Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
1. Mazkur Nizom shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlarning tuzilmasi va vazifalarini belgilab beradi.
2. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida harbiy intizomni mustahkamlash va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi 445-son qaroriga va qo‘shinlarning tashkiliy-shtat tuzilmasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida tashkil etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, chegara va ichki qo‘shinlarida —shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha boshqarma (bo‘lim);
korpuslar, diviziyalar, brigadalar, harbiy-o‘quv yurtlarida, mudofaa ishlari boshqarmalarida — shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha bo‘limlar;
polklar va ularga tenglashtirilgan qismlarda — shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim (apparat).
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlarning tashkiliy-shtat tuzilmasi, ularning soni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri va Davlat xavfsizlik xizmati Raisi tomonidan ular hal etadigan vazifalarning xarakteri va xususiyatlari hisobga olingan holda belgilanadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar harbiy boshqaruv organlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident farmonlariga, Oliy Kengash va Hukumat qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ aktlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri va Davlat xavfsizlik xizmati Raisining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
4. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar tegishli komandirlarga (boshliqlarga) bo‘ysunadilar va harbiy intizomning ahvoli, tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holati, shuningdek, harbiy xizmatchilarni, ularning oila a’zolarini, ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy huquqiy himoya qilish uchun javob beradilar.
5. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar faoliyatiga rahbarlik qilish shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha komandirlar (boshliqlar)ning o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
shaxsiy tarkibda O‘zbekiston Respublikasiga, o‘z xalqiga, Vatanga qasamyodga va harbiy burchga sadoqatni, yuksak jangovar va ma’naviy-ruhiy fazilatlarni, shuningdek, o‘z Vatani tarixi va an’analariga chuqur hurmatni shakllantirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Hukumati qarorlarini, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarish ruhida tarbiyalash;
harbiy intizomni yuqori darajada saqlash, uni mustahkamlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish, shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, harbiy xizmatning xatarsiz bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratish, halok bo‘lish va jarohatlanish hollarining oldini olish;
boshqa harbiy boshqaruv organlari bilan birgalikda mudofaa va harbiy qurilish sohasida davlat siyosatini o‘tkazish, qo‘shinlar tomonidan jangovar va safarbarlik tayyorgarligi, jangovar navbatchilik (jangovar xizmat) tayyorgarligi, tezkor va jangovar tayyorgarlik vazifalari bajarilishini ta’minlash;
shaxsiy tarkibni vatanparvarlik va internatsionalizm xalqlar do‘stligi, O‘zbekiston xalqlari urf-odatlarini hurmat qilish, yuksak hushyorlik, o‘zining tezkor va jangovar xizmat burchlarini halol va vijdonan bajarish ruhida tarbiyalash;
tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari, shakl va usullari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, shaxsiy tarkibning ijtimoiy siyosiy tayyorgarligini dasturiy-uslubiy jihatdan ta’minlash;
qo‘shinlardagi ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish, tahlil etish va prognozlashtirish, harbiy-sotsiologik, ruhiy tadqiqotlar o‘tkazish va shu asosda harbiy boshqaruv organlari uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
harbiy xizmatchilarning, ularning oila a’zolarining, ishchi va xizmatchilarning talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya qilish, shaxsiy tarkibning mehnat va turmush sharoitini yaxshilash, tegishli komandirlarga (boshliqlarga) bo‘ysunuvchilarning huquqlarini ta’minlash yuzasidan takliflar kiritish;
jangovar texnika va qurollarni, ularni ishlatish usullarini o‘zlashtirish, harbiy va xalq mulkini avaylab asrash uchun mas’uliyat hissini oshirish borasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
harbiy jamoalarda va garnizonlarda faoliyat ko‘rsatuvchi jamoatchilik kengashlari va komissiyalarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
zobitlar yig‘ilishi, vijdon sudlari, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarning, xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ular bilan ish olib borishni tashkil etish yuzasidan qo‘mondonlikka takliflar tayyorlash;
aholini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida xizmatga tayyorlash yuzasidan davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishni amalga oshirish;
shaxsiy tarkibni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish va ularni ma’naviy kamol toptirish masalalari bo‘yicha hokimliklar, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan aloqa qilish turish;
harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan madaniy-dam olish ishlarini olib borish, bu ishlarni tarbiyaning texnikaviy vositalari bilan har tomonlama ta’minlash;
harbiy ommaviy axborot vositalariga rahbarlik qilish hamda ularning faoliyatini Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, respublika, viloyat, shahar gazetalari va jurnallari tahririyatlari bilan muvofiqlashtirish;
shaxsiy tarkibning ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, ularni o‘qitish va tarbiyalash muammolari yuzasidan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-huquqiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etishni tashkil etish;
qo‘shinlarda kadrlar siyosati bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda, zobitlar, praporshchiklar, michmanlar va serjantlar tarkibini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va attestatsiyadan o‘tkazishda qatnashish;