Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-oktabrdagi 859-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholiga koʻrsatilayotgan yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
2021-yil 1-iyulga qadar ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish jarayonini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-iyun,
387-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-oktabrdagi 859-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”.
2. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Surunkali buyrak va jigar hamda qon hosil qilish tizimi kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan taʼminlash, shuningdek, respublikada transplantatsiya jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”.
3.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
4. Ilovada:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom”;
“1. Ushbu Vaqtinchalik nizom tirik donordan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini, transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish retsipiyentga oʻzining jabrlangan va hayot uchun muhim faoliyatini bajarolmasdan, uning sogʻligʻiga qaytarib boʻlmaydigan asoratlarga olib keladigan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi oʻrniga tirik qarindosh donordan sogʻlom buyrak va (yoki) jigar boʻlagini koʻchirib oʻtkazish maqsadida bajariladigan jarrohlik amaliyotdir.
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish — bu inson salomatligining qaytarib boʻlmas buzilishlariga olib keluvchi va qon hosil qilish vazifalarini amalga oshira olmaydigan shikastlangan hujayralar oʻrniga retsipiyentga oʻzining sogʻlom suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini yoki tirik donorning suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish maqsadida amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi”.
v) 3-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish uchun oʻzaro birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi darajada qarindosh boʻlgan shaxslar tirik qarindosh donorlar mumkin, bunda:”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun retsipiyentning qarindoshlari hamda u bilan qarindoshlik aloqalari boʻlmagan shaxslar ham tirik donorlar boʻlishi mumkin”;
g) 61 va 62-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“61. Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish faqat Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.
62. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida buyrak yoki jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish amaliyotini oʻtkazish uchun retsipiyentni (donor bilan) shifoxonaga yotqizish va tibbiy yordamni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi”;
d) quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81. Quyidagilar gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar hisoblanadi:
oʻtkir limfoblast leykoz va uning shakllari, oʻtkir miyeloblast leykoz va uning shakllari;
miyelom kasalligi, surunkali miyeloleykoz, surunkali limfoleykoz, miyelodisplastik sindrom;
aplastik anemiya, birlamchi tugʻma immunodefitsit, autoimmun tizimli kasalliklarni ayrim turlari, limfomalar, talassemiyaning ogʻir turlari”;
e) quyidagi mazmundagi 101-band qoʻshilsin:
“101. Quyidagilar gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilishga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
ruhiy buzilishlar;
faol infeksiya;
qandli diabet dekompensatsiyasi;
homiladorlik;
asosiy kasallikni inkurabel retsidivi;
donor va retsipiyentning nomuvofiqligi;
bemorni ximiorezistentligi”;
j) 12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida “jigar boʻlagi” soʻzlaridan keyin “hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)