1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ilgʻor texnologiyalar, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish, respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarida sugʻorishning innovatsion va resurslarni tejaydigan texnologiyalarini keng joriy qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-son qarori bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibidan chiqarilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini takomillashtirish va Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-iyundagi PQ-3789-son qarori 2-bandiga asosan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga topshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) huzurida Buxoro, Namangan, Samarqand va Surxondaryo mintaqaviy markazlari (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy markazlar) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Qoraqalpogʻiston filiali negizida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Qoraqalpogʻiston mintaqaviy markazi tashkil etilsin. Bunda, Qoraqalpogʻiston mintaqaviy markazi Institut Qoraqalpogʻiston filialining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mintaqaviy markazlar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini boshqarish ulardan samarali va oqilona foydalanish, suv xoʻjaligini rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari muammolarini aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini prognozlash va integratsiyalashgan holda boshqarish hamda hisobi va hisobotini yuritish, sugʻorish va shoʻr yuvish normalarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining ilmiy-texnik kuzatuvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlari va suvni boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarida suv yoʻqotilishini kamaytirish, ularning foydali ish koeffitsiyentini oshirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ularning samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish hamda baholashda raqamli texnologiyalar va geoaxborot tizimini joriy qilish, shuningdek, shoʻr yuvish ishlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida transchegaraviy suv resurslarini hamkorlikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlari yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurishining respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institut tarkibidagi mintaqaviy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ilmiy-uslubiy koʻmaklar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasi uchun malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish, grantlar asosida tadqiqot ishlarini olib borish, innovatsion takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga joriy qilishni kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mintaqaviy markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish boʻyicha muammolarni tahlil qilish hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini xavfsiz va ishonchli ishlatish, suv resurslari hisobi va hisobotini yuritish, suv xoʻjaligiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarni hisobga olib sugʻorish va shoʻr yuvish normalarini takomillashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, tavsiyalar, innovatsion takliflar va normativ hujjatlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar, innovatsion takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, ilmiy-texnik yutuqlarni chop etish va targʻib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch hafta muddatda Institutning tasdiqlangan ustavidan kelib chiqib, mintaqaviy markazlarning ustavlari tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-fevraldan boshlab Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning tizimiga kiruvchi mintaqaviy markazlar, ilmiy-tajriba stansiyalari va uchastkalarining (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-tadqiqot muassasalari) bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ularning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institutning bino va inshootlarini saqlash, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar mintaqaviy markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari bino va inshootlarni saqlash, shuningdek, ularning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratilgan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, institut va uning tizimiga kiruvchi mintaqaviy markazlar, ilmiy-tajriba stansiyalari va uchastkalarining xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buxoro, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mintaqaviy markazlarni zarur bino va inshootlar bilan taʼminlasin hamda ularni taʼmirlash, tashkiliy texnika, mebel va boshqa zarur jihozlar bilan butlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Buxoro, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mintaqaviy markazlar bino va inshootlarini saqlash, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishni 2022-yil 1-yanvardan boshlab tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlar budjetlari mablagʻlari parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda mintaqaviy markazlar ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashga tegishli davlat dasturlari doirasida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining grantlarini yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining takliflari asosida 2021-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini taʼminlash, shuningdek, suvni hisobga olish vositalarini takomillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini muhofaza qilishning ekologik talablarini, ularning holatini baholash mezonlarini, yer usti va yer osti suvlari rejimi hamda sifatini samarali boshqarish, hududda ekologik muvozanatni tiklash va saqlash usullarini ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining suv isteʼmolini maqbullashtirish va sugʻorish texnika hamda texnologiyalarining asoslarini yaratishga hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, tuproqning shoʻrlanish darajasini pasaytirish va unumdorligini oshirishga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalarni tanlovlar natijalariga koʻra moliyalashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiyalar va innovatsion texnologiyalar boʻyicha bosh mutaxassis
1
Maxsus hujjatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot konsalting markazi*
Daryo, kanal va inshootlar gidravlikasi laboratoriyasi
3
Tuproq tadqiqotlari va meliorativ jarayonlar laboratoriyasi
3
Moliya va hisob-kitob boʻlimi
3
Qoraqalpogʻiston mintaqaviy markazi
7
Ilmiy kadrlar tayyorlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Suv omborlari va ularning xavfsizligi laboratoriyasi
3
Nasos stansiyalaridan foydalanish laboratoriyasi
3
Buxoro mintaqaviy markazi
7
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Bosh yuriskonsult
1
Irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarini ishlatish laboratoriyasi
3
Namangan mintaqaviy markazi
7
Meliorativ texnika va mexanizmlar laboratoriyasi
3
Devonxona
1
Samarqand mintaqaviy markazi
7
Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis
1
Suv xoʻjaligi va melioratsiya uchun zamonaviy qurilish materiallari laboratoriyasi
3
Yerlarning meliorativ holatini baholash, samaradorligini oshirish texnika va texnologiyalari laboratoriyasi
3
Xoʻjalik ishlari boʻlimi
1
Surxondaryo mintaqaviy markazi
7
Axborot-resurs boʻyicha mutaxassis
1
Xorazm mintaqaviy markazi
7
Qashqadaryo mintaqaviy markazi
7
Gidrometriya va metrologiya laboratoriyasi
3
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish laboratoriyasi
3
Suv xoʻjaligida zamonaviy axborot texnologiyalari va suv resurslarini boshqarish laboratoriyasi
3
Kollektor-drenaj tizimlaridan foydalanish laboratoriyasi
3
Gidrotexnika va melioratsiyada gidrodinamika jarayonlarini modellashtirish laboratoriyasi
3
Gidroekologiya va suv resurslarini muhofaza qilish laboratoriyasi
3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 115 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar soni — 46 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 482-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 09/25/482/0685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 191-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti mintaqaviy markazlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor
Buxgalter
1
Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar laboratoriyasi
2
Yerlarning meliorativ holatini baholash, samaradorligini oshirish texnika va texnologiyalari laboratoriyasi
2
Xodimlar va hujjatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis
1
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami ilmiy xodimlar va muhandislar — 7 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlarning soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalarga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun mutaxassislar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/191/0307-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 01.08.2025-y., 09/25/482/0685-son)