1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6199-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 156 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Madaniyat vazirligining moddiy madaniy meros sohasidagi YUNESKO bilan ishlash hamda muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari tegishliligicha Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm va sport vazirligining hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 980 nafar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, xodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida Turizm va sport vazirligi markaziy apparati, shuningdek, tizim tashkilotlari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Turizm va sport vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash huquqi berilsin;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda maslahatchilari lavozimlari tegishligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari etib qayta nomlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm va sport vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalarining rahbarlari hisoblanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm va sport vazirining maslahatchilari (xorijiy maslahatchilardan tashqari) hamda apparat boshqaruvchisi maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra turizm va sport vazirining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligiga ishga qabul qilish Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Turizm va sport vazirligi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan to‘lanadigan to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarori bilan tasdiqlangan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta nomlanadi. Bunda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari Jamg‘armaga to‘liq o‘tkaziladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbasi etib Davlat budjeti mablag‘lari, vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar esa uning faoliyatini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Turizm va sport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi, Madaniy meros agentligi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy va ta’lim muassasalarining kutubxona fondini to‘ldirish maqsadida xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kitob va qo‘llanmalar “Uzbekistan Airways” AJ orqali beg‘araz olib kelinadi va bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan lavozimlarga nomzodlar Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri taqdimnomasiga asosan belgilangan tartibda tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortig‘i ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxs mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan barcha turdagi xorijda o‘tkaziladigan sport tadbirlariga transport (avia, temiryo‘l, avto va boshqalar) uchun chiptalarni xarid qilish hamda joylashtirish vositalari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (chiptalarni va joylarni band qilish, sotib olish va yetkazib berish, boshqalar) faqatgina Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qiluvchilar xorijda o‘tkaziladigan sport tadbirlariga transport uchun chiptalarni xarid qilish hamda joylashtirish vositalari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUKga tegishli tadbir o‘tkazishdan kamida 3 oy oldin murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qiluvchilar tomonidan taklif qilinayotgan mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan xizmatlar narxi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan taqdim etilayotgan narxlarga nisbatan arzon bo‘lgan taqdirda ushbu xaridlar tegishli xarid qiluvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan mazkur bandda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha belgilangan ustama miqdori Turizm qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
(51-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Turizm va sport vazirligi xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha 2021-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin va 2022-yildan boshlab zarur budjet mablag‘larini ko‘zda tutsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat budjetining 2021-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisi Turizm va sport vazirligi hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining mol-mulkini (ko‘chmas mulk bundan mustasno) sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Turizm va sport vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda Davlat budjeti mablag‘larining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Turizm va sport vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘lari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm, sport va madaniy meros sohalaridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Turizm va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta’mirlash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, loyihalash bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ushbu sohaga yetakchi mutaxassislarni jalb qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Madaniy meros obyektlarini asrash yo‘nalishini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Turizm va sport vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport media markazi” davlat unitar korxonasini “Milliy PR markazi” davlat unitar korxonasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasini “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasiga;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv sport turlarini rivojlantirish Respublika markazi hamda Suv sport turlari bo‘yicha Respublika olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabini Suv sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga qo‘shish choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turizm va sport vazirligi ta’sischiligida “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi shtat birliklari Suv sport turlarini rivojlantirish Respublika markazi hamda Suv sport turlari bo‘yicha Respublika olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi boshqaruv xodimlarining 14 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Turizm va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga, yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik tarkibiy va quyi bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar), shuningdek, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik bo‘linmalari va boshqa vakolatli organlarining mazkur sohadagi vakolatlarini aniq belgilagan holda, shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorligining mexanizmlarini nazarda tutuvchi Turizm va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar bo‘yicha va elektron to‘lov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Madaniy meros agentligi 2022-yil davomida moddiy madaniy meros obyektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish obyektlarida elektron to‘lov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini o‘rnatishni, kirish biletlarini oldindan sotib olishni nazarda tutuvchi yagona markazlashgan elektron tizimni joriy etsin. Bunda, elektron tizimni yaratish, ishga tushirish va texnik qo‘llab-quvvatlash Jamg‘arma va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda yagona markazlashgan elektron tizimga 2022-yilda integratsiya qilinishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini shakllantirsin va ularda joriy etilishini ta’minlasin;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-sentabrga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moddiy madaniy meros obyektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish obyektlarida elektron to‘lov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini o‘rnatish hamda kirish biletlarini oldindan sotib olish tizimini namuna sifatida Samarqand shahrida joriy etsin.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Restavratsiya va ta’mirshunoslik sohasining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, hududlarda uzoq yillar davomida shakllangan me’morchilik maktablarini saqlab qolish va rivojlantirish maqsadida davlat muassasasi shaklida “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” va bosqichma-bosqich ravishda uning mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ajratiladigan mablag‘lar ustuvor ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi”, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand arxeologiya institutiga yo‘naltiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” va mintaqaviy restavratsiya markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona markazlashgan elektron tizimni tashkil etish uchun Turizm va sport vazirligi ta’sischiligida davlat tashkiloti tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Madaniy meros departamentining mol-mulki, shu jumladan avtotransport vositalarini Turizm va sport vazirligiga o‘tkazishda qayta rasmiylashtirish uchun to‘lovlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros agentligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, o‘zgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga o‘tkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan ko‘chmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni tegishli yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda qayta rasmiylashtiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Turizm va sport vazirligi Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107 b-uy manzili bo‘yicha, Madaniy meros agentligi esa Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5054-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda uning Toshkent filiali
Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari
Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari
Tumanlar (shaharlar) turizm va sport bo‘limlari
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallari
Madaniy meros agentligi
Sport maktablari
“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Samarqand filiali
“Milliy PR-markazi” DUK
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi
“Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari
Turizm, sport va madaniy meros sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlari
“Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK
“Ipak yo‘li ofisi” UK
Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti
“Binolardan foydalanish direksiyasi” DUK
“Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK
“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi” DUK
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi” DUK
“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy maslahatchilar
Vazir
Yordamchi
Vazirning birinchi o‘rinbosari
Vazir o‘rinbosari
Vazir o‘rinbosari
Vazir o‘rinbosari
Vazir maslahatchisi — Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti boshlig‘i
Apparat boshqaruvchisi
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi
5
Raqamlashtirish boshqarmasi
5
Olimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi
5
Moliya-iqtisodiyot departamenti
1
Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti
8
Yuridik va metodologiya departamenti
1
Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish hamda tadqiqotlar departamenti
1
Moliya-reja boshqarmasi
4
Yuridik boshqarma
5
Investitsiya departamenti
1
Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish bo‘limi
2
Vazir maslahatchisi
Tushumlarni nazorat qilish bo‘limi
2
Metodologiya boshqarmasi
5
Investitsiyalarni jalb qilish va hududiy dasturlar ijrosini ta’minlash boshqarmasi
4
Xalqaro aloqalar va grantlarni jalb etish boshqarmasi
5
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasi
4
Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish bo‘limi
3
Komplayens nazorat va ichki audit xizmati
2
Buxgalteriya
4
Ilm-fanni rivojlantirish, malaka oshirish va ilmiy-metodik ta’minlash bo‘limi
3
Xalqaro turistik-transport logistikasini rivojlantirish bo‘limi
3
Maxsus zonalar, klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘limi
3
Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalar) faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi
3
Davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi
3
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi
4
Monetizatsiya, bukmekerlik va lotereya bo‘limi
2
Marketing boshqarmasi
4
Turizm va sport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi
5
Sertifikatlashtirish va standartlashtirish bo‘limi
3
Yig‘ma axborot-tahlil va strategik rivojlanish boshqarmasi
4
Vazir o‘rinbosari
Matbuot xizmati
4
Manzilli investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘limi
4
NNTlar bilan hamkorlik qilish bo‘limi
3
Ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi
4
Vazir kotibiyati va protokol xizmati
3
Devonxona
1
Turizm va sport sohalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash bo‘limi
3
Xo‘jalik bo‘limi
2
Milliy (etno) va noolimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi
4
YUNESKO bilan ishlash bo‘limi
2
Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi
4
Sanitariya-gigiyena shoxobchalari va axborot markazlarini tashkil etish bo‘limi
3
Vazir maslahatchisi
(ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha)
Jismoniy tayyorgarlik normativlarini o‘tkazish bo‘limi
3
Birinchi bo‘lim
1
Sport maktablari bilan ishlash va hududlarni sportga ixtisoslashtirish bo‘limi
3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 158 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5054/0299-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)