Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.1997 25.12.1992 yildagi 587-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON DAVLAT QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARISh (“OʻZQURILIShMATERIALLARI”) KONSERNI USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-maydagi 277-sonli “Oʻzbekiston Davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“Oʻzqurilishmateriallari”) konserni ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“Oʻzqurilishmateriallari”) konsernining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
587-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 25-dekabrdagi 587-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish “Oʻzqurilishmateriallari” konsernining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni* birlashmalar, korxonalar, tuzatish-qurilish, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari, tarmoqning boshqa korxonalari mehnat jamoalarining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 21-noyabrdagi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bundan keyin matnda “konsern” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan xoʻjalik uyushmasi hisoblanadi, u davlat, ijara, jamoa va mulkchilikning boshqa xil shakllariga asoslangan sanoat birlashmalari va korxonalarni, tuzatish-qurilish, transport va boshqa tashkilotlarni birlashtiradi**.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bundan keyin matnda “korxona” deb ataladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern tarkibiga mulkchilikning va xoʻjalik faoliyatining har qanday shakllaridagi korxona va tashkilotlar ham kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar, “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern oʻzining tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat mulkini boshqaradi. Belgilangan tartibda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishlarida qatnashadi, konsern tarkibidagi davlat korxonalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, shuʼba korxonalarni va boshqa davlatlarda oʻzining vakolatxonalarini taʼsis etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsern Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Binokorlik materiallari sanoati vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi, uning huquqlariga ega boʻladi va vazirlikning ilgari tuzilgan barcha shartnomalari hamda ular yuzasidan qabul qilingan majburiyatlar boʻyicha javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsern Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. U oʻziga berilgan huquqlarni hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida ishlab chiqarish-xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasidan ortiq ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, ularga shartnoma narxlarini qoʻyish, apparat xodimlarining mehnat haqi, oʻzining xoʻjalik hisobi daromadini taqsimlash masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsern tarkibidagi barcha korxonalar boshqa konsernlar, korporatsiyalar, tarmoqlararo davlat birlashmalari tarkibiga kirishlari va oʻzaro hamda konsern tarkibiga kirmaydigan korxonalar bilan xoʻjaliklararo birlashmalar, ittifoqlar hamda, agar bu bilan konsernga va respublikaga ziyon yetkazilmasa, isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konsern tomonidan tashkil etilgan qatnashuvchi korxonalar va boshqa tuzilmalar hamda boʻlinmalar, shuningdek, uning boshqaruvi oʻrtasidagi konsern ichki munosabatlari mazkur Ustav va konsernga ixtiyoriy ravishda berilgan funksiyalar, faoliyat dasturlari va shartnomalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konsern bank muassasalarida mustaqil hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga ega boʻladi, alohida mulkka egalik qiladi, mustaqil va yigʻma balanslarga ega boʻladi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda javobgar boʻlishi, sudda yoki hakamlik sudida daʼvogar va javob beruvchi boʻlishi mumkin. Konsern Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra haq undirib olinishi mumkin boʻlgan oʻziga tegishli mol-mulkka oʻzining majburiyatlari boʻyicha javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern konsern aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaganidek, konsern aʼzolari ham konsern majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsernning va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning mol-mulkini, shuningdek, ularning foydalanishi uchun berib qoʻyilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan mol-mulklarni olib qoʻyishga faqat Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan hollarda va tartibda konsern va korxonalarning ularning majburiyatlari boʻyicha haq undirish uchun murojaat qilinganda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Konsern Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” konserni boshqaruvi va uning ishchi apparati 700070, Toshkent shahar, Miroqilov koʻchasi, 68-a uyga joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II KONSERNNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Konsernning bosh vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi va aholisining qurilish materiallariga hamda kam sarf-xarajat qilgan holda yuksak talablarga javob bera oladigan sifatli buyumlar, ishlar hamda xizmatlarga boʻlgan talablarini qondirish, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va korxonalar mehnat jamoalarining farovonligini oʻstirishni taʼminlashda qatnashish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Konsern oʻz vazifalarini bajarish uchun unga berilgan vakolatlarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, davlat va boshqa organlarda ularning manfaatlarini ifodalashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda yagona ilmiy-texnika siyosatini yurgizish, texnika, texnologiyalar va materiallarning yangi ilgʻor turlarini ishlab chiqish va joriy qilishda ilmiy-texnika va ishlab chiqarish kuchlarini bir joyga toʻplashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlarini, maqsadli ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqish, konsernning ishlab chiqarish negizlarini rivojlantirishning umumiy vazifalarini hal etish, korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar sohasidagi yagona strategiyani amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvni tashkil etishni, xoʻjalik yuritish shakllari va usullarini takomillashtirish, korxonalarda xoʻjalik hisobini rivojlantirish, korxonalar va butun respublikaning manfaatlarini uzviy muvofiqlashtirishga erishish uchun iqtisodiy oʻzaro munosabatlarni boshqarishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotga yagona istiqbol rejasi va davlat buyurtmalari negizida korxonalar tomonidan ishlab chiqiladigan ishlab chiqarish rejalarini, rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun qulay sharoitlar yaratish va kelishib olishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishlarni maqsadga muvofiq ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, bozorlarning ahvoli (konyunkturasi)ni oʻrganish va ular asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarning tuzilishini takomillashtirish, xorijiy sheriklar bilan oʻzaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarning, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish va xomashyo negizlarini tezroq rivojlantirish yuzasidan, tabiiy boyliklardan kompleks foydalanish, yer osti boyliklarini va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni, tarmoqlararo ekologik dasturlarning hal etilishida qatnashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat qilish, dam olish sharoitlarini va salomatlikni yaxshilashni oʻz ichiga oluvchi mehnat jamoalarini iqtisodiy rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni xoʻjalik hisobiga koʻra moddiy-texnikaviy taʼminlash, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro foydalilik va qaytarib berish shartlari bilan samarali bank kredit-moliya xizmati koʻrsatishni, konsernni va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlash vositasi sifatida daromad olishni taʼminlashga qaratilgan yagona tijorat va moliya siyosati yurgizishni tashkil etish va rivojlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning ishlab chiqarish, moliya-xoʻjalik va tijorat faoliyatlarining iqtisodiy samaradorligini muntazam ravishda tahlil etish, nazorat qilish va taftish etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarga maslahat, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, muhandislik va axborot yordami koʻrsatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol kadrlar siyosatini oʻtkazishni, korxonalar uchun kadrlar tayyorlashni, qayta tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III KONSERN FAOLIYATINI BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Konsern oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi barcha iqtisodiy organlar va tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari va boshqa tuzilmalari bilan bevosita oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarni boshqarish iqtisodiy usullar bilan, demokratik asoslarda, konsern aʼzolarining huquqlari va mustaqilliklariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Konsernni boshqarish quyidagi doimiy organlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi, ishchi apparati boʻlgan konsern boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern Kengashi yuqori boashqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibiga lavozimlari boʻyicha konsern aʼzolari hisoblanadigan ilmiy-tadqiqot birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, bir vaqtning oʻzida boshqaruv raisi hisoblanuvchi konsern raisi va boshqaruv aʼzolari kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Konsern Kengashining maqomi va faoliyati mazkur Ustav bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengashning majlislari zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Konsern Kengashining navbatdan tashqari majlislari Kengash aʼzolarining kamida 1/3 qismining yoxud konsern boshqaruvi tarkibining kamida 2/3 qismining talabiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Konsern Kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash aʼzolari umumiy sonidan 2/3 qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisini konsern raisi ochadi. Kengashga navbati bilan joriy majlisda saylangan Kengash aʼzolaridan biri raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash qarori, agar uning uchun majlisda qatnashayotganlarning 2/3 qismi biroq Kengash aʼzolarining umumiy sonining kamida 50% i ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Konsern Kengashi tomonidan qabul qilingan xulosalar qarorlar sifatida rasmiylashtiriladi. Kengash majlislarining bayonlari raislik qiluvchilar tomonidan imzolanadi va ularning bir nusxasi Kengash aʼzolariga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash qarorlari konsernning barcha aʼzolari va uning boshqaruvi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Konsern Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern faoliyatiga taalluqli barcha asosiy masalalarni hal qiladi, konsernni ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol dasturlari ham shu jumlaga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernning, boshqaruvning, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy vazifalari va funksiyalarining bajarilishini tahlil qiladi hamda ularni baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern moliya-xoʻjalik faoliyatining yillik hisobotini va balansini, konsern boshqaruvi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, taftish komissiyasining xulosalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq vaqt zarar koʻrib va samarasiz ishlagan norentabelli korxonalarning bundan keyin faoliyat koʻrsatishlarining maqsadga muvofiqligi masalalarini, shuningdek, ishlab chiqarishni va xususiylashtirishni tashkil etishning turli xil shakllari bilan bogʻliq masalalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni, tashkilotlarni, kooperativlarni va xoʻjalik faoliyatining boshqa shakllarini konsern tarkibiga qabul qilish va undan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika boshqaruv organlariga kiritilgan muhim normativ hujjatlar loyihalarini, shuningdek, konsern faoliyatining boshqa muhim masalalarini koʻrib chiqadi, konsern korxonalarining mehnat jamoalarini qabul qilingan qarorlardan xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kirgan mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar uchun kirish va ulush qoʻshish badallarining miqdorlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern raisining, uning oʻrinbosarlarining va boshqaruv aʼzolarining hisobotlarini eshitadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlarining bir qismini konsern boshqaruviga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash konsern raisini, uning oʻrinbosarlarini, boshqaruv aʼzolarini va taftish komissiyasini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash konsern boshqaruvi ishchi apparatini saqlash uchun limitlarni tasdiqlaydi hamda tasdiqlangan xodimlar soni va ish haqi toʻlash fondi doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Saylab qoʻyiladigan va ishchi apparati korxonalarning daromadlari (foydalari)dan ajratmalar hisobiga shartnoma asosida saqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari boshqaruvni saylash chogʻida muqobil nomzodlarni tavsiya etish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolari konsern Kengashining qarori asosida lavozimlaridan ozod etilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Konsern boshqaruvi uning joriy ishlariga rahbarlik qiladi va konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv majlislari zaruratga koʻra, lekin bir oyda kamida bir marta uning raisi tomonidan chaqiriladi. Boshqaruv majlisi, agar uning ishida boshqaruv aʼzolarining umumiy sonidan kamida 2/3 qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Boshqaruvning oʻz vakolati doirasida va amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul qilgan qarorlari konsernning barcha aʼzolari bajarishi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern boshqaruvi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi majlisida koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan masalalarni oldindan ishlab chiqishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika xalq xoʻjaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib tarmoqni ishlab chiqarish-xoʻjalik, ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yoʻnalishlari va istiqbollarini ishlab chiqadi hamda ularni tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish, investitsiya, ekologiya, moliya-tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida birgalikda harakat qilish yoʻnalishini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern koʻrgan zararlarni, jumladan, korxonalarning qabul qilingan majburiyatlarni bajarmasliklari yoki koʻngildagidek bajarmasliklari oqibatida ular tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, keyinchalik bu haqda konsern Kengashiga xabar qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning ustavlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi apparati xodimlarining hisobotlarini tinglaydi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning rahbarlarini shartnomalar boʻyicha amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga tayinlaydi va ishdan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlarda qonunlarning iqtisodiy va yuridik manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv huzuridagi ishchi apparati xizmatlari rahbarlarini tuzilmaga va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv qarori, agar uning uchun ishtirok etuvchilarning kamida 2/3 qismi, lekin boshqarma aʼzolari umumiy sonidan yarmidan koʻpi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi apparati xodimlarining mehnat munosabatlari shartnoma asosida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Boshqaruv raisi boshqaruv va ishchi apparati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻzining oʻrinbosarlari va boshqaruv aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning konsern faoliyati masalalarini hal etishdagi vakolatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha buyruqlar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern rahbar organlari qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernning mol-mulki va mablagʻlariga belgilangan tartibda egalik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda konsern nomidan ish koʻradi, bitimlar, shartnomalar va boshqa kelishuvlarni tuzadi va bunday kelishuvlarni amalga oshirish uchun vakolatnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat jadvalini va boshqaruv hamda uning ishchi apparatini saqlash uchun xarajatlar smetasini shuningdek, uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi, shu jumladan, shartnoma boʻyicha, lavozim maoshlari va ularga ustamalarni belgilaydi, apparat xodimlarini ragʻbatlantiradi hamda ularni jazolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq respublikadagi, boshqa mintaqalardagi va chet ellardagi tashkilotlar va fuqarolarga konsern nomidan eʼtirozlar bildirish va daʼvolar qoʻzgʻash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KONSERNNING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Ustavdan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish maqsadida konsern korxonalari konsern Kengashiga va boshqaruvga quyidagi vakolatlarni beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernni, ishlab chiqarish-xoʻjalik va tashkiliy-boshqarma tuzilmalarini boshqarish tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida taʼminot, vositachi, tijorat markazlari hamda firmalari, ulgurji, chakana va tashqi savdo korxonalari, kichik korxonalar, kooperativlar va faoliyat koʻrsatishning boshqa shakllarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq tijorat banki, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilgandan ortiqchasini uning tashqarisida sotish huquqi bilan qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan birjalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan hollarda qoʻshma korxonalar, birja (brokerlik byurolari, kontora)lar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor sharoitida yangi texnologiyalar ishlab chiqishni va tadbirkorlik shakllarini tashkil etishni oʻrganish maqsadida chet ellarga mutaxassislarni amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmat safariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv apparati, vositachi tijorat markazlari, konsern firmalari, tijorat banki xoʻjalik (faoliyati natijasida olingan xoʻjalik daromadini, shuningdek, markazlashtirilgan jamgʻarmalar va zaxiralar hamda konsern Kengashi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq hosil boʻlgan valyuta jamgʻarmalarini taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlararo ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash bilan bogʻlik, kompleks masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorning talablarini hisobga olib korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan davlat standartlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar uchun normativ-texnik hujjatlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 6 mln soʻmgacha boʻlgan korxonalarni markazlashtirilgan mablagʻlar hisobiga, qiymati 9 milliondan ortiq boʻlgan korxonalarni korxonalar mablagʻlari (1991-yilgi narxlarda) hisobiga asosli qurish va qayta qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalarga muvofiq konsern aʼzolari boʻlgan korxonalardan markazlashtirilgan jamgʻarmalardan va konsern zaxiralaridan ajratilgan kredit va mablagʻlarni qaytarish muddati tuzilgandan keyin yoki koʻrsatilgan jamgʻarmalar va zaxiralarga toʻlanishi kerak boʻlgan badallarni akseptsiz tartibda undirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. KONSERN AZʼZOLARI, ULARNING HUQUQLARI VA BURChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Konsern Ustavini tan olgan, konsernning vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish yuzasidan oʻziga majburiyat qabul qilgan davlat korxonalari, kooperativ, qoʻshma korxonalar va xoʻjalik faoliyatining boshqa shakllaridagi korxonalar konsern aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Konsern aʼzolari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tomonidan oʻtkaziladigan barcha dasturiy chora-tadbirlarda, qoʻshilgan hissalariga mutanosib ravishda daromad ulushlarini olib, oʻzlarining mablagʻlari, faoliyatlari bilan qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern jamgʻarmalaridan shartnoma asosida qisqa muddatli va uzoq; muddatli kreditlar, shuningdek, har qanday boshqacha yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi va boshqaruvining koʻrib chiqishi uchun konsern faoliyatining turli qirralari boʻyicha takliflar kiritish xamda ular boʻyicha axborotlar olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern tarkibiga kirgan korxonalar shartnoma boʻyicha konsern oldidagi oʻzining majburiyatlarini bajarish sharti bilan Kengash qaroriga koʻra undan chiqish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Konsern aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Ustav talablarini bajarishga va kirish hamda pay badallarini toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernning moliya-iqtisodiy faoliyatida ishtirok etishda konsern va sheriklar oldidagi oʻz shartnoma majburiyatlarini soʻzsiz bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga binoan korxonalarning faoliyati toʻgʻrisidagi zarur axborotni konsern Kengashiga, konsern boshqaruviga taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern faoliyati toʻgʻrisidagi texnologik, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa xil maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. KONSERNNING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Konsernning mol-mulki ustav jamgʻarmasini hosil qiluvchi asosiy va oborot mablagʻlardan, shuningdek, konsernga biriktirib qoʻyilgan jamgʻarmalardan va boshqa mol-mulklardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Konsernga biriktirib qoʻyilgan mol-mulklar uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Konsern mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish badallaridan, maqsadli badallardan, pay badallaridan (badallarning miqdori konsern Kengashi tomonidan belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar va boshqa qiymatli qogʻozlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern xoʻjalik faoliyati daromadlaridan, tashqi savdo va kredit aʼmollaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, konsern tarkibiga kiradigan yoxud kirmaydigan korxonalar tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatlardan olinadigan daromadlardan shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Konsern tarkibidan chiqib ketgan korxonalarga kirish badallarini qaytarib berish shartnomada aytib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Konsern tarkibiga kirgan korxonalarning roziligi bilan ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirishning qoʻshma dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Konsern aʼzolari boʻlgan korxonalar ularga bogʻliq boʻlmagan favqulodda holatlar (zilzila, yongʻin, suv toshqini, korxonalarning ixtiyoridan tashqari boʻlgan va oqibatda ishlab chiqarish faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan boshqa holatlar)ga tushib qolganlarida ularga yordam koʻrsatish uchun konsernning zaxira jamgʻarmasi shakllantiriladi, u korxonalarning daromadlari (sof foydasidan ajratmalar hisobiga tashkil topadi (ajratmalarning miqdori va ularni taqdim etishning davriyligi Kengash tomonidan belgilanadi). Zaxira jamgʻarmasining mablagʻi daxlsizdir va u Kengash qaroriga koʻra qatʼiy belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Konsern oʻz mol-mulkini sugʻurta qilishni va tavakkalchilik faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII HISOB, HISOBOT VA NAZORAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Konsern tezkor buxgalterlik va statistika hisobini yuritadi, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Belgilangan tartibda xoʻjalik faoliyatining barcha turlari boʻyicha hisobot taqdim etadi, hisobotlar va balanslarning ishonchliligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Konsern Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq konsern tarkibiga kirgan davlat korxonalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks taftish qilishni amalga oshirishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Konsern amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilinishini, konsern aʼzolarining takliflari, fuqarolarning ariza va shikoyatlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. KONSERN FAOLIYATINI TOʻXTATISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Konsernni tugatish Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Konsernning istalgan qatnashchisining aʼzoligi, agar ushbu aʼzoning faoliyati konsern maqsadlariga va vazifalariga mazkur Ustavga zid boʻlsa, konsern Kengashining qarori bilan toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Konsernni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng konsern Kengashi tugatish komissiyasini saylaydi, komissiya bir oy muddat ichida konsern majburiyatlari boʻyicha zarur hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkning tugatishdan keyin sarflanmagan qismi pay badallariga muvofiq konsernning sobiq aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil., 12-son, 38-modda)