15.06.2021 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ta’minlash bo‘yicha xalq ta’limi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini samarali reyting baholash tizimi hamda uni amalga oshirishning idoralararo mexanizmining yo‘qligi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamli transformatsiyasi hozirgi holatini chuqur tahlil qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat rivojlanish holatini baholashning yagona reyting baholash tizimini joriy etish orqali kelgusida raqamli rivojlanishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish uchun baholash jarayonlarini idoralararo muvofiqlashtirishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlar ishtirokida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilganligi va 2020-yil yakuni bo‘yicha quyidagilarni baholashni nazarda tutuvchi aprobatsiyasi o‘tkazilganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar faoliyatida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, shu jumladan ularning axborot tizimlari va resurslarining samarali ishlashi, elektron o‘zaro ta’sirini tashkil etish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, shuningdek, kiberxavfsizlik va davlat organlari ma’lumotlarining ochiqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar kesimida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligi, shu jumladan sohada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron xizmatlarni joriy etish, raqamli ta’limni rivojlantirish va boshqalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun NIS.UZ idoralararo axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — NIS.UZ-axborot tizimi) ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash natijalarini umumlashtirish, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etadigan tegishli davlat organlari hamda ularning ishlariga umumiy rahbarlik va muvofiqlashtirish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIS.UZ-axborot tizimining egasi Vazirlik hisoblanadi hamda uning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda o‘tkazib borilishi Vazirlik tomonidan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIS.UZ-axborot tizimini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘idagi mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash har olti oy yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi va uning natijalari “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilganligi, shuningdek, ularni o‘z vaqtida kiritilmaganlik holatlari aniqlanganda, tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi alohida grafik asosida NIS.UZ-axborot tizimiga tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligiga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar va tekshirishlar olib boradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikator — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi reyting baholanishi lozim bo‘lgan asosiy ko‘rsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indeks — raqamli transformatsiya va raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholashda qo‘llaniladigan indikatorlar jamlanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash — reyting ko‘rsatkichlari va indikatorlari yordamida raqamli rivojlanish holatini baholash orqali tashkilotlar hamda hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha saralangan ro‘yxatdagi o‘rnini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar — baholanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIS.UZ-axborot tizimi — tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan idoralararo axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholashning asosiy mezonlari va baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash quyidagi yo‘nalishlardagi asosiy indekslarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Elektron xizmatlar indeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Axborot xavfsizligi indeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Faoliyatning raqamlashganligi indeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda reyting baholash tadbirlari mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash quyidagi yo‘nalishlarda asosiy indikatorlar yordamida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Masofaviy xizmatlar eksporti markazlarining (BPO) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Kompyuter-dasturlash xizmatlari hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ish bilan ta’minlanganlar ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. IT-park va uning rezidentlari tomonidan ish bilan ta’minlanganlar ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda baholash tadbirlari mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududlarda raqamli iqtisodiyot holatining reytingi aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, mehnatga layoqatli aholi qatlamida ish bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqa yo‘nalishlardagi indikatorlarni hisoblash asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reyting baholash indekslari, baholash tartibi hamda baholarni hisoblash uslublari tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyotni reyting baholash metodikalarida batafsil tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Reyting baholash metodikalari “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baholarni hisoblash reyting baholash metodikasiga muvofiq NIS.UZ-axborot tizimida real vaqt rejimida inson omilisiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Indikatorlarni hisoblashda rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reyting baholash natijalari “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi aniqlangan indikatorlarning miqdoriga qarab, 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanadi hamda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Indikatorlarni reyting baholash natijalariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi reyting balli bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 balldan 100 ballgacha baholangan tashkilot — “yashil”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan 71 ballgacha baholangan tashkilot — “sariq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan past baholangan tashkilot — “qizil” deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyting baholash natijalari bo‘yicha tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish va ularning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Reyting baholash natijalari bo‘yicha tegishli tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasiga ko‘ra Raqamli texnologiyalar vazirligining taklifiga asosan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi bayoni bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilida “yashil” deb topilgan tashkilotlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari keyingi hisobot davri uchun reyting baholash natijalari e’lon qilinguniga qadar har oyda lavozim maoshlarining 30 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilida ikki marta “qizil” deb topilgan tashkilotlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda jarima qo‘llaniladi yoki jarima qo‘llash haqida taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyting baholash natijalari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi “yashil” deb topilgan tashkilotlarning ijobiy tajribasini boshqa tashkilotlar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Raqamli texnologiyalar vazirligi zaruratga ko‘ra, reyting ko‘rsatkichlari ro‘yxati hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya holatini reyting baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ul organlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi” bo‘yicha axborot texnologiyalariga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlarni to‘playdi, NIS.UZ-axborot tizimiga kiritish, kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va baholaydi.

Har yarim yillik yakunidan keyingi 45 kun davomida,

yanvar-fevral,

iyul-avgust

2-bosqich

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Elektron xizmatlar indeksi” bo‘yicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va baholaydi.

Har yarim yillikda yanvar-iyun,

iyul-dekabr

3-bosqich

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Faoliyatni raqamlashtirganlik indeksi” bo‘yicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, axborot tizimlarini amaliyotga tatbiq qilish hujjatlarida bildirilgan vazifalar joriy qilinganlik darajasini tekshiradi.

Har yarim yillikda

45 kun davomida, may-iyun, noyabr-dekabr

4-bosqich

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Axborot va kiberxavfsizlik indeksi” bo‘yicha talab etilgan tadbirlarni bajaradi.

Har yarim yillikda

5-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Reyting natijalarini va boshqa tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning

30-sanasiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda raqamli iqtisodiyot darajasini reyting baholashni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Hududlarda raqamli iqtisodiyot darajasi bo‘yicha statistik va tahliliy ma’lumotlarni NIS.UZ-axborot tizimiga kiritadi.

Hisobot davri yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar

2-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida reyting baholashni amalga oshiradi va hududlarni reyting baholash yakunlari asosida reytingni shakllantiradi.

Hisobot davri yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar

3-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Reyting natijalari va boshqa tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Hisobot davri yakuni bo‘yicha keyingi oyning 30-sanasiga qadar

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishni baholash, soha ko‘rsatkichlari hisobini yuritishni samarali tashkil etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Reyting baholash axborot tizimini amaliyotga joriy etish

1.

Reyting baholash axborot tizimini elektron hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralar tizimlari, shuningdek, “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning Axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimi bilan integratsiya qilish.

1. Axborot tizimini integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqish.

2021-yil 15-iyul

Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK

2. Texnologik yo‘riqnomalar asosida tizimlarni integratsiya qilish.

2021-yil 20-iyul

2.

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining reyting baholash axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritishga mas’ul xodimlarini belgilash va ularni bosqichma-bosqich tizimga ulash.

1. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimiga ma’lumotlarni kiritishga mas’ul xodimlarni belgilash.

2021-yil 10-iyul

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Mas’ul xodimlarni tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv seminarlar tashkil etish.

alohida reja-jadval asosida

Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

3. Mas’ul xodimlarni tizimga ulash va ma’lumotlar kiritilishining tashkil etish.

har yili 15-yanvarga,

15-iyulga qadar

3.

Reyting baholash axborot tizimida baholash natijalarini e’lon qilish.

1. O‘tkazilgan reyting baholash natijalarini umumlashtirish hamda tahliliy ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va axborot tizimida e’lon qilish.

har yili 30-yanvarga va 30-iyulga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK

2. Reyting baholash natijalarini “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish.

belgilangan muddatlarda

Muvofiqlashtirish komissiyasi

4.

Reyting baholash axborot tizimida e’lon qilingan natijalarga asosan ko‘rsatkichlarni ko‘tarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

1. Reyting baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, ko‘rsatilgan kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

har chorakda zaruratga muvofiq

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tarmoq jadvali ijrosini ta’minlash.

belgilangan muddatlarda

5.

Reyting baholash axborot tizimi axborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

Tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda takomillashtirib borish.

muntazam
ravishda

Axborot texnologiyalari vazirligi

II. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni to‘plash va shakllantirish va baholashni samarali tashkil etish

6.

Xalqaro tajriba asosida Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati, shu jumladan elektron tijorat sohasi to‘g‘risidagi milliy statistika amaliyotini takomillashtirish.

1. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni inventarizatsiya qilish.

2021-yil iyul

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati, shu jumladan elektron tijorat sohasi to‘g‘risida yetishmaydigan statistik ko‘rsatkich davlat statistika hisoboti, idoraviy hisobot va kuzatuvlarga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

3. Takliflarni o‘rganib chiqqan holda davlat statistika hisoboti va kuzatuvlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2021-yil noyabr

7.

Raqamli iqtisodiyotni baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.

1. Quyidagi xalqaro tashkilotlar davlatlar tajribasini o‘rganish:

BMTning Statistika bo‘limi standartlari;

Yevrostat (Reference Metadata in Euro SDMX Metadata Structure (ESMS), ICT sector. Compiling agency: Eurostat) standartlari;

Janubiy Koreya va Malayziya davlatlari tajribasi.

2021-yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

2. Xalqaro tashkilotlar bilan videokonferensaloqa shaklida seminarlar tashkil etish.

2021-2022-yillar

8.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarning holati bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy statistika amaliyotiga joriy etish bo‘yicha idoralararo normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Raqamli iqtisodiyoti va elektron tijorat sohasida statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va standartlarni o‘rganish va tahlil qilish.

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarning hisobi yuritilishini ta’minlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi idoralararo normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish:

axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari xizmatlarini iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) asosida qayta ko‘rib chiqish;

mazkur xizmatlarning faoliyat turlari bo‘yicha hajmlarini aniqlash;

raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha milliy statistikani shakllantirish tartibini belgilash.

2021-yil sentabr-oktabr

3. Idoralararo normativ hujjat loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

9.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistika hisobini yuritish va uning qamrovini kengaytirish choralarini ko‘rish.

1. Davlat statistika hisobi va boshqa rasmiy axborot resurslardan foydalangan holda Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarni aniqlash, ularning ro‘yxatini tuzish.

2021-yil iyul

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Raqamli iqtisodiyot sohasidagi statistik hisobotlarning to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilishini rag‘batlantirish maqsadida mavjud imtiyozlar va preferensiyalarni o‘rganib chiqib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil avgust

10.

O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar kuzatuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar kuzatuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida:

jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvini 2021-yil uchun davlat statistika ishlari dasturiga kiritish;

har yili kamida bir marotaba tanlanma kuzatuv, shu jumladan, internet tarmog‘i orqali so‘rovnomalar shaklida kuzatuv o‘tkazish.

2021-yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

2. Tanlanma kuzatuv o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan respondentlar ro‘yxatini shakllantirish, bunda quyidagilarni amalga oshirish:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar ro‘yxatini shakllantirish, ularning hisobini yuritish;

Bir million dasturchi loyihasiga a’zo bo‘lganlar orasida tanlanma kuzatuv o‘tkazish.

2021-yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

11.

Davlat idoralari va tashkilotlarida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini amaliyotga joriy etish va muntazam foydalanish orqali idorada erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash choralarini ko‘rish.

1. Tizimlarni joriy etish va muntazam foydalanish orqali idorada erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2021-yil sentabr

Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

2. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish orqali erishiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil yanvar

3. Ro‘yxat asosida samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibini ishlab chiqish.

2022-yil may

4. Tartibni amaliyotda joriy etilayotgan tizimlarda sinovdan o‘tkazish va uning natijasi bo‘yicha uni takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2022-yil noyabr

12.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sohasida yig‘ma ko‘rsatkichlarni ommalashtirish.

1. Mavjud statistik va tahliliy ma’lumotlar asosida “O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirilgan jamiyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari” nomli statistik to‘plamni tuzish va uni ta’lim, ilmiy muassasalar va tadbirkorlar orasida ommalashtirish.

2021-2022-yillar, doimiy ravishda

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Rasmiy veb-saytlarda hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid ommaviy axborot vositalarida “Raqamli iqtisodiyot” ruknini joriy etish hamda ularni statistik va tahliliy ma’lumotlar bilan doimiy boyitib borish.

2021-yil iyuldan boshlab har oyning 5 sanasiga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

13.

2021 — 2023-yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini samarali amalga oshirish vazifalari asosida raqamli iqtisodiyot rivojlanishini baholash ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish.

1. Axborot texnologiyalari vazirligi huzuridagi Raqamli tadqiqotlar markazi bazasida iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi doirasida raqamli iqtisodiyot, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori ko‘rsatkichlari, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi hissasini aniqlash, statistika tizimida AKTni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2021-yildan boshlab muntazam ravishda

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi

2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa iqtisodiy ta’limmuassasalarida o‘quv dasturlardagi fanlarga “Raqamli iqtisodiyot” mavzusini kiritish.

2021-2022-yillar

Axborot texnologiyalari vazirligi

14.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni to‘plash va shakllantirishni samarali tashkil etish bo‘yicha harakatlar rejasi ijrosini tizimli nazorat qilib borish.

1. Harakatlar rejasi bandlari ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazib borish.

alohida reja asosida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

2. Harakatlar rejasining bajarilishi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlilini olib borish hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borish.

har chorak yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar

15.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va baholash jarayonida mas’ul idoralar o‘rtasida samarali ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron tijorat bilan bog‘liq davlat va idoraviy statistika hisobi va boshqa axborot resurslaridagi ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil iyuldan muntazam

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Idoralar tomonidan ma’lumotlarni o‘rganib chiqish va ilg‘or xalqaro tajribaga tayangan holda Respublikada yagona raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlar bazasini shakllantirib borish.

2021-2022-yillar

3. Shakllantirilgan statistik ko‘rsatkichlar to‘plamini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga kiritilishini ta’minlash.

2022-2023-yillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi o‘rinlarda — rasmiy veb-sayt) joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan uning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funksiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini, shu jumladan tartib-taomillar, davlat xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish to‘g‘risidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi faoliyati sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat hamda davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining bo‘lajak va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek, sana, vaqt, o‘tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko‘rsatilgan holda ochiq majlislar o‘tkazish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish uchun qaror qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan statistik va boshqa axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati tomonidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilganda ular tomonidan ushbu davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ish o‘rinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno) o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan rasmiy veb-sayt orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari shuningdek soatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi va uning bo‘linmalarining (shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘linmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo‘llari, to‘xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlari, manzillar va shu kabilar), shuningdek davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining erkin ko‘chirish uchun statistika hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining statistik axborotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmog‘idagi boshqa tegishli veb-saytlarga va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron raqamli imzodan foydalanishga qarab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining matbuot xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mas’ul xodimlar bilan aloqaga kirishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron davlat xizmatlari” va “Ochiq ma’lumotlar” alohida bo‘limlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron pochta orqali hamda e’lonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari (shu jumladan SMS yuborish yo‘li bilan) orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining “Elektron hukumat” tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, qanday ma’lumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni ko‘rsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari ko‘rsatilgan holda davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestridan ko‘chirma yoki bunday axborot mavjud bo‘lgan Davlat xizmatlari yagona reyestriga havola.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Rasmiy veb-saytni yuritishga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Rasmiy veb-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko‘rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda axborot-tahliliy materiallari bilan birga) o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay joylashtirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarning buyrug‘i bilan rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek, yangilab borish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni (bo‘linmani) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining rasmiy veb-sayti Internet tarmog‘idagi “.UZ” domen zonasida va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yo‘q qilinishi, to‘sib qo‘yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Barcha davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo‘lgan asosiy funksiyalarga quyidagilar tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-sayt bo‘yicha kengaytirilgan izlash, shuningdek boshlang‘ich izlash natijasi asosida chuqur izlash vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil qurilmalar uchun adaptatsiya qilingan dizaynli veb-sayt versiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo‘rligi funksiyalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (maxfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi holati va vaqtini, shuningdek elektron davlat xizmatlar ko‘rsatish holatini kuzatib borish, shu jumladan elektron pochtaga va/yoki arizachining mobil telefoniga bildirishnomalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-so‘rovlar, bloglar, forumlar, onlayn-chat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-sayt orqali xizmatlardan foydalanishning hisobini yuritish mexanizmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo‘lgan asosiy funksiyalarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarga ijaraga berish to‘g‘risidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki ko‘rib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning ro‘yxati va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlarning aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reyestri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat unitar korxonalari o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funksiyalarni nazarda tutishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) to‘g‘risidagi to‘liq va dolzarb ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmog‘i orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq to‘lash va tasdiqlash imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rasmiy veb-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, so‘rovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa to‘lovlarga on-layn haq to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar ko‘rsatishga so‘rovni rasmiylashtirishda (shakllarni to‘ldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rasmiy veb-saytning tarkibiga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Rasmiy veb-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo‘lishi kerak. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlari rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Rasmiy veb-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan e’lon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 8-iyuldagi 183-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga 4-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-apreldagi 218-son qarorining 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi 674-son qarorining 5-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)