Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2021 02.06.1997 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Davlat kadastrlari yagona tizimi va binolar va inshootlarning yagona davlat hisobini yaratish hamda uning yuritilishini tashkil qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasida nazarda tutilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini hamda ular yuzasidan bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga ega boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 1-iyundan boshlab tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlarning davlat kadastri yuritilishini tashkil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlanishi, shahar (qoʻrgʻon) chegaralari ishlab chiqilishi va qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlagan holda 1997-1998-yillar mobaynida shaharlar va qoʻrgʻonlar chegaralarini tartibga solsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yildan boshlab davlat kadastrlarini yuritish uchun baza sifatida shaharlar, qoʻrgʻonlar va qishloq tumanlari markazlarining geodeziya tarmoqlari va topografik asoslarini muntazam yangilashga kirishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikni oʻzgartirish va toʻldirishga doir takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar obyektlarining yagona klassifikatorini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip boʻyicha tashkil etiladi va bu obyektlarning huquqiy, xoʻjalik va arxitektura-qurilish maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tizimini mujassamlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash uchun yuritiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish boʻyicha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat shaharsozlik kadastrini, davlat yer kadastrini, foydali qazilma konlari davlat kadastrini, koʻp yillik oʻsimliklar davlat kadastrini yuritish boʻyicha munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik maʼlumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu obyektlar toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa maʼlumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqda tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mulk egasi boʻlgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli boʻlgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarga ega boʻlishlari shart.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootni davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni roʻyobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo boʻlgandan, oʻzgargandan va toʻxtagandan yoxud huquqiy holati oʻzgargandan keyin bir oy muddatda bino va inshootga kadastr yigʻmajildini tayyorlash va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar boʻyicha binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha kadastr maʼlumotlarini umumlashtirish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman respublika boʻyicha kadastr maʼlumotlarini umumlashtirish, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, shu jumladan ularni metodik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr maʼlumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini taʼminlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish boʻyicha ishlar koʻchmas mulkka kadastr hujjatlarini tayyorlaganlik uchun toʻlanadigan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-noyabrdyagi 309-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan obyektlar boʻyicha binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. BINOLAR VA INShOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter maʼlumotlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham anʼanaviy (kadastr daftarida roʻyxatdan oʻtkazish, kadastr rejasiga kiritish), ham avtomatlashtirilgan (maʼlumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqich — binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xoʻjalik va arxitektura-qurilish maqomi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash va kadastr daftarida roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqich — obyektlarni chizmada joylashtirib kadastr rejasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda maʼlumotlar kompyuter bazasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari tumanlar, shaharlar boʻyicha tuziladi, ularning hududi hisobga olish uchastkalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid boʻlinishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar, qoʻrgʻon chegaralarini hisobga olish uchastkalariga boʻlishni bildiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim boʻyicha kadastr kodi (raqami) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Binolar va inshootlarning kadastr yigʻmajildi maʼlumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlarining asosini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastrida maʼlumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular boʻyicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda kadastr daftarida binolar va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo boʻlishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va toʻxtatilishi) toʻgʻrisidagi, shuningdek obyektni tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiylik rejimiga ega boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus kadastr daftarida qayd etiladi, ushbu daftarni yuritish xususiyatlari va mazkur obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda binolar va inshootlarning huquqiy, xoʻjalik va arxitektura, qurilish maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kadastr daftariga ilovaga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo boʻlish asoslari va muddatlari, ularning toʻxtatilish muddatlari, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu obyektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu obyektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va boshqa maʼlumotlar binolar va inshootlar xoʻjalik maqomining asosini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh rejalariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi toʻgʻrisidagi va boshqa texnik maʼlumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kadastr maʼlumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Har bir bino va inshoot kadastr daftariga muayyan kadastr raqami ostida yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kadastr daftaridagi yozuvlarni tuzatishga yoki toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar kadastr daftariga yozilgan maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki toʻldirish zaruriyati paydo boʻlsa, u holda ilgarigi yozuvlar bekor qilinadi va obyekt toʻgʻrisidagi yangi maʼlumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida toʻldiriladi.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. BINO VA INShOOTLAR KADASTRINI YuRITIShNI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻplangach va roʻyxatidan oʻtkazilgach bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi xaritalar va rejalarning 1:100 dan 1:10000 gacha boʻlgan masshtab qatoridan iborat boʻladiki, bu roʻyxatdan oʻtkaziladigan obyektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining koʻrgazmali chizma belgilanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bino va inshootlar maʼlumotlari asosida tuman, shahar geofondlari yuritiladi. Tuman, shahar geofondlari — binolar va inshootlarning topografiya-geodeziya, kartografiya, mahandislik-geologiya, gidrogeologiya, ekologiya, sanitariya-gigiyena, sotsiologiya, loyihalash-rejalashtirish, tarixiy-madaniy, stixiyali ofatlar va texnogen falokatlari, texnik inventarizatsiyalanganligi va pasportlashtirilganligi, mikroseysmik rayonlashtirilganligi va seysmik turgʻunligiga oid zamonaviy va tarixiy geoaxborot maʼlumotlari omboridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuman, shahar binolari va inshootlari toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlarining kompyuter bazasi tuman, shahar binolari va inshootlarining kadastr, daftariga kiritilgan maʼlumotlari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kompyuter maʼlumotlari Qorqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha yilning har choragida umumlashtiriladi va bir tizimga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kompyuter kadastr maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlarining bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning kompyuter bazasi binolar va inshootlarni klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar boʻyicha obyektlarning guruhlari boʻlinishi asos qilib olinadigan yagona tizimi boʻyicha shakllantiriladi: binolar va inshootlarning maqsad yoʻnalishi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda, shuningdek qurilish-texnik tavsiflari boʻyicha hududiyligi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi.
(23 — 25-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan 21 — 23-bandlarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Binolar va inshootlarning 31-dekabrdagi holati boʻyicha kadastr maʼlumotlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan har yili tumanlar, shaharlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nashr etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan 24-bandga almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar, inshootlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kadastr raqami‎‎‎

‎‏Pochta manzili

Yuridik va jismoniy shaxsning nomi‎‏
‎‏

Mulkchilik shakli
‎‏

Obyektning nomi
‎‏

Binolar, inshootlarning___dagi holatiga koʻra kadastr (inventar) baholanishi‎‎

Massivning kadastr raqami‎‏

‎Hisobga olingan uchastkaning kadastr raqami

Yer uchastkasi maydoni‎‎‎

Bino, inshootlar‎‎

umumiy yer uchastkasi maydoni‎

shu jumladan qurilish ostidagi yer uchastkasi maydoni‎

Qurilish davri‎

Kapitalligi‎

Funksiyasi (moʻljallanganligi)‎

Konstruktiv turi‎

Imoratning holati(eskirishi, seysmik turgʻunligi)‎

Muhandislik jihozlanganligi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

A. Asosiy roʻyxatdan oʻtkazish‎‎

V. Joriy roʻyxatdan oʻtkazish‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________________dagi holati‎‎

Bahsli masalalar (sababi). Sanasi‎‏
‎‏
‎‎‏

‎Cheklanishlar, servitutlar

‎Joriy baholash
‎‏
‎‏




‎‎‏Mufassal hujjatlashtirilgan qanday maʼlumotlar bor va qayerda joylashgan (kadastr hujjati raqami)
‎‎‏
‎‎‏

(sana)‎‎‎

‎‎

Muhandislik kommunikatsiyalari‎‎

Loyiha tipi‎

Maydoni‎‎

Qavatliligi‎

Qiymati‎‎‎

Nomi‎‎‎

Qurilish usuli va joylashuv balandligi‎‎

Oʻlchov parametrlari (diametri, kesimi)‎‎‎

Texnik parametrlar (quvvati, bosimi, kuchlanishi)‎‎‎

Ahamiyati (mintaqaviy, shahar, tuman, mikrorayon,sanoat)‎‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎‎‎

21‎‎

22‎‎

23‎‎

24‎

25‎

26‎

27‎‎

A. Asosiy roʻyxatdan oʻtkazish‎‎

V. Joriy roʻyxatdan oʻtkazish‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)