06.04.2021 yildagi PQ-5055-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6200-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tuzilmasi 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — XMI va XHMT) mablagʻlari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasidagi xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XHMT mablagʻlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokidagi xorijiy investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan XMI va XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar va subloyihalar amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhlari loyihalarini amalga oshirish guruhining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda suv xoʻjaligi vazirining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, XMI va XHMT mablagʻlari, Markaz buyurtmachi boʻlgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlaridan ajratmalar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1a-uy manzilidagi “A” blokning 2 va 3-qavatlari tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) tegishli xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan holda suv xoʻjaligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning obyektlarda texnik nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislari mehnat meʼyorini belgilash boʻyicha normativlar tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning qarz (kredit) kelishuvlari muddatlari uzaytirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining oylik ish haqi ikki barobarga oshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga muvofiq uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suv xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarini, shuningdek, Agentlik va Markazni zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga, yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va ular rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlari va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan mutlaqo yangi tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati hamda samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4486-son qaroriga 14-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 15-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5055-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Cuv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Xalqaro maslahatchi*



Kredit, grant va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kredit, grant va texnik koʻmak mablagʻlari loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Bosh yuriskonsult


Bosh buxgalter


Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlari, grant va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish boshqarmasi

4

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar monitoringini olib borish va tahlil qilish boshqarmasi

4


Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis



Ishlar boshqaruvchisi

Loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari*


PR va protokol xizmati

1


Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hududiy guruhlar*

AKT boʻyicha mutaxassis


Devonxona

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 20 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* xalqaro maslahatchi, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari, shu jumladan hududiy guruhlar xodimlari soni amalga oshirilayotgan loyihalar soniga koʻra belgilanadi hamda Markaz xodimlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish uchun mutaxassislar, shu jumladan xorijiy va mahalliy mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
13-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Suv xoʻjaligi sohasidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar, jumladan suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va ularni bosqichma-bosqich takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar bosqichma-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ISMITI*

2.

Suv omborlarini suv bilan toʻldirish va suvni chiqarish rejimi tartibini ishlab chiqish.

Suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi

2021-yil 1-may

Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

3.

Suv resurslarini dispetcherlik xizmati orqali boshqarish tartibini ishlab chiqish.

Suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi

2021-yil 1-dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgidromet” markazi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari

4.

Gidropostlar pasportlarining namunaviy shakllarini va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

Suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi

2021-yil 1-iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi, Inspeksiya, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi

5.

Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan, shuningdek, avvaldan foydalanib kelinayotgan suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizlik darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

2021-yil 1-may

Suv xoʻjaligi vazirligi, Inspeksiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

6.

“Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalarini davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etish va ularning nizomlarini tasdiqlash.

Idoraviy buyruq

2021-yil 10-may

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

II. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini taʼminlash

7.

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash uchun avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanishning yangilangan tartibini, shu jumladan avariya moddiy-texnika vositalari roʻyxatini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi, Inspeksiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

8.

Yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlarida avariya va favqulodda vaziyatlar haqida aholini ogohlantirishning zamonaviy tizimini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xoʻjaligi birlashmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Inspeksiya

9.

Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida suv omborlari, sel-suv omborlari, boshqa yirik suv xoʻjaligi obyektlari, daryolar va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash, ishonchliligini oshirish va ularni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqish.

Yoʻriqnomalar

2021 — 2023-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi, Inspeksiya, ISMITI*, TIQXMMIMTU**

10.

Suv omborlarida qoʻriqlash va kuzatuv tizimini tanqidiy oʻrganish va ularni takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

qoʻriqlash xizmatining nazorat maydonlarining mavjudligi;

zamonaviy videokuzatuv va favqulodda xabar berish tizimining mavjudligi;

qoʻriqlashning samaradorligi;

suv omborlari xavfsizligining toʻliq taʼminlanganligi;

suv omborlari xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Inspeksiya, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

11.

Suv omborlari taʼsir hududidagi aholini tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilishda idoralararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Idoralararo chora-tadbirlar

Har yili fevral

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Inspeksiya, Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

12.

Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda suv omborlari, gidrouzellar, nasos stansiyalari va boshqa yirik suv xoʻjaligi obyektlarida amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan oʻquv-taktik mashgʻulotlarni oʻtkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili aprel

Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Inspeksiya, Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

13.

Respublikadagi barcha suv omborlari va yirik gidrotexnik inshootlarni har yili sugʻorish mavsumi tugaganidan soʻng (suv omborlarida suv sathi pasaygandan soʻng), shuningdek, yozgi sugʻorish mavsumida Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqish va har bir suv ombori va gidrotexnika inshootining xavfsiz ishlashi yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili may-iyun va oktabr-noyabr

Inspeksiya, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, loyiha tashkilotlari hamda mahalliy hokimiyat organlari

III. Suv xoʻjaligi sohasida suvni va elektr energiyasini tejash texnologiyalarini keng joriy qilish

14.

Turli meliorativ sharoitlarda tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun sugʻorishning avtomatlashtirilgan modulini yaratish va sinovdan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

ISMITI*, Suv xoʻjaligi vazirligi

15.

Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish, Qarshi magistral kanalidan foydalanish hamda Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmalariga qarashli va boshqa yirik 35 va 110 kVt/soat kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga ulangan nasos stansiyalariga elektr taʼminoti boʻyicha kiritiladigan cheklovlar va uzilishlarning oldini olish yuzasidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonida

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Suv xoʻjaligi vazirligi

16.

Melioratsiya sohasida xorijiy mamlakatlarning, shu jumladan Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va ularning natijalarini amaliyotga joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

IV. Suv xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish

17.

Suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va nasos stansiyalarida suv va elektr energiyasi sarfini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

18.

Sugʻoriladigan yerlarda yer osti suv sathi monitoringini raqamli texnologiyalar asosida yuritish hamda yerlarning meliorativ holatini baholash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2024-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

19.

Suv xoʻjaligida qoʻllaniladigan raqamli texnologiyalarning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi

20.

Geoaxborot va raqamli texnologiyalar asosida sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanishini aniqlash hamda ularning samaradorligini baholash boʻyicha monitoring tizimini takomillashtirish.

Sizot suvlari sathi, minerallashuvi va sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish dinamikasi ustidan real vaqt rejimida monitoring olib borishni taʼminlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabr

Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ISMITI*

21.

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor-Qamashi kanalida “Rubicon Water Pty. Ltd” korxonasi tomonidan yaratilgan suv resurslaridan foydalanishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish.

Obyektni oʻrganish; shartnomani rasmiylashtirish; loyihani amalga oshirish; obyektni foydalanishga kiritish

2021-yil aprel

2021-yil may

2021-yil sentabr — noyabr

2021-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, ISMITI

V. Suv xoʻjaligi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish

22.

Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbogʻ-Oqqopchigʻay kanallar tizimini qayta tiklash)”, Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) agentligi ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash”, Jahon banki ishtirokida “Janubiy Qoraqalpogʻistonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihalari boʻyicha qarz va kredit kelishuvlari muddatlarini uzaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

23.

Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan har bir loyiha va subloyihalar boʻyicha tijorat banklarida alohida talab qilib olgungacha depozit (ikkilamchi) hisobraqamlari ochish, ushbu hisobraqamlar orqali oylik ish haqi, soliq, korporativ plastik kartalarga mablagʻ oʻtkazish, shuningdek, loyiha doirasidagi boshqa xarajatlarni amalga oshirish vakolatini berish, hisobraqamlardan Markazning boshqa loyihalardagi qarzdorligi va majburiyatlarni bajarish uchun toʻlovlar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish.

Taklif tayyorlash

2021-yil may

Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank

VI. Suv xoʻjaligi sohasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish

24.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayonlari hamda olingan natijalarni amaliyotga joriy etish tizimini takomillashtirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni transfer qilish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi, ISMITI*, TIQXMMI**

25.

Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini loyihalashtirish ishlariga yosh olim va tadqiqotchilarni keng jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi, ISMITI*, TIQXMMIMTU**

26.

Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi kollejlarda amaliy mashgʻulotlar va tajriba-sinov ishlarini olib borish maqsadida tajriba xoʻjaligi uchun 5 gektardan yer maydonlarini ajratish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari

2021-yil 10-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi

27.

Suv xoʻjaligi sohasida “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”, “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” hamda “Melioratsiya va sugʻorma dehqonchilik” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajaga ega xodimlar tayyorlash tizimini yaratish.

Oliy attestatsiya komissiyasi qarori

2021-yil 20-may

Oliy attestatsiya komissiyasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, ISMITI*, TIQXMMI**

28.

Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi kollejlarning moddiy-texnik bazasi va oʻquv laboratoriya xonalarini zamon talablari asosida jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-iyun

Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

VII. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

29.

Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi kollejlar huzurida tashkil etilgan mintaqaviy malaka oshirish markazlarida suv xoʻjaligi sohasidagi xodimlarning malakasini oshirishni tizimli tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi, TIQXMMIMTU**, kollejlar

30.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida shartnoma asosida rahbar-xodimlar malakasini oshirish hamda mintaqaviy malaka oshirish markazlari uchun trenerlar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili jadval boʻyicha

TIQXMMIMTU**, Suv xoʻjaligi vazirligi

31.

Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun 120 kvartirali koʻp qavatli turar joy majmuini qurish maqsadida Toshkent shahri hududidan yer maydoni ajratish.

Toshkent shahar hokimligining qarori

2021-yil 20-may

Toshkent shahar hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

32.

Suv isteʼmolchilari uyushmalari (SIU) rahbar-xodimlari uchun suv va suv resurslarini rejalashtirish, taqsimlash hamda ulardan foydalanish, shuningd?k, SIUni boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish (buxgalteriya hisobini yuritish, ish yuritish va boshqalar) boʻyicha qisqa muddatli sayyor oʻquv kurslarini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi

33.

Suvdan samarali foydalanish, suv isteʼmoli madaniyatini shakllantirishga qaratilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

34.

Suv xoʻjaligi sohasida suvdan foydalanuvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, suvdan oqilona foydalanish, suv isteʼmoli madaniyatini shakllantirish va sohada innovatsion texnologiyalarni qoʻllashga qaratilgan materiallar va roliklarni Internet tarmogʻida keng yoritish hamda “Tomchi” mobil ilovasiga tizimli joylashtirib borishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ISMITI — Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** TIQXMMIMTU — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
14-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4486-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1 va 4-bandlar, 5-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi-uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 7-ilovaning 3 — 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
15-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3672-son qarori 1-bandi, 9-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorning 1, 2, 3, 4, 5 — 5d, 6 va 6a-ilovalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4039-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/144/0176-son, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)