Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga
1-ILOVAILOVA
| Bosqichlar | Subyekt | Tadbirlar | Bajarish muddati | |||
| 1-bosqich | Muassasa va tashkilot | Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: xalq taʼlimi muassasa va tashkilotlarining koʻchmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari huzuridagi Davlat mulkini ijara berish markazi davlat unitar korxonalariga toʻlangan 1 foizi va elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlovdan tashqari); oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha qoʻshimcha taʼlim berishdan olingan daromadlar; xalq taʼlimi muassasa va tashkilotlari faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; vaqtincha boʻsh turgan milliy valyutadagi mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari; muassasa va tashkilotlarning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga belgilangan qoʻshimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablagʻlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar. | Yil davomida | |||
| 2-bosqich | Muassasa va tashkilot | Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar rejasi muassasa rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanib, umumtaʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi muassasalarning rahbariga kelishish uchun kiritiladi. Jamgʻarma mablagʻlari faqat tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun moliyalashtiriladi. | Kalendar yili boshida | |||
| 3-bosqich | Muassasa va tashkilot | Umumtaʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi daromadlar va xarajatlar rejasini koʻrib chiqib, roziligini beradi. Boshqa xalq taʼlimi muassasa va tashkilotlarida rahbar tomonidan koʻrib chiqilib, rozilik beriladi. | 2 kun davomida | |||
| 4-bosqich | Muassasa va tashkilot | 1. Kuzatuv kengashi roziligi olingandan soʻng daromadlar va xarajatlar rejasi xalq taʼlimi muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa xalq taʼlimi muassasa va tashkilotlarida jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar rejasi ularning rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi. | 1. 1 kun davomida | |||
| 2. Jamgʻarma tushumlari (maqsadli homiylik va xayriya mablagʻlaridan tashqari) quyidagi tartibda yoʻnaltiriladi: respublika darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 5 foizi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga; hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysinuvidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 5 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining jamgʻarmalariga; tuman (shahar) darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 2 foizi hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari jamgʻarmalariga, 3 foizi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tushumlari ularning ixtiyorida qoldiriladi. | 2. Mablagʻ tushumiga koʻra | |||||
| 3. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobini yuritish markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (muassasa va tashkilot buxgalteri) yoki muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobini yurituvchi buxgalter tomonidan yuritiladi. | 3. Rejaga muvofiq | |||||
| 4. Muassasa rahbari tomonidan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga yozma murojaat beriladi, zarur hujjatlar taqdim etiladi va ushbu rejada belgilangan xarajatlarga mablagʻlar sarflanadi. Boshqa xalq taʼlimi muassasa va tashkilotlarida tasdiqlangan rejaga muvofiq ularning rahbari tomonidan sarflanadi. | 4. Yil davomida | |||||
| 5-bosqich | Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati | Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat muassasa rahbari tomonidan berilgan yozma murojaatga asosan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tuman (shahar) xalq taʼlimi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan foydalaniladi. | Rejaga muvofiq yil davomida |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga
2-ILOVA| Lavozimlar nomi | Tarif stavkalari miqdorlari: | ||||
| oliy malaka toifali | birinchi malaka toifali | ikkinchi malaka toifali | oliy maʼlumotli | oʻrta maxsus maʼlumotli | |
| 1. Umumtaʼlim muassasalarining boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, oʻqituvchi-defektolog, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumtaʼlim maktablarining maxsus pedagogi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimlari hamda oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining metodik taʼminlash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va davlat taʼlim standartlari monitoringi guruhlari xodimlari | 2 881 828 | 2 607 826 | 2 340 317 | 2 090 399 | 1 954 033 |
| 1.1. Yoshlar yetakchisi, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi | 2 090 399 | ||||
| 2. Respublika muassasa va tashkilotlari metodistlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari metodistlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimlari hamda oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari metodistlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari metodistlari | 2 881 828 | ||||
| 3. Maktabdan tashqari muassasaning oʻqituvchi-treneri, oliy sport mahorati maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpia zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining instruktor-metodistlari, sport psixologi | 2 117 518 | 1 978 039 | 1 851 265 | 1 725 279 | 1 603 710 |
| 4. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi | 2 197 828 | 2 056 958 | 1 916 981 | 1 781 907 | 1 652 203 |
| 5. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsertmeysteri | 1 916 981 | 1 781 907 | 1 652 203 | 1 527 724 | 1 410 683 |
| 6. Xalq taʼlimi barcha tipdagi muassasalarining tarbiyachisi, katta tarbiyachisi (tarbiyachi-metodist) | 2 881 828 | 2 607 826 | 2 340 317 | 2 090 399 | 1 465 523 |
| 6.1. Umumiy oʻrta tipdagi muassasalar psixologlari, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari | 2 282 408 | 2 151 458 | 2 014 709 | 1 881 360 | 1 758 629 |
| 6.2. Xalq taʼlimi barcha tipdagi muassasalarining psixologi (6.1.-bandda koʻrsatilgan tashqari) va maktabdan tashqari muassasalar instruktor-metodisti | 1 277 984 | 1 187 933 | 1 101 470 | 1 018 482 | 940 454 |
| 7. Xalq taʼlimi barcha muassasalaridagi metodist (3-bandda koʻrsatilgandan tashqari), pedagog-tashkilotchi, toʻgaraklar, studiyalar, seksiyalar rahbarlari, barcha ixtisosliklar instruktorlari, katta vojatiy, akkomponiator, musiqa rahbari, ekskursovod, madaniyat ishlari boʻyicha tashkilotchi | 1 124 607 | 1 034 572 | 948 124 | 865 627 | 787 178 |
| 8. “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak rahbarlari, instruktor-metodistlar va metodistlar, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari toʻgarak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yoʻriqchisi | 1 939 949 | 1 784 640 | 1 635 515 | 1 493 207 | 1 357 882 |
| 9. Kutubxona mudiri | x | x | x | 1 251 639 | 1 147 152 |
| 10. Kutubxonachi | x | x | x | 1 047 107 | 994 752 |
| Lavozimlar nomi | Tarif stavkalari miqdorlari | ||||
| I guruh | II guruh | III guruh | IV guruh | ||
| 1. Rahbar xodimlar: | |||||
| 1.1. Umumtaʼlim muassasasi direktori | 3 467 983 | 3 278 418 | 3 091 716 | 2 895 520 | |
| 1.2. “Mehribonlik” uyi direktori | 3 091 716 | 2 895 520 | x | x | |
| 1.3. Maktabdan tashqari muassasa direktori | 1 277 984 | 1 187 933 | 1 101 470 | x | |
| 1.4. “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori | 1 980 876 | 1 841 297 | 1 707 277 | x | |
| 1.5. Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehribonlik” uylari respublika sogʻlomlashtirish oromgohi rahbari | 2 782 545 | 2 605 968 | 2 605 968 | x | |
| 1.6. Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpia zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori | 2 260 662 | x | x | x | |
| 1.7. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori | 2 117 518 | 1 978 039 | 1 851 265 | x | |
| 1.8. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori | 2 637 392 | 2 468 349 | x | x | |
| 2. Rahbarlarning oʻrinbosarlari: | |||||
| 2.1. Umumtaʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari | 3 278 418 | 3 091 716 | 2 895 520 | 2 704 330 | |
| 2.2. Umumtaʼlim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari-Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari | 2 090 399 | ||||
| 2.3. “Mehribonlik” uyi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari | 2 895 520 | 2 704 330 | x | x | |
| 2.4. Maktabdan tashqari muassasa direktorining oʻrinbosarlari (2.9.-banddan tashqari) | 1 187 933 | 1 101 470 | 1 018 482 | x | |
| 2.5. “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining oʻrinbosarlari (2.9.-banddan tashqari) | 1 841 297 | 1 707 277 | 1 578 649 | x | |
| 2.6. Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining oʻrinbosari | 2 117 518 | X | x | x | |
| 2.7. Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining oʻrinbosari, filial direktorlari | 1 978 039 | 1 851 265 | 1 725 279 | x | |
| 2.8. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari | 2 468 349 | 2 300 378 | x | x | |
| 2.9. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari | 1 473 637 | 1 360 575 | 1 251 639 | 1 147 152 | ”. |
| “ | 11. | Ministerstvo narodnogo obrazovaniya | 436 | 770 | 242 | 113 | 415 | |||
| Sentralniy apparat | 5 | 9 | 7 | 2 | - | |||||
| Oblastnie zvenya | 28 | 28 | 14 | 14 | - | |||||
| Rayonnie zvenya | 209 | 562 | 206 | 28 | 358 | |||||
| Podvedomstvennie organizatsii | 194 | 128 | 15 | 69 | 57 | 49 | 25 | ”. |
| “ | 1531. | Vospitatel v spetsializirovannix obrazovatelnix uchrejdeniyax dlya detey s ogranichennimi vozmojnostyami | 2349 | S | V/O | 5110900 | ”; |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga
3-ILOVA