Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.11.2007 02.06.1997 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.11.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FOYDALI QAZILMA KONLARINI OChUVChILAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-sonli “Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirishda geolog razvedkachilar mehnatini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilma konlarini ochuvchilar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 279-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilma konlarini ochuvchilar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqildi, u alohida shaxslar yoki shaxslar guruhini foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb e’tirof etish shartlarini, kon ochish huquqini olish uchun buyurtmanomalar berish va ularni ko‘rib chiqish, kon ochuvchilarni O‘zbekiston Respublikasining Kon ochuvchi diplomi va “Kon ochuvchi” ko‘krakka taqiladigan nishoni bilan mukofotlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan, ilgari ma’lum bo‘lmagan foydali qazilma konini topgan, qidiruv ishlarini bajargan, shuningdek, foydali qazilmalarning qo‘shimcha zaxiralarini ko‘paytirish imkonini beruvchi yangi qatlamlarni va kon jismlarini yoki ilgari ma’lum bo‘lgan kondagi amalda uning sanoat ahamiyatini oshiruvchi yangi mineral xomashyoni aniqlagan shaxslar foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb e’tirof etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Foydali qazilma koni — bu foydali qazilmaning tabiiy yoki tabiiy-texnogen holda to‘planishidir, unga miqdori va sifatidan va texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib mazkur ekologik-iqtisodiy sharoitlarda sanoat yo‘li bilan ishlov berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zining belgilariga ko‘ra faqat texnik-iqtisodiy va ekologik sharoitlar o‘zgarganda ishlov berilishi mumkin bo‘lgan foydali qazilmaning boshqa to‘planishi, shuningdek ular uchun qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilmagan foydali qazilma to‘planishi nosanoat konlarga tegishli bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Foydali qazilma konlari xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga, tasdiqlangan balans zaxiralari hajmiga, mineral xomashyoning sifatiga va foydalanishning iqtisodiy shartlariga ko‘ra besh asosiy guruhga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) noyob foydali qazilma konlari (binokorlik materiallari va keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari bundan mustasno), ular zaxira hajmlarining ko‘pligi, mineral xomashyosining yuqori sifati va foydalanishdagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) I guruh — sanoatning tegishli tarmoqlarini rivojlantirish uchun eng muhim bo‘lgan yerlarda joylashgan, mineral xomashyo sifati yuqori bo‘lgan va ularni qazib olishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari qulay bo‘lgan foydali qazilma konlarining yirik guruhlari zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) II guruh — katta zaxiralarga, mineral xomashyoning yuqori sifatiga ega bo‘lgan, biroq iqtisodiy shartlariga ko‘ra sanoat jihatidan o‘zlashtirish uchun nisbatan murakkab bo‘lgan foydali qazilmalarning yirik konlari, shuningdek, o‘rtacha zaxirali, foydalanishda qulay iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan alohida taqchil foydali qazilma konlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) III guruh — o‘zlashtirilishi bo‘yicha qulay iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadigan zaxirasi o‘rtacha foydali qazilma konlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) IV guruh — qazib olinishi bo‘yicha qulay iqtisodiy sharoitlarga ega bo‘lgan, zaxiralari bo‘yicha mayda foydali qazilma konlari, shuningdek, binokorlikda ishlatiladigan tosh materiallar zaxirasi bo‘yicha yirik va o‘rtacha konlar hamda foydalanish jihatidan qulay iqtisodiy sharoitlarga ega bo‘lgan, alohida sanoat va qishloq xo‘jaligi tumanlari uchun mahalliy ahamiyatli keng tarqalgan foydali qazilma konlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. FOYDALI QAZILMA KONLARINI OChISh HUQUQI E’TIROF ETILADIGAN ShARTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) keyingi geologiya-razvedka ishlarida konning ochilishiga olib kelgan foydali qazilma konini topish masalasida aniq maydonlar va geologik hosila istiqbollarining asoslangan prognozini birinchi marta bergan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qidirish va razvedka ishlari qo‘yilishini, bu ishlarni amalga oshirish metodikasini asoslab bergan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dala ishlarini o‘tkazishda bevosita ishtirok etgan, shuningdek foydali qazilma koni aniqlanishiga va uning sanoat ahamiyati baholanishiga ijodiy ulush qo‘shgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) foydali qazilmalarning yangi qatlamlari va qo‘shimcha zaxiralari, yoxud ilgari ma’lum bo‘lgan konda konni o‘zlashtirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tubdan oshiruvchi mineral xomashyo (qimmatli komponent)ning yangi turi mavjudligi aniqlangan yoki buni ilmiy asoslab bergan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qisqa muddatlarda yangi kon ochilishiga yoki ilgari ma’lum bo‘lgan foydali qazilma konining tubdan qayta baholanishiga olib kelgan geologiya-razvedka ishlariga ilmiy va metodik rahbarlik qilinishini, shuningdek bu ishlar yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlagan shaxslar (shaxslar guruhi) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konni ochish huquqi foydali qazilma koni zaxirasi belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin e’tirof etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foydali qazilma konlarini ochuvchilar davlat pul mukofotini olish huquqiga ega bo‘ladilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Kon ochuvchi diplomi va “Kon ochuvchi” ko‘krakka taqiladigan nishoni bilan mukofotlanadilar va O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilma konlarini ochuvchilar Faxriy daftariga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy daftar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) huzuridagi ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazida saqlanadi hamda to‘ldirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat pul mukofotini to‘lash tartibi va uning miqdori to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon ochuvchi diplomi mazkur Nizomning 4, 5, 9 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hollarda har bir foydali qazilma konini ochganlik uchun bir shaxsga bir necha marta topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Kon ochuvchi” ko‘krakka taqiladigan nishoni bilan konni ochuvchi bir shaxs faqat bir marta mukofotlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Kon ochuvchi diplomi, “Kon ochuvchi” ko‘krakka taqiladigan nishoni Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ishlab chiqiladi va tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon ochuvchi diplomi va “Kon ochuvchi” ko‘krakka taqiladigan nishoni manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FOYDALI QAZILMA KONLARINI OChISh HUQUQINI OLISh UChUN BUYuRTMANOMALARNI TAQDIM ETISh VA ULARNI KO‘RIB ChIQISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Foydali qazilma konlarini ochish huquqini olish uchun berilgan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi huzurida Kon ochuvchilar ishlari bo‘yicha markaziy idoralararo komissiya tuziladi, uning tarkibi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar vakillaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon ochuvchilar ishlari bo‘yicha markaziy idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar, boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslar, kon ochishga oid materiallarni ko‘rib chiqish asosida, aniq kon bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralari tasdiqlangandan so‘ng, Kon ochuvchilar ishlari bo‘yicha markaziy idoralararo komissiyaga buyurtmanomalar yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomada va unga ilova qilingan materiallarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) foydali qazilma koni, uning topilishi tarixi, geologiya-razvedka ishlarining turli bosqichlarida obyektning ochilishi va o‘rganilishida qatnashgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kon ochishga oid materiallarni ko‘rib chiqish protokoli va kon ochish huquqini olishga da’vogarlik qiluvchi aniq shaxslar ro‘yxati, unda konni ochish, uni sanoat jihatdan baholash va buyurtmanomalar berish davrida ular egallab turgan lavozimlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kon ochuvchilar ishlari bo‘yicha markaziy idoralararo komissiya uch oy muddatda tushgan materiallarni ekspertiza qiladi va foydali qazilma konini ochuvchilar deb e’tirof etilgan shaxslar to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror protokol bilan rasmiylashtiriladi, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir oy muddatda buyurtmanoma bergan tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar bir konning o‘zini ochuvchilar deb e’tirof etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) noyob kon uchun — 10 kishigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) I guruh koni uchun — 7 kishigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) II va III guruh koni uchun — ko‘pi bilan 5 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) IV guruh koni uchun — ko‘pi bilan 2 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kon ochuvchilar ishlari bo‘yicha markaziy idoralararo komissiya, shuningdek kon ochuvchi huquqini olishga da’vogar bo‘lgan alohida shaxslarning buyurtmanomalarini va tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar tomonidan kon ochuvchilar ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslarning arizalarini ham ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan buyurtmanomalar va arizalar mazkur Nizomning 9-bandi birinchi qismi bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon ochuvchilar ishlari bo‘yicha markaziy idoralararo komissiya uch oy muddatda buyurtmanoma yoki ariza (shikoyat) bergan shaxslarni ular kon ochuvchilar deb e’tirof egilganligidan xabardor qiladi yoki sababini ko‘rsatgan holda rad javobi beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kon ochuvchilar ishlari bo‘yicha markaziy idoralararo komissiyaning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq kon guruhlarini aniqlash va konni ochganlik yoki uni tubdan qayta baholaganlik uchun davlat pul mukofoti miqdorini belgilash uchun obyektga oid geologik materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi foydali qazilma konlarini ochganlik uchun mukofotlar bo‘yicha Davlat idoralararo komissiyasiga yuboriladi.