1-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Bajarish uchun masʼullar |
| I. “Turizm mahallasi” (qishlogʻi, ovuli)ni tashkil qilish yoʻnalishida | |||||
| 1. | Xiva tumani, Shomoxulum qishlogʻining “Gʻovuk” MFYda “Turizm mahallasi” (qishlogʻi)ni tashkil qilish choralarini koʻrish. | 1. Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritish ustunlarini oʻrnatish, ichimlik suv bilan taʼminlash. 2. Turizm mahallasiga olib boruvchi kamida 2 ta katta hajmdagi yoʻ� koʻrsatkichlarini oʻrnatish. 3. Tashrif buyuruvchilar uchun mobil aloqa xizmatlarini yaxshilash hamda Wi-Fi tizimini tashkil qilish. 4. Turizm mahallasida turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 5. Zaruratga koʻra bankomatlar oʻrnatish hamda tadbirkorlik subyektlarining talabiga muvofiq terminallar bilan taʼminlash. 6. Sanitariya-gigiyenik shoxobchalar tashkil qilish. 7. 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish. 8. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish. 9. Anor va asalarichilik mahsulotlarini tayyorlash, tanishtirish va degustatsiya jarayonlarini tashkil etish. 10. Milliy urf-odatlar, kelin salom, lachak toʻy va boshqa anʼanalar bilan tanishtirishni yoʻlga qoʻyish. 11. Ushbu qishloq boʻyicha doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish va turizm marshrutiga kiritish. 12. Tashabbuskor tomonidan “Gʻovuk” mahallasi hududida “Xorazm anori” agroturistik majmuasini tashkil qilish loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan yer maydonida majmua binosini barpo qilish yuzasidan tegishli taklif kiritish hamda loyihani ishga tushirish yuzasidan barcha tashkiliy choralar koʻrilishini taʼminlash. | 2021-2022-yillar | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 2. | Urganch tumani, “Yuqori Doʻrman” qishlogʻining “Anjirchi” MFYda “Turizm mahallasi (qishlogʻi)ni tashkil qilish choralarini koʻrish. | 1. Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritish ustunlarini oʻrnatish, ichimlik suv bilan taʼminlash. 2. Turizm mahallasiga olib boruvchi kamida 2 ta katta hajmdagi yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish. 3. Tashrif buyuruvchilar uchun mobil aloqa xizmatlarini yaxshilash hamda Wi-Fi tizimini tashkil qilish. 4. Turizm mahallasida turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 5. Zaruratga koʻra bankomatlar oʻrnatish hamda tadbirkorlik subyektlarining talabiga muvofiq terminallar bilan taʼminlash. 6. Sanitariya-gigiyenik shoxobchalarini tashkil qilish. 7. 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish. 8. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish. 9. Anor va asalarichilik mahsulotlarini tayyorlash, tanishtirish va degustatsiya jarayonlarini tashkil etish. 10. Milliy urf-odatlar, kelin salom, lachak toʻy va boshqa anʼanalar bilan tanishtirishni yoʻlga qoʻyish. 11. Ushbu qishloq boʻyicha doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish va turizm marshrutiga kiritish. | 2021-2022-yillar | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirlig�, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 3. | Yangiariq tumani, “Kattabogʻ” qishlogʻining “Kattabogʻ” MFYda turizm mahallasi (qishlogʻi)ni tashkil qilish choralarini koʻrish. | 1. Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritish ustunlarini oʻrnatish, ichimlik suv bilan taʼminlash. 2. Turizm mahallasiga olib boruvchi kamida 2 ta katta hajmdagi yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish. 3. Tashrif buyuruvchilar uchun mobil aloqa xizmatlarini yaxshilash hamda Wi-Fi tizimini tashkil qilish. 4. Turizm mahallasida turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 5. Zaruratga koʻra bankomatlar oʻrnatish hamda tadbirkorlik subyektlarining talabiga muvofiq terminallar bilan taʼminlash. 6. Sanitariya-gigiyenik shoxobchalari tashkil qilish. 7. 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish. 8. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish. 9. Anor va asalarichilik mahsulotlarini tayyorlash, tanishtirish va degustatsiya jarayonlarini tashkil etish. 10. Milliy urf-odatlar, kelin salom, lachak toʻy va boshqa anʼanalar bilan tanishtirishni yoʻlga qoʻyish. 11. Ushbu qishloq boʻyicha doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish va turizm marshrutiga kiritish. | 2021-2022-yillar | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, tijorat banklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 4. | Bogʻot tumani, Xoʻjalik qishlogʻining “Qalajiq qalʼa” MFYda “Turizm mahallasi” (qishlogʻi)ni tashkil qilish choralarini koʻrish. | 1. Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritish ustunlarini oʻrnatish, ichimlik suv bilan taʼminlash. 2. Turizm mahallasiga olib boruvchi kamida 2 ta katta hajmdagi yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish. 3. Tashrif buyuruvchilar uchun mobil aloqa xizmatlarini yaxshilash hamda Wi-Fi tizimini tashkil qilish. 4. Turizm mahallasida turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 5. Zaruratga koʻra bankomatlar oʻrnatish hamda tadbirkorlik subyektlarining talabiga muvofiq terminallar bilan taʼminlash. 6. Sanitariya-gigiyenik shoxobchalar tashkil qilish. 7. 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish. 8. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish. 9. Anor va asalarichilik mahsulotlarini tayyorlash, tanishtirish va degustatsiya jarayonlarini tashkil etish. 10. Milliy urf-odatlar, kelin salom, lachak toʻy va boshqa anʼanalar bilan tanishtirishni yoʻlga qoʻyish. 11. Ushbu qishloq boʻyicha doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish va turizm marshrutiga kiritish. | 2021-2022-yillar | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| II. Madaniy koʻngilochar tadbirlar va festivallar tashkil qilish yoʻnalishida | |||||
| 5. | Viloyatda oʻtkaziladigan barcha madaniy tadbirlar va festivallar haqidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan “Festivals of Khorezm” veb-saytini ishlab chiqish va ishga tushirish. | 1. Veb-sayt ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. 2. Tanlov gʻolibiga Turizm va sport vazirligi tomonidan 5,0 mln soʻmgacha grant mablagʻlari ajratish. 3. Ishlab chiqiladigan veb-saytni keyinchalik doimiy yangilab borish uchun Xorazm viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi ixtiyoriga oʻtkazish. 4. Ishlab chiqiladigan veb-saytda turli tadbirlar va festivallar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni joylashtirish va yangilab borish. | 2021-yil noyabr
ravishda | Turizm | Turizm va sport vazirligi |
| 6. | Xiva shahridagi “Deshan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududida Kamondan oʻq otish xalqaro festivalini oʻtkazish choralarini koʻrish. | 1. Festivalni oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Festivalni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Festivalni oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash. | Reja asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 7. | Xiva shahrida Xudaybergan Devonov xotirasiga bagʻishlangan “Buyuk ipak yoʻli davlatlari” xalqaro fotokoʻrgazmasini oʻtkazish. | 1. Fotokoʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Fotokoʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Fotokoʻrgazmani oʻtkazish ssenariysini va dasturini tayyorlash. | Reja asosida | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 8. | Xiva shahrida “Xorazm milliy taomlari va hunarmandchilik koʻrgazmasi” festivalini oʻtkazish. | 1. Festivalni oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Festivalni oʻtka�ish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Festivalni oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash. 4. Festival oʻtkaziladigan hududlarda barcha sharoitlarni tashkil qilish. | Har yili | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | XorFzm viloyati hokimligi, “Oshpazlar” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi |
| 9. | Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududida Pandemiyadan soʻng “Strongmen” bahodirlar oʻyini xalqaro musobaqasini oʻtkazish. | 1. Musobaqani oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Musobaqani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Musobaqani oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash. 4. Xorijiy ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. | Har yili avgust oyida | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 10. | Xiva shahrida xalqaro qovun sayli festivalini oʻtkazish. | 1. Festivalni oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Festivalni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Festivalni oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash. | Har yili avgust oyining birinchi shanba va yakshanbasi | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Hunarmandlar” uyushmasi, “Oshpazlar” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi |
| 11. | Urganch tumani “Ulli hovli” majmuasida Milliy liboslar koʻrgazmasini oʻtkazish. | 1. Koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Koʻrgazmani oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash. | Har yili aprel oyida | Mahalliy budjet manbalari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 12. | Urganch tumanida “Anjir sayli” tadbirini oʻtkazish. | 1. Tadbirni oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Tadbirni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Tadbirni oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash. | Har yili oktyabr oyida | Mahalliy budjet manbalari | Xorazm viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| 13. | Hazorasp tumanida “Xon olmasi” agroturizm koʻrgazmasini oʻtkazish. | 1. Koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Koʻrgazmani oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash. | Reja asosida | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| 14. | Xiva tumani “Xiva qorakoʻl” turistlik majmuasida “Xorazm baliq taomlari” tadbirini oʻtkazish. | 1. Tadbirni oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Tadbirni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Tadbirni oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash 4. Tadbir oʻtkaziladigan hududlarda barcha sharoitlarni tashkil qilish. | Reja asosida | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Oshpazlar” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati |
| 15. | Hududning turizm salohiyatini targʻib qilish hamda aholini sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirish maqsadida Velomarafon musobaqasini oʻtkazish. | 1. Velomarafonni oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Velomarafonni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 3. Velomarafonni oʻtkazish ssenariysi va dasturini tayyorlash 4. Velomarafon oʻtkaziladigan hududlarda barcha sharoitlarni tashkil qilish. | 2022-yil avgust | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| III. Ekoturizmni rivojlantirish yoʻnalishida | |||||
| 16. | “Khorezm fishing culture” (Xorazm baliq madaniyati) loyihasini amalga oshirish. | 1. Mavjud salohiyatli koʻllar hududida mahalliy va xorijiy turistlar uchun mahoratli baliq ovchilarni jalb qilgan holda koʻnikmani oshirish darslarini tashkil qilish. Darslarda baliq ovlash, baliqdan taom tayyorlash, koʻl boʻyida tabiiy hududda tunda tunash koʻnikmalarini oshirish darslarini tashkil etish. 2. Yoshlar oʻrtasida turli musobaqalarni tashkil etish. 3. Xorazm baliq madaniyati bilan bogʻliq boʻlgan turli mavzudagi madaniy va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish. 4. Xorazm baliq madaniyati nomli kitob yaratish va kelgan mehmonlar uchun sotib olish imkoniyatini yaratish. | 2021-yil noyabr oyidan boshlab doimiy | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 17. | Koʻl boʻyi turizm xizmatlarini keng targʻib qilish. | 1. Koʻl boʻyi turizm xizmatlari tashkil etilgan baliq ov xoʻjaliklari bilan birgalikda ushbu xizmatlar toʻgʻrisida tarqatma materiallar (baliq ovlash sirlari, tutish texnikasi, taom tayyorlash turlari va sirlari hamda boshqa turizm xizmatlari boʻyicha sifatli foto jamlanmalar, video roliklar, buklet va broshyuralar) tayyorlash. 2. Baliq oviga qiziquvchilar soni koʻpligini inobatga olgan holda, Qozogʻiston, Turkmaniston, Fransiya va Rossiya davlatlaridan Food bloger va Rossiyaning “Oxota i ribalka” kabi telekoʻrsatuvlarini jalb qilish choralarini koʻrish. | 2021-yil noyabr oyidan doimiy | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 18. | Koʻl boʻyi turizm xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida “Fishing map” mobil ilovasini yaratish. | 1. “Fishing map” mobil ilovasini ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. 2. Tanlov gʻolibiga Turizm va sport vazirligi tomonidan 5,0 mln soʻmgacha grant mablagʻlari ajratish. 3. Ushbu mobil ilova keng qoʻllanilishi uchun targʻibot ishlarini olib borish. | 2021-yil noyabr
| Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston ovchi |
| 19. | Xorazm viloyati davlat oʻrmon xoʻjaligida ekoturizm va rekreatsion hududlarni tashkil qilish. | 1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Kasaba uyushmalari va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda rekreatsion hududlarni aniqlash. 2. Aniqlangan rekreatsion hududlar boʻyicha mahalliy va viloyat hokimliklarining qarorlarini chiqarish. | 2021-yil iyun
| Tashabbuskorlar mablagʻlari | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Sogʻliqni Saqlash vazirligi |
| 20. | Xorazm viloyati davlat oʻrmon xoʻjaligida tabiat va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda ekoturizm shart-sharoitlarini yaratish. | 1. Eko marshrutlar aniqlanadi va chiziladi. 2. Marshrutlar boʻylab axborot-koʻrsatkich belgilari joylashtiriladi. 3. Aniqlangan marshrutlar turoperatorga taqdim etiladi. | 2021-yil iyul 2021-yil iyul 2021-yil avgust | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 21. | Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligida ekoturizm infratuzilmasini yaxshilash va investorlarni jalb etish. | 1. Urganch shahridan oʻrmon xoʻjaligining rekreatsiya hududlariga borish yoʻllarini taʼmirlash. 2. Ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun loyihalarni ishlab chiqish, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish choralarini koʻrilish. | 2021-yil sentyabr | Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi |
| IV. Mavzuli istirohat bogʻlarini rivojlantirish yoʻnalishida | |||||
| 22. | Xiva tumanida “Anor kompleksi” loyihasini tashkil qilish. | 1. Mazkur loyihani ishga tushirish boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan jadvalga asosan ishlarni amalga oshirish. 3. Ushbu kompleksda hunarmandchilik markazi, savdo rastalari va restoran xizmatini tashkil qilish. 4. Loyiha amalga oshirilishi bilan ushbu maskanni turizm maskaniga aylantirish choralarini koʻrish. | 2021-2022-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi |
| 23. | Yangiariq tumanida “Mennonit qishlogʻi” mavzuli parkini tashkil qilish. | 1. Mavzuli istirohat bogʻi loyihasini ishga tushirish boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan jadvalga asosan ishlarni amalga oshirish. 3. Ushbu majmuada mehmonxona va restoran xizmatlarini tashkil qilish. 4. Loyiha amalga oshirilishi bilan ushbu maskanni turizm maskaniga aylantirish choralarini koʻrish. | 2021-yil noyabr
| Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi |
| 24. | Xiva tumanida ekstremal va safari turizm obyektini yaratish loyihasini amalga oshirish. | 1. Mazkur loyihani ishga tushirish boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan jadvalga asosan ishlarni amalga oshirish. 3. Ushbu majmuada restoran xizmatini tashkil qilish. 4. Loyiha amalga oshirilishi bilan ushbu maskanni turizm maskaniga aylantirish choralarini koʻrish. | 2021-yil noyabr
| Tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi |
| V. Tibbiyot turizmini rivojlantirish yoʻnalishida | |||||
| 25. | Viloyatda faoliyat yurituvchi barcha tibbiyot muassasalarining veb-saytlarini ishga tushirish. | Ushbu veb-saytlarda taqdim etiladigan xizmatlar turlari, narxlari, mavjud yotoq joylari va boshqa maʼlumotlarni turli tillarda joylashtirish va yangilab borish. | 2021-yil noyabrdan boshlab doimiy | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 26. | Tibbiyot muassasalari va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni keng targʻibot qilish. | 1. Shovot tumani hududiga yaqin chegara postlarida hamda Urganch va Xiva shaharlarining markaziy koʻchalarida tibbiyot muassasalari faoliyati va koʻrsatilayotgan xizmatlar aks etgan videorolik va tashqi reklama bannerlarini joylashtirish. 2. Turkmaniston, Qozogʻiston va Rossiya turoperatorlari, tibbiyot muassasalari va OAV vakillari uchun info turlar tashkil qilish. 3. Tibbiyot muassasalari va ular tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar aks etgan xorijiy tillarda broshyura va tarqatma materiallar tayyorlash va keng targʻibotini yoʻlga qoʻyish. | 2021-yil noyabrdan boshlab doimiy
| Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| 27. | Tibbiy turizm yoʻnalishida keluvchi xorijiy turistlarning boʻlish vaqtini uzaytirish. | 1. Sanatoriylar va tibbiyot muassasalari qoshida qoʻshimcha xizmatlarni tashkil qilish. 2. Sanatoriylar va tibbiyot muassasalari bilan turoperatorlar hamkorligini kengaytirish. 3. Davolanuvchi turistlarga tibbiy turizm obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazish, tibbiyot muassasalariga tarqatma materiallarni joylashtirish. 4. Xorijiy turistlar uchun sanatoriylar va tibbiyot muassasalariga yoʻllanmalar berish va navbatni kuzatishning elektron mexanizmlarini joriy qilish. | 2021-2022-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Tibbiyot muassasalari |
| 28. | Xorijiy yirik tibbiyot muassasalarning filiallarini Urganch va Xonqa tumanlarida tashkil etish boʻyicha taklif kiritish. | 1. Dunyo reytingida yuqori boʻlgan tibbiyot muassasalari va tarmoqlari roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida ular bilan muzokaralar olib borish. 3. Hamkorlik qilish istagini bildirgan muassasalar bilan aloqalarni mustahkamlash va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan taklif kiritish. | 2021-yil noyabr
| Tashabbuskorlar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| VI. Taʼlim hamda smart (raqamli texnologiyalar) turizmni rivojlantirish yoʻnalishida | |||||
| 29. | Xorijiy va mahalliy oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida Al-Xorazmiy xotirasiga bagʻishlangan xalqaro matematika olimpiadasini tashkil etish. | 1. Barcha ommaviy axborot vositalari, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu olimpiada boʻyicha keng targʻibot ishlarini olib borish. 2. Olimpiadaga 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan 300 ga yaqin ishtirokchilar qatnashishini taʼminlash. | Rejaga asosan | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 30. | Viloyatda turizm sohasida band boʻlgan xodimlar malakasini oshirish. | 1. Joylashtirish vositalari, restoranlar xodimlari, turoperatorlar va gid tarjimonlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxatga asosan kamida 2 000 nafar mutaxassis xodimlar malakasini oshirish. | 2021-2022-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 31. | Viloyatda faoliyat yurituvchi madaniy meros obyektlariga turniketlar hamda audio gid qurilmalarini joriy qilish. | 1. Turistlar koʻp tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlarining roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida obyektlarda turniketlar va audio gidlar oʻrnatilishini taʼminlash. | 2021-yil noyabr 2022-yil mart | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Madaniyat vaziri, Xorazm viloyati hokimligi |
| 32. | Turistlar uchun oilaviy mehmon uylari va ovqatlanish shoxobchalarini topish imkoniyatini beruvchi “Guest house & food finder” mobil ilovasini ishlab chiqish va foydalanishni yoʻlga qoʻyish. | 1. “Guest house & food finder” mobil ilovasini ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. 2. Tanlov gʻolibiga Turizm va sport vazirligi tomonidan 5,0 mln soʻmgacha grant mablagʻlari ajratish. 3. Ushbu mobil ilova keng qoʻllanilishi uchun targʻibot ishlarini olib borish. | 2021-yil noyabr 2021-yil
| Turizm | Turizm va sport vazirligi |
| 33. | Tarixiy madaniyatni va asl oʻtmish muhitini jon�antirib beruvchi va virtual sayohat imkoniyatini taqdim etuvchi “3D VR BOX” dasturini ishga tushirish. | 1. “3D VR BOX” dasturini ishga tushirish tashabbusini bildirganlarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish. 2. Dasturda foydalanish uchun kerak boʻladigan barcha turizm obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etish. 3. Dasturni ishga tushirish va keng targʻib qilishni taʼminlash. | Doimiy ravishda
ravishda
| Tashabbuskorlar mablagʻlari, Turizm | Turizm va sport vazirligi |
| 34. | Turistlar uchun viloyatda taqdim etiladigan barcha xizmatlarni topish imkoniyatini beruvchi “Tour Line” ilovasini ishlab chiqish. | 1. “Tour Line” dasturini ishga tushirish tashabbusini bildirganlarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish. 2. Dasturdan foydalanish uchun kerak boʻladigan barcha turizm obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etish. 3. Dasturni ishga tushi�ish va keng targʻib qilishni taʼminlash. | Doimiy ravishda
| Tashabbuskorlar mablagʻlari, Turizm | Turizm va sport vazirligi |
| VII. Turizm sohasidagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish va turizm uchun istiqbolli hududlarni rivojlantirish yoʻnalishida | |||||
| 35. | Xorazm viloyatida turistik loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud boʻsh yer maydonlari va binolar asosida investitsiya loyihalarini tayyorlash. | 1. Aniqlangan boʻsh yer maydonlari va binolar boʻyicha “Xorazm viloyati turizm sohasidagi investitsiya loyihalari” nomli rus va ingliz tillarida materiallar tayyorlash. 2. Xorazm viloyatining turizm sohasidagi investitsiya salohiyatini yoritib beruvchi rus va ingliz tillarida videorolik tayyorlash. | Doimiy ravishda | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar Turizm va sport vazirligi |
| 36. | 2021-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan turizm sohasidagi yangi investitsiya loyihalarini aniqlash. Loyihalar amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha tumanlar kesimida monitoring olib borish. Loyiha tashabbuskorlariga doimiy amaliy yordam koʻrsatish. | 1. 2021-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan turizm sohasidagi yangi investitsiya loyihalarini aniqlash. 2. Loyiha tashabbuskorlariga doimiy amaliy yordam koʻrsatish. | 2022-yil fevral | - | Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar Turizm va sport vazirligi |
| VIII. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishida | |||||
| 37. | 2020-2021-yillarda viloyatdagi turoperatorlar sonini 80 taga, gidlar (hamroh tarjimon) sonini 150 taga, avtotransport vositalari sonini 177 taga yetkazish choralarini koʻrish. | 1. Turizm sohasida yaratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida hamda OAVlarda muntazam ravishda targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish. 2. Turistik yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan turistik sinfga mansub avtotransport vositalarini sotib olish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish. 3. Manzilli dastur ijrosini taʼminlash. | 2021-2022-yillar
| Tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 38. | Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi barcha taʼmirtalab boʻlgan joylashtirish vositalarini taʼmirlash boʻyicha tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish. | Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi barcha taʼmirtalab boʻlgan joylashtirish vositalarini taʼmirlash boʻyicha tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish. | 2021-yil noyabr | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 39. | Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan avtobus hamda temir yoʻl qatnovlari sonini oshirish. | 1. Xorazm viloyatiga Buxoro, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlaridan har kuni bitta avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha choralar koʻrish. 2. Qozogʻiston Respublikasining Aktau, Atrau, Chimkent shaharlaridan haftasiga 2 ta hamda Andijon-Urganch poyezdi yoʻnalishida haftasiga 3 ta reys qoʻyish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. | Pandemiya tugaganidan soʻng | Ijrochilar mablagʻlari | Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Xorazm viloyati hokimligi |
| 40. | Viloyatdagi asosiy koʻchalar, madaniy meros va boshqa turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllarda axborot beruvchi yoʻl koʻrsatkichlari sonini 120 taga yetkazish. | 1. Ziyoratgohlar, asosiy shoh koʻchalar, turizm va madaniy meros obyektlariga olib boradigan yoʻllarning va yoʻl belgilari oʻrnatiladigan joylarning manzilli roʻyxatini shakllantirish; 2. Shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha “Oʼz Dst 3331:2018” standarti asosida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish. | 2021-2022-yillar | Ijrochilar, mahalliy budjet mablagʻlari | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 41. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga 5-ilovaga asosan viloyatdagi turistik yoʻnalishlar boʻylab 2021-yilda 76,7 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish choralarini koʻrish. | 1. Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish. 2. Manzilli dasturga asosan 2021-yilda yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilishni kunlik monitoringini olib borish. | 2021-yilda grafikka asosan | Ijrochilar, mahalliy budjet mablagʻlari | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, mutasaddi vazirliklar va idoralar |
| 42. | Xorazm viloyatidagi turistlar tashrif buyuradigan barcha hududlarda qoʻshimcha 85 ta sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. | 1. Xorazm viloyatidagi turistlar tashrif buyuradigan barcha joylar, aholi gavjum koʻchalar, magistral yoʻl boʻylari roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida mavjud sanitariya-gigiyena shoxobchalari holatini oʻrganish va kamchiliklarni aniqlash. 3. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olish. | 2021-yil
| Tashabbuskorlar Mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 43. | Xorazm viloyatida namunaviy tarmoqli loyihalar asosida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish choralarini koʻrish. | 1. Viloyatda namunaviy tarmoqli loyihalar asosida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun mavjud 80 — 100 kvadrat metr oʻlchamda yer maydonlari roʻyxatini shakllantirish. 2. Zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish niyatida boʻlgan tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash masʼul idoralar va tashkilotlar bilan hamkorlikda tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish. 3. Tarmoq jadvaliga asosan ishlar amalga oshirilishini nazorat qilish. | 2021-yil
| Tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 44. | Qarovsiz hamda samarasiz foydalanishda boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlaridan turizmni rivojlantirish maqsadlarida foydalanish boʻyicha tegishli choralar koʻrish. | 1. Viloyatdagi qarovsiz hamda samarasiz foydalanishda boʻlgan mavjud moddiy madaniy meros obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va roʻyxatini shakllantirish. 2. Roʻyxatga asosan ulardan samarali foydalanish maqsadida masʼul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda turizm maqsadlarida foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2021-yil noyabr
| - | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarni boshqarish agentligi, Turizm va sport vazirligi |
| 45. | Xorazm viloyatiga tashrif buyurayotgan xorijiy turistlarning toʻlaqonli xarajat qilishi uchun turizm obyektlari va aholi gavjum koʻchalarda xorijiy plastik kartalarga (Visa card, Master card, Union Pay va boshqalar) xizmat koʻrsatuvchi va 24/7 rejimida ishlaydigan toʻlov terminallari va bankomatlar oʻrnatish nuqtalarini belgilash. | 1. Xorazm viloyatiga turistlar koʻp tashrif buyuradigan joylar roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida plastik joylarda toʻlov terminallari va bankomatlar oʻrnatish boʻyicha banklarga tavsiyalar berish. | 2021-yil noyabr | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Markaziy bank, Turizm va sport vazirligi |
| 46. | “Ichan qalʼa”ning sharqiy “Polvon” darvozasiga tutash qismida joylashgan “Anushaxon hammomi”ni oʻz davriga mos tarzda qayta tiklash, uning arxitektura qiyofasini saqlagan holda turistlar tashrif buyuradigan maskaniga aylantirish choralarini koʻrish. | 1. Mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha tashabbuskorlarni aniqlash, tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilishini taʼminlash. | 2021-yil dekabr
| Tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| 47. | Xorazm viloyati, Shovot tumanida joylashgan “Yusuf Hamadoniy” majmuasiga tutash hududlarda turizm infratuzilmasini barpo qilish, shuningdek, ziyoratchilar va turistlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, jumladan, umumiy ovqatlanish obyektlarini “halol” standarti boʻyicha sertifikatlashtirish va dam olish uchun joylar tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Xorazm viloyati, Shovot tumanida joylashgan “Yusuf Hamadoniy” majmuasiga tutash hududlarda turizm infratuzilmasini barpo qilish. 2. Ziyoratchilar va turistlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish obyek�larini “halol” standarti boʻyicha sertifikatlash. 3. Dam olish uchun joylar tashkil etish boʻyicha taklifni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil dekabr | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Qurilish vazirligi |
| 48. | Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻylab zamonaviy velo-yoʻlakcha tashkil qilinishini taʼminlash. | 1. Mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha tashabbuskorlarni aniqlagach, tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilishini taʼminlash. | 2021-yil noyabr | Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
| 49. | Samarqand viloyatidagi “Registon” majmuasi andozasi asosida “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududidagi madaniy meros obyektlari atrofida zamonaviy yoritish tizimi orqali lazer shoular tashkil etish. | 1. Loyiha takliflarini ishlab chiqish. 2. Donor tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va kelishish. 3. Loyihani amalga oshirish ishlarini olib borish. | 2021-yil noyabr
| Mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 50. | Hazorasp tumanining “Hazorasp qalʼa”si hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish, aholi va turistlar dam olish maskaniga aylantirish. | 1. Qalʼa devori yonidagi koʻlni obodonlashtirish, qazish va betonlashtirish ishlarini olib borish. 2. Koʻl atrofi boʻylab piyodalar va velo-yoʻlaklar tashkil qilish. 3. Koʻl suvining doimiy sirkulatsiyasini yaxshilash uchun koʻl yonidagi ariq suvini koʻlga yoʻnaltirish. 4. Koʻlda kemalar harakatini yoʻlga qoʻyish va ularning toʻxtab turishi uchun prichal 5. Koʻl atrofida yashil hudud tashkil qilish maqsadida manzarali daraxtlar oʻtqazish. 6. Hududda har xil chiqindilar tashlash uchun urnalar oʻrnatish va ularda yigʻilgan chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketish. 7. Hududda sanitariya-gigiyena shohobchasini tashkil qilish. 8. Koʻl hududida harakatlanishni yoʻnaltirish maqsadida axborot koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish. 9. Koʻl oʻrtasida mavjud orolchaga oʻtish uchun piyodalar koʻprigini barpo etish. | 2021-2022-yillar davomida | mahalliy budjet, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi |
| 51. | Xorazm viloyatining asosiy koʻchalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda turizm infratuzilmasini tashkil qilish. | 1. Xiva shahri temir yoʻl vokzaliga tutash boʻlgan hududda piyodalar uchun xiyobon va turistlar dam olishi uchun sharoit yaratish (“WI-FI” zonalar, zamonaviy yoritish, veloyoʻlak va yugurish uchun yoʻlaklar va boshqalar). 2. Xiva atrofida barpo etiladigan yangi koʻp qavatli uylar atrofida piyodalar xiyobonini milliy usulda va oʻrta asrlar ruhida obodonlashtirish. 3. Urganch va Xiva shaharlarida — musiqachilar, rassomlar va koʻcha aktyorlari bilan birgalikda piyodalar xiyobonini tashkil etish. 4. Urganch va Xiva shaharlarida namunaviy loyihalar asosida sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud boʻlgan “Aqlli bekatlar”ni barpo etish va ularda yigʻilgan oqovalar belgilangan tartibda olib chiqib ketilishini tashkil etish. 5. Urganch va Xiva shaharlari hamda viloyatning barcha tumanlarida — gastronomik turizmni rivojlantirish boʻyicha maxsus hudud tashkil qilish, xususan, turli mamlakatlar taomlari tayyorlanadigan ovqatlanish shaxobchalarini tashkil qilish va ularning tungi vaqtda ham ishlashini taʼminlash. | 2021-2022-yillar davomida | Mahalliy budjet, ijrochilar, tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Qurilish vazirligi |
| IX. Viloyatning turistik salohiyatini rivojlantirish va uni targʻib qilish yoʻnalishida | |||||
| 52. | “Bogʻi shamol” bogʻi, “Ollaqulixon” yozgi bogʻi, “Chodra hovli” majmuasi va “Islom Xoʻja” yozgi qarorgohini (Xiva shahri) turistik yoʻnalishlarga kiritish. | 1. “Bogʻi shamol” bogʻi, “Ollaqulixon” yozgi bogʻi, “Chodra hovli” majmuasi va “Islom Xoʻja” yozgi qarorgohi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tayyorlash. 2. Turizm sohasi subyektlariga maʼlumotlarni yetkazish. | 2022-yil yanvar | - | Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 53. | Xorazm viloyatida kinoturizmni rivojlantirish maqsadida mavjud kinolokatsiyalarni keng targʻib qilish. | 1. Xorazm viloyatining kinolokatsiyalarini keng targʻib qilish maqsadida yuqori sifatli katalogni yaratish. 2. Mazkur katalogni xalqaro darajadagi festival va koʻrgazmalarda namoyish qilish hamda doimiy yangilab borish choralarini koʻrish. | 2021-yil dekabr
| Ijrochilar mablagʻlari | Kinematografiya agentligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 54. | Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish. | 1. Turizm sohasi vakillari hamda OAVlar uchun infoturlar tashkil qilish. 2. Viloyatning turizm salohiyati aks etgan tarqatma materiallar (turizm obyektlari va koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatli foto, videoroliklari va broshyuralar) tayyorlashni davom ettirish. 3. Tayyorlangan targʻibot materiallarini xorijiy davlatlarda targʻib qilish choralarini koʻrish. | Doimiy ravishda | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 55. | Xiva shahrida joylashgan Ollaqulixon “Karvonsaroyi”da hunarmandchilik markazini tashkil qilish. | 1. Quruq va turli sarhil mevalar, ziravorlar va koʻplab poliz ekinlarini sotish uchun qadimiy koʻrinishdagi “Sharq bozori”ni tashkil qilish. 2. Hunarmandchilik mahsulotlari, xususan, gilamlar va Xorazm “choʻgirma”si milliy bosh kiyimini sotish savdo shoxobchalari tayyorlanishi jarayoni yuzasidan mahorat darslari tashkil etish boʻyicha shou-rumlar (showroom) tashkil etish. 3. Sopol va keramika buyumlari hamda hunarmandchilik mahsulotlarini sotish | 2021-yil dekabr | Ijrochilar, tashabbuskorlar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 56. | Bogʻot tumanida “Urganch sharob savdo” AJ negizida vinochilik turizmiga bagʻishlangan “Vinochilar maskani” loyihasini amalga oshirish va Xorazm viloyatining turistlar gavjum maskanlarida (diniy muassasalar, bolalar oʻyingohlari, tarixiy meʼmoriy inshootlarning ichkarisi va atrofidan tashqari) oʻzbek vino brendlarini targʻib qilish. | 1. Ushbu maskanni turistlar tashrif maskanga aylantirish uchun barcha zarur infratuzilma holatlarini oʻrganish va yaxshilash. 2. Xorij tajribasi asosida tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarni yaratish. 3. Maskanda barcha qulayliklar yaratilgandan soʻng turizm marshrutiga kiritilishi va targʻib qilinishini taʼminlash. | 2021-yil noyabr
| Uzumchilikni | Uzumchilikni Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 57. | Xorazm viloyatida har yili “Urganch sharob” AJ negizida tashkil etiladigan “Vinochilar maskani”da vino festivali oʻtkazilishini tashkil etish. | 1. Festivalni oʻtkazish boʻyicha alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Vino festivaliga xalqaro tashkilotlar, turistlarni jalb qilish. 3. Respublikada mavjud vinochilik korxonalarini jalb qilgan holda oʻzbek milliy brendlari koʻrgazmalarini hamda tabiiy vino degustatsiyalarini tashkil etish. 4. Festivalni oʻtkazish ssenariysi | 2021-yil dekabr | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda sanoat korxonalari | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| X. Viloyatda ichki turizmni rivojlantirish yoʻnalishida | |||||
| 58. | Respublika boʻylab ommaviy sayohat qilishni ragʻbatlantirish maqsadida “Ichki turizm oyligi”ni tashkil etish. | 1. Viloyatdagi barcha tashkilotlar xodimlari roʻyxatini shakllantirish, Xorazm va boshqa viloyatlarga tashrif reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Ichki turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar bilan hamkorlikda viloyatning barcha hududlari qamrab olingan imtiyozli narxlardagi ichki turizm takliflarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish. 3. Ichki turizm oyligida hududlardagi turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, madaniy koʻngilochar obyektlar va b�shqalar) tomonidan taqdim qilinadigan chegirmalar rasmiy veb-sahifada eʼlon qilib borilishini taʼminlash. 4. Televideniye va internet tarmoqlarida keng targʻibot ishlarini olib borish. | 2021-2022-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, vazirliklar |
| 59. | Viloyatdagi muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolarni oʻzaro bogʻlagan ichki ziyorat turizmi mahsulotlarini (turpaket) ishlab chiqish, shuningdek, imtiyozli narxlarda mahalliy fuqarolarga taklif qilish choralarini koʻrish. | 1. Viloyatda salohiyatli ziyorat turizmi obyektlarini shakllantirish va ularni oʻzaro bogʻlovchi turpaketlar ishlab chiqish. 2. Mazkur turpaketlarni mahalliy aholi oʻrtasida keng targʻib qilish ishlarini olib borish. | 2021-yil noyabr | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, vazirlik va idoralar |
| 60. | Ichki turizm doirasida keng targʻibot ishlarini olib borish. | Mahalliy telekanal va radiokanallarda har kuni kamida bir marotaba “Prime-Time” vaqtlarida mamlakat boʻylab turistat qilishga chorlovchi teleradiomahsulotlarni efirga uzatib borish. | Doimiy ravishda | - | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
2-ILOVA
3-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbai | Bajarish uchun masʼullar |
| I. Turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlarga ega zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini, shuningdek, maxsus, funksional va mavsumiy dam olish majmuasini tashkil etish | |||||
| 1. | “Shovot” kichik turistik zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Shovot” KTZ) hududida tashkil etiladigan turizm va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini qurish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi |
| 2. | “Shovot” KTZ hududida turizmni rivojlantirish uchun yetarli turizm infratuzilma obyektlarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank krediti | Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 3. | “Shovot” KTZ hududida zamonaviy savdo, xizmat koʻrsatish obyektlari, dam olish va madaniy-koʻngilochar markazlar (kinoteatrlar, karaoke-barlar, bouling, koʻngilochar markazlar va boshqalar) faoliyatini tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Madaniyat vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 4. | “Shovot” KTZ hududida turistlar koʻp tashrif buyuradigan joylarda Wi-Fi zonalarini kengaytirish va barqaror faoliyat koʻrsatuvchi uyali aloqa hamda internet faoliyatini yaxshilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-2022-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 5. | “Shovot” KTZ hududidagi mehmonxonalar, motel, kempinglar va dam olish, shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, hamda boshqa joylarda bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini toʻlov terminallari bilan taʼminlash hamda zaruratga koʻra qoʻshimcha bankomatlar tarmogʻini kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar davomida bosqichma-bosqich | Tijorat banklari mablagʻlari | Tijorat banklari, Markaziy bank, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari |
| 6. | “Shovot” KTZ hududida tadbirkorli� va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE tourism) oʻtkazishga moʻljallangan kongress-xoll, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, turistlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan “Visitor center” tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 7. | Sport-sogʻlomlashtirish hamda boshqa turizm obyektlari, zamonaviy muhandislik infratuzilmalari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| 8. | Kanal tizimi boʻylab yovvoyi hayotni rivojlantirish hududlarini, qushlarni kuzatish uylarini, suv oʻsimliklari va yashash muhitini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi “Shovot” KTZ direksiyasi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| 9. | Shahar tuzilmasidan sohil hududiga yetib borishni taʼminlovchi ekologik koʻpriklar, piyoda va velosiped yoʻllari qurish, bunda organik materiallarni qoʻllash. | Tashkiliy ch�ra-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 10. | Shahar tizimini qoʻllab-quvvatlovchi, ekologik tuzilmaga zarar yetkazmaydigan suv sport turlarini (kanoya, yelkan va h.k) yoʻlga qoʻyish, manzarani tomosha qilish maydonlari, sayr pirslari va koʻp funksiyali yoʻlaklar qurish tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| II. Shovot kanali boʻyining shaharsozlik dizayni va landshaft loyihasini ishlab chiqish | |||||
| 11. | Kanal jonlanishi va suv funksiyalarining shahar aholisiga taqdim qilinishi imkonini beruvchi loyihaviy yondashuvlarni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 12. | Chiziqli yoʻnalishda yashil yoʻlak tizimini ishlab chiqqan holda turistlar va shahar aholisiga xizmat qiluvchi tortish nuqtalarini shakllantirish. | Taklifni ishlab chiqish va amalga oshirish | 2021-yil davomida | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 13. | Optimal piyoda va velosiped yoʻnalishlarini aniqlash, multifunksiyali muhitlar bilan yoʻnalishlarning yaxlitlanishini taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-2022-yil davomida | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi |
| 14. | “Shovot” KTZ boʻylab suv bilan taʼminlash va koʻkalamzorlashtirishga asoslangan ekologik yoʻlakni shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-2022-yillar | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi |
| 15. | Kanal boʻyini suvning inson foydalanishiga yaqin boʻlishiga eʼtibor qaratgan holda terassalar shaklida loyihalash. Kanal boʻylab suv sporti turlarini tashkil qilish, sayr qayiqlarida turistlarni shahar bilan tanishtirish va suv boʻyida yurish yoʻlaklarini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 16. | Kanal boʻylab koʻkalamzor hudud loyihasiga ahamiyat bergan holda mavzuli istirohat bogʻlari, bolalar oʻyin maydonlari, dam olish maskanlari, manzarali landshaft hududlari kabi bir qancha yashil dizayn hududlarini tashkil etish. Koʻkalamzor hududlarni suv bilan taʼminlash, mos ravishda tanlangan oʻsimlik qoplamasi va funksional rang-barang koʻkalamzor dizaynni boshqa hududlardan ajratib koʻrsatish. Bu koʻrsatkichlar asosida hududda maʼlum bir takrorlanish bilan yashil hududlarni koʻpaytirish, uzluksiz piyoda yoʻlaklarining yashil elementlarini tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Turizm va sport vazirligi |
| III. Turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning hayoti xavfsizligi va salomatligini taʼminlash | |||||
| 17. | Koʻrsatiladigan turizm xizmatlari sifati va xavfsizligini hamda turistlarning huquqlari, qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjatlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 18. | Yakka va uyushgan turistlar ommaviy jamlanadigan va murakkab tabiiy toʻsiqlarga ega joylarda profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, ogʻir ahvolda qolgan shaxslarga zarur yordam koʻrsatishga va turistlarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan turistik nazorat va qutqaruv xizmatlari tizimini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar davomida bosqichma-bosqich | Ijrochilar mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 19. | “Shovot” KTZ hududida “Xavfsiz turizm” tizimini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-2023-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| IV. Yangi zamonav�y energiya tejovchi tizim va texnologiyalarni joriy etish orqali noyob ekologik tizimni saqlab qolish | |||||
| 20. | “Shovot” KTZ hududida tungi vaqtlarda yoritish tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, boshqa zamonaviy usul va texnologiyalarni keng joriy etish choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Energetika vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 21. | Koʻchalar va piyodalar yoʻllari orasida yashil maydonlarni tashkil etish, maishiy chiqindilar hosil boʻlishini minimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qattiq maishiy chiqindilarni alohida yigʻish va qayta ishlash tizimini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-2022-yillar | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Energetika vazirligi |
| 22. | Kun davomida elektr energiyasi isteʼmolini iqtisod qiluvchi uskunalardan hamda muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanish | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Energetika vazirligi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Xorazm viloyati hokimligi, “Shovot” KTZ direksiyasi |
| V. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, hududning turizm salohiyatini targʻib qilish | |||||
| 23. | Real vaqt rejimida turizm xizmatlari koʻrsatish imkoniyatini beruvchi “Shovot” KTZning rasmiy veb-sayti (mobil ilova)ni yaratish. | Alohida veb-sayt (mobil ilova) tashkil qilish | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | “Shovot” KTZ direksiyasi, Axborot texnologiyalari Turizm va sport vazirligi |
| 24. | “Shovot” KTZning toʻliq geografik joylashuvini uning turizm obyektlari haqidagi maʼlumotlar bilan birga “Google Maps”ga joylashtirish va QR-kodlar tizimini turizm yoʻnalishlari, joylashtirish vositalari, jamoat transporti hamda madaniy-koʻngilochar va sport tadbirlari chiptalarini onlayn band qilish va sotib olish tizimlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-2022-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 25. | “Shovot” KTZ haqidagi maʼlumotlarni “Vikipediya” saytida muntazam joylashtirib borish, turistik portallar (uzbekistan.travel va boshqa sohaviy saytlar) hamda ommabop ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, “Shovot” KTZ direksiyasi |
| 26. | “Shovot” KTZning turizm salohiyati va mavjud turizm xizmatlarini xalqaro va respublika miqyosda faol targʻib qilish strategiyasini ishlab chiqish. | Strategiyani ishlab chiqish | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 27. | “Shovot” KTZda mahalliy va xalqaro miqyosdagi madaniy-koʻngilochar, sport tadbirlari, yirik forum, konferensiya va boshqa MICE tadbirlarni oʻtkazish imkoniyatlarini targʻib qilish hamda muntazam tashkil etilishini taʼminlash maqsadida alohida targʻibot mexanizmini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| VI. Turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish | |||||
| 28. | Turizm va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi yuqori malakali kadrlarni muntazam tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularning darajasini mustaqil baholab borish tizimini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 29. | “Shovot” KTZ hududida faoliyat koʻrsatuvchi personalning “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti, tegishli xorijiy oʻquv maskanlari va taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yildan doimiy | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi |
| 30. | Turizm va xizmat koʻrsatish sohasida samarali koʻnikma va bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish. | Oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, “Shovot” KTZ direksiyasi |
| 31. | Turizm sohasi subyektlari xodimlariga majburiy malaka talablarini belgilovchi standartlarni ishlab chiqish (gidlar, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, umumiy ovqatlanish xizmatlari, transport va boshqalar). | Standartlarni ishlab chiqish | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi |
| 32. | Xiva turizm va servis kolleji faoliyatini rivojlantirish, taʼlim yoʻnalishlari va oʻquv dasturlarini “Shovot” KTZ va hududda koʻrsatiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Turizm va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| VII. Xorazm viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari | |||||
| 33. | Xorijiy yoʻnalishda Qozogʻistonning Beynau, Aktau, Atrau, Chimkent, Turkiston shaharlariga avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | - | Transport vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 34. | Andijon-Urganch yoʻnalishida temir yoʻl qatnovi sonini har haftada 3 baravar oshirish. Qozogʻistonning Beynau, Aktau, Atrau, shaharlaridan haftasiga uch marotaba Chimkent, Turkiston shaharlaridan haftasiga ikki marotaba temir yoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil iyul | - | Transport vazirligi, “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 35. | Sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari, ziyoratgoh, muzey, mehmonxonalar, hunarmandlar markazi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, restoran, kafe, barlar hamda aholi gavjum joylar, bozor, shohbekat, yoʻl boʻyi xizmat koʻrsatish va yoqilgʻi quyish shoxobchalari, istirohat bogʻlari, shuningdek, boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalar (SGSh)ni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzneftgazinspeksiya”, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 36. | Qarovsiz va samarasiz foydalanilayotgan moddiy madaniy meros obyektlaridan turizmni rivojlantirish maqsadlarida ishlatish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari | |
| 37. | Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻylab zamonaviy “velo-yoʻlakcha” tashkil qilinishini taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari | Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 38. | Turizm va sport vazirligining yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli qaror qabul qilish yoʻli bilan zamonaviy golf-kompleksini tashkil etishni nazarda tutuvchi aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Tashabbuskor mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar | Turizm va sport vazirligi, Kadastr agentligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 39. | Shovot tumanida joylashgan “Yusuf Hamadoniy”, Xiva shahridagi “Sayid Mohi Roʻyi Jahon”, Yangiariq tumanidagi “Shayx Muxtor vali”, Xiva tumanidagi Najmiddin Kubroning onasi “Bibi Hojar ona”, Hazorasp tumanidagi “Shoh Pir” kabi ziyoratgohlarda hamda tutash hududlarda turizm infratuzilmasini barpo qilish, shuningdek, ziyoratchilar va turistlar uchun qoʻshimcha qulayliklar, shu jumladan, “halol” standartiga ega umumiy ovqatlanish shoxobchalari, diniy marosimlar va dam olish uchun sharoitlarni yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Uch oy muddatda | - | Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, “Vaqf” XJF, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 40. | Qadimda xon bogʻlari boʻlgan “Bogʻi shamol”, “Qibla toza bogʻ”, “Orqa toza bogʻ”, “Rafanik”, “Sayot xon bogʻi” (chodira hovli), “Katta bogʻ”, “Gandimiyon bogʻi” (qadimda Gandumkon bogʻi), “Sheroziy bogʻi” kabi bogʻlarning joylashgan joylarini aniqlash hamda qayta tiklash. | Takliflarni ishlab chiqish | 2021-yil avgust | - | Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi |
| 41. | Buyuk bobokalonimiz, arab tili grammatikasi va tafsir ilmi boʻyicha alloma Mahmud az-Zamaxshariyning boy ilmiy merosini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish maqsadida Xorazm viloyatida 2022-yilda Mahmud az-Zamaxshariy xalqaro forumini oʻtkazish va Qoʻshkoʻpir tumanida Mahmud az-Zamaxshariy nomidagi xalqaro ilmiy markazni tashkil etish va turistlar tashrifi uchun sharoit yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | - | Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
4-ILOVA
|
T/r |
Amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar |
Oʻlchov birligi |
Quvvati* |
Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) |
Yillar boʻyicha (mln soʻm) |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼul vazirliklar va idoralar | |
|
2022-yil |
2023-yil |
|
| |||||
|
|
Jami |
|
|
56 233,1 |
29 317,1 |
26 916 |
|
|
|
1. |
Mahalliy budjet |
|
|
55 733,1 |
28 817,1 |
26 916 |
|
|
|
2. |
Tarmoq korxonalari mablagʻlari |
|
|
500 |
500 |
- |
|
|
|
I. Yoʻl infratuzilmasini qayta qurish, joriy va mukammal taʼmirlash | ||||||||
|
1. |
Rekonstruksiya qilish ishlari |
|
|
30 000 |
10 000 |
20 000 |
|
|
|
1. |
Shovot kichik turizm zonasi hududiga kiruvchi ichki xoʻjalik yoʻllarini qayta qurish, joriy va mukammal taʼmirlash. |
km |
15 |
30 000 |
10 000 |
20 000 |
Mahalliy budjet |
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, |
|
II. Elektr energiyasi tarmoqlarini qurish va taʼmirlash | ||||||||
|
2. |
Hammasi |
2 143,1 |
2 143,1 |
|
|
| ||
|
1. |
Shahar tipidagi transformator punkti 250/6 kVAli 7 dona transfarmator punktini oʻrnatish. |
dona/kVA |
7/250/6 |
894,6 |
894,6 |
Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari |
�Hudududiy elektr tarmoqlari” AJ | |
|
2. |
Tozabuloq podstansisida KL-6 kV kabel liniyasini yotqizish. |
km |
5 |
1 248,5 |
1 248,5 |
“Hudududiy elektr tarmoqlari” AJ | ||
|
III. Tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash | ||||||||
|
1. |
Shovot kanali boʻyicha jami |
|
1 |
110 |
110 |
|
|
|
|
1. |
Urganch shahridagi Shovot kanali boʻyida qurilishi rejalashtirilgan obyektlarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. |
km |
1 |
110 |
110 |
Loyiha tashabbuskori |
“Hududgaztaʼminot” AJ, Energetika vazirligi, | |
|
IV. Ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish hamda aholini uzluksiz sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash | ||||||||
|
2. |
Ichimlik suv tarmoqlari |
km, |
|
3 050 |
1 750 |
1 300 |
||
|
1. |
Urganch shahri, Shovot kanali boʻyida rejalashtirilgan turistik zona hududida ichimlik suv tarmogʻini qurish. |
km |
15 |
2 250 |
1 250 |
1 000 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot |
|
2. |
Suv nasoslarini oʻrnatish. |
dona |
4 |
800 |
500 |
300 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot |
|
2. |
Oqova suv xizmati |
|
|
11 040 |
5 424 |
5 616 |
||
|
1. |
Shovot kanalining suvni muhofaza qilish mintaqasidan tashqarida quvvati sutkasiga 200 m3 oqova suvlarni tozalashga moʻljallangan kommunal oqova suv tozalash inshootlarini qurish. |
obyekt |
5 |
6 000,0 |
2 400,0 |
3 600,0 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, |
|
2. |
Urganch shahridagi Shovot kanali boʻyida rejalashtirilgan turistik zona hududida kichik suv chiqarish nasos stansiyalarini qurish. |
km |
14 |
5 040 |
3 024 |
2 016 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot |
|
V. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish | ||||||||
|
1. |
Shovot kanali boʻyicha jami: |
|
|
390 |
390 |
0 |
|
|
|
1. |
Shovot kanali boʻylab optik tolali aloqa liniyalarini tortish. |
km |
13 |
390 |
390 |
“Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari |
“Oʻzbektelekom” AK | |
|
VI. “Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||||||
|
11. |
Jami |
|
|
9 500 |
9 500 |
|
|
|
|
1. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun qoʻshimcha 30 dona konteyner olib kelish. |
Obyekt |
16 |
3 500 |
3 500 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
2. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun 2 dona chiqindi tashish texnikasi (musurovoz) xarid qilish. |
Dona |
2 |
1 400 |
1 400 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, | |
|
3. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun suv sepish mashinasini xarid qilish. |
Dona |
2 |
1 600 |
1 600 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
4. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun teleskop minorasi (18 metrli) xarid qilish. |
Dona |
1 |
700 |
700 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
5. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun samosval xarid qilish. |
Dona |
1 |
600 |
600 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
6. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun kompressor xarid qilish. |
Dona |
2 |
150 |
150 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
7. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun payvandlash agregati xarid qilish. |
Dona |
2 |
100 |
100 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
8. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun koʻchma suv nasosi xarid qilish. |
Dona |
1 |
50 |
50 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
9. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun gazon oʻrish mashanasi xarid qilish. |
Dona |
20 |
400 |
400 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |
|
10. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun mototsikl xarid qilish. |
Dona |
4 |
800 |
800 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokiml�gi | |
|
11. |
“Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” DUK uchun motoarra xarid qilish. |
Dona |
10 |
200 |
200 |
Mahalliy budjet |
Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi | |