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish loyihalari; yangi quvvat va ishlab chiqarishlarni yaratish. Kon-geologiya klasteri uchun maxsus sanoat zonalarini yaratish boʻyicha takliflarni tayyorlash. |
Loyihalar roʻyxati hisob-kitoblar bilan |
2021-yil 31-dekabr |
ITSV (A.Voitov), Moliya vazirligi |
|
11. |
Muhandislar, texnik va boshqa xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini ishlab chiqish. |
|||
|
11.1 |
OKMK va NKMK muhandis-texnik xodimlarining asosiy toifalariga malaka talablarini ishlab chiqish. |
Malakaviy talablar |
2021-yil avgust |
NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov), |
|
11.2 |
Navoiy davlat konchilik instituti va Olmaliq shahridagi MISIS filiali negizida muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish dasturlarini tayyorlash. |
Oʻquv dasturlari |
2021-yil sentabrdan | |
|
11.3 |
Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirish dasturini ishlab chiqish: kon-metallurgiya sanoati hamda mashinasozlik, dastgohsozlik, elektrotexnika, elektronika, yarim oʻtkazgichlar fizikasi kabi unga bogʻliq boʻlgan sohalar uchun muhandis, texnik va boshqa oʻrta boʻgʻin ishchi-xodimlarni tayyorlash boʻyicha professional taʼlim oʻquv dasturlarini ularning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini yanada kuchaytirgan holda takomillashtirish; sohada joriy etilayotgan yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish va ulardan samarali foydalanish, loyihalashtirish, tajriba-konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarida mos yoʻnalishlar boʻyicha kechki, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari asosida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borish koʻlamini kengaytirish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 1-dekabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov), “Oʻzeltexsanoat” (M. Yunusov) |
|
11.4 |
Elektrotexnika sanoati sohasida kasbiy malaka talablarini ishlab chiqish. |
Malakaviy talablar |
2021-yil dekabr |
“Oʻzeltexsanoat” (M. Yunusov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Mehnat vazirligi |
|
II. Mis, rangli va noyob metallarga geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish | ||||
|
12. |
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan mis va boshqa rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish: Sulton Uvays togʻlari va Olmaliq mintaqasida qidiruv ishlarini olib borish; Miskon maydonida va “Yoshlik-2” konining qanotlarida geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish; Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida qoʻshimcha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil avgust |
Davlat geologiya qoʻmitasi ITSV (Sh. Vafayev), |
|
13. |
Qalmoqqir, “Yoshlik-1” va Qorabuloq konlarida birlashgan loyihaviy ochiq koni doirasida JORC xalqaro standartlariga muvofiq batafsil geologiya tadqiqotlarni yakunlash. |
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasining bayoni |
2021-yil oktabr |
Davlat geologiya qoʻmitasi |
|
14. |
Mis xom ashyosi, rangli va noyob metallarni qidirish jarayoniga xalqaro kompaniyalarni jalb qilish: |
Davlat geologiya qoʻmitasi | ||
|
geologiya-qidiruv ishlari va 3D modellashtirish obyektlarini aniqlash, bunda mazkur ishlarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun chet el kompaniyalarini jalb qilish; |
Davlat geologiya qoʻmitasi qarori |
2021-yil iyul | ||
|
kompaniyalarni tanlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish; |
Tarmoq grafigi |
2021-yil iyul | ||
|
tender hujjatlarini tayyorlash va uni ekspertizadan oʻtkazish; |
LEQM xulosasi |
|||
|
tanlov oʻtkazish va gʻolib bilan shartnomalar tuzish. |
Shartnomalar xulosasi |
2021-yil davomida | ||
|
15. |
Geologiya obyektlarini auksion orqali xususiy sektorga va investorlarga geologiya-qidiruv va qazib olish ishlarini amalga oshirish uchun sotish: |
|||
|
geologiya tadqiqotlar natijalari boʻyicha auksion orqali sotuvga qoʻyilgan rangli va noyob metallarga oid geologiya obyektlar portfelini aniqlash; |
Davlat geologiya qoʻmitasi qarori |
2021-yil iyul-avgust |
Davlat geologiya qoʻmitasi ITSV (Sh. Vafayev), | |
|
potensial investorlarni xabardor qilish va ularni auksionga qoʻyish uchun taqdimot materiallarini tayyorlash; |
Materiallar paketi |
2021-yil sentabr | ||
|
belgilangan tartibda auksionni tashkil etish. |
Auksion bayoni |
2021-yil sentabrdan | ||
|
III. Atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan foydalanish standartlari | ||||
|
16. |
Kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish: Oʻzbekistonning amaldagi qonunchiligini xalqaro amaliyot bilan qiyosiy tahlil qilish; amaliy tadbirlar rejasi va xalqaro ekologik talablarni amalga oshirish jadvalini ishlab chiqish; mis ishlab chiqarish korxonalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish; kon-metallurgiya sanoati va boshqa bazaviy tarmoqlarning yirik korxonalarida atrof-muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning meʼyordan ortiq miqdori va ularning ekologiyaga taʼsirini baholash na�ijalar boʻyicha ushbu korxonalarda chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish; “yashil kun tartibi”ni hisobga olgan holda taklif etilayotgan oʻzgarishlarning iqtisodiy taʼsirini baholash; amaliy tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy donorlarning grantlar va texnik yordamini jalb qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil avgust |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (A. Maqsudov), Oʻzbekiston texnik NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov), ITSV (Sh. Vafayev) |
|
17. |
Investitsiya loyihalari roʻyxati bilan OKMK va NKMK uchun chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish. |
Kuzatuv kengashi qarori |
2021-yil oktabr |
NKMK (Q. Sanaqulov), OKMK (A. Xursanov), |
|
18. |
Kon-metallurgiya, elektrotexnika va boshqa bazaviy tarmoqlarda sanoat xavfsizligi, mehnat xavfsizligi, mahsulot sifatini taʼminlash boʻyicha texnik va texnologik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan idoraviy hujjatlarni yetakchi xorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq takomillashtirish dasturini tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 31-dekabr |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), Mehnat vazirligi (N. Xusanov), |
|
19. |
OKMK va NKMKning suv resurslariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish: ishlab chiqarish dasturlarini hisobga olgan holda NKMK va OKMK ishlab chiqarish korxonalarida suvdan foydalanishni baholash; investitsiya loyihalari roʻyxati bilan OKMK va NKMK uchun suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturini ishlab chiqish. |
Kuzatuv kengashi qarori |
2021-yil |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), OKMK (A. Xursanov) |
|
IV. Soliq rejimi va moliyaviy masalalar | ||||
|
20. |
Xalqaro amaliyotni oʻrganish, sanoat korxonalari, mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar bilan maslahatlashish. |
Tahliliy materiallar |
2021-yil iyul |
Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), |
|
21. |
Kon-metallurgiya sanoati boʻyicha jahon amaliyotni oʻrganish, eng maqbul tajribalarni respublika amaliyotiga tatbiq etish, ishlab chiqarish zanjirlarini tahlil qilish va rivojlantirish, qazib olish tannarxini kamaytirish va qoʻshimcha qiymat yaratish masalalari bilan shugʻullanuvchi Kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotini oʻrganish markazini tashkil etish. |
Tahliliy materiallar |
2021-yil sentabr | |
|
22. |
Kon-metallurgiya sanoati uchun yangi soliqqa tortish tizimini joriy etish boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutgan holda takliflar kiritish: foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta soligʻini joriy etish; NKMK va AGMK foydalariga qoʻshimcha foyda soligʻini bosqichma-bosqich kamaytirish; konchilik sohasidagi yangi loyihalar uchun soliq solishning maxsus mexanizmini joriy etish; 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 1-oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), |
|
23. |
Mis sanoati klasterini tashkil etishga bogʻliq boʻlgan moliyaviy masalalarni oʻrganish: xarajatlarni baholash va investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoj; mablagʻlarning istiqbolli manbalari; loyiha hujjatlarini tayyorlashni ragʻbatlantirish va yangi texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha takliflar. |
Tahliliy materiallar |
2021-yil 1-noyabr |
Moliya vazirligi ITSV (Sh. Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov) |
|
24. |
Sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni, shu jumladan mehnat unumdorligini oshirish dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻrganish va takliflar taqdim etish. |
Tahliliy materiallar |
2021-yil 1-noyabr |
Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qaroriga
2-ILOVA| A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi |
| J.A. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari |
| R.A. Gulyamov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, komissiya raisi oʻrinbosari |
| T.A. Ishmetov | — | moliya vaziri |
| I.Yu. Abduraxmanov | — | innovatsion rivojlanish vaziri |
| B.F. Islamov | — | Davlat geologiya qoʻmitasi raisi |
| Sh.M. Sadikov | — | axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
| B.I. Zakirov | — | qurilish vaziri |
| A.B. Voitov | — | investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
| B.Q. Abdinazarov | — | iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari |
| Sh.A. Vafayev | — | investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari |
| A.N. Karimov | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
| Q.S. Sanaqulov | — | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori |
| A.X. Xursanov | — | “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi |
| B.V. Gulyamov | — | Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi |
| A.I. Maksudov | — | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi |
| Lavozimi boʻyicha | — | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori |
| M.M. Yunusov | — | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi |
| A.R. Jumanazarov | — | Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining oʻrinbosari |
| Lavozimi boʻyicha | — | Vazirlar Mahkamasining Metallurgiya tarmogʻini va mis sanoati klasterini rivojlantirish shuʼbasi mudiri, komissiya kotibi |